1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Moliyalashtirish manbalari |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti faoliyatini yoʻlga qoʻyish, taʼlim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalar va oʻqitish metodlarini joriy etish | |||||
|
1. |
Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) faoliyatini yoʻlga qoʻyishga oid hujjatlarni tayyorlash. |
1. Institut ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish. |
- |
2022-yil 1-iyul |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Institut |
|
2. Amaldagi meʼyoriy hujjatlar asosida Institut tashkiliy tuzilmasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2022-yil 1-iyul | ||||
|
2. |
Institutning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash. |
1. Institutning shtatlar jadvalini oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash. |
- |
2022-yil 1-avgust |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Institut |
|
2. Institutning 2022-yilga moʻljallangan xarajatlar smetasini oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash. |
2022-yil 1-avgust | ||||
|
3. |
Institutning professor-oʻqituvchilar tarkibiga zarur bilim va amaliy koʻnikmalarga ega kadrlarni jalb etish. |
1. Institutni pedagog va ilmiy xodimlar bilan toʻldirish uchun boʻsh ish oʻrinlariga tanlov eʼlon qilish. 2. Mutaxassisligi (kvalifikatsiyasi) mos keluvchi pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga saralab olish. |
- |
2022-yil 1-avgust |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Institut |
|
4. |
Institutga talabalarni qabul qilish jarayonini tashkil etish. |
1. Institutda bakalavriat va magistratura bosqichlarida kadrlar tayyorlash boʻyicha davlat buyurtmasini shakllantirish. |
- |
Har yili iyun — avgust oylari |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Norkulov), Institut |
|
2. Institutning bakalavriat va magistratura bosqichlariga qabulni tashkil etish. |
Har yili avgust-sentabr oylari | ||||
|
5. |
Oʻquv jarayonini ilgʻor xorijiy tajriba va kadrlar buyurtmachilari talablari asosida tashkil etish. |
1. Oʻquv rejalaridagi fanlar sonini nomutaxassislik fanlar hisobiga bosqichma-bosqich kamaytirish hamda mustaqil taʼlim salmogʻini oshirish orqali Institutning taʼlim dasturlarini takomillashtirib borish. |
- |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Institut |
|
2. Taʼlim dasturlari mazmunini kadrlar buyurtmachilari talablari hamda yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari tajribalari asosida shakllantirish. |
2022-yil 1-sentabr | ||||
|
3. Institutda mutaxassislik fanlarini tegishli xorijiy tillarda oʻqitish tizimini joriy etish. |
Doimiy | ||||
|
4. Bitiruvchi kurs talabalari amaliyotini kelgusida talabalar ishga joylashishi mumkin boʻlgan tashkilotlarda tashkil etish. |
Doimiy | ||||
|
5. Xorijiy mutaxassislar ishtirokida maʼruza va amaliy mashgʻulotlar, mahorat darslarini oʻtkazish. |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab | ||||
|
6. Oʻquv jarayoniga xorijiy mamlakatlar yetakchi oliy taʼlim muassasalarining taʼlim texnologiyalari va metodikalarini tatbiq etish. |
Doimiy | ||||
|
6. |
Institut professor-oʻqituvchilarining kasbiy mahoratini rivojlantirish, jumladan xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida malaka oshirish hamda ilmiy stajirovka oʻtash tizimini yoʻlga qoʻyish. |
1. Institut professor-oʻqituvchilarini nufuzli xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining malaka oshirish kurslariga yuborish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Institut |
|
2. Professor-oʻqituvchilar uchun xorijiy ilmiy markazlar va oliy taʼlim muassasalarida, shuningdek, kadrlar buyurtmachilari boʻlgan tashkilot va korxonalarda stajirovkalar tashkil etish. |
Doimiy | ||||
|
7. |
Professor-oʻqituvchilar, yosh tadqiqotchilar va talabalar uchun zamonaviy badiiy, ilmiy va oʻquv adabiyotlarning elektron kataloglari hamda jahon taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish. |
1. Ilgʻor xorijiy tajribalar asosida Institutning Axborot-resurs markazi foydalanuvchilari uchun kompleks elektron xizmatlar koʻrsatuvchi zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari |
2023-yil 1-iyun |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Institut |
|
2. Veb-texnologiyalarni qoʻllagan holda Institut Axborot-resurs markazi raqamli resurslarining elektron katalogini yaratish. |
Doimiy | ||||
|
3. Institut professor-oʻqituvchilari, ilmiy xodimlari hamda talabalarining xorijiy kutubxonalar resurslari va ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalaridan erkin hamda bepul foydalanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish. |
Doimiy | ||||
|
8. |
Institutning taʼlim jarayoni va ilmiy-tadqiqot faoliyatini zamonaviy oʻquv adabiyotlar bilan taʼminlash. |
1. Institutning taʼlim jarayoni va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun zarur boʻlgan adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish. |
Davlat budjetidan mazkur maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari |
2022-yil 1-avgust |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Institut |
|
2. Zamonaviy oʻquv adabiyotlarni yaratish, xorijiy adabiyotlarni xarid qilish va tarjima qilish, Axborot-resurs markazi fondini muntazam ravishda yangilab borish. |
Doimiy | ||||
|
3. Barcha oʻquv-metodik majmualarni Institutning elektron kutubxona tizimiga kiritilishini taʼminlash. |
2023-yil 1-yanvar | ||||
|
9. |
Institut talabalarining chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha tashqi baholash tizimini joriy etish. |
1. Turli yoʻnalishlardan tanlab olingan bir guruh (kamida 20 nafar) yuqori kurs talabalari bilimini milliy yoki xalqaro tan olingan imtihon tizimlari orqali baholash. 2. Baholash natijasi boʻyicha taʼlim jarayoni va oʻquv dasturlarini takomillashtirish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari |
Har yili, oʻquv yili davomida |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi (Obidov), Institut |
|
10. |
Oʻquv jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish. |
1. Institut oʻquv auditoriyalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash. |
Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab doimiy |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov), Institut |
|
2. “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish — NEMIS” axborot tizimiga tegishli maʼlumotlarni oʻz vaqtida va sifatli kiritilishini taʼminlash. |
Doimiy | ||||
|
3. “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish — NEMIS” axborot tizimi orqali elektron jurnal, elektron davomat va elektron dars jadvali tizimidan foydalanishni yanada kengaytirish. |
Doimiy | ||||
|
4. Oʻquv auditoriyalarini onlayn rejimda ishlaydigan veb-kameralar bilan jihozlash va har bir fakultetda maʼruza mashgʻulotlari uchun moʻljallangan “SMART” auditoriyalar yaratish. |
2023-yil 1-sentabr | ||||
|
II. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish | |||||
|
11. |
Institut professor-oʻqituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirib borish hamda yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish. |
1. Institut professor-oʻqituvchilari, xodimlari hamda yosh tadqiqotchilarini ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb etish. 2. Professor-oʻqituvchilar hamda yosh tadqiqotchilarning xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda muntazam ravishda ishtirokini taʼminlash. 3. Professor-oʻqituvchilar hamda yosh tadqiqotchilarning ilmiy maqolalarini Web of Science, Scopus, Google Scholar kabi xalqaro maʼlumotlar bazalarida indekslanuvchi jurnallarda chop etish va ularning iqtiboslik darajasini oshirish choralarini koʻrish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2022-yil 1-avgustdan boshlab doimiy |
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Institut |
|
12. |
Institutda amaliy, fundamental va innovatsion tadqiqotlarni yoʻlga qoʻyish. |
1. Amaliy, fundamental va innovatsion tadqiqotlar mavzularini tegishli sohalar muammolarini inobatga olgan holda ishlab chiqish. 2. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish uchun loyiha va takliflar kiritib borish. |
- |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab doimiy |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Institut |
|
13. |
“Yosh filolog” oʻquv laboratoriyasini tashkil etish. |
1. Laboratoriya uchun xonalarni tayyorlash va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2023-yil 1-fevral |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Institut |
|
2. Laboratoriya faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
2023-yil 1-mart | ||||
|
3. Talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllash imkoniyatlarini kengaytirish. |
2023-yildan boshlab doimiy | ||||
|
14. |
Talabalarning ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirib borish. |
1. Iqtidorli talabalarni saralab olish va ularga tajribali professor-oʻqituvchilarni biriktirish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab doimiy |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Institut |
|
2. Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga yoʻnaltirish. |
Doimiy | ||||
|
3. Ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etayotgan talabalarni ragʻbatlantirib borish. |
Doimiy | ||||
|
15. |
Institutning taʼlim va boshqaruv jarayonida IT-texnologiya infratuzilmasini rivojlantirish. |
1. Institut binolarini optik tolali simlar bilan jihozlash va yagona tarmoq boshqaruvini yaratish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari |
Reja-jadvalga muvofiq |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov), Institut |
|
2. Institutning b?rcha binolarida Wi-Fi tizimi orqali Internet tarmogʻidan keng foydalanish imkoniyatini yaratish. |
2022-yil 1-oktabr | ||||
|
3. Professor-oʻqituvchilar va talabalarda video, audio va animatsion materiallar ustida ishlash koʻnikmalarini shakllantirish. |
Doimiy | ||||
|
III. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish | |||||
|
16. |
Institutning oʻquv dasturlarini xalqaro tan olingan tashkilotlarda akkreditatsiyadan oʻtkazish. |
1. Institutning oʻquv dasturlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun xalqaro tan olingan tashkilotlar bilan aloqalarni oʻrnatish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari |
2022/2023 oʻquv yili davomida |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev), Institut |
|
2. Oʻquv dasturlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish. |
2025/2026 oʻquv yiliga qadar | ||||
|
17. |
Xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish. |
1. Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari doirasida yuqori ilmiy salohiyatga ega professor-oʻqituvchilar va mutaxassislarni Institut doktorant va mustaqil tadqiqotchilariga ilmiy maslahatchi sifatida biriktirish. 2. Xorijiy hamkor oliy taʼlim muassasalari bilan mutaxassislik fanlari boʻyicha vebinarlar tashkil qilish. 3. Xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari va ilmiy fondlarning grant mablagʻlarini jalb etish. |
Xalqaro grantlar, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab doimiy |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Institut |
|
18. |
Institutda tahsil oluvchi xorijiy talabalar ulushini oshirish. |
1. Institutda xalqaro talabalar anjumanlarini oʻtkazish va ularda xorijiy talabalar ishtirokini taʼminlash. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari |
Reja-jadvalga muvofiq |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Institut |
|
2. Xorijiy fuqarolarni Institutga jalb qilish boʻyicha taʼlim agentliklari bilan kelishuv imzolash. |
2023/2024 oʻquv yili davomida | ||||
|
3. Kelishuv doirasida xorijiy, avvalambor, MDH davlatlarida Institut faoliyatini targʻib qilish. |
Reja-jadvalga muvofiq | ||||
|
19. |
Xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda talabalar akademik almashinuvi va qoʻshma ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish. |
1. Yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlar bilan qoʻshma ilmiy tadqiqotlar olib borishni yoʻlga qoʻyish. 2. Talabalarning xalqaro ilmiy konferensiyalarda ishtirokini taʼminlash. 3. Xorijiy hamkor oliy taʼlim muassasalari bilan talabalar akademik almashinuvi amaliyotini yoʻlga qoʻyish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab doimiy |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Institut |
|
IV. Talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning bandligini taʼminlash | |||||
|
20. |
Institut talabalariga oʻqishdan boʻsh vaqtda qoʻshimcha daromad topishga koʻmaklashish. |
1. Dars mashgʻulotlaridan keyin Institutning boʻsh auditoriyalarida talabalar tomonidan til oʻrgatish kurslarini tashkil etish orqali ularga qoʻshimcha daromad topish uchun sharoit yaratib berish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab doimiy |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi (Obidov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev), Institut |
|
2. Institut talabalarining tikuvchilik va toʻquvchilik bilan shugʻullanishi uchun xona ajratish va uni kerakli dastgohlar bilan jihozlash choralarini koʻrish. |
Doimiy | ||||
|
3. Talabalarni jalb etgan holda “Tarjimonlik markazi”ni tashkil etish hamda tarjima xizmatini koʻrsatish. |
2022-yil 1-oktabr | ||||
|
4. Hunarmandchilik sohasida yuqori natijalarga erishgan ustalar tomonidan talabalarga qoʻshimcha hunar oʻrgatishga qaratilgan mashgʻulotlar tashkil etish. |
Doimiy | ||||
|
21. |
Institutda beshta muhim tashabbusni keng joriy etish maqsadida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan “Yoshlar markazi”ni tashkil qilish. |
1. Markaz nizomi va chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2022-yil 1-dekabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Institut |
|
2. Institutga tegishli binolarda Markaz uchun beshta muhim tashabbusni qamrab oladigan xonalar ajratish. |
2023-yil 1-yanvar | ||||
|
3. Xonalarni beshta muhim tashabbus doirasidagi zarur texnika va jihozlar bilan taʼminlash. |
2023-yil 1-mart | ||||
|
22. |
Institutda beshta muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
1. Maqom, estrada, teatr, rassomchilik va sport yoʻnalishlarida toʻgaraklar hamda badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etish va yoshlarni mazkur toʻgaraklarga jalb etish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab doimiy |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Institut |
|
2. Institut talabalari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga qaratilgan sport tadbirlarini tashkil etish. |
Doimiy | ||||
|
3. Talabalarning badiiy adabiyotlarga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida “Men sevgan badiiy asar” kabi tanlovlarni muntazam tashkil etib borish. |
Doimiy | ||||
|
23. |
Talabalarni oʻz ustida muntazam ishlashga undash maqsadida taniqli mutaxassislarni jalb qilgan holda tadbirlar oʻtkazish. |
1. Respublikada va xorijiy davlatlarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar va notiqlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Shakllantirilgan roʻyxatga muvofiq seminar, ochiq muloqot va boshqa tadbirlarni, shu jumladan masofaviy tarzda tashkil qilish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Institut |
|
24. |
Institutda talabalarni ish bilan taʼminlash maqsadida “Karyera markazi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
1. “Karyera markazi” uchun alohida xona ajratish va uni kerakli moddiy-texnik baza, koʻrgazmali qurollar bilan taʼminlash hamda Markazning nizomini ishlab chiqish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
2023-yil 1-iyul |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Institut |
|
2. “Karyera markazi” tomonidan Institut taʼlim yoʻnalishlariga mos tashkilot va korxonalar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish. |
2023-yil 1-sentabr | ||||
|
3. Hamkor korxona va tashkilot vakillariga Institut talabalarini saralab olishi uchun tegishli sharoit yaratish. |
Reja-jadval asosida | ||||
|
25. |
Institut talabalarini hududdagi umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalariga biriktirish. |
1. Hududdagi umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalarini imzolash. |
- |
2023-yil 1-sentabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov), Institut |
|
2. Talabalarga doimiy ravishda mazkur taʼlim muassasalarida amaliyot oʻtash va oʻz bilimlarini mustahkamlash uchun sharoit yaratish. |
Doimiy | ||||
|
26. |
Romanlar, hikoyalar va kinofilmlar orqali yoshlar ongida xalq qahramonlari haqida chuqur tasavvur uygʻotish maqsadida targʻibot-tashviqot ishlarini keng yoʻlga qoʻyish. |
1. Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Najmiddin Kubro, Isʼhoqxon Ibrat, Qatagʻon qurbonlari, Ikkinchi jahon urushi davrida oʻz jonini fido qilgan qahramonlarning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan ijodiy kechalar va uchrashuvlarni tashkil etish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Reja-jadval asosida |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Yozuvchilar uyushmasi (Saidov), Institut |
|
2. Talabalar ijodiy ishlari tanlovlarini oʻtkazish. |
Har yili aprel oyida | ||||
|
3. Obroʻli va el-yurt hurmatiga sazovor boʻlgan keksa avlod vakillari bilan doimiy uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etish. |
Doimiy | ||||
|
27. |
Institutda “Tarjimonlar klubi” faoliyatini tashkil etish. |
1. Institutda Prezident taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari uchun “Tarjimonlar klubi”ni tashkil etish. 2. Klubda ijod maktabi oʻquvchilarining darsdan boʻsh vaqtlarida xorijiy tillarni oʻrganishi, tarjimonlik mahoratini egallashi uchun toʻgaraklar va mahorat darslari tashkil etish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
2022-yil 1-oktabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Institut |
|
28. |
Namangan davlat universiteti tizimidagi “Isʼhoqxon Ibrat — Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyini Institut tizimiga oʻtkazish va faoliyatini lozim darajada tashkil etish. |
1. Muzeyda mavjud eksponatlarni va moddiy qimmatliklarni inventarizatsiyadan oʻtkazish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
2022-yil 1-avgust |
Madaniy meros agentligi (Abdikarimov), Namangan viloyat hokimligi (Abdurazakov), Namangan davlat universiteti (Turgʻunov), Institut |
|
2. Muzeyni Institut tizimiga oʻtkazish boʻyicha topshirish-qabul qilish dalolatnomasini rasmiylashtirish. |
2022-yil 1-sentabr | ||||
|
3. Muzey faoliyatini lozim darajada tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish. |
Doimiy | ||||
|
4. Institut talabalarining muzeyga tashrif buyurish reja-jadvalini tasdiqlash. |
Har oʻquv yili boshida | ||||
|
5. Reja-jadval asosida talabalarning muzeyga tashrif buyurishlarini taʼminlash. |
Reja-jadval asosida | ||||
2-ILOVA
|
T/r |
Ustuvor vazifa |
Maqsadli koʻrsatkich |
Yillar kesimida |
Oʻsish koʻrsatkichi (2023-yilga nisbatan) | |||
|
2023-yil |
2024-yil |
2025-yil |
2026-yil | ||||
|
1. |
Xorijiy tillar boʻyicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega talabalar ulushini oshirish |
Jami talabalar soniga nisbatan, foizda |
30 |
45 |
60 |
100 |
3,3 baravar |
|
2. |
Yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash |
Ilmiy salohiyat, foizda |
24 |
32 |
43 |
57 |
2,4 baravar |
|
3. |
Himoya qilinadigan falsafa doktori dissertatsiyalari (PhD) soni |
6 |
13 |
19 |
22 |
3,7 baravar | |
|
4. |
Himoya qilinadigan fan doktori dissertatsiyalari (DSc) soni |
2 |
4 |
6 |
8 |
4 baravar | |
|
5. |
Falsafa doktori ilmiy darajasini olishga talabgor doktorantlar (PhD) soni |
10 |
12 |
16 |
22 |
2,1 baravar | |
|
6. |
Fan doktori ilmiy darajasini olishga talabgor doktorantlar (DSc) soni |
2 |
4 |
6 |
6 |
3 baravar | |
|
7. |
Mustaqil izlanuvchilar soni |
6 |
14 |
19 |
24 |
4 baravar | |
|
8. |
Professor-oʻqituvchilarning ilmiy-uslubiy faoliyati natijadorligini oshirish |
Darsliklar soni |
2 |
5 |
8 |
10 |
5 baravar |
|
9. |
Oʻquv qoʻllanmalar soni |
4 |
8 |
15 |
20 |
5 baravar | |
|
10. |
Monografiyalar soni |
4 |
6 |
8 |
10 |
2,5 baravar | |
|
11. |
Scopus, Web of Science maʼlumotlar bazasiga kiritilgan maqolalar soni |
16 |
40 |
70 |
100 |
6,3 baravar | |
|
12. |
Respublika jurnallarida eʼlon qilingan ilmiy maqolalar soni |
30 |
70 |
100 |
120 |
4 baravar | |
|
13. |
Scopus, Web of Science maʼlumotlar bazasiga kiritilgan har bir maqolaga toʻgʻri keluvchi iqtiboslar soni |
0,5 |
1,0 |
1,5 |
2,0 |
4 baravar | |
|
14. |
Ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalarini amaliyotga tatbiq etishdan olingan mablagʻlar (mlrd soʻm hisobida) |
Xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari va ilmiy fondlardan olingan mablagʻlar |
0,1 |
0,3 |
0,8 |
1 |
10 baravar |
|
15. |
Davlat grantlari asosida oʻtkazilgan ilmiy tadqiqotlardan olingan mablagʻlar |
0,1 |
0,2 |
0,3 |
0,5 |
5 baravar | |
|
16. |
Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish |
Jahonning yetakchi universitetlari va ilmiy markazlariga xizmat safarlariga yuboriladigan Institut professor-oʻqituvchilari soni |
8 |
10 |
15 |
20 |
2,5 baravar |
|
17. |
Institutga kamida bir oy muddatga tashrif buyuradigan xorijiy olimlar soni |
2 |
2 |
4 |
8 |
4 baravar | |
|
18. |
Institutda tahsil oladigan xorijiy talabalar soni |
5 |
10 |
30 |
50 |
10 baravar | |
|
19. |
Akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etuvchi talabalar soni |
10 |
30 |
50 |
80 |
8 baravar | |
|
20. |
Institut professor-oʻqituvchilarining xorijiy olimlar bilan hammualliflikda chop etgan maqolalari soni |
5 |
10 |
15 |
20 |
4 baravar | |
3-ILOVA
|
T/r |
Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari |
|
I. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi | |
|
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab tashkil etiladigan | |
|
1. |
Xorijiy til va adabiyot: ingliz tili |
|
2. |
Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda xorijiy til: ingliz tili |
|
3. |
Oʻzga tilli guruhlarda rus tili |
|
4. |
Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili |
|
5. |
Filologiya va tillarni oʻqitish: fransuz tili |
|
6. |
Filologiya va tillarni oʻqitish: nemis tili |
|
7. |
Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili |
|
8. |
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili |
|
9. |
Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili |
|
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab tashkil etiladigan | |
|
10. |
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili |
|
11. |
Filologiya va tillarni oʻqitish: fors tili |
|
12. |
Filologiya va tillarni oʻqitish: koreys tili |
|
13. |
Filologiya va tillarni oʻqitish: xitoy tili |
|
14. |
Filologiya va tillarni oʻqitish: yapon tili |
|
II. Magistratura mutaxassisliklari | |
|
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab tashkil etiladigan | |
|
1. |
Xorijiy til va adabiyot: ingliz tili |
|
2. |
Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti |
|
3. |
Adabiyotshunoslik: ingliz adabiyoti |
|
4. |
Lingvistika: ingliz tili |
|
5. |
Lingvistika: fransuz tili |
|
6. |
Lingvistika: nemis tili |
|
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab tashkil etiladigan | |
|
7. |
Sinxron tarjima (tillar boʻyicha) |
|
8. |
Badiiy tarjima (tillar boʻyicha) |