1-ILOVA
41-ILOVA
|
1. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: |
Oʻzbekiston Respublikasining oʻta muhim va toifalangan obyektlarida qoʻriqlashning texnik vositalarini loyihalash, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni bajarish uchun ruxsatnoma |
|
2. |
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): |
Oʻzbekiston Respublikasining oʻta muhim va toifalangan obyektlarida qoʻriqlashning texnik vositalarini loyihalash, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni bajarish |
|
3. |
Ariza beruvchilar toifasi: |
Yuridik shaxs (qoʻriqlashning texnik vositalarini montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan) |
|
4. |
Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: |
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi |
|
5. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
a) ariza. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxs amalga oshirishni moʻljallayotgan qoʻriqlash, loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatishning texnik vositalari turlari; b) yuridik shaxsning shtatidagi xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. Maʼlumotda quyidagilar koʻrsatiladi: maʼlumoti, mutaxassislig�; yuridik shaxs shtatida egallab turgan lavozimi, mutaxassislik boʻyicha ish staji va malaka tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; v) oxirgi uch yilda qoʻriqlash signalizatsiyalarini va texnik qoʻriqlashning boshqa vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar |
|
6. |
Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: |
Yigʻim undirilmaydi |
|
7. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigim: |
Yigʻim undirilmaydi |
|
8. |
Arizani koʻrib chiqish muddati: |
20 ish kuni |
|
9. |
Ruxsat etishga oid talab va shartlar: |
a) yuridik shaxsning shtatida kamida uchta sanoat (ishlab chiqarish) obyektida yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongindan darak beruvchi va yongʻindan saqlovchi signalizatsiyalarni va qoʻriqlashning boshqa texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish sohasida kamida uch yillik ish tajribasi mavjudligi; b) yuridik shaxsning shtatida tegishli ixtisoslashuv boʻyicha (yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongindan darak beruvchi va yongʻindan saqlovchi signalizatsiyalarni va qoʻriqlashning boshqa texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish) tayyorgarlikka va kamida uch yil ish stajiga ega boʻlgan kamida uch nafar xodim mavjudligi; v) yuridik shaxsning shtatida psixik kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya yoki alkogolizm bilan bogʻliq holda dispanser hisobida turgan, ularga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan hamda qasddan jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan xodimlar mavjud emasligi |
|
10. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: |
Mavjud emas |
|
11. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: |
Cheklanmagan. |
|
12. |
Izoh: |
1. Qoʻriqlashning texnik vositasi — qoʻriqlanadigan obyektlarni tajovuzlardan himoya qilish uchun foydalaniladigan, mustaqil vazifalarni bajaradigan, konstruktiv jihatdan yakunlangan qurilma. 2. Ruxsatnoma olgan yuridik shaxslar har yili 1-fevralgacha maxsus vakolatli organga obyektlarni, ularning idoraviy mansubligini, oʻrnatilgan qoʻriqlashning texnik vositalari turlari va sonini koʻrsatgan holda oʻta muhim va toifalangan obyektlarda qoʻriqlashning texnik vositalarini loyihalash, montaj qil�sh, sozlash, taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etishlari shart. |
|
”. |
2-ILOVA