1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
[TSZ:
1.Moliya / Auditorlik faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maydoni 2000 kvadrat metrgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 28-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3372]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-168-son “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maydoni 2000 kvadrat metrgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor A. ORTIKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 6-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
170-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 31-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri D. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 6-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2022-yil 6-iyundagi 170-son buyrugʻiga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maydoni 2000 kvadrat metrgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom maydoni 2000 kvadrat metrgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim yordamchisi — mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) “Davlat mulki” axborot tizimida joriy etilgan, onlayn-buyurtmanomalarni qabul qilish va ularni qayta ishlash maxsus moduli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyekti — davlat organlari, davlat tashkilotlari va davlat korxonalarining maydoni 2000 kvadrat metrgacha boʻlgan belgilangan muddatda tugallanmagan qurilish obyektlari, shuningdek uch oydan ortiq muddat davomida boʻsh turgan binolar, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, shu jumladan umumiy maydonining 50 foizidan koʻprogʻidan (bir bino yoki noturar joy xonasi konturi doirasida) tovarlar ishlab chiqarishda (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish) foydalanilmayotgan obyektlar (mavsumiy tusdagi faoliyat amalga oshiriladigan obyektlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha obyektlari — davlat maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim, professional va oliy taʼlim muassasalari, kinoteatrlar, klublar, konsert-tomosha koʻrsatish muassasalari, sogʻliqni saqlash, sport, madaniyat, kinolashtirish obyektlari (ushbu sohadagi vazirlik, idoralar va ularning hududiy boʻlinmalarining maʼmuriy binolaridan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onlayn-buyurtmanoma — hokim yordamchisining axborot tizimi orqali Agentlikning hududiy boshqarmalariga boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini sotish boʻyicha yuborgan elektron murojaati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-auksion” elektron savdo platformasi (bundan buyon matnda elektron onlayn-auksion deb yuritiladi) — elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning bunday auksion va tanlovlar jarayoniga kirish hamda ularda qatnashish imkonini taʼminlaydigan axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
balansda saqlovchi — boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini balansida saqlovchi davlat organlari, davlat tashkilotlari va davlat korxonalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlari hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, onlayn-buyurtmanoma hokim yordamchilari tomonidan axborot tizimi orqali beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomalariga asosan elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish ushbu Nizomning ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish shartlari, agar qonunchilik hujjatlarida yoki Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasining qarorlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Onlayn-buyurtmanoma berish va uni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hokim yordamchisi oʻziga biriktirilgan mahallada aniqlangan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish uchun Agentlikning hududiy boshqarmalariga axborot tizimi orqali onlayn-buyurtmanoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, onlayn-buyurtmanoma axborot tizimi orqali hokim yordamchisining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hokim yordamchisining onlayn-buyurtmanomasida boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyekti boʻyicha quyidagi maʼlumotlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektining toʻliq manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektining fotosuratlari va aniq geolakatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektining maydoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektidan kelgusida samarali foydalanish boʻyicha taklif, agar mavjud boʻlsa. Bunda, tegishli mahalla va (yoki) obyektning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, aynan qaysi yoʻnalishlar uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish boʻyicha hokim yordamchisining taklifi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hokim yordamchisining onlayn-buyurtmanomasi axborot tizimi orqali Agentlikning tegishli hududiy boshqarmalariga avtomatik ravishda kelib tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Onlayn-buyurtmanoma kelib tushgandan soʻng, uch ish kuni ichida Agentlikning hududiy boshqarmalari masʼul xodimlari tomonidan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyekti joyiga chiqqan holda koʻzdan kechiriladi hamda quyidagilar oʻrganiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektining davlat organi, davlat tashkiloti yoki davlat korxonasiga tegishli ekanligi hamda boʻsh turganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadastr hujjatlariga muvofiq boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektining umumiy yer maydoni va bino-inshootlar egallagan maydoni hamda balansda saqlovchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektining ijtimoiy soha obyekti toifasiga kirishi yoki kirmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan hududlarni rivojlantirish dasturida (tarmoq jadvalida) mavjud yoki mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasi va Agentlikning boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektidan kelgusida foydalanish boʻyicha qarori mavjud yoki mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektiga nisbatan taqiq (cheklov)ning mavjud yoki mavjud emasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agentlik hududiy boshqarmasining masʼul xodimi oʻrganish jarayonida balansda saqlovchidan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisidagi ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlarni soʻrab olishi mumkin. Bunda, balansda saqlovchi boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bir ish kuni ichida masʼul xodimga taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish quyidagi hollarda rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt davlat koʻchmas mulk obyekti hisoblanmasa yoki boʻsh turgan boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maydoni 2000 kvadrat metr va undan ortiq boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyekti hududlarni rivojlantirish dasturi (tarmoq jadvali)da mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirish dasturlariga kirgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat mulkini sotishda Tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasi va Agentlikning boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektidan kelgusida foydalanish boʻyicha qarori mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektiga nisbatan taqiq (cheklov) mavjud boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish rad etilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida axborot tizimi orqali hokim yordamchisiga rad etish asoslari koʻrsatilgan holda xabar yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Boʻsh turgan koʻchmas mulk obyekti xususiy mulk boʻlgan taqdirda, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi 666-son “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan tartibda tegishli choralar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarishni rad etish uchun ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlmaganda, Agentlikning hududiy boshqarmalari bir ish kuni ichida hokim yordamchisining onlayn-buyurtmanomasini elektron tizim orqali elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish jarayoniga oʻtkazadi hamda bu haqda balansda saqlovchiga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Onlayn-buyurtmanoma axborot tizimi orqali elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish jarayoniga oʻtkazilganda, uch ish kuni ichida Agentlikning hududiy boshqarmalari boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini savdoga chiqarish toʻgʻrisida tegishli buyruq qabul qiladi va boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksionga chiqarish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini sotishga tayyorlash va savdoga chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maydoni 2000 kvadrat metrgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maydoni 2000 kvadrat metrgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Tadbirlar
Masʼullar
Ijro muddati
1-bosqich
Hokim yordamchisi tomonidan oʻziga biriktirilgan mahallada aniqlangan maydoni 2 000 kvadrat metrgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyekti boʻyicha qisqacha maʼlumotlarni (obyektning toʻliq manzili, fotosuratlari, aniq geopozitsiyasi, obyektdan kelgusida samarali foydalanish boʻyicha taklifi) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarining boshqarish agentligining (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) “Davlat mulki” axborot tizimiga kiritish va obyektni onlayn-auksion savdolariga chiqarish boʻyicha elektron buyurtmanomani yuborish.
Hokim yordamchilari
Doimiy
2-bosqich
Agentlikning “Davlat mulki” axborot tizimiga kelib tushgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyekti boʻyicha maʼlumotlarni joyiga chiqqan holda oʻrganish.
Agentlikning hududiy boshqarmalari
Onlayn-buyurtmanoma kelib tushgandan soʻng, 3 (uch) ish kuni ichida
3-bosqich
Oʻrganish natijalariga koʻra:
a) boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, hokim yordamchisiga Agentlikning “Davlat mulki” AT orqali asoslangan javob yuborish;
b) boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini onlayn-auksion savdolariga chiqarishni rad etish uchun sabablar boʻlmaganda, onlayn-buyurtmanomani elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish jarayoniga oʻtkazish hamda bu haqda balansda saqlovchiga xabar berish.
Agentlikning hududiy boshqarmalari
1 (bir) ish kuni ichida
4-bosqich
Onlayn-buyurtmanoma Agentlikning “Davlat mulki” AT orqali elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish jarayonlariga oʻtkazilganda boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini sotish toʻgʻrisida buyruq qabul qilish;
Agentlikning hududiy boshqarmalari
3 (uch) ish kuni ichida
Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish.
belgilangan muddatlarda
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2022-y., 10/22/3372/0575-son; 07.04.2025-y., 10/25/3372-1/0307-son; 01.07.2025-y., 10/25/3372-2/0600-son)