Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
1. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari hamda komissiyalari majlislarida, parlament nazorati tadbirlarida mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari, doimiy komissiyalar vakillarining ishtirok etishini, ularning fikrlarini olish amaliyotini kuchaytirish. |
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari hamda komissiyalari majlislarida, parlament nazorati tadbirlarida mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari, doimiy komissiyalar vakillarining ishtirok etishlari uchun imkoniyat yaratish. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okruglaridagi uchrashuvlarida hamda hududlardagi oʻrganishlar jarayonida mahalliy Kengashlar deputatlarini keng jalb etish. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qoʻmitalari (komissiyalari) tomonidan hududlarda oʻtkaziladigan nazorat-tahlil tadbirlari va ularning yakunlariga bagʻishlangan qoʻmita majlislarida mahalliy Kengashlar deputatlarining ishtirokini taʼminlash. |
Yil davomida |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari |
|
2. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining mahalliy Kengashlar kotibiyatlari bilan oʻzaro aloqalarini yoʻlga qoʻyish. |
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati yordamchisining mahalliy Kengashlar kotibiyatlari bilan maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish. 2. “Qonunchilik palatasi deputati — uning yordamchisi — mahalliy Kengash deputati” tizimi asosida hududlarda nazorat-tahlil tadbirlari oʻtkazishda va saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil etishda hamkorlik qilish. |
Doimiy ravishda |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari |
|
3. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilayotgan qonun loyihalari yuzasidan mahalliy Kengashlar deputatlarining takliflarini olish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. |
1. “Qonunchilik palatasi deputati — uning yordamchisi — mahalliy Kengash deputati” tizimi asosida qonun loyihalari boʻyicha mahalliy Kengash deputatlarining fikr va takliflarni olish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. 2. Qoida tariqasida qo�un loyihalarini siyosiy partiyalarning mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlarida muhokama qilish va ular yuzasidan ishlab chiqilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining masʼul qoʻmitalariga taqdim etish amaliyotini joriy etish. 3. Qonun loyihalari muhokamasi yuzasidan oʻtkaziladigan ishchi guruh yigʻilishlari, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarda mahalliy Kengashlar deputatlarining masofadan ishtirok etishlari uchun imkoniyat yaratish. |
Yil davomida |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va qoʻmitalar |
|
4. |
Viloyat, tuman, shahar hokimlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim masalalari yuzasidan hisobotlarini mahalliy Kengashlarda eshitishga oid tadbirlarda hududdan saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolarining ishtirok etishlarini taʼminlash. |
1. Mahalliy Kengashlarda oʻtkaziladigan nazorat-tahlil tadbirlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolarini doimiy tarzda xabardor qilib borish choralarini koʻrish. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolarining mahalliy Kengashlar tomonidan oʻtkaziladigan nazorat-tahlil tadbirlarida ishtirok etishlarini taʼminlash boʻyicha tegishli choralarni koʻrish. |
Yil davomida |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari |
|
5. |
Mahalliy Kengashlardagi Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha doimiy komissiyalarning hududlarda korrupsiya koʻrinishlarining namoyon boʻlishiga olib keladigan tizimli muammolar haqidagi axborotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tegishli qoʻmitalari yigʻilishlarida muhokama qilish amaliyotini joriy etish. |
1. Mahalliy Kengashlardagi Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha doimiy komissiyalar tomonidan korrupsiya koʻrinishlarining namoyon boʻlishiga olib keladigan tizimli muammolar haqidagi axborotlarni muntazam ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tegishli qoʻmitalariga kiritib borilishini tashkil etish. 2. Axborotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tegishli qoʻmitalari yigʻilishlarida doimiy komissiya aʼzolari ishtirokida muhokama qilib borish. 3. Har yili bir marotaba tegishli qoʻmitalarning bu kabi yigʻilishlarini hududlarda ham oʻtkazish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish. |
Doimiy ravishda |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi |
|
6. |
Mahalliy Kengashlar tomonidan zarur hollarda joylardagi tizimli muammolar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga masala kiritish amaliyotini kuchaytirish. |
1. Hududlardagi muayyan masalalarni mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari, doimiy komissiya yigʻilishlarida muhokama qilish va respublika darajasida koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan muammolarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari yoki Senat qoʻmitalariga taqdim etish tartibini joriy etish. 2. Masalaning dolzarbligidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga masala kiritish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. 3. Mahalliy Kengashlarning doimiy komissiyalari aʼzolarining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yalpi majlislarida ishtirokini taʼminlash hamda hududlardagi senatorlar orqali joylardagi tizimli muammolarni Senatning yalpi majlislarida koʻtarib chiqish amaliyotini kuchaytirish. |
2022-yil yakuniga qadar |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari (kelishuv asosida), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari |
|
7. |
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari raislarining bilim va malakalarini oshirib borish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari tomonidan soha boʻyicha qonunchilikdagi yangiliklar va oʻzgarishlar toʻgʻrisida seminarlar tashkil etish. |
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan mahalliy Kengashlar deputatlari uchun ularning qonunchilikdagi yangiliklar va oʻzgarishlar yuzasidan bilim va koʻnikmalarini oshirib borish maqsadida 2022-yilning birinchi yarim yilligi uchun moʻljallangan seminarlar tashkil etish rejasi asosida belgilangan oʻquv mashgʻulotlarining oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishini taʼminlash. |
2022-yilning birinchi yarim yilligi |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari, Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari |
|
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan mahalliy Kengashlar deputatlari uchun 2022-yilning ikkinchi yarim yilligi uchun moʻljallangan seminarlar tashkil etish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2022-yil iyul | |||
|
3. Oʻquv mashgʻulotlarining oʻz vaqtida va puxta tayyorgarlik asosida tashkil etilishini hamda ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilishini taʼminlash. |
Yil davomida | |||
|
8. |
Saylov okruglarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari hamda mahalliy Kengashlar deputatlarining faoliyatiga bagʻishlangan qoʻshma matbuot anjumanlari (brifing) oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. |
1. “Deputat — saylovchiga hisobdor” tizimi asosida jamoatchilik vakillari, saylovchilar ishtirokida qoʻshma matbuot anjumanlarini (brifing) tashkil etish boʻyicha tegishli tadbirlarni amalga oshirish. 2. Matbuot anjumanida koʻtarilgan masalalarni, shuningdek hisobot davrida parlament nazorati va qonun ijodkorligi sohasida amalga oshirilgan ishlarning OAVda keng yoritilishini taʼminlash. |
Har olti oyda |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari |
|
9. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish oid hamda xalqaro doiradagi boshqa tadbirlarida mahalliy Kengashlar deputatlarining qatnashishi amaliyotini yoʻlga qoʻyish. |
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida tuzilgan xorijiy mamlakatlarning parlamentlari bilan hamkorlik boʻyicha guruhlar tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarga mahalliy Kengashlar deputatlarini taklif etish. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitish tadbirlarida mahalliy Kengashlar deputatlari ishtirokini taʼminlash. |
Doimiy ravishda |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari (kelishuv asosida) |
|
10. |
Mahalliy Kengashlar deputatlari uchun “Parlament kutubxonasi”ning elektron axborot kutubxona tizimidan foydalanish imkonini yaratish. |
1. Mahalliy Kengashlar deputatlari www.parlib.uz domenidan oʻz faoliyatlari uchun zarur boʻlgan axborotni izlash, olish va undan erkin foydalanishlari boʻyicha tegishli choralarni koʻrish. 2. Mahalliy Kengashlar deputatlariga www.parlib.uz domenidagi “Parlament kutubxonasi”ning elektron axborot kutubxona tizimiga kirish imkonini taqdim etish. |
2022-yil yakuniga qadar |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi |
|
11. |
Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan “Elektron Kengash” platformasi loyihasini oʻrganib chiqish, uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining portali bilan integratsiya qilish masalasini koʻrib chiqish. |
1. Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan “Elektron Kengash” platformasi loyihasini tahlil qilish. 2. Buxoro viloyatida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari vakillari uchun mazkur platforma loyihasi taqdimotini oʻtkazish hamda muhokama qilish. |
2022-yil may |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari |
|
3. “Elektron Kengash” platformasini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari faoliyatiga tatbiq etish choralarini koʻrish. 4. Mahalliy Kengashlarning “Elektron Kengash” platformasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining portali bilan integratsiya qilish masalasini koʻrib chiqish. |
2022-yilning ikkinchi yarim yilligi davomi |