28.06.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3372
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrug‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maydoni 2000 kvadrat metrgacha bo‘lgan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 28-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3372]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-168-son “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maydoni 2000 kvadrat metrgacha bo‘lgan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor A. ORTIKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 6-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
170-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh. KUDBIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 31-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri D. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 6-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2022-yil 6-iyundagi 170-son buyrug‘iga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maydoni 2000 kvadrat metrgacha bo‘lgan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom maydoni 2000 kvadrat metrgacha bo‘lgan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim yordamchisi — mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) “Davlat mulki” axborot tizimida joriy etilgan, onlayn-buyurtmanomalarni qabul qilish va ularni qayta ishlash maxsus moduli;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyekti — davlat organlari, davlat tashkilotlari va davlat muassasalarining maydoni 2000 kvadrat metrgacha bo‘lgan belgilangan muddatda tugallanmagan qurilish obyektlari, shuningdek uch oydan ortiq muddat davomida bo‘sh turgan binolar, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, shu jumladan umumiy maydonining 50 foizidan ko‘prog‘idan (bir bino yoki noturar joy xonasi konturi doirasida) tovarlar ishlab chiqarishda (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) foydalanilmayotgan obyektlar (mavsumiy tusdagi faoliyat amalga oshiriladigan obyektlar bundan mustasno);
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2025-yil 20-martdagi 01/14-23/35-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3372-1, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2025-y., 10/25/3372-1/0307-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2025-yil 18-iyundagi 01/7-11/40-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3372-2, 30.06.2025-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 10/25/3372-2/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onlayn-buyurtmanoma — hokim yordamchisining axborot tizimi orqali Agentlikning hududiy boshqarmalariga bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektini sotish bo‘yicha yuborgan elektron murojaati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-auksion” elektron savdo platformasi (bundan buyon matnda elektron onlayn-auksion deb yuritiladi) — elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning bunday auksion va tanlovlar jarayoniga kirish hamda ularda qatnashish imkonini ta’minlaydigan axborot tizimi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
balansda saqlovchi — bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyekti biriktirilgan yuridik shaxs.
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2025-yil 18-iyundagi 01/7-11/40-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3372-2, 30.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 10/25/3372-2/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, onlayn-buyurtmanoma hokim yordamchilari tomonidan axborot tizimi orqali beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomalariga asosan elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish ushbu Nizomning ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini sotish shartlari, agar qonunchilik hujjatlarida yoki Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining qarorlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan belgilanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2025-yil 18-iyundagi 01/7-11/40-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3372-2, 30.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 10/25/3372-2/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Onlayn-buyurtmanoma berish va uni ko‘rib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hokim yordamchisi o‘ziga biriktirilgan mahallada aniqlangan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish uchun Agentlikning hududiy boshqarmalariga axborot tizimi orqali onlayn-buyurtmanoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, onlayn-buyurtmanoma axborot tizimi orqali hokim yordamchisining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hokim yordamchisining onlayn-buyurtmanomasida bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektining to‘liq manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektining fotosuratlari va aniq geolakatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektining maydoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektidan kelgusida samarali foydalanish bo‘yicha taklif, agar mavjud bo‘lsa. Bunda, tegishli mahalla va (yoki) obyektning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, aynan qaysi yo‘nalishlar uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha hokim yordamchisining taklifi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hokim yordamchisining onlayn-buyurtmanomasi axborot tizimi orqali Agentlikning tegishli hududiy boshqarmalariga avtomatik ravishda kelib tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Onlayn-buyurtmanoma kelib tushgandan so‘ng, uch ish kuni ichida Agentlikning hududiy boshqarmalari mas’ul xodimlari tomonidan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyekti joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechiriladi hamda quyidagilar o‘rganiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘chmas mulk obyektining davlat organi, davlat tashkiloti yoki davlat muassasasiga tegishli ekanligi hamda bo‘sh turganligi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2025-yil 20-martdagi 01/14-23/35-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3372-1, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2025-y., 10/25/3372-1/0307-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadastr hujjatlariga muvofiq bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektining umumiy yer maydoni va bino-inshootlar egallagan maydoni hamda balansda saqlovchisi;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2025-yil 18-iyundagi 01/7-11/40-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3372-2, 30.06.2025-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 10/25/3372-2/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan hududlarni rivojlantirish dasturida (tarmoq jadvalida) mavjud yoki mavjud emasligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi va Agentlikning bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektidan kelgusida foydalanish bo‘yicha qarori mavjud yoki mavjud emasligi;
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2025-yil 18-iyundagi 01/7-11/40-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3372-2, 30.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 10/25/3372-2/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan taqiq (cheklov)ning mavjud yoki mavjud emasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agentlik hududiy boshqarmasining mas’ul xodimi o‘rganish jarayonida balansda saqlovchidan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyekti to‘g‘risidagi ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlarni so‘rab olishi mumkin. Bunda, balansda saqlovchi bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyekti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bir ish kuni ichida mas’ul xodimga taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish quyidagi hollarda rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt davlat ko‘chmas mulk obyekti hisoblanmasa yoki bo‘sh turgan bo‘lmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maydoni 2000 kvadrat metr va undan ortiq bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2025-yil 18-iyundagi 01/7-11/40-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3372-2, 30.06.2025-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 10/25/3372-2/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyekti hududlarni rivojlantirish dasturi (tarmoq jadvali)da mavjud bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirish dasturlariga kirgan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi va Agentlikning bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektidan kelgusida foydalanish bo‘yicha qarori mavjud bo‘lsa;
(10-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2025-yil 18-iyundagi 01/7-11/40-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3372-2, 30.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 10/25/3372-2/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan taqiq (cheklov) mavjud bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish rad etilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida axborot tizimi orqali hokim yordamchisiga rad etish asoslari ko‘rsatilgan holda xabar yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bo‘sh turgan ko‘chmas mulk obyekti xususiy mulk bo‘lgan taqdirda, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi 666-son “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘riladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarishni rad etish uchun ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lmaganda, Agentlikning hududiy boshqarmalari bir ish kuni ichida hokim yordamchisining onlayn-buyurtmanomasini elektron tizim orqali elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish jarayoniga o‘tkazadi hamda bu haqda balansda saqlovchiga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Onlayn-buyurtmanoma axborot tizimi orqali elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish jarayoniga o‘tkazilganda, uch ish kuni ichida Agentlikning hududiy boshqarmalari bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektini savdoga chiqarish to‘g‘risida tegishli buyruq qabul qiladi va bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektini to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron onlayn-auksionga chiqarish choralarini ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektini sotishga tayyorlash va savdoga chiqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ko‘chmas mulk obyektlarini sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maydoni 2000 kvadrat metrgacha bo‘lgan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maydoni 2000 kvadrat metrgacha bo‘lgan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Tadbirlar

Mas’ullar

Ijro muddati

1-bosqich

Hokim yordamchisi tomonidan o‘ziga biriktirilgan mahallada aniqlangan maydoni 2 000 kvadrat metrgacha bo‘lgan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha qisqacha ma’lumotlarni (obyektning to‘liq manzili, fotosuratlari, aniq geopozitsiyasi, obyektdan kelgusida samarali foydalanish bo‘yicha taklifi) O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarining boshqarish agentligining (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) “Davlat mulki” axborot tizimiga kiritish va obyektni onlayn-auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha elektron buyurtmanomani yuborish.

Hokim yordamchilari

Doimiy

2-bosqich

Agentlikning “Davlat mulki” axborot tizimiga kelib tushgan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha ma’lumotlarni joyiga chiqqan holda o‘rganish.

Agentlikning hududiy boshqarmalari

Onlayn-buyurtmanoma kelib tushgandan so‘ng, 3 (uch) ish kuni ichida

3-bosqich

O‘rganish natijalariga ko‘ra:

a) bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, hokim yordamchisiga Agentlikning “Davlat mulki” AT orqali asoslangan javob yuborish;

b) bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektini onlayn-auksion savdolariga chiqarishni rad etish uchun sabablar bo‘lmaganda, onlayn-buyurtmanomani elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish jarayoniga o‘tkazish hamda bu haqda balansda saqlovchiga xabar berish.

Agentlikning hududiy boshqarmalari

1 (bir) ish kuni ichida

4-bosqich

Onlayn-buyurtmanoma Agentlikning “Davlat mulki” AT orqali elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish jarayonlariga o‘tkazilganda bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektini sotish to‘g‘risida buyruq qabul qilish;

Agentlikning hududiy boshqarmalari

3 (uch) ish kuni ichida

Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektini belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish.

belgilangan muddatlarda

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2022-y., 10/22/3372/0575-son; 07.04.2025-y., 10/25/3372-1/0307-son; 01.07.2025-y., 10/25/3372-2/0600-son)