21.10.2021 yildagi SQ-412-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari hamda aholi turar joylarida quyosh va shamol energiyasidan foydalanish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari hamda aholi turar joylarida quyosh va shamol energiyasidan foydalanish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida parlament soʻrovi yuborish haqidagi masalani koʻrib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 12-moddasiga hamda “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari hamda aholi turar joylarida quyosh va shamol energiyasidan foydalanish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida parlament soʻrovi ilovaga muvofiq yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi parlament soʻrovini koʻrib chiqib yakunlari boʻyicha 2022-yilning 1-fevraliga qadar Senatga yozma javob taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi (B. Alixanov) parlament soʻroviga javob Senatga kelib tushgach, uning nusxalari Senat aʼzolariga yuborilishi, zarur deb topilgan taqdirda javob Senat majlisida muhokama qilinishi uchun tegishli tayyorgarlik ishlarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 21-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-412-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 21-oktabrdagi SQ-412-IV-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PARLAMENT SOʻROVI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari hamda aholi turar joylarida quyosh va shamol energiyasidan foydalanish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning jadallashuvi, sanoatning tezkor rivojlanishi, aholi sonining koʻpayishi energiyaga boʻlgan talabning keskin oshishiga va u 2030-yilga borib qariyb 2 barobarga ortishi kutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uglevodorodlarning zaxiralari kamayib borayotganligi, jahon bozorida neft va gaz narxining koʻtarilayotganligi, ularni yoqish hisobiga anʼanaviy usulda elektr energiyasi olishning iqlim oʻzgarishiga salbiy taʼsiri quyosh, shamol, suv va boshqa qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni amaliyotga keng joriy etishni taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq respublikada nihoyatda katta salohiyat mavjud boʻlishiga qaramasdan, quyosh va shamol singari qayta tiklanuvchi energiya manbalarining imkoniyatlaridan toʻliq darajada foydalanilmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorligining past darajada ekanligi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik, texnologiyalar yangilanishining sustligi, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish uchun innovatsion yechimlarni joriy etishda kichik biznes ishtirokining yetarli emasligi mamlakatni barqaror rivojlantirish sohasidagi ustuvor milliy maqsadlar va vazifalarga erishishga oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, aholini arzon va qulay energiya bilan taʼminlashda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish hozirgi vaqtda dolzarb yoʻnalishlardan biri boʻlib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olinayotgan energiya ishlab chiqarilayotgan energiya umumiy hajmining 30 — 40 foiziga toʻgʻri kelayotgan boʻlsa, respublikada ushbu koʻrsatkich (quyosh va shamol energiyasi boʻyicha) atigi 1 foizni tashkil etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatda bu boradagi ishlarni yanada rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2019 — 2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 4-oktabrdagi PQ-4477-sonli qaroriga muvofiq qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olinayotgan energiya ulushini 2030-yilga qadar elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 25 foiziga olib chiqish asosiy maqsad qilib belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu maqsadda Senatning Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasining iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarida, aholi turar-joylarida, ayniqsa, energiya taʼminotidan olis hududlarda quyosh va shamol energiyasidan foydalanish bilan bogʻliq muammolar va bu borada Oʻzbekiston Respublikasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining shu sohaga oid farmon va qarorlari hamda Hukumat qarorlari talablari ijrosi holati tahlil qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshirilishi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, energiyaga boʻlgan talabni qondirish maqsadida amaldagi qonunchilik hujjatlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasiga innovatsion texnologiyalar, ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining energiya jihatidan samaradorligini oshirish, ularning ishlab chiqarilishini kengaytirish, energiya ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga tadbirkorlik subyektlarini jalb etish, ushbu turdagi energiyani ishlab chiqaruvchilarni, shuningdek, energiya qurilmalarini ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish bilan bogʻliq dolzarb vazifalar belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 414-moddasiga muvofiq qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq boʻlgan) oʻrnatganlik uchun ular foydalanishga topshirilgan paytdan eʼtiboran 10 yil muddatga mol-mulk soligʻini hamda ushbu qurilmalar bilan band boʻlgan uchastkalar boʻyicha yer soligʻini toʻlashdan ozod qilinishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi isteʼmolchilarning isteʼmol quvvati 350 MVtni tashkil etib, Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi, Tuyamoʻyin gidroelektr stansiyasi va Ustyurt gaz-kimyo kompleksi tomonidan ishlab chiqiladigan elektr energiyasi bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasida sanoatning rivojlanishi, qishloq xoʻjaligi va tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, davlat tashkilotlari sonining ortishi, aholi sonining oʻsishi natijasida energiyaga boʻlgan talabning keskin oshishiga olib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, 2021-yilning 1-oktabr holatiga elektr energiyasi isteʼmolchilari soni 2017-yilga nisbatan 14,5 foizga oshgan, 2021-yilda 2016-yilga nisbatan energiyadan foydalanish qariyb 42 foizga, 2030-yilda esa bugungi kundagiga nisbatan 2 barobarga oshishi kutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu oʻz navbatida energiya bilan taʼminlashning yangi, xususan qayta tiklanuvchi manbalarini tashkil etishni talab etadi. Shu maqsadda Qoraqalpogʻiston Respublikasida bu borada quyosh va shamol energiyasidan foydalanish boʻyicha bir qator istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, 2024-yilda Saudiya Arabistonning “Acwa Power” korxonasi tomonidan Qoraoʻzak tumanida 100 MVt shamol elektr stansiyasi ishga tushirilishi, joriy yilda Qungʻirot tumanida quvvati 200 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasi qurilish ishlari tenderga qoʻyilishi hamda 2030-yilga borib Qoraqalpogʻiston Respublikasida quvvati 1800 MVt stansiya qurilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining ishlab chiqilishi toʻliq yoʻlga qoʻyilmaganligi, bu sohaga tadbirkorlik subyektlarini jalb etish ishlari sust darajada ekanligi, qurilmalarning yagona elektr energetikasi tizimiga ulanishdagi mavjud muammolar sababli qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va aholi turar joylarida, shuningdek, markazlashtirilgan energiya taʼminoti tizimlaridan uzoqda joylashgan hududlardagi aholini arzon va qulay elektr energiyasi bilan taʼminlash muammo boʻlib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birgalikda quyosh va shamol energiyasidan foydalanish qurilmalarini ishlab chiqish, ularni oʻrnatish, ishga tushirish, ishlatish va taʼmirlash sohasida oliy oʻquv yurtlari va kasb-hunar kollejlarida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha choralar yetarli darajada koʻrilmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu holat amalga oshirilayotgan loyihalarning barqarorligini taʼminlashda kadrlar bilan bogʻliq muammoni keltirib chiqarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni inobatga olib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 12-moddasiga hamda “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Qoraqalpogʻiston Respublikasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlarida hamda aholi turar joylarida quyosh va shamol energiyasidan foydalanish borasida amalga oshirilgan ishlar, bu sohada qabul qilingan qonunchilik hujjatlari va dasturlar bajarilishining holati tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqarilgan energiyani toʻplash, uzatish, sotish va isteʼmol qilish, shuningdek, yagona elektr energetikasi tizimiga integratsiya qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini amaliyotga joriy etishning holati tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanuvchi energiya manbalari, xususan quyosh va shamol stansiyalarida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini xarid qilishning chegaralangan (maksimal darajada yoʻl qoʻyiladigan) tariflarini belgilash yuzasidan koʻrilgan choralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoatda, ijtimoiy soha obyektlarida va aholi turar-joylarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida elektr energiyasi ishlab chiqarishning nomarkazlashtirilgan tizimlarini joriy etish orqali elektr taʼminoti tizimlarini modernizatsiyalash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasiga innovatsion texnologiyalarni, ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining ishlab chiqarilishini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqarish hamda energiya ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga xorijiy investitsiyalarni, xalqaro moliyaviy institutlar kreditlari va grantlarini, shuningdek, mahalliy tadbirkorlik subyektlarini jalb etish borasida koʻrilayotgan choralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqaruvchilarga davlat tomonidan berilgan soliq, bojxonaga oid hamda boshqa imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanish holati tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq joylar va uzoq hududlarda elektr hamda issiqlik energiyasini ishlab chiqarish uchun quyosh batareyalari va shamol generatorlarini joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqarilayotgan energiyaning va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining davlat hisobini yuritish borasida amalga oshirilgan ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida kadrlarga boʻlgan talabni prognozlashtirish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish masalalari toʻgʻrisida yozma shaklda asoslantirilgan tushuntirish berish talabi qoʻyilgan parlament soʻrovi bilan murojaat etadi hamda ushbu murojaat Senatning navbatdagi yalpi majlisida muhokama etilishi va uning yakunlari boʻyicha qaror qabul qilinishini maʼlum qiladi.