20.05.2022 yildagi KQ-350-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida yuzaga kelayotgan muammolarning ekologiya hamda aholi salomatligiga taʼsiri yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Senati Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida yuzaga kelayotgan muammolarning ekologiya hamda aholi salomatligiga taʼsiri yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari boʻyicha taqdim etilgan javobni koʻrib chiqib, bu borada muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Aydar-Arnasoy koʻllar tizimiga (bundan buyon matnda koʻllar tizimi deb yuritiladi) suv tashlash va uning suv sathini barqaror ushlab turish maqsadida Janubiy Mirzachoʻl kanali orqali Arnasoy suv omborini toʻyintiruvchi kanallarni rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buning natijasida Arnasoy suv omboriga jami 43 m3/s suv tashlanib, kuz-qish oylarida qoʻshimcha 350 — 400 mln m3 suv yigʻish imkoniyati yaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻllar tizimida baliqchilikni rivojlantirish maqsadida inkubatsiya sexi hamda baliq oʻstirish uchun sunʼiy suv havzalari tashkil etish uchun 238 gektar maydon ajratilgan hamda chavoq yetishtirish boʻyicha inkubatsiya sexi barpo etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, koʻllar tizimining Jizzax viloyatidagi hududida ekoturizmni rivojlantirish maqsadida 15,2 mlrd soʻmlik 11 ta loyiha amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilda hududda zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish, turistlarga xizmat koʻrsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, havaskorlik va baliq ovi sportini rivojlantirish, koʻllar tizimi atrofida uzoq muddatli shartnoma asosida zamonaviy yengil konstruksiyali obyektlarni qurish rejalashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, sohaga doir qator qonun hujjatlari qabul qilingan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-fevraldagi “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-141-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-martdagi “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi boshqaruvini tashkil etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 136-sonli qarori qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aynan, parlament soʻrovida qayd etilgan masalalar ushbu hujjatlarda oʻz aksini topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, koʻllar tizimini baliqlantirish hamda baliqchilikni rivojlantirishda ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, baliq zaxirasini koʻpaytirish, sohada turizmni yangi bosqichga olib chiqish, tuz qatlami hosil boʻlishining oldini olish va himoya oʻrmonzorlari barpo etish va boshqa masalalar shular jumlasidandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunning 16-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunning 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi Aydar-Arnasoy koʻllar tizimidan oqilona foydalanish boʻyicha qonun hujjatlarining ijro etilishi yuzasidan parlament nazorati doirasida 2023-yil 1-sentabrgacha har chorakda tegishli rahbarlarning axborotini eshitib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi B. Alixanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 20-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-350-IV-son