Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.10.2024 12.07.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 772
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.10.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“TASDIQLAYMAN”

Oʻzbekiston Respublikasi

qishloq va suv xoʻjaligi vazirining

birinchi oʻrinbosari

S. MURODOV

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“KELISHILDI”

“Oʻzqishxoʻjtaʼminottuzatish”

davlat qoʻmitasi raisining

oʻrinbosari

S. SULTONOV

“KELISHILDI”

Oʻzbekiston Respublikasi

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining

mexanizatsiya boshqarmasi boshligʻi

T. KARIMOV

11.06.1999-y.

“KELISHILDI”

Oʻz. R. QSXV “Boshdavtexnazorat”

inspeksiyasi rahbari

X. BOLTABOYEV

11.06.1999-y.

“KELISHILDI”

“Oʻzqishxoʻjtaʼminottuzatish” DKQ

MTP Bosh boshqarmasi boshligʻi

M. IKROMOV

07.06.1999-y.

“KELISHILDI”

“Oʻzqishxoʻjtaʼminottuzatish” DKQ

fan va yangi texnika boshqarmasi boshligʻi

M. TOSHBOLTAYEV

03.06.1999-y.

“KELISHILDI”

“Qishxoʻjtaʼmir” firmasining

bosh direktori
X. TOJIBOYEV

“KELISHILDI”

“Agromashtaʼmir” IIBsi

Bosh direktori

Gʻ. OTAJONOV

26.05.1999-y.

“KELISHILDI”

“Agromashtaʼmir” IIBsi

Bosh direktor oʻrinbosari

masʼul bajaruvchi

A. NAZIROV

26.05.1999-y.

“KELISHILDI”

“Agromashtaʼmir” IIBsi

KTB mudiri M. RUDNEV

26.05.1999-y.

“KELISHILDI”

“Agromashtaʼmir” IIBsi

KTB injeneri

A. ZUZULYA

25.05.1999-y.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MASHINA-TRAKTOR PARKLARINING VA QISHLOQ XOʻJALIK KORXONALARINING MASHINA SAROYLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 12-iyulda 772-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur nizom Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2024-yil 2-oktabrdagi 22-sonli “Mashina-traktor parklarining va qishloq xoʻjalik korxonalarining mashina saroylari toʻgʻrisidagi nizomni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 772-1, 22.10.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.03.1999-yil 139-sonli qaroriga binoan ishlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Mashina saroyi mashina-traktor parkining yoki qishloq xoʻjalik korxonasining taʼmirlash-xizmat qilish bazasining obyektlaridan biridir, bu yerda texnika va undan yechilgan tarkibiy qismlarni saqlash tashkil qilinadi, yangi texnikani butkul yigʻish, hisobdan chiqarilgan texnikani qismlarga ajratish va nuqsonlash, mashina-traktor agregatlarini butlash va sozlash, oddiy qishloq xoʻjalik mashinalarini saqlashga qoʻyishdan oldin taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Mashina saroyi taʼmirlash-xizmat qilish bazasining maydonida joylashadi, qishloq xoʻjalik mashinalariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻlimlaridan, foydalanilayotgan mashinalarning qisqa muddatli saqlash joylaridan devor bilan ajratib qoʻyiladi; yopiladigan darvozasi boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Mashina saroyi Oʼz DST 932: 1999 “Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan texnika. Saqlash qoidalari” Davlat standarti, 816-01-31 sonli “Markaziy qoʻrgʻoncha, xoʻjaliklar taʼmirlash-texnik bazalari” nomli namunaviy loyiha yechimlari (Ilova 1), mashina-traktor parkidagi va qishloq xoʻjalik korxonasidagi texnikaning soni va ishlash sharoitini hisobga olgan holda tashkil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. Mashina saroyida quyidagi ishlar bajariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashinalarni saqlashga qabul qilish, mashinalarni saqlashga tayyorlash (tozalash, yuvish, omborda saqlanishi lozim boʻlgan tarkibiy qismlarni yechish, mashinaning uzel, agregat va ishchi organlarini konservatsiyalash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashinalarni va ularning uzel va agregatlarini saqlash joylarga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlashga tayyorlashda mashinalarga texnik xizmat koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlash davomida mashinalarga texnik xizmat koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlashdan chiqarilib, foydalanishga topshirilayotganda mashinalarga texnik xizmat koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi olingan qishloq xoʻjalik mashinalarini qabul qilish, yigʻish, sinab koʻrish, dastlabki rostlash va chiniqtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashinalarni va agregatlarni butlash, rostlash va texnologik sozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murakkab boʻlmagan qishloq xoʻjalik mashinalari va moslamalarini tuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
traktor, kombayin va boshqa qishloq xoʻjalik mashinalarini tuzatishga topshirish va tuzatilgan mashinalarni saqlashga qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
butlangan mashinalarni foydalanishga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobdan chiqarilgan traktorlarni, kombayinlarni va boshqa qishloq xoʻjalik mashinalarini qismlarga ajratish va nuqsonlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzel, agregat va detallardan almashish fondini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashinalarni saqlashga qoʻyishda ishlatiladigan har xil tagliklar va nostandart uskunalar yasash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.5. Mashina saroyida qishloq xoʻjalik texnikasi uch xil usulda saqlashga qoʻyiladi: ochiq, yopiq va aralashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng yaxshi usul bu yopiq saqlashdir, bunda mashinalar, agregatlar, uzel va detallar garajlarda, omborxonalarda, maxsus va bu maqsad uchun moslashtirilgan binolarda joylashtiriladi. Bu yerda ular iqlim va atmosfera taʼsirlariga kamroq uchraydi. Avvalambor yopiq joylarda atmosfera taʼsiridan tez ishdan chiqadigan, ularni tayyorlashga va xizmat koʻrsatishga katta xarajat talab etiladigan gerbitsid va zaharli dorilar solish mashinalari va moslamalarini, murakkab va qimmat oʻrim-yigʻim kombayinlarini, traktorlarni va boshqa mashinalarni saqlash lozim. Yopiq saqlash usulda detal, uzel va agregatlarni mashinalardan yechmasdan qoldirsa boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq saqlash usuli asosan omoch, borona, kultivator, xaskash va shunga oʻxshash mashinalarni qisqa muddatli saqlash uchun tavsiya etiladi. Bu usul mashinalardan hech bir uzel va detallarni yechmasdan ochiq maydonchalardan saqlash bilan taʼriflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aralashgan holda saqlash usuli yopiq va ochiq saqlash usullarini mujassamlashtirgan. Murakkab mashinalar (kombayinlar, quvvatli traktorlar, oʻgʻit solish mashinalari) yopiq joylarda saqlanadi, boshqalari qattiq qoplamali maxsus jihozlangan maydonchalarda saqlanadi. Baʼzi bir hollarda murakkab mashinalarni ochiq maydonchalarda, bostirmalar ostida saqlashga ruxsat etiladi (Ilova 2), faqat bu holda mashinalardan ochiq atmosferada tez yemiriladigan uzel va agregatlar: akkumulyator batareyasi, ponasimon tasmalar, rezina va gazmoldan tayyorlangan detallar, vtulkarolikni zanjirlar va shunga oʻxshashlar yechiladi va maxsus jihozlangan omborga saqlashga topshiriladi. mashinalar albatta konservatsiya, germetizatsiya qilinishi va tagliklarga oʻrnatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.6. Ushbu nizom agrosanoat kompleksida xoʻjalik yurituvchi subyekt maqomidagi faoliyat koʻrsatuvchi barcha qishloq xoʻjalik korxonalari fermer va dehqon xoʻjaliklari, shirkatlar va boshqalar) uchun ham, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.7. Xoʻjalik yurituvchi subyekt maqomidagi faoliyat koʻrsatuvchi mashina saroylari amaldagi qonunchilik asosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan Nizomiga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.8. Mashina saroyi faoliyati boʻyicha javobgarlik mashina saroyi mudiriga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. MASHINA SAROYIGA BOʻLGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Mashina saroyi tarkibiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnikani saqlash uchun imoratlar (garajlar, omborlar, bostirmalar) va qattiq qoplamali qiyalab tekislangan maydonlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashina va agregatlarni rostlash va butlash maydoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yukkoʻtargich mexanizmi bilan jihozlangan yuklash-tushirish maydoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashinadan yechiladigan almashinuvi ishchi organlari, akkumulyatorlar, vtulka-rolikni zanjirlar, rezina va gazmoldan tayyorlangan detallar saqlash uchun stellajlar qoʻyilgan omborlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashina saroyidan ajratib qoʻyish tavsiya qilinadigan, hisobdan chiqarilgan texnika qismlarga ajratish va nuqsonlash maydoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir-tersak chiqindisi saqlash maydoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korroziyaga qarshi qoplamalar (himoyalash moyi, saqlovchi tarkiblar va lakboʻyoq qoplamalar) qoplovchi asbob-uskuna bilan jihozlangan konservatsiya posti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yukkoʻtaruvchi asbob-uskuna ( qoʻzgʻaluvchi kranlar, garaj domkrati), mashina saqlashga qoʻyish uchun moslama va tagliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻinga qarshi asbob-uskuna va anjomlar (shchitlar, qum yashiklar, yongʻinga qarshi rezervuarlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi va zaxira (yongʻinga qarshi) darvozalari boʻlgan hudud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarni rasmiylashtiradigan koʻmakchi xona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashinalarni sirtqi yuvish va tozalash maydoni (saqlash zonasidan tashqarida) kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Mashina saroyi maydonining plani va jihozlari amaldagi namunaviy loyihalar hamda Oʼz DST 932: 1999 “Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan texnika. Saqlash qoidalari” ni inobatga olgan holda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Mashina saroyi hukmronlik qiluvchi shamollarni hisobga olgan holda joylashtiriladi. Mashina va jihozlarni saqlash zonalari qum va qor koʻchki uyumlaridan, yongʻinga qarshi va mehnat xavfsizligi qoidalarini hisobga olgan holda himoyalangan boʻlishi zarur, shuning uchun yopiq imoratlar, omborlar, bostirmalar joyning perimetri boʻyicha joylashishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.4. Mashinalarni saqlash uchun ochiq maydonlar saroyining suv toshmaydigan joylarida uyushtiriladi, ularning perimetri boʻyicha oqova suv chiqib ketadigan ariq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.5. Qattiq qoplamali maydonlar sathi yomgʻir, qor va muz suvlari oqib ketishi uchun asosiy oqova ariq tomonga 2.....3 oS lik nishab boʻlishi zarur. Qattiq qoplama sifatida asfalt, asfaltobeton, beton, shagʻal foydalaniladi. Qoplama yangi boʻlmasdan, qoʻzgʻalayotgan va saqlashda turgan mashinalarning ogʻirligiga dosh beradigan, texnikani bir yoki ikki qator qilib joylashtirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.6. Ochiq maydonlardagi mashinalar oʻrtasidagi eng qisqa masofa 0,7 m. dan, mashina qatorlari orasidagi masofa 6 m. dan kam boʻlmasligi kerak. Maydonlar kengligi mashinalarni oʻlchami va oʻrnatish usuliga qarab aniqlanadi. Odatda, uzunchoq yer boʻlagining kengligi bir qatorlik joylashtirishda — 2....3 m, ikki qatorlik joylashtirishda 4....6. m. Qattiq qoplamali maydonlarda tirkama mashinalarning ishchi organlarni joylashtirish maqsadga muvofiqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.7. Saqlash joylarining soni va turi mashina saroyida saqlash zarur boʻlgan texnikaning mavjudligiga qarab aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.8. Mashina saroyi maydoni koʻkalamzorlashtirilgan, elektr quvvati va suv bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. MASHINA SAROYIDA ISHLARNI TASHKILLASHTIRISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Mashinalarni saqlashga qabul qilish va saqlashdan berish bir tomonidan mashina saroyi mudiri va boshqa tomondan shu texnikaga biriktirilgan traktorchi-mexanizator oʻrtasida Oʼz DST 932:1999 Davlat standartiga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnikani uzoq muddatli saqlashga qabul qilish va saqlashdan berishda ushbu Nizom (ilova 3, 4 qarang) belgilovchi shakl asosida texnik holati va butligini koʻrsatib beruvchi dalolatnoma tuziladi, qisqa muddatli saqlashda — mashinalarni saqlashga qoʻyish va foydalanishga topshirish hisob-kitobi jurnaliga (ilova 5) muvofiq yozuvlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Qishloq xoʻjalik texnikasini saqlashga qoʻyishda, u albatta yuvilgan, tozalangan, moylangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. Mashinalar saqlashga qoʻyilganda vaqti-vaqtida texnika holati, texnikani tagliklarga oʻrnatilganligining puxtaligi, izolyatsiya qilingan joylarning himoyalanganligi tekshirib turiladi, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4. Murakkab boʻlmagan qishloq xoʻjalik mashinalarini saqlashga qoʻyishda yoki mashina saroyidan berishda “Mashinani saqlashga qoʻyish va foydalanishga topshirish hisob-kitob jurnaliga”, hamda “Mashinaning inventar kartochka”siga (ilova 6) muvofiq yozuvlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5. Har bir mashina saroyining 7 ilovada keltirilgan shaklda pasporti va texnikani turi boʻyicha saqlashda joylashtirish sxemasi ishlab chiqilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.6. Fermer va dehqon xoʻjaliklari, shirkatlar oʻz balansidagi texnikani MTP yoki boshqa qishloq xoʻjaligi korxonasi mashina saroyiga shartnoma asosida saqlashga qoʻyishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.7. Fermer va dehqon xoʻjaliklari, shirkatlar oʻzlarining taʼmirlash-xizmat qilish bazalarida, ushbu Nizomga binoan tashkil qilingan saqlash boʻlim (sektor)larida texnikani saqlashni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.8 Alohida mashina saroyiga ega boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻz mulklari boʻlgan texnikalardan belgilangan tartib-qoidalarga asosan foydalanish, saqlash, taʼmirlash va hisob-kitob yuritishni taʼminlashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. MASHINA SAROYINING IXTISOSLASHTIRILGAN XIZMATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Mashina saroyining ixtisoslashtirilgan xizmati korxona rahbarining ushbu Nizomga muvofiq buyrugʻi bilan tashkil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. mashina saroyining ixtisoslashtirilgan xizmati qishloq xoʻjalik texnikasini yaxshi saqlanganligini va mavsumiy dala ishlariga tayyorgarligini taʼminlashga bogʻliq ishlarni olib boradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlashga tayyorlash va qoʻyish; saqlashdan chiqarish; yangi mashinalarni butlash va ularni sozlash, saqlash mobaynida mashinalarga texnik xizmat koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobdan chiqarilgan texnikani qismlarga ajratish va nuqsonlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mashina saroyi ishchilari soni ishlab chiqarish bazasining turi va texnikalar soni, mehnatni mexanizatsiyalash vositalari mavjudligiga qarab belgilanadi. Har bir muayyan holatda mashina saroyi ishchilarning soni saqlanayotgan texnika soniga va mavjud vaqt meʼyorlariga asosan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Mashina saroyi mudiri mashina saroyining ixtisoslashtirilgan xizmatiga rahbarlik qiladi. Mudir koʻrsatmalarini uning qoʻl ostidagi barcha ishchilar bajarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4. Mashina saroyining ixtisoslashtirilgan xizmati traktorlarni, kombaynlarni va boshqa qishloq xoʻjalik mashinalarini mashina saroyiga mexanizatorlardan (traktorchi-mashinistlardan) yoki boʻlimlardan tozalangan holda qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5. Mashinani saqlashga mashina saroyining ishchilari qoʻyadilar. Yigʻim-terim texnikalar ommaviy ravishda saqlashga qoʻyishda asosiy ishida mashgʻul boʻlmagan traktorchi-mashinistlar ham ishga jalb qilinadi. Bu holda ularga quyidagi ishlarni bajarish topshiriladi: mashinani loy, oʻsimlik, mineral oʻgʻit va pestitsid qoldiqlaridan tozalash, yuvish va konvensatsiya postiga yoki saqlashga joyiga olib borish, mashinadan omborda saqlanishi lozim boʻlgan uzel va detallarni yechish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan xizmat zvenolari mashinalar ishchi organlarini, ularning uzel va agregatlarini saqlashga tayyorlash va konservatsiyalash, shikastlanadigan sirtlarini lakboʻyoq bilan boʻyash, germetizatsiya va mashinalarni tayanch, taglik va shunga oʻxshash narsalarga oʻrnatish ishlarini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.6. Texnikani mashina saroyiga qabul qilinishi va mashina saroyidan chiqarilishi faqat butlangan holda boʻladi. Mashina butligi toʻliq boʻlmagan holda, yetishmaydigan tarkibiy qismlar va detallar koʻrsatilgan dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma mashina-traktor parki buxgalteriyasiga va bosh muhandisga topshiriladi. Dalolatnomaning uchinchi nusxasi mashina saroyi mudirida, mashinani yetishmaydigan detallar bilan butlash choralarini koʻrish uchun qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.7. Mashina saroyining ixtisoslashtirilgan xizmati texnikani mavsumiy dala ishlariga yillik kalendar reja (ilova 8) asosida tayyorlaydi, agronomik xizmat ishlab chiqqan texnologik kartalar boʻyicha agregatlarni va mashinalarni toʻgʻri va oʻz vaqtida butlashga javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.8. Mashinalar holati yopiq binoda saqlanayotganda ikki oyda kamida bir marta, ochiq maydonlarda va bostirmalarda saqlanayotganda oyda bir marta tekshirib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuchli shamol, yomgʻir va qordan soʻng darhol tekshiruvchi va aniqlangan kamchiliklarni tuzatishni oʻtkazish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bajarilishi lozim boʻlgan ishlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayanch va tagliklarga mashinalarni toʻgʻri oʻrnatilishi (turgʻunligi, qiyshayish va bukilishining yoʻqligi); shinalardagi havo bosimi, germetizatsiyaning puxtaligi, korroziyaga qarshi qoplamalar holati, himoyalash moslamalarning holati tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlangan nuqsonlar bartaraf etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.9. Mashina saroyi ishchilari kerakli jihoz, asbob-uskuna, materiallar bilan taʼminlanishi zarur; zaruriyat boʻlganda ular oʻzlari mashinalarni saqlashga qoʻyishga kerak boʻladigan tayanchlar, tikinlar, gʻilof va boshqa moslamalarni yasaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.10. Mashina saroyi ishchilari oʻzlarining asosiy vazifalaridan boʻsh boʻlganlarida xoʻjalikdagi qishloq xoʻjalik mashinalarini tuzatishda ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. MASHINA SAROYI MUDIRINING VAZIFALARI VA HUQUQLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. Mashina saroyi mudiri lavozimiga muhandis-mexanik tayinlanadi. U mashina-traktor parkining yoki qishloq xoʻjalik korxonasining bosh muhandisiga boʻysunadi, uning rahbarligi ostida ishlaydi va moddiy javobgar shaxs sifatida bosh hisobchiga hisobot beradi. Oʻzining ishida ichki tartib qoidalarga, buyruqlarga, farmoyishlarga va korxona rahbarining yoʻl-yoʻriqlariga va yuqori tashkilot koʻrsatmalariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2. Mashina saroyi mudiri:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qoidalar va standartlar boʻyicha texnikalar saqlanishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzatish texnik shartlariga binoan murakkab boʻlmagan qishloq xoʻjalik mashinalarini tuzatishni taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilish-topshirish dalolatnomalarida, inventar kartalarida yoki maxsus jurnalda mashina saroyiga qabul qilinayotgan va mashina saroyidan dala ishlariga chiqarilayotgan texnikani, mexanizator yoki traktorchiga topshirilayotgan qishloq xoʻjalik texnikasini hisob-kitobini olib borishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda mashina saroyida bajarilayotgan ishlar borasida, mashinalarni korroziyaga qarshi himoyalashga ishlatiladigan vosita, material va konservatsion tarkiblar sarfi boʻyicha hisob-kitob hujjatlarini buxgalteriya oldida hisobot olib borishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalikka kelayotgan yangi texnikani olishi, sozligini va butligini tekshirishi; yigʻishda, zarur boʻlganda mashinani chiniqtirishda ishtirok etishi, qabul qilish dalolatnomalarini rasmiylashtirishi va buxgalteriyaga topshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobdan chiqarilgan mashinalarning uzel va agregatlarini qismlarga ajratishni va detallarni nuqsonlashni, yaroqli detallarni foydalanishga, yaroqsizini temir-tersak chiqindisiga topshirishni va temir-tersak chiqindisini mashina saroyidan ikkilamchi qora temir-tersak bazalariga joʻnatishni tashkil qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnikani saqlashga qoʻyish, saqlash mobaynidagi xizmat, saqlashdan chiqarish, qishloq xoʻjalik mashinalarini koʻrigi va taʼmirini oʻtkazish grafiklarini ishlab chiqishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashinalarni saqlashda va tuzatishda foydalaniladigan jihozlar, ehtiyot qismlar, konservatsion va boshqa materiallar talabnomalarini ishlab chiqishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashina-traktor agregatlarini butlash boʻyicha ishlarni tashkil qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjalik texnikasiga texnik xizmat va tuzatishda ishlatiladigan asbob-uskuna, moslama, jihozlarda foydalanishni bilishi va ularni doimo ishga layoqatli holatda tutishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mexanizatorlarga butlangan mashinalarni topshirishi va qabul qilishi, mashina saroyidagi mashinalarni butligini buzishga yoʻl qoʻymasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqti-vaqtida bosh muhandisga mashinalarning texnik holati va mexanizatorlarning texnika saqloviga munosabati boʻyicha axborot berib turishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnikaga saqlashdagi texnik xizmat va tuzatish, asbob-uskuna va jihozlardan foydalanish qoidalari, yangi markadagi mashinalar tuzilishi boʻyicha mashina saroyi ishchilarini oʻqishini tashkil qilishi va oʻtkazishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vaqtida topshiriqlarni bajaruvchilarga yetkazish, ularni ishchi joylarga taqsimlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashina saroyida mashinalarni saqlashda texnik xizmat va tuzatishdagi qoida va texnologiyalarga amal qilinishini taʼminlashi, dala ishlariga mashinalarni tayyorgarlik rejalarini bajarilishini nazorat qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashina saroyi hududida zarur tartibni taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vaqtida mashina saroyi ishchilariga koʻrsatma berishi, ularning bilimini va mehnat xavfsizligi va yongʻinga qarshi xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishini tekshirishi va nazorat qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.3. Mashina saroyining mudiri:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchilardan mashina saroyida texnikani saqlashga qoʻyishda, xizmat qilishda va tuzatishda koʻzda tutilgan texnologik jarayonga asosan barcha operatsiyalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini talab qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnikani yaxshi saqlashligi boʻyicha mashina saroyi ishchilarini va mexanizatorlarni ragʻbatlantirish boʻyicha, shuningdek texnikaga va uning butligiga sovuqqonlikda boʻlganlarga jazo uchun rahbariyatga takliflar berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashina saroyida mehnat xavfsizligi va yongʻinga qarshi xavfsizlik qoidalarini buzuvchi shaxslarni ishdan chetlatishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zanjir tasmali (gusenitsali) traktorlarni bevosita xoʻjaliklar hududlarida saqlash uchun joylar ijarasi boʻyicha rahbariyatga taqdimnoma berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.4. Mashina saroyining mudiri:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashina saroyidagi murakkab boʻlmagan mashinalarni saqlashda tayyorlash va tuzatish ishlarini oʻz vaqtida va sifatli qilib bajarilishiga, qishloq xoʻjalik texnikasini saqlanishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashina saroyi hududida mashinalarni saqlanishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashinalar va jihozlar butligiga, texnikani saqlashga qoʻyishda qoʻllaniladigan tagliklar va stellajlar mavjudligiga, hamda saqlashda texnik xizmat va tuzatishda foydalaniladigan moslama, asbob-uskuna va vositalarni texnik holatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashina saroyini yongʻinga qarshi asbob-uskuna va anjomlar bilan jihozlanishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchilar va mashina saroyida mashgʻul mexanizatorlar mehnat xavfsizligi va yongʻinga qarshi xavfsizlik qoidalariga amal qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni oqilona tashkil qilinishiga, ichki mehnat tartibi qoidalariga, mashina saroyida mehnat va texnologik intizomiga qatʼiy amal qilinishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik hujjatlarni toʻgʻri olib borilishiga, ishlatilgan materiallar va pul mablagʻlarini birlamchi hisob-kitobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashina saroyi ishchilari mehnat va texnologik intizomni buzganligi, amaldagi qonunlarga asosan texnikani notoʻgʻri saqlashi natijasida xoʻjalikka keltirilgan moddiy zararga javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. MASHINA SAROYI ISHCHILARINING HUQUQLARI VA VAZIFALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1. Mashina saroyi ishchilarining huquqlarini va vazifalarini amaldagi belgilangan tartib qoidalar asosida tuzilgan ishchi va mashina saroyi mudiri oʻrtasidagi mehnat shartnomasi belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.2. Ishchi va mashina saroyi mudiri oʻrtasida paydo boʻladigan mehnat tortishuvlari belgilangan tartibda hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Davlat roʻyxatiga olingandan soʻng avvalgi “Kolxoz, sovxoz va xoʻjaliklararo korxonalar mashina saroyi toʻgʻrisidagi Nizom” (SSSR QXV 14.12.78 tasdiqlangan) Oʻzbekiston Respublikasi hududida tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ILOVA

‎‎
‎‎
‎‎Mashina saroyining namunaviy loyiha yechimlarining (TP- 816-01-31)
‎asosiy taxminiy koʻrsatkichlari ‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎

‎‎‎‏
‎‎‏Koʻrsatkich
‎‎‎

MTP yoki k/x korxonasidagi traktorlar va oʻziyurar mashinalari soni
‎‎‎‎

V‎‎‎

B‎‎‎

A‎‎‎

25‎

50‎ 75‎ 50‎ 75‎ 100‎ 75‎ 100‎ 150‎ 200‎

Uchastok maydoni, ga‎‎‎

1,84‎ 3,35‎ 4,42‎ 2,26‎ 3,0‎ 3,38‎ 2,12‎ 2,6‎ 3,28‎ 4,26‎

Qurilish maydoni, ga‎‎‎

0,59‎ 1,11‎ 1,59‎ 0,76‎ 1,62‎ 1,39‎ 0,87‎ 1,04‎ 1,47‎ 1,87‎

Oʻtish yoʻllari maydoni.ga‎‎‎

1,02‎ 1,9‎ 2,5‎ 1,16‎ 1,63‎ 1,77‎ 1,06‎ 1,38‎ 1,65‎ 2,25‎

Koʻkalamzorlashtirish maydoniga, ‎‎‎

0,23‎ 0.34‎ 0,33‎ 0,34‎ 0,35‎ 0,22‎ 0,19‎ 0,18‎ 0,16‎ 0,14‎

Qurilish zichligi, %‎‎‎

32,1‎ 33,1‎ 36,0‎ 33,6‎ 34,2‎ 41,1‎ 41,0‎ 40,0‎ 44,8‎ 43,9‎

Maydondan foydalanish,%

87,5‎ 89,9‎ 92,5‎ 85,0‎ 88,3‎ 93,5‎ 91,5‎ 93,1‎

95,1‎

96,7‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

‎‎
Ilova: “ V ” tipidagi qishloq xoʻjalik texnikasining barchasi MTP mashina saroyida, “B” va “A” tiplaridagi qishloq xoʻjalik texnikalarining bir qismi bevosita dala ishlariga yaqin joylarda maydonlarda saqlanadi.
‎‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ILOVA

‎‏Mashinalar va ularning
‎tarkibiy qismlari turlari
‎‏
‎

Saqlash joyi‎‎

Ochiq maydoncha ‎

‏

Bostirma ostida
‏‎

Ombor‎

‏
Traktorlar:‎ ‎ ‎ ‎

zanjir tasmali

‎gʻildirakli va uziyurar shassili
‎
‎jumladan xorijiy traktorlar

-‎ +‎ -‎
Tirkamalar‎ -‎ -‎ -‎
Yuqortgichlar‎ +‎ -‎ +‎
Omochlar‎ -‎ +‎ -‎
Lushilniklar.boronlar sukalar,
‎tishli boronlar‎
+‎ -‎ -‎
Kultivatorlar‎ +‎ -‎ -‎
Oʻgʻit sepkichlar‎ +‎ -‎ -‎
Boshoqli don seyalkalari‎ +‎ -‎ -‎
Don-yigʻish kombaynlari‎ +‎ +‎ -‎

jumladan xorijiy don yigʻish kombaynlar‎

-‎ -‎ -‎
Yem-xashak yigʻish kombaynlari
‎‎
-‎ +‎ +‎

jumladan xorijiy yem-xashak yigʻish kombaynlar‎

-‎ +‎ -‎
Paxta tarish mashinalari‎
‎
-‎ -‎ +‎

jumladan xorijiy p/t mashinalari‎

-‎ +‎ -‎
Koʻsak terish mashinalari
‎‎
-‎ +‎ -‎
Elektr asbob-uskunalar
‎‎
-‎ -‎ +‎
Qayishlar
‎‎
-‎ -‎ +‎
Zanjirlar
‎‎
-‎ -‎ +‎
Oʻrindiqlar
‎‎
-‎ -‎ +‎
‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎

Tavsiya qilinadigan saqlash usullari‎
‎
‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ILOVA

‎_________________________
‎ _________________________
‎(MTP va k/x korxonasi nomi)

‎‎
‎‎

Tasdiqlayman
‎_________________________
‎(lavozimi)
‎_________________________
‎(imzo)
‎
‎“___” ___________ 19__y. ‎
‎‎
‎
‎

‎‎
‎‎Mashinani saqlashga qoʻyish dalolatnomasi
‎‎
‎‎
‎

№ _______‎

‎

“___”___________19____y.

‎‎
‎‎
‎Biz quyida imzo qoʻyuvchilar,ushbu dalolatnomani shu haqda tuzdikki,
‎
‎_____________________________________________________________________________________
‎(lavozimi, f.i.o.)
‎
‎_____________________________________________________________________________________
‎(mashina nomi, markasi.inventar raqami va uning texnik holati:
‎
‎_____________________________________________________________________________________
‎yaroqli, taʼmirtalab, hisobdan chiqarish kerak;
‎
‎_____________________________________________________________________________________
‎
‎topshirdi.saqlashga masʼul ______________________________________________qabul qildi
‎(lavozimi, f.i.o.)

‎‎
‎‎
‎‎Mashinaning asosiy tarkibiy qismlari taʼrifi
‎

‎‏Nomi
‎

‎‏Almashtirish lozim
‎

Talab qiladi‎‎

Ilova‎‏
‎

Tuzatishni ‎

texnik xizmatni‎

Mashinani saqlashga kuyishda:
‎a) omborga topshirildi ‎‎
‎
Tarkibiy qismlar, asbob-uskuna nomlari ‎‎ ‎
b) yetishmaydi:‎‎ ‎
‎‎Tarkibiy qismlar, asbob-uskuna nomlari
‎‎
‎
‎‎
‎‎
‎
‎Topshirdi
‎Qabul qildi Ilova:
‎1. ‎Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi; bir nusxa saqlashga masʼul xodimda, ikkinchisi— hisobxonada ‎va mexanizator bilan hisob-kitob qilish uchun hujjatdir. 2. Dalolatnoma faqat murakkab mashinani ‎(traktor, kombayn va boshqalar) saqlashga qoʻyishda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-ILOVA

Mashina ishlatishga topshirish dalolatnomasi‎
‎‎‎
‎

“___”__________________19___y ‎

№ ________________________‎

‎
‎
‎Biz quyida imzo qoʻyuvchilar ushbu dalolatnomani shu haqda tuzdikki, saqlashga
‎ masʼul__________________________________________________________________

(lavozimi, f.i.o.)‎

‎
‎‎
‎
‎________________________________________________________________________________

‎‎(mashinaniig nomi markasi, inventar raqami)‎

‎‎
‎topshirdi_____________________________________________________________qabul qildi

‎‎(lavozimi, f.i.o.)‎

‎
‎Texnik holati ___________________________________________________________________

‎‎(yangi tuzatishdan soʻng, tuzatish, texnik xizmat va sh.u.‎

‎‎
‎________________________________________________________________________________________________

talab qiladi) ‎

‎

‎‎
Mashina quyidagi asbob-uskuna bilan butlangan‎
‎
‎

Nomi‎

Soni‎

‎
‎
‎
‎
‎
‎
‎
‎
‎
‎‎
‎

‎
‎
‎‎
‎
Topshirdi
‎Qabul qildi
‎
‎Ilova: 1. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi, bir nusxasi-mashina topshiruvchida ikkinchi qabul qiluvchida qoladi.
‎
‎2. Dalolatnoma murakkab qishloq xoʻjalik mashinasi qabul qilishda (topshirishda) tuziladi.
‎
‎ ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-ILOVA

‎Mashinalarni saqlashga qoʻyish va foydalanishga
‎topshirish hisob-kitobi jurnali
‎‎
‎‎
‎

Saqlashga qoʻyish sanasi‎‏
‎‏
‎

‎‏Mashina nomi, rusumi
‎‏
‎

Inventar xoʻjalik
‎raqami‎‏
‎‏
‎

‎‏Texnik holati (soz, taʼmirtalab. hisobdan chiqarish lozim)
‎‏
‎

Mashinani saqlashga qoʻyishda‎‎

Imzolar‎‎

texnik holati (soz, taʼmirtalab, hisobidan chiqarish lozim)‎‏
‎‏
‎

Imzolar‎‎‎

omborga topshirilgan‎‎‎

yetishmaydigan‎‎‎

Saqlashga masʼul shaxs qabul qildi‎‏
‎

Topshirdi (lavozimi, f.i.o.)‎‏
‎

‎

Qabul qildi (lavozimi, f.i.o.)‎‏
‎

Saqlashga masʼul shaxs topshirdi ‎‏
‎

yigʻish birliklari, detallarning nomi‎

Soni‎

yigʻma, birliklarining, detallarning nomi‎

Soni‎

Foydalanishga topshirish sanasi ‎

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-ILOVA

‎ ‎ ‎ ‎ ‎

‎‎
‎‎
MTP yoki qishloq xoʻjalik korxonasi
‎____________________________________
‎(nomi) ‎‎
‎
‎
‎‎
‎

‎‎
‎‎
Mashinaning inventar kartasi Mashinaning nomi va markasi ________________________________________xoʻjalik raqami
‎
‎Chiqarilgan yili __________________________xoʻjalikka keltirilgan vaqti
‎
‎Boshlangʻich balans narxi ___________________________soʻm. ‎‎
‎
‎‎

‎‏Tartib raqami
‎

Mashina saroyidan mashinani topshirish‎‎

Mashinani saqlashga berish
‎‎‎

Mexanizatorning ismi, familiyasi‎

Sana‎

Mashinining texnik holati
‎‎

Mashinini qabul qilgan mexanizator imzosi
‎‎

Sana‎

Mashinining texnik holati‎

Mashina, saroyi mudiri imzosi‎

Tuzatishga berish vaqti‎

Tuzatishdan qaytish vaqti‎

‎
‎
‎
‎
‎
‎
‎
‎
‎
‎
‎
‎
‎
‎
‎‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-ILOVA

KELISHILDI
‎
‎Tuman Davtexnazorat
‎inspeksiyasi rahbari
‎
‎______________________________‎
(imzo) f. i. o.
‎
‎“___” ____________________19__y.
‎
‎‎
‎
‎
‎

‎
‎TASDIQLAYMAN
‎
‎MTP yoki k/x korxonasi rahbari
‎
‎
‎______________________________
‎(imzo) f. i. o.

‎‎“___” ____________________19__y.

‎‎MASHINA SAROYI
‎PASPORTI
‎
‎(NAMUNA)

‎MTP yoki k/x korxonasi bosh muxandisi
‎‎‎
‎

‎‎
‎‎___________________________________
‎F.I.O.
‎
‎
‎‎
‎

Mashina saroyi
‎mudiri

___________________________________
‎F.I.O. ‎‎
‎
‎
‎
‎
‎
‎
‎
‎
‎
‎

‎‎1 MTP yoki k/x korxonasi nomi______________________________________________________
‎
‎2 Huquqiy holati ________________________________________________________________
‎
‎3 Manzilgohi_____________________________ telefon № _____________________________
‎
‎4 Mashina saroyi maydoni _______________________________________________________ga
‎
‎5 Qurilish umumiy maydoni ______________________________________________________m
‎
‎

‎‎yopiq binolar maydoni ___________________________________________________________m2
‎
‎jumladan tarkibiy qismlarni saqlash omborlari maydoni
‎ ______________________________________________________________ m2
‎
‎bostirmalar maydoni ___________________________________________________________ m2
‎
‎Ochiq maydonlar ________________________________________________________________ m2

‎‎6 Oʻtish yoʻllari maydoni ________________________________________________________ ga
‎
‎7 Koʻkalamzorlashtirish maydoni _________________________________________________ ga
‎
‎8 Elektr quvvati bilan taʼminlanishi:
‎
‎TP __________________________________________________________________________ kVa
‎LEP _________________________________________________________________________ km
‎elektr jihozlarga oʻrnatilgan quvvat _____________________________________________ kvt
‎
‎
‎9 Suv bilan taʼminlanishi:
‎
‎vodoprovod ________________________________________________________________ m3/soat
‎ishlab-chiqarish xoʻjalik sohasi _______________________________________________m3/soat
‎suv hovuzi _____________________________________________________________________ m3
‎
‎10 Gaz bilan taʼminlanishi __________________________________________________ m3/yil
‎
‎11 Saqlashga qoʻyiladigan texnika va saqlash joylar roʻyxati
‎
‎
‎

‎‏№№
‎pp
‎

‎‏Texnika nomi va rusumi
‎

Soni‎‏
‎

Saqlashga qoʻyish joyi‎‎

yopiq binoda‎

bostirma ostida‎

Ochiq maydonda
‎‎

‎ ‎‎Murakkab k/x texnikasi
‎
1.‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
2.‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
3. ...‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎‎Oddiy k/x texnikasi
1.‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
2.‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
3. ...‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎12 Bajarilishi belgilangan ishlar:
‎
‎
‎

Ish turi‎‎

Bajarishga masʼul
‎shaxslar‎‎‎

‎mashinalarni olib kelish, toʻla yigʻish
‎sotuvoldi xizmati koʻrsatish
‎agregatlarni butlash
‎mashinalarni chiniqtirish
‎mashinalarni rostlash, sozlash
‎germetizatsiya, saqlashga qoʻyish
‎konservatsiya saqlashga qoʻyish
‎saqlash davrida texnik xizmat koʻrsatish
‎hisobdan chiqarilgan mashinalarni jismlarga
‎ajratish va nuqsonlash‎‎
‎‎‎
‎‎
‎
‎
‎‎
* Texnikani turi boʻyicha mashina saroyida joylashtirish sxemasi ham pasport bilan birga boʻlishi kerak.‎‎
‎‎
‎‎
‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-ILOVA

‎KELISHILDI

‎Tuman Davtexnazorat
‎inspeksiyasi rahbari
‎
‎______________________________
‎(imzo) f. i. o.
‎
‎“___” ____________________19__y.
‎‎‎‎

‎

‎TASDIQLAYMAN
‎
‎MTP yoki k/x korxonasi rahbari

‎
‎‎ ______________________________
‎(imzo) f. i. o. “___”
‎
‎____________________19__y. ‎‎

‎
‎
‎‎‎
‎
‎Mashinalarni dala ishlariga
‎tayyorlash rejasi‎‎
‎‎
‎

Mashina‎

‏

Xoʻjalik raqami‎‏
‎‏
‎

Ishning bajarilish sanasi‎‎

‎‏Ish bajaruvchining ismi, familiyasi
‎‏
‎

Ilova‎‏
‎‏
‎

reja boʻyicha‎‎‎

‎

boshida‎

oxirida‎

haqiqiy‎

‎
‎
‎
‎
‎
‎
‎
‎
‎
‎
‎
‎
‎
‎
‎
‎
‎‎