28.05.2022 yildagi SQ-544-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari hamda aholi turar joylarida quyosh va shamol energiyasidan foydalanish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 21-oktabrdagi SQ-412-IV-sonli Qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari hamda aholi turar joylarida quyosh va shamol energiyasidan foydalanish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida yuborilgan parlament soʻroviga berilgan javobni muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati bu borada muayyan ishlar bajarilganligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, 2030-yilga qadar “yashil energetika” yoʻnalishida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqarish quvvatini qariyb 16 ming MVtga yetkazish rejasi ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikamizda 2021-yilda sanoat usulida ilk bor Navoiy viloyatining Karmana tumanida quvvati 100 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida quvvati 100 MVt boʻlgan, yiliga 360 mln kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarishga hamda 110 mingdan ortiq xonadonni elektr energiyasi bilan taʼminlashga moʻljallangan loyihaning qurilishi boshlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasida sanoat, ijtimoiy soha obyektlari va aholi turar joylarida 100 dan ortiq qayta tiklanuvchi energiya manbalari uskunalari oʻrnatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, “Orolboʻyi gidrogeologiya ekspeditsiyasi” davlat korxonasi, Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi AJ, “Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi” AJ, Qoʻngʻirot va Tuley magistral gaz quvurlari boshqarmalarida 4 kVtli 2 tadan hamda “Qoraqalpoqsement” MChJda 2,4 kVtga teng boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy soha obyektlari quvvati 37,5 kVt boʻlgan 17 dona quyosh fotoelektr stansiyasi va quvvati 23 kVt miqdoridagi 11 dona quyosh suv isitish qurilmasi bilan taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida Xoʻjayli tumanidagi “Kun nuri”, Qoʻngʻirot tumanidagi “Qanli” va Amudaryo tumanidagi “Gulzor” mahallalarida koʻp xonadonli uylarga quvvati 14,4 kVtdan boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyalari oʻrnatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish evaziga quvvati 9,5 ming kVt.soatga teng boʻlgan elektr energiyasi tejalgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Boʻzatov (1,6), Qoʻngʻirot (1,5), Moʻynoq (2,6) va Beruniy (1) tumanlarida umumiy quvvati 6,7 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyalari qurilishini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha obyektlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish strategiyasi toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi ham ishlab chiqilgan. Ushbu qaror loyihasida respublikadagi yirik sanoat korxonalari isteʼmol quvvatining 25 foizini, xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi “Qoʻngʻirot soda zavodi” MChJ hamda “Titan Sement” MChJ qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali taʼminlash rejalashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda, parlament soʻroviga berilgan javob tahlili unda koʻtarilgan bir qator masalalar aniq va batafsil aks ettirilmaganligini, shuningdek, sohada ayrim kamchilik va muammolar saqlanib qolayotganligini koʻrsatdi. Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari hamda aholi turar joylarida, ayniqsa markazlashtirilgan energiya taʼminoti tizimlaridan uzoqda joylashgan hududlarda quyosh va shamol energiyasidan foydalanish surʼatlari davr talabiga javob bermaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyosh va shamol energiyasidan foydalanadigan qurilmalarini ishlab chiqarishga mahalliy tadbirkorlik subyektlarini jalb etish yetarli darajada yoʻlga qoʻyilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilarga davlat tomonidan berilgan soliq, bojxonaga oid hamda boshqa imtiyozlar va preferensiyalardan keng foydalanilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqarilayotgan energiyaning va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining davlat hisobini yuritish toʻligʻicha yoʻlga qoʻyilmagan, shuningdek, ularning yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish ishlari oxiriga yetkazilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlarga asosan hamda “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 21-oktabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari hamda aholi turar joylarida quyosh va shamol energiyasidan foydalanish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi SQ-412-IV-sonli Qarori ijrosi boʻyicha Senatning Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi B. Alixanovning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament soʻrovi natijalariga koʻra qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlar va preferensiyalardan keng foydalanilmayotganligi, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan energiyaning va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining davlat hisobini yuritish yetarli darajada yoʻlga qoʻyilmaganligi, ularning yagona maʼlumotlar bazasi shakllantirilmaganligi Vazirlar Mahkamasiga koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilning 1-avgustiga qadar Oʻzbekiston Respublikasining qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlanishini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanuvchi energiya manbalari obyektlarida foydalaniladigan qurilmalar, butlovchi va ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqarilayotgan energiyaning va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining davlat hisobi yuritilishini yoʻlga qoʻysin, shuningdek, ularning yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilarga berilgan imtiyozlardan foydalanish masalasini joylarda tizimli tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanuvchi energiya manbalari loyihalarining istiqbolliligiga va tariflariga taʼsir qilmagan holda, loyihalar tanloviga mahalliy mahsulotlardan foydalanish shartlarini kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iinovatsion rivojlanish vazirligi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, butlovchi va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish bilan bogʻliq ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarni moliyalashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari hamda aholi turar joylarida kichik quvvatli quyosh fotoelektr va shamol elektr stansiyalarini tashkil etish yuzasidan joriy yilning 1-oktabriga qadar manzilli dastur ishlab chiqsin, tasdiqlasin hamda kelgusida uning bajarilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyosh va shamol energiyasidan foydalangan holda energiya ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga mahalliy tadbirkorlik subyektlarini jalb etish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi ishga tushiriladigan sanoat korxonalari, ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlari hamda turar joylarni loyihalashtirishda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish masalasini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni tashkil etishda duch kelinayotgan muammolar va ularni oʻz vaqtida hal etish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish, tegishli tashkilotlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organi rahbarlarining axborotini eshitib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2022-yilning 1-dekabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga ushbu Qarorning ijro etilishi boʻyicha umumlashtirilgan axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi B. Alixanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 28-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CQ-544-IV-son