Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirining
buyrugʻi
“Sport hakamlari va ularning malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 28-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2942-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi va 2022-yil 18-fevraldagi PF-75-son “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 2-oktabrdagi 10-mh-son “Sport hakamlari va ularning malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2942, 2017-yil 27-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2017-y., 10/17/2942/0182-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-iyun,
6-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 7-iyundagi 6-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Sport hakamlari va ularning malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qaror muqaddimasidagi “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-martdagi 148-son “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga” degan soʻzlar “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Nizomda:
a) muqaddimadagi “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-martdagi 148-son “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga” degan soʻzlar “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) 10-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) 12-banddagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d) 23-bandda:
ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
e) ilova izohining toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2022-y., 10/22/2942-1/0568-son)