04.07.2022 yildagi 359-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.07.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 16-fevraldagi PQ-129-son va “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 2-martdagi PQ-150-son qarorlari)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 16-fevraldagi PQ-129-son va “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 2-martdagi PQ-150-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni R.M. Djurayev va Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 4-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
359-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 359-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-band quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 16-fevraldagi PQ-129-son qaroriga muvofiq Harbiy musiqa akademik litseyi bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarida oʻzlari toʻplagan ballarning 30 foizi miqdorida, respublikaning boshqa davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda esa oʻzlari toʻplagan ballarning 15 foizi (shu jumladan, ijodiy imtihonlar boʻyicha) miqdorida qoʻshimcha ball shaklida imtiyoz beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 594-son qarori bilan tasdiqlangan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻsmirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va Davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga muvofiq “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 16-fevraldagi PQ-129-son qaroriga muvofiq Harbiy musiqa akademik litseyi bitiruvchilariga Universitetning bakalavriatiga oʻqishga kirishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarida oʻzlari toʻplagan ballarning 15 foizi miqdorida qoʻshimcha ball shaklida imtiyoz beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 29-noyabrdagi 971-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qarorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 16-fevraldagi PQ-129-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida kadrlarni tayyorlashning uzluksiz tizimini takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi harbiy orkestr jamoalari, shuningdek, boshqa orkestr va badiiy jamoalar uchun damli va zarbli cholgʻular ijrochiligi yoʻnalishida kadrlarni maqsadli tayyorlash tizimini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 1, 2 va 6-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 4-banddagi “Respublika ixtisoslashtirilgan” soʻzlari “Harbiy” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilovaning nomidagi “Respublika ixtisoslashtirilgan” soʻzlari “Harbiy” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1, 20 va 30-bandlardagi “Respublika ixtisoslashtirilgan” soʻzlari “Harbiy” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomga 1-ilova belgisi va nomidagi “Respublika ixtisoslashtirilgan” soʻzlari “Harbiy” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomga 2-ilova belgisi va matnidagi “Respublika ixtisoslashtirilgan” soʻzlari “Harbiy” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomga 3-ilova belgisidagi “Respublika ixtisoslashtirilgan” soʻzlari “Harbiy” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomga 4-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilova belgisidagi “Respublika ixtisoslashtirilgan” soʻzlari “Harbiy” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyga kirish uchun imtihonlarni umumiy baholash mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Topshiriqlarni bajarish

Maksimal ball

1.

Ona tili (diktant):

15

1.1

mutlaqo xatosiz yozilgan diktant, bitta orfografik yoki bitta punktuatsion xatoga yoʻl qoʻyilgan

13 — 15

1.2

diktant ikkita orfografik va ikkita punktuatsion xatolar bilan yozilgan, xatolar nisbati oʻzgarganda ularning umumiy miqdori toʻrttadan oshmasligi lozim

10 — 12

1.3

diktant toʻrtta orfografik va toʻrtta punktuatsion xatolar bilan yozilgan, xatolar nisbati oʻzgarganda ularning umumiy miqdori sakkiztadan, ammo orfografik xatolarning miqdori oltitadan oshmasligi lozim

7 — 9

1.4

diktant yettita orfografik va yettita punktuatsion xatolar bilan yozilgan

4 — 6

1.5

diktant toʻqqizta orfografik va toʻqqizta punktuatsion xatolar bilan yozilgan

1 — 3

1.6

diktant oʻnta va undan ortiq orfografik hamda oʻnta va undan ortiq punktuatsion xatolar bilan yozilgan

0

2.

Matematika (nazorat ishi):

15

2.1

barcha vazifalar va misollar xatosiz bajarilgan, 1 ta hisoblashga oid xatoga yoʻl qoʻyilgan

13 — 15

2.2

2 ta hisoblashga oid xatoga yoʻl qoʻyilgan

10 — 12

2.3

bitta vazifa va misolda yoki 3 ta hisoblashga oid xatoga yoʻl qoʻyilgan

7 — 9

2.4

ikkita vazifani bajarishda xatolarga yoki 4 ta hisoblashga oid xatoga yoʻl qoʻyilgan

4 — 6

2.5

ikkita vazifa va bitta misolni bajarishda xatolarga yoki 5 ta hisoblashga oid xatoga yoʻl qoʻyilgan

1 — 3

2.6

barcha vazifalar va misollar bajarilmagan

0

3.

Oʻqish:

10

3.1

bir daqiqada 70 ta va undan ortiq soʻz

10

3.2

bir daqiqada 60 — 65 soʻz

7 — 9

3.3

bir daqiqada 50 — 55 soʻz

4 — 6

3.4

bir daqiqada 40 — 45 soʻz

1 — 3

3.5

bir daqiqada 40 soʻzdan kam

0

4.

Psixologik test:

20

4.1

Har bir toʻgʻri javob uchun

1

5.

Ijodiy imtihon (musiqa):

40

5.1

ijro etish usuli (ritm):

10

5.1.1

berilgan usulni aniq takrorlash

8 — 10

5.1.2

berilgan usulni nisbatan takrorlash

5 — 7

5.1.3

berilgan usulni noaniq takrorlash

1 — 4

5.1.4

berilgan usulni takrorlay olmaslik

0

5.2

Xotira:

10

5.2.1

uzun va qisqa musiqa parchalarini aniq takrorlash

8 — 10

5.2.2

uzun va qisqa musiqa parchalarini nisbatan takrorlash

5 — 7

5.2.3

uzun va qisqa musiqa parchalarini noaniq takrorlash

1 — 4

5.2.4

uzun va qisqa musiqa parchalarini takrorlay olmaslik

0

5.3

Eshitish qobiliyati:

10

5.3.1

fortepianoda ijro etilgan tovush va tovushlar sonini toʻliq topish

8 — 10

5.3.2

fortepianoda ijro etilgan tovush va tovushlar sonini nisbatan topish

5 — 7

5.3.3

fortepianoda ijro etilgan tovush va tovushlarsonini noaniq topish

1 — 4

5.3.4

fortepianoda ijro etilgan tovushlarni topa olmaslik

0

5.4

Mustaqil tayyorlangan qoʻshiqni kuylash yoki asarni cholgʻuda ijro etish:

10

5.4.1

sof va aniq ohangda kuylash yoki cholgʻuda ijro etish

8 — 10

5.4.2

qoʻshiqni nisbatan sof ohangda kuylash yoki cholgʻuda asarni ijro darajasi

5 — 7

5.4.3

qoʻshiqni noaniq ohangda kuylash yoki cholgʻuda asarning ijro darajasi

1 — 4

5.4.4

qoʻshiqni kuylay olmaslik

0

Jami:

100

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomga 5-ilova belgisi va nomidagi “Respublika ixtisoslashtirilgan” soʻzlari “Harbiy” soʻzi bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomining 59-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“59. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻsmirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga muvofiq “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 16-fevraldagi PQ-129-son qaroriga muvofiq Harbiy musiqa akademik litseyi bitiruvchilariga Institutga oʻqishga kirishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarida oʻzlari toʻplagan ballarning 30 foizi miqdorida qoʻshimcha ball shaklida imtiyoz beriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qarori bilan tasdiqlangan Amir Temur nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kunduzgi taʼlim shaklida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 421-422-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“421. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 16-fevraldagi PQ-129-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyi bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarida oʻzlari toʻplagan ballarning 30 foizi miqdorida ball shaklida imtiyoz beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
422. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 2-martdagi PQ-150-son qaroriga muvofiq “Vatan tayanchi” harakatining tegishli tavsiyanomalariga ega boʻlgan “Vatan tayanchi” otryadi aʼzolariga Akademiyaga oʻqishga kirishda test sinovlari natijalariga koʻra toʻplagan ballarining 5 foizi miqdorida qoʻshimcha ball shaklida imtiyoz beriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 531-532-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“531. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 16-fevraldagi PQ-129-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyi bitiruvchilariga OHTMga oʻqishga kirishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarida oʻzlari toʻplagan ballarning 30 foizi miqdorida ball shaklida imtiyoz beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
532. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 2-martdagi PQ-150-son qaroriga muvofiq “Vatan tayanchi” harakatining tegishli tavsiyanomalariga ega boʻlgan “Vatan tayanchi” otryadi aʼzolariga OHTMga oʻqishga kirishda test sinovlari natijalariga koʻra toʻplagan ballarining 5 foizi miqdorida qoʻshimcha ball shaklida imtiyoz beriladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2022-y., 09/22/359/0594-son)