07.06.2022 yildagi 308-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzundara” arxeologiya yodgorligini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqimizning qadimiy va boy madaniyatini tiklash, Surxondaryo viloyati Boysun tumani hududida joylashgan “Uzundara” arxeologiya yodgorligini muhofaza qilish, ilmiy tadqiq etish, keng targʻib qilish, konservatsiyalash va tashrif buyuruvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi (keyingi oʻrinlarda — Madaniy meros agentligi), Fanlar akademiyasi hamda Surxondaryo viloyati hokimligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boysun tumani hududida joylashgan “Uzundara” arxeologiya yodgorligini yanada ishonchli muhofaza qilish va saqlash maqsadida “Uzundara” arxeologiya yodgorligini tarixiy manzilgoh etib belgilash (keyingi oʻrinlarda — “Uzundara” tarixiy manzilgohi) orqali alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hudud sifatida boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzundara” tarixiy manzilgohida olib boriladigan arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini amalga oshirish jarayonida topilgan ashyolarni namoyish qilish maqsadida “Termiz” davlat muzey-qoʻriqxonasining filiali sifatida Yunon-Baqtriya tarixi muzeyini (keyingi oʻrinlarda — Muzey) tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boysun tumanida 2022-yildan boshlab, har uch yilda bir marta avgust oyining uchinchi haftasida “Yunon-Baqtriya” xalqaro xayriya marafonini mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati hokimligi “Yunon-Baqtriya” xalqaro xayriya marafonini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarga mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻ ajratish yuzasidan takliflarni Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashiga kiritib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Surxondaryo viloyati hokimligi Madaniy meros agentligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2022-yil 1-sentabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzundara” tarixiy manzilgohi obyektining yer maydoni va koʻchmas mulk obyektining chegaralarini belgilash, kadastr pasportini shakllantirish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzundara” tarixiy manzilgohining qoʻriqlanadigan tegralarini belgilanishini tashkil etsin, shuningdek, uning chegarasi loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzundara” tarixiy manzilgohining boshqarish rejalarini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2023-yil 1-dekabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzundara” tarixiy manzilgohi orqali oʻtgan qishloq xoʻjaligi maqsadlarida foydalaniladigan yoʻllarni aylanma yoʻllar hisobiga yoʻnalishini oʻzgartirish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzundara” tarixiy manzilgohi markazida toʻplanib qolayotgan suvlarni kanalizatsiya kollektorlarini oʻrnatish orqali chiqarib yuboruvchi kanalizatsiya tarmoqlarini qurish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Service point” toifasiga kiruvchi obyektlar (avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari, umumiy ovqatlanish obyektlari, savdo va sanitariya-gigiyena shoxobchalari)ni joylashtirish va qurish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Turizm va madaniy meros vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda 2023-yil 1-sentabrga qadar turli attraksion va osma dor yoʻli qurilishi yoʻnalishida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik subyektlarini hamda zarur hollarda xorijiy investorlarni jalb qilgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boysun tumanidan oʻtuvchi M-39 avtomagistral yoʻlidan “Uzundara” tarixiy manzilgohiga olib chiquvchi osma dor yoʻlini (kanatka) qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boysun tumanidagi “Yuqori Machay” va “Pastki Machay” mahalla fuqarolari yigʻinlarini birlashtiruvchi Darband darasining eng yuqori choʻqqilarini bogʻlovchi “Zipline” attraksionini qurish va ishga tushirishni taʼminlash masalalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga asoslangan taklif kiritsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daraning eng yuqori nuqtalarida togʻ va mahalliy qishloqlarni tomosha qilish imkonini beruvchi maydon, unga chiqish uchun maxsus lift va zina;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daradagi togʻlarni birlashtiruvchi dor yoʻli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish qismiga yirik darvoza va yengil konstruksiyali mehmonxona uylari, shuningdek boshqa xizmat koʻrsatish nuqtalari qurilishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Madaniy meros agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda Muzeyni tashkil etish va uning faoliyatini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Turizm va madaniy meros vazirligiga kiritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2022-yil yakuniga qadar Vazirlar Mahkamasining “2022-yilda turizm va madaniy meros obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 10-martdagi 110-son qarorida koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzundara” tarixiy manzilgohini konservatsiya qilish, atrofini oʻrab olish, obodonlashtirish ishlarini tashkil etish hamda turizm axborot markazi va yengil konstruksiyali Muzeyni qurish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzey ekspozitsiyalarini jahon standartlariga muvofiq “Smart” texnologiyalardan foydalangan holda jihozlash, gologramma hamda “VR” tizimlaridan keng foydalanishni tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzundara” tarixiy manzilgohining 3D-videoroliklarini, arxeologik va meʼmoriy jozibasini saqlab qolgan maketlarini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzundara” tarixiy manzilgohi va unda saqlanadigan noyob ashyolarni targʻib qilish maqsadida virtual sayohat dasturi hamda 3D eksponatlarini yaratsin va ijtimoiy tarmoqlar orqali targʻib qilib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi bilan birgalikda “Uzundara” tarixiy manzilgohida olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijasida topilgan madaniy boyliklarni Muzeyga topshirish, ularning katalogini tayyorlash va nashr qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Madaniy meros agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat muzeylari, ularning filial va boʻlimlari roʻyxatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 7-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
308-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 308-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat muzeylari, ularning filial va boʻlimlari roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat muzeylari, ularning filial va boʻlimlari roʻyxatining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan moliyalashtiriladigan muzeylar” boʻlimining 11-pozitsiyasi kuyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

11.

“Termiz” davlat muzey-qoʻriqxonasi va uning filiali:

Termiz shahri

Yunon-Baqtriya tarixi muzeyi*

Boysun tumani

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/308/0496-son)