02.07.2022 yildagi PF-164-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.07.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 19-bandi hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunining 5 — 7-moddalariga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonuniylik va huquq-tartibotni tiklash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida 2022-yil 3-iyul kuni soat 00:01 dan 2022-yil 2-avgust kuni soat 00:00 ga qadar boʻlgan davrda favqulodda holat joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida favqulodda holat amal qilishi davrida soat 21:00 dan soat 07:00 ga qadar komendantlik soati joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Favqulodda holat amal qilishi davrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududining komendaturasi tashkil etilsin va unga Oʻzbekiston Respublikasining “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunida nazarda tutilgan barcha vakolatlar berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qoʻmondoni Rustam Mirzayevich Djurayev Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududining komendanti etib tayinlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Favqulodda holat amal qilishi davrida quyidagi choralar va vaqtinchalik cheklovlar oʻrnatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jamoat tartibini, oʻta muhim va toifalangan obyektlarni hamda aholining hayot faoliyatini taʼminlovchi infratuzilma obyektlarini muhofaza qilish kuchaytirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasida harakatlanish erkinligi, shu jumladan transport vositalari uchun cheklansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar tekshirilishi, ularning shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilishi, ulardagi ashyolar va transport vositalari koʻzdan kechirilishi taʼminlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Qoraqalpogʻiston Respublikasiga kirish hamda undan chiqish cheklansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tinch yigʻilishlar, koʻngilochar, sport va boshqa ommaviy tadbirlar tashkil etilishi va oʻtkazilishi taqiqlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) yuridik shaxslar faoliyatini toʻxtatib turish yoki tugatishga qaratilgan ish tashlashlar va boshqa har qanday harakatlar taqiqlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar, maxsus vositalar, zaharli moddalar sotilishi taqiqlansin, shuningdek, dori va giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, prekursorlar hamda etil spirti va alkogol mahsulotlari muomalasining alohida tartibi joriy etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) jismoniy shaxslardan qurol va oʻq-dorilar, zaharli moddalar, yuridik shaxslardan esa qurol, oʻq-dorilar va zaharli moddalar bilan bir qatorda harbiy va oʻquv-harbiy texnika, portlovchi va radioaktiv moddalarning vaqtinchalik olib qoʻyilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Favqulodda holat rejimi sharoitida qoʻllaniladigan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi uchun masʼul etib Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududi komendaturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, shuningdek, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi boshqa davlat organlari hamda tashkilotlarining kuchlari va vositalari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Fuqarolarning hayoti va sogʻligʻi uchun aniq tahdid, huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlariga hujum qilish, ularning qurol va texnikasini egallab olish holatlarini inobatga olib, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunining 23-moddasiga muvofiq quyidagi vazifalarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining kuchlari va vositalari qoʻshimcha ravishda jalb etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat joriy etilgan hududga kirish va undan chiqishning alohida rejimini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining hayot faoliyatini va transportning harakatlanishini taʼminlovchi obyektlarni hamda insonlarning hayoti va sogʻligʻi, shuningdek, atrof-muhit uchun yuqori xavf tugʻdiradigan obyektlarni muhofaza qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol, jangovar va maxsus texnika qoʻllanilgan holda zoʻravonlik harakatlari bilan birga yuz beradigan toʻqnashuvlarda ishtirok etayotgan qarama-qarshi kurashayotgan taraflarni ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunga xilof qurolli tuzilmalar faoliyatiga chek qoʻyishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining kuchlari tarkibida favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishda, shuningdek odamlarning hayotini saqlab qolishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Komendant R.M. Djurayev manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida xavfsizlikni taʼminlash va huquq tartibotni saqlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonuni talablariga muvofiq boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun barcha zarur choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.T. Yoʻldoshev ushbu Farmon bilan oʻrnatilgan choralar va vaqtinchalik cheklovlarning amalga oshirilishida qonuniylikka rioya etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi va boshqa davlat manbalaridan favqulodda holat rejimini taʼminlash uchun zarur mablagʻlarni ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Farmon 2022-yil 3-iyul kuni soat 00:01 dan eʼtiboran kuchga kiradi va ommaviy axborot vositalarida darhol eʼlon qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi palatalariga tasdiqlash uchun yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 2-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-164-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2022-y., 06/22/164/0591-son, 13.07.2022-y., 06/22/169/0631-son)