09.06.2022 yildagi 322-son
Tavsiyanoma ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq Qo‘mitaning birinchi rahbari tomonidan, birinchi rahbar lavozimi vakant bo‘lganda va/yoki uning vazifalarini bajarish boshqa shaxsga yuklatilganda esa — ushbu rahbar tomonidan beriladi.

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Talabgor

Oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish maqsadida tavsiyanoma olish uchun murojaat qiladi.

Har yili 1-maydan 1-iyunga qadar

2-bosqich

Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi

1. Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlarida tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh shakllantiriladi.

Har yili 25-aprelga qadar

Ishchi guruhlar

2. Xotin-qizlarning murojaatlari asosida ularga tavsiyanoma berishga tavsiya etish yoki uni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qiladi va uni tuman (shahar) oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga taqdim qiladi.

Har yili 1-iyundan 7-iyunga qadar

3-bosqich

Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi

Ishchi guruh xulosasi asosida xotin-qizlarga tavsiyanoma berishga tavsiya etish yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda uni Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.

Har yili 7-iyundan 10-iyunga qadar

4-bosqich

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

1. Taqdim etilgan qaror va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqib, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi birinchi rahbarining tavsiyanomalarni berish yoki uni rad etish to‘g‘risidagi buyrug‘ini chiqaradi.

Har yili 10-iyundan 14-iyunga qadar

2. Tasdiqlangan tavsiyanomalarni barcha tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga yuboradi.

Har yili 15-iyunga qadar

5-bosqich

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

1. Tavsiyanoma berilgan xotin-qizlar elektron reyestrini shakllantiradi.

2. Tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar ro‘yxatlarini va ular haqidagi ma’lumotlarni maxsus dasturga kiritish uchun Davlat test markaziga yuboradi.

3. Tavsiyanoma berilgan talabgorlarning ro‘yxatini Qo‘mitaning rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.

Har yili 15-iyunga qadar

6-bosqich

Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi

Tavsiyanomalar talabgorlarga yetkazilishini ta’minlaydi.

Har yili 15-iyunga qadar

1. Nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
2. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
3. 1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
4. 3-banddagi “Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi” so‘zlari “Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
6. Ilova (Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom) da:
a) nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
b) 1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
birinchi xatboshidan “hamda davlat oliy ta’lim muassasalari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“a” va “b”-kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
d) 6-banddagi “ijtimoiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotnomani (hujjatni)” so‘zlari “arizani” so‘zi bilan almashtirilsin;
e) 7, 8, 9 va 10-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
j) 11-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
z) 13-banddan “hamda davlat oliy ta’lim muassasalari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
i) Nizomga 1-ilova (Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash komissiyasining namunaviy tarkibi) da:
nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

Bosqichlar

Amalga oshirish mexanizmi

Subyektlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkazilgan kirish imtihonlari (test sinovi, kasbiy (ijodiy) imtihon) yakuni bo‘yicha tanlov natijalarini e’lon qilish.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi, Davlat test markazi

Test sinovlari to‘liq yakunlangandan keyin bir hafta ichida

2-bosqich

Belgilangan mezonlarga mos keluvchi xotin-qizlar tomonidan oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyasiga moddiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan murojaat qilish.

Talabgorlar

Test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kalendar kun davomida

3-bosqich

Bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ikkinchi va undan yuqori bosqichlarda tahsil olayotgan, belgilangan mezonlarga mos ta�abgorlar ro‘yxatini shakllantirish.

Davlat oliy ta’lim muassasalari

Test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 5 kalendar kun davomida

4-bosqich

Talabgorlar ro‘yxatini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga yuborish.

Davlat oliy ta’lim muassasalari

Test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 5 kalendar kun davomida

5-bosqich

Talabgorlarning ro‘yxatini doimiy yashash joyi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuborish.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

5 kalendar ish kuni ichida

6-bosqich

Komissiya a’zolarini tuman (shahar)larga biriktirish.

Tuman (shahar)larga biriktirilgan Komissiya a’zosi, tuman (shahar) hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i hamda tegishli mahalladagi xotin-qizlar faollaridan iborat tarkibda ishchi guruhni tuzish.

Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya)

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan ro‘yxat yuborilgan kuni

7-bosqich

Talabgorlarning doimiy yashash joyi bo‘yicha ijtimoiy holatini o‘rganish.

Har bir talabgor bo‘yicha dalolatnoma tuzish va Komissiyaga taqdim qilish.

Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i hamda tegishli mahalladagi xotin-qizlar faollari (keyingi o‘rinlarda — Ishchi guruh)

5 kalendar ish kunida

8-bosqich

Ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan tegishli hujjatlarni o‘rganib, 150 nafar xotin-qizlarni saralab olish va bayonnomani rasmiylashtirish hamda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasiga yuborish.

Komissiya

5 kalendar ish kunida

9-bosqich

Tavsiyanomalarni tasdiqlash va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuborish.

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

10 kalendar ish kunida

10-bosqich

Bazaviy to‘lov-kontrakt summalari to‘lab berilishi belgilangan (tavsiyanoma berilgan) xotin-qizlar ro‘yxatini hamda shartnomani imzolash bo‘yicha xulosalarni tegishliligi bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga yozma ravishda kiritish va belgilangan tartibda shartnomalarni rasmiylashtirish.

Komissiya

Har bir o‘quv yilida 1-oktabrdan kech bo‘lmagan muddatda

”.