28.05.2022 yildagi SQ-545-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet jahon axborot tarmogʻida yoshlar va voyaga yetmaganlar uchun milliy kontentni rivojlantirish, ularning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati va zararli axborotdan himoya qilish masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati 2022-yil 4-fevralda Internet jahon axborot tarmogʻida yoshlar va voyaga yetmaganlar uchun milliy kontentni rivojlantirish, ularning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati va zararli axborotdan himoya qilish masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻroviga berilgan javobni koʻrib chiqib, bu borada muayyan ishlar amalga oshirilganini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻi orqali yoshlarning hayotiga xavf solayotgan, ularni ongiga salbiy taʼsir qiluvchi axborot xurujlarining oldini olishga qaratilgan ijobiy ishlar olib borilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarni, ayniqsa, bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish, shu sohadagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun bilan axborot mahsulotlarini yosh toifasi boʻyicha tasniflash va har qanday axborotni Oʻzbekiston Respublikasi hududida tarqatish vaqtida tegishli yosh toifasini joylashtirgan holda tarqatish masalasi belgilab berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentabrdagi “Butunjahon Internet tarmogʻida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 707-sonli qarori bilan veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, blogerga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborotni olib tashlash toʻgʻrisida xabarnoma yuborish tartibi joriy qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet jahon axborot tarmogʻining “UZ” domenida foydali maʼrifiy va mavzuli veb-resurslarni yaratish maqsadida jami 113 ta startap loyihasi IT-parkning inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga kiritilib, ularni qoʻllab-quvvatlash uchun jami 82,8 mlrd soʻm miqdorida moliyaviy koʻmak jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning may oyida “Vikipediya” Internet-ensiklopediyasida Oʻzbekiston haqidagi maqolalarni koʻpaytirish maqsadida yoshlar oʻrtasida “Wiki Stipendiya” marafonini oʻtkazish boʻyicha tanlov eʼlon qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, foydali veb-resurslar, Internet loyihalari, mobil ilova va dasturlarni yaratuvchi mualliflar hamda dasturchilar sonini yanada oshirish, yoshlarni dasturlash tillariga qiziqishini kuchaytirish maqsadida “Bir million dasturchi” loyihasi amalga oshirilmoqda. Barcha tuman va shaharlarda zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan jami 205 ta raqamli texnologiyalar oʻquv markazi (IT-markaz) tashkil qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, yoshlar va voyaga yetmaganlar uchun milliy kontentlarni rivojlantirish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatini oshirish va zararli axborotdan himoya qilish borasida parlament soʻrovida koʻtarilgan ayrim masalalar bajarilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan milliy kontent, veb-resurslar va milliy domen zonasini rivojlantirish va ommaviylashtirish uchun qulay sharoitlarni yaratish, Internet jahon axborot tarmogʻida yaratiladigan mahalliy axborot resurslarini yanada ilgari surish va ommaviylashtirish ishlari tizimli ravishda olib borilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yilda “Davra.uz” milliy ijtimoiy tarmogʻi ishga tushirilgan. Biroq ushbu ijtimoiy tarmoq zamon talablariga javob bermaganligi va xorijiy mamlakatlar ijtimoiy tarmoqlari bilan raqobat qila olmaganligi sababli ommalashmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Internet jahon axborot tarmogʻidagi yoshlar va voyaga yetmaganlar uchun qiziq boʻlgan matnli, foto-, video-, audiovizual materiallarga boy boʻlgan kontentlar mavjudligi, ularda bayon etilayotgan maʼlumotlar haqiqatga mos kelishi monitoring va tahlil qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion rivojlanish, Turizm va madaniy meros, Xalq taʼlimi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Madaniyat vazirliklari hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlar va voyaga yetmaganlarning intellektual hamda ijodiy salohiyatini rivojlantirishga koʻmaklashadigan zamonaviy veb-resurslarni shakllantirish, shuningdek, axborot makonida Oʻzbekistonning tarixi, ilm-fani, madaniyati va sanʼatini targʻib qilishni qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlar talab darajasida olib borilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet jahon axborot tarmogʻida Oʻzbekistonning tarixiy shaxslari va milliy qadriyatlariga mos kontentlarni koʻpaytirish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda bolalar va oʻsmirlar, oliy oʻquv yurti talabalariga mediasavodxonlik, tanqidiy fikrlash, axborot manipulyatsiyasi, Internetda shaxsiy maʼlumotlar daxlsizligi toʻgʻrisida tushunchalar berish, ularda zamonaviy axborot muhitiga toʻgʻri yondashuvni shakllantirish boʻyicha aniq metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqmagan, taʼlim muassasalarida ushbu yoʻnalishdagi ishlarga yetarli eʼtibor qaratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni inobatga olib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 4-fevraldagi SQ-479-IV-sonli Qarori bilan Internet jahon axborot tarmogʻida yoshlar va voyaga yetmaganlar uchun milliy kontentni rivojlantirish, ularning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati va zararli axborotdan himoya qilish masalalari yuzasidan yuborilgan parlament soʻroviga berilgan javobni koʻrib chiqib, Oliy Majlis Senati bu borada yetarli darajada ishlar amalga oshirilmaganini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet jahon axborot tarmogʻida yoshlar va voyaga yetmaganlar uchun milliy kontentni rivojlantirish, ularning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati va zararli axborotdan himoya qilish masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini oʻz vaqtida amalga oshirishda sustkashlikka yoʻl qoʻygan vazirlik va idoralar faoliyatini tanqidiy tahlil qilib, tegishli choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar hamda axborot kommunikatsion dasturlar yaratish borasida ilgʻor xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrgansin va ularning ijobiy jihatlarini milliy amaliyotga joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
messenjer yoki ijtimoiy tarmoq muvaffaqiyatli boʻlishi uchun zarur innovatsion yoxud startap biznes loyihalarini eʼlon qilib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet jahon axborot tarmogʻidagi yoshlar va voyaga yetmaganlar uchun qiziq boʻlgan matnli, foto-, video- va audiovizual materiallarga ega kontentlar, ularda bayon etilayotgan maʼlumotlar haqiqatga mos kelishini doimiy monitoring qilib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vikipediya” Internet ensiklopediyasida Oʻzbekiston haqidagi materiallar, madaniyat, urf-odatlar hamda erishilgan yutuqlar haqidagi maʼlumotlarni olish imkoniyatini yaratish, yoshlarga moʻljallangan oʻzbek tilidagi kontentlarni koʻpaytirish, maʼlumotlarni joylashtirish yuzasidan vazirlik va idoralar uchun reja asosida oʻquv seminarlar tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning tarixiy shaxslari va qahramonlari toʻgʻrisida zamon talablariga javob beradigan milliy kino- va multfilmlar yaratish, mavjud mahsulotlarni Internet jahon axborot tarmogʻida ommalashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar va voyaga yetmaganlarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga koʻmaklashadigan zamonaviy veb-resurslarni koʻpaytirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston tarixi, madaniyati va sanʼatini targʻib qilishni qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarning samaradorligini oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“UZ” domenida foydali maʼrifiy va mavzuli veb-resurslarni yaratuvchi mualliflar hamda dasturchilarni ragʻbatlantirishga qaratilgan tanlovlarni tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab oʻquvchilariga, oliy oʻquv yurti talabalariga mediasavodxonlik, tanqidiy sogʻlom fikrlash, axborot manipulyatsiyasi, Internet jahon axborot tarmogʻida shaxsiy maʼlumotlar daxlsizligi toʻgʻrisida tushunchalar berish, ularda zamonaviy axborot muhitiga toʻgʻri yondashuvni shakllantirish maqsadida metodik qoʻllanmalar ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qaror ijrosi yuzasidan tegishli “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqib, ijroga qaratsin hamda 2022-yil 15-sentabrga qadar Senatga umumlashtirilgan maʼlumot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga hamkorlikda media-reja asosida olimlar, soha vakillari ishtirokida yoshlar, voyaga yetmaganlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati va zararli axborotdan himoya qilish masalalariga bagʻishlangan turkum koʻrsatuv, eshittirishlar tayyorlash hamda Internet jahon axborot tarmogʻida tahliliy materiallarni eʼlon qilib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi (F. Boqiyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parlament soʻrovida koʻtarilgan masalalarni oʻrganish va tahlil qilish maqsadida manfaatdor vazirlik va idoralardan iborat Ishchi guruh tuzish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qaror ijrosi yuzasidan joriy yilning 1-oktabriga qadar Oliy Majlis Senati Kengashiga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 28-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-545-IV-son