1-ILOVA
1-ILOVA
1. | Lavozimiga koʻra | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Vasiylik kengashi raisi |
2. | Lavozimiga koʻra | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari |
3. | Lavozimiga koʻra | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari (kelishuv asosida) |
4. | Lavozimiga koʻra | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar, Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari |
5. | Lavozimiga koʻra | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari |
6. | Lavozimiga koʻra | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlari |
7. | Lavozimiga koʻra | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi sport vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalari boshliqlari |
8. | Lavozimiga koʻra | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat vazirligi, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari boshliqlari |
9. | Lavozimiga koʻra | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari boshliqlari |
10. | Lavozimiga koʻra | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari boshliqlari |
11. | Lavozimiga koʻra | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmasi boshliqlari, Vasiylik kengashi kotibi |
2-ILOVA
1-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 60 baravarigacha |
2. | Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi: | Jismoniy shaxslar va nodavlat tashkilotlar |
3. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | Amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ijtimoiy loyiha va uni amalga oshirish natijasida olinadigan natijalar toʻgʻrisida maʼlumot; Ijtimoiy loyihani amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʻlar hisob-kitobi (smeta). |
4. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | Ijtimoiy yordam tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari rahbarligidagi komissiya* tomonidan har yili iyun oyida oʻtkaziladigan “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovida gʻolib deb topilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratiladi. Bunda: “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovini oʻtkazish, shu jumladan ijtimoiy loyihalarni koʻrib chiqish va gʻolib loyihalarni tanlash tartibi Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi; “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovi yakuni boʻyicha gʻolib deb topilgan ijtimoiy loyihalar har yili 30-iyun — “Yoshlar kuni”da eʼlon qilinadi. |
5. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | Bir yilda bir marta |
6. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | Mazkur yordam: jismoniy shaxslarga loyiha uchun zarur asbob-uskuna, jihozlar, xomashyo yoki xizmatlar xarid qilib berish orqali ajratiladi; nodavlat tashkilotlarning hisobvaraqlariga shartnomaga muvofiq oʻtkazib beriladi. |
7. | Izoh: | “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovida qatnashadigan ijtimoiy loyihalar quyidagi tartibda shakllantiriladi va koʻrib chiqiladi: har bir mahallada jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan ijtimoiy loyihalar har yili aprel oyi yakuniga qadar ushbu mahallada faoliyat yurituvchi yoshlar yetakchisiga taqdim etiladi; jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan hamda yoshlar yetakchisi tomonidan shakllantiriladigan roʻyxatga kiritilgan mahallada amalga oshirilishi rejalashtirish ijtimoiy loyihalar ushbu “mahalla yettiligi” tomonidan har yili may oyi yakuniga qadar koʻrib chiqiladi hamda eng yaxshi deb topilgan 3 ta loyiha tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari rahbarligidagi komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritiladi; tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari rahbarligidagi komissiya tomonidan har yili 25-iyunga qadar mahallalar tomonidan taqdim etilgan loyihalar orasidan mahallalar kesimida har bir mahallada yashovchi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning kamida 3 nafar yoshlarini bandligini taʼminlash va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan bitta loyiha gʻolib deb topiladi. Bunda mazkur pozitsiyaning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ijtimoiy loyihalarni koʻrib chiqish va gʻolibni aniqlashda quyidagi mezonlarga asoslaniladi: Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning yoshlarini** doimiy ish joyi bilan taʼminlashga yoki ularni ijtimoiy faolligini oshirishga (tadbirkorlik faoliyatini boshlash, sport bilan shugʻullanish, sanʼat va madaniy faoliyat bilan shugʻullanish) qaratilganligi; loyihani amalga oshirish uchun zarur moliyaviy resurs, dastgoh, uskuna va jihozlarga ega boʻlish; loyihaning mahallani ixtisoslashuviga mosligi, dolzarbligi, bozorbop va daromadliligi, ijtimoiy jozibadorligi; jismoniy va yuridik shaxslarning amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ijtimoiy loyiha boʻyicha tajribaga egaligi; xodimlar uchun zarur mehnat sharoitlari yaratish va munosib ish haqi toʻlashga qobiliyatliligi; ish bilan taʼminlash bilan bir qatorda malakasi yetarli boʻlmagan yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish yoki malakasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilash imkoniyati mavjudligi. |
2-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Nogironligi boʻlgan yoshlarning parasport toʻgaraklariga qatnashishi uchun yoʻlkira xarajatlarini qoplash. |
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | BHMning 1 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda. |
3. | Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun asos: | Individual reja. |
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | Yoʻnalishsiz taksi xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnoma. |
5. | Ijtimoiy yordam oluvchining yosh toifasi: | 14 — 30 yosh |
6. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | Oila Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi. |
7. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | Har oyda |
8. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | 1. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning nogironligi boʻlgan aʼzolari haqiqatda parasport toʻgaraklariga qatnashishi Sport vazirligining “ERP-sport” axborot tizimi orqali monitoring qilib boriladi. 2. Mazkur yordam mablagʻlari yoʻnalishsiz taksi xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga shartnoma asosida har oyda keyingi oyning 5-sanasiga qadar oʻtkazib beriladi. |
3-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | 6 oy davomida muntazam sport va sanʼat toʻgaraklariga qatnashayotgan yoshlar uchun maxsus sport formasi, inventar yoki musiqa va cholgʻu asboblarini xarid qilish. |
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | BHMning 10 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda. |
3. | Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun asos: | Individual reja. |
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar yoshlarining 6 oy davomida muntazam sport va sanʼat toʻgaraklariga qatnashayotganligi toʻgʻrisida toʻgarak rahbari maʼlumotnomasi. Bunda maʼlumotnomaning ishonchliligi oʻsha hududdagi yoshlar yetakchisi tomonidan oʻrganiladi. Maxsus sport formasi, inventar yoki musiqa va cholgʻu asboblarining aniq nomi, turi va boshqa zaruriy parametrlari koʻrsatilgan talabnoma. |
5. | Ijtimoiy yordam oluvchining yosh toifasi: | 14 — 20 yosh |
6. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | Oila Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi. |
7. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | Bir marotaba |
8. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | Mazkur yordam doirasida tegishli buyum yoki instrument Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning 14 — 20 yoshdagi aʼzosining talabnomalariga muvofiq mablagʻ ajratuvchi tomonidan xarid qilib beriladi. |
4-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Jarrohlik amaliyotisiz davolanish va jarrohlik amaliyoti xarajatlarini qoplash. |
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | Jarrohlik amaliyotisiz davolanish uchun — BHMning 50 baravarigacha; Jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun — Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi tomonidan qoplashini belgilangan bazaviy narxlar doirasida. |
3. | Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun asos: | 1. Individual reja. 2. Oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oila aʼzolarining murojaati. |
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | |
5. | Ijtimoiy yordam oluvchining yosh toifasi: | 14 — 30 yosh |
6. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | a) oila Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi; b) Ijtimoiy reyestrga kiritilmagan oilalar uchun soliq organlarining maʼlumotiga koʻra oilaning har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan bir oylik oʻrtacha jami daromadi minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan oshmaganda; |
7. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | Bir yilda bir marotaba |
8. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | Mazkur yordamni koʻrsatish boʻyicha mablagʻlar Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasiga oʻtkazib beriladi. Bunda: yordam koʻrsatiladigan shaxsni jarrohlik amaliyotisiz davolash yoki jarrohlik amaliyotini oʻtkazish Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda tanlangan hamda shartnoma tuzilgan tibbiyot tashkiloti (davlat yoki nodavlat) tomonidan amalga oshiriladi; yordam koʻrsatiladigan shaxslar Sogʻliqni saqlash vazirligining Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllashning elektron axborot tizimida boshqa shaxslardan alohida tarzda yuritiladigan navbat asosida davolanadi; yordam koʻrsatiladigan shaxsni jarrohlik amaliyotisiz davolash yoki jarrohlik amaliyotini oʻtkazilganidan soʻng, Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasining talabnomasiga muvofiq tegishli xarajatlarni moliyalashtirish uchun mablagʻlar 3 ish kuni ichida Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasiga oʻtkaziladi; Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi Ijro etuvchi apparati tomonidan tegishli mablagʻlar tibbiyot tashkilotiga oʻtkazib beriladi. |
9. | Izoh: | 1. Mazkur yordam uni oluvchilar uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq Davlat tibbiy sugʻurtasi mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatilmagan yoki ushbu yordam xarajatlari boshqa manbalar (“Ayollar daftari” jamgʻarmasi, “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi va boshqa manbalar) hisobidan qoplanmagan holatlarda koʻrsatiladi. 2. Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi Ijro etuvchi apparati tomonidan “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tibbiyot tashkilotlariga oʻtkazilgan mablagʻlar boʻyicha alohida hisob-kitob yuritiladi. 3. Yordam oluvchilarning hisobi Sogʻliqni saqlash vazirligining Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllashning elektron axborot tizimida alohida yuritiladi. |
5-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish. |
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | BHMning 8 baravarigacha |
3. | Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun asos: | Individual reja. |
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursini tashkil qilgan davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari bilan tuzilgan shartnoma. |
5. | Ijtimoiy yordam oluvchining yosh toifasi: | 18 — 30 yosh |
6. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | Oila Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi. |
7. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | Bir marta |
8. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | 1. Mazkur subsidiyaning 50 foizi oʻquv kursi boshlanishida, qolgan qismi milliy haydovchilik guvohnomasi olinganidan soʻng toʻlab beriladi. 2. Subsidiya toʻlovlarining 50 foizi avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursini tashkil qilgan davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlariga shartnoma asosida, qolgan 50 foizi shartnoma shartlariga koʻra taʼlim tashkilotiga oʻtkazib beriladi yoki fuqaroga toʻlab beriladi. |
6-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Professional va oliy taʼlim tashkilotlari oʻquvchi-talabalarining toʻlov-kontrakt summasining bir qismini toʻlab berish. |
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | Toʻlov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda. |
3. | Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun asos: | Individual reja. |
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | Professional va oliy taʼlim tashkilotlari bilan tuzilgan shartnoma. |
5. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | Oila Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi. |
6. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | - |
7. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | Mazkur yordam Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning 14 — 30 yoshdagi kasbiy taʼlim, bakalavriat va magistraturaning kunduzgi yoʻnalishida taʼlim olayotgan oʻquvchi-talaba aʼzolariga beriladi. |
7-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga turarjoy ijarasi uchun kompensatsiya toʻlash. |
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | Har oyda, ijara toʻlovlarining 50 foizi, biroq BHMning 2 baravarigacha (Toshkent va Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida BHMning 3 baravarigacha). |
3. | Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun asos: | Individual reja. |
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | Soliq organlari tomonidan beriladigan elektron ijara shartnomasi. |
5. | Ijtimoiy yordam oluvchining yosh toifasi: | Oila aʼzolari 30 yoshdan oshmagan shaxslar. |
6. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | Oila Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi. |
7. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | 12 oydan koʻp boʻlmagan muddatga. |
8. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | 1. Mazkur kompensatsiya Ijtimoiy reyestrga kiritilgan yosh oilalarga ajratiladi. 2. Mazkur kompensatsiya soliq organlarida hisobga qoʻyilgan ijara shartnomasiga muvofiq ajratiladi. |
8-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Yoshlarning tadbirkorlik, anʼanaviy va zamonaviy kasblarni egallash, axborot texnologiyalarini oʻrganish va xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarida oʻqish xarajatlarini qoplash. |
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | BHMning 4 baravarigacha boʻlgan miqdorda. |
3. | Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun asos: | Individual reja. |
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | Tegishli mablagʻlar oʻquv kurslarini tashkil etgan taʼlim tashkilotlari bilan tuzilgan shartnoma. |
5. | Ijtimoiy yordam oluvchining yosh toifasi: | 14 — 30 yosh. |
6. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | Oila Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi. |
7. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | Har oyda, biroq 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatga. |
8. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | Tegishli mablagʻlar oʻquv kurslarini tashkil etgan taʼlim tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq oʻtkaziladi. |
9-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi oʻquv kurslari uchun subsidiya ajratish. |
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | BHMning 1 baravarigacha boʻlgan miqdorda. |
3. | Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun asos: | Individual reja. |
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | Tegishli mablagʻlar oʻquv kurslarini tashkil etgan taʼlim tashkilotlari bilan tuzilgan shartnoma. |
5. | Ijtimoiy yordam oluvchining yosh toifasi: | 14 — 30 yosh. |
6. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | Oila Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi. |
7. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | Har oyda, biroq 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatga |
8. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | Tegishli mablagʻlar oʻquv kurslarini tashkil etgan taʼlim tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq oʻtkaziladi. |
10-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlari uchun subsidiya berish. |
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | Mahalliy bosqichdagi tadbirlar uchun BHMning 4 baravarigacha; Xalqaro bosqichdagi tadbirlar uchun BHMning 40 baravarigacha. |
3. | Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun asos: | Individual reja. |
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | Olimpiada, tanlov yoki musobaqalarda ishtirok etish huquqini tasdiqlovchi hujjat. |
5. | Ijtimoiy yordam oluvchining yosh toifasi: | 14 — 30 yosh. |
6. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | Oila Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi. |
7. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | Bir yilda bir marta |
11-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Yoshlarga taʼlim, madaniyat va sanʼat, sport, axborot texnologiyalari sohasiga va fanlarni oʻqitishga ixtisoslashgan nodavlat taʼlim tashkilotining noturar joy ijarasi yoki zarur jihozlar bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash. |
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | BHMning 50 baravarigacha. |
3. | Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun asos: | - |
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | Ijara shartnomasi yoki zarur jihozlar xarid qilinganligi toʻgʻrisidagi shartnoma. |
5. | Ijtimoiy yordam oluvchining yosh toifasi: | 18 — 30 yosh. |
6. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | - |
7. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | Bir marta. |
8. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | 1. Mazkur yordam chekka va olis hududlardagi qishloq joylarda tashkil etilgan ixtisoslashgan nodavlat taʼlim tashkilotlariga tatbiq etiladi. 2. Mazkur yordamdan foydalanish uchun ixtisoslashgan nodavlat taʼlim tashkilotida oʻqitiladigan oʻquvchilarining kamida 20 foizini Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlari tashkil etishi lozim. |
12-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash badalini toʻliq miqdorda qoplash uchun subsidiya berish. |
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash badalining toʻliq qismi. |
3. | Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun asos: | Individual reja. |
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” maxsus hisob raqamiga badal oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma. |
5. | Ijtimoiy yordam oluvchining yosh toifasi: | 18 — 27 yosh. |
6. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | Oila Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi. |
7. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | Bir marta. |
8. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | Subsidiya yordam koʻrsatiladigan yoshlar va tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi oʻrtasida tuzilgan “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” maxsus hisob raqamiga badal oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq oʻtkazib beriladi. |
13-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish. |
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | BHMning 100 baravarigacha boʻlgan miqdorda. Bunda yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlari miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha boʻlganda toʻliq, xarajatlar miqdori ushbu chegaradan yuqori boʻlgan hollarda esa — xarajatlarning bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha boʻlgan qismi qoplab beriladi. |
3. | Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun asos: | - |
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | - |
5. | Ijtimoiy yordam oluvchining yosh toifasi: | 14 — 30 yosh |
6. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | a) oxirgi 12 oy davomida oʻzi yoki oila aʼzolari nomida yashash uchun moʻljallangan turar joyi yoki yer uchastkasi mavjud boʻlmasligi. b) yer uchastkasi oxirgi uch oy ichida auksion orqali xarid qilingan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishi; v) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan ekspertiza natijalari boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan, shuningdek, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan boʻlishi. |
7. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi: | Faqat bir marotaba |
8. | Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli: | Mazkur yordam boʻyicha tegishli mablagʻlar yordam oluvchining bank plastik kartasiga oʻtkazib beriladi. |
9. | Izoh: | Yordam oluvchi shaxslarga bir martalik toʻlov 14 — 30 yoshdagi shaxslar uchun “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari, 30 yoshdan katta boʻlgan xotin-qizlar uchun “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari, boshqa ehtiyojmand shaxslar uchun “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan, biroq “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilmagan shaxslar xotin-qizlar faoli yoki yoshlar yetakchisi tomonidan bir oy muddatda “Ayollar daftari” yoki “Yoshlar daftari”ga kiritiladi hamda ularga bir martalik toʻlov amalda oshiriladi. |
14-ILOVA
Subyektlar | Tadbirlar | Muddatlar | ||||
1-bosqich | Mahalladagi yoshlar yetakchisi | Tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimlariga kalendar rejaga muvofiq choraklik loyiha, tanlov va tadbirlar soni va turidan kelib chiqib, tovar moddiy boyliklar ajratish boʻyicha murojaat yuboradi. | Har chorakdan avvalgi oyning 25-kuniga qadar | |||
Tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi | Mahallalar boʻyicha choraklik loyiha, tanlov va tadbirlar soni va turi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kalendar rejaga muvofiqligini tekshiradi va ajratiladigan tovar moddiy boyliklar turi va soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tadbir tashkil etish rejalashtirilgan “mahalla yettiligi”ga yuboradi. | 5 ish kuni ichida | ||||
2-bosqich | “Mahalla yettiligi” | Mahallalar boʻyicha rejadagi tovar moddiy boyliklar xarid qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. | Qonunchilikda belgilangan muddatlarda | |||
Tuman (shahar) hokimligi | Tovar moddiy boyliklarni “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda xarid qiladi hamda ularni tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimlariga yetkazilishini taʼminlaydi. | 3 ish kuni ichida | ||||
3-bosqich | Tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi | Tovar moddiy boyliklarni mahallalar boʻyicha taqsimlab, mahalladagi yoshlar yetakchilariga tarqatadi. | 2 ish kuni ichida | |||
Mahalladagi yoshlar yetakchisi | Tovar moddiy boyliklarni yoshlarga tarqatish boʻyicha, topshirish, qabul qilish dalolatnomasini rasmiylashtiradi va qonunchilikda belgilangan tartibda tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimlariga hisobot topshiradi. | 3 ish kuni ichida | ||||
3-ILOVA
|
A.Z. Saʼdullayev |
— |
Yoshlar ishlari agentligi direktori, Tashkiliy qoʻmita raisi | |
|
2. |
A.H. Toshqulov |
— |
oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, Tashkiliy qoʻmita hamraisi |
|
3. |
Sh.Oʻ. Turdiqulova |
— |
innovatsion rivojlanish vazirining oʻrinbosari |
|
4. |
A.U. Aslonov |
— |
sportni rivojlantirish vazirining oʻrinbosari |
|
5. |
B.T. Abdullayev |
— |
ichki ishlar vazirining oʻrinbosari |
|
6. |
I.A. Ibragimov |
— |
Milliy gvardiya qoʻmondonining jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha birinchi oʻrinbosari |
|
7. |
K.X. Abdijalilov |
— |
favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari |
|
8. |
A.Sh. Inoyatov |
— |
sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
9. |
A.D. Xadjayev |
— |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi |
|
10. |
X.Gʻ. Xudoyberdiyev |
— |
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktorining oʻrinbosari |
|
11. |
N.E. Davletova |
— |
Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori |
|
12. |
A.M. Abdullayev |
— |
“Zakovat” intellektual oʻyinlar klubi kengashining raisi — klub prezidenti |
|
13. |
U.M. Narimov |
— |
“Zakovat intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkiloti direktori |
|
14. |
L.Oʻ. Mingishev |
— |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining boshqarma boshligʻi |
|
15. |
B.K. Aralbayeva |
— |
Yoshlar ishlari agentligining boʻlim boshligʻi, Tashkiliy qoʻmita kotibi |
4-ILOVA
1-ILOVA
MEZONLARI
|
Mezonlar |
Ball |
Masʼul organ | |
|
I. Ariza beruvchi va/yoki uning oilasining daromadi (mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — MHTEKM asosida) | |||
|
Qishloq joylarda (tuman va tuman markazlari) | |||
|
1. |
MHTEKMning 3,0 baravariga teng va undan koʻp boʻlgan, 6,0 baravariga teng va undan kam boʻlgan |
10 |
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi |
|
2. |
MHTEKMning 6,0 baravaridan koʻp boʻlgan, 6,5 baravariga teng va undan kam boʻlgan |
6 | |
|
3. |
MHTEKMning 6,5 baravaridan koʻp boʻlgan, 6,9 baravariga teng va undan kam boʻlgan |
2 |
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi |
|
Shaharlarda (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar shaharlari) | |||
|
1. |
MHTEKMning 3,0 baravariga teng va undan koʻp boʻlgan, 7,0 baravariga teng va undan kam boʻlgan |
10 |
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi |
|
2. |
MHTEKMning 7,0 baravaridan koʻp boʻlgan, 7,5 baravariga teng va undan kam boʻlgan |
6 | |
|
3. |
MHTEKMning 7,5 baravaridan koʻp boʻlgan, 8,0 baravariga teng va undan kam boʻlgan |
2 | |
|
Toshkent shahrida | |||
|
1. |
MHTEKMning 3,0 baravariga teng va undan koʻp boʻlgan 8,0 baravariga teng va undan kam boʻlgan |
10 |
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi |
|
2. |
MHTEKMning 8,0 baravaridan koʻp boʻlgan 8,5 baravariga teng va undan kam boʻlgan |
6 | |
|
3. |
MHTEKMning 8,5 baravaridan koʻp boʻlgan 9,2 baravariga teng va undan kam boʻlgan |
2 | |
|
II. Hozirgi turar joy maqomi* | |||
|
1. |
Ijara (er-xotin oʻz mulkida uy-joyi mavjud emas) |
20 |
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi, Kadastr agentligi tuman (shahar) boʻlimi |
|
2. |
Egasining ruxsati bilan tekin turar joy (er-xotin oʻz mulkida uy-joyi mavjud emas) | ||
|
3. |
Ariza beruvchi yaroqsiz yakka tartibdagi uy-joyda yashashi yoki uy-joy yashash maydonining bir shaxs uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy normaga muvofiq emasligi. | ||
|
III. Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan ayrim shaxslar | |||
|
1. |
“labor-migration” dasturida roʻyxatdan oʻtgan mehnat migranti |
10 |
Tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazi |
|
2. |
Yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar |
10 |
Tuman (shahar) hokimligi |
|
3. |
Alohida namuna koʻrsatayotgan yosh oilalar** |
10 |
Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimi |
|
4. |
Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar*** |
10 |
Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi |
|
5. |
Yagona (yolgʻiz) boquvchiga ega boʻlgan oila (erkak yoki ayol) |
9 | |
|
6. |
Boshqalar |
0 | |
|
IV. Ariza beruvchi va uning oilasidagi shaxslarning quyidagi toifaga mansubligi**** | |||
|
1. |
Birinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxs |
10 |
Tuman tibbiyot birlashmasi xulosasi |
|
2. |
Surunkali kasallikning ogʻir turlaridan azob chekuvchi |
10 | |
|
3. |
Ogʻir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan |
10 | |
|
Jami ball: |
50 |
| |
2-ILOVA
|
Qabul qilish sanasi |
Qabul qilgan shaxs | |
|
I. Ariza beruvchi (jismoniy shaxs) haqida maʼlumot: | ||
|
1.1. F.I.O.: |
- | |
|
1.2. Tugʻilgan sanasi: |
kun/oy/yil | |
|
1.3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR): |
- | |
|
1.4. Telefon raqami: |
- | |
|
1.5. Yashash joyi: |
Tuman (shahar), viloyat, respublika | |
|
1.6. Uzbekcoders.uz veb-saytida roʻyxatdan oʻtgan elektron pochta manzili (mavjud boʻlgan taqdirda) |
- | |
|
1.7. “Bir million dasturchi”loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganligi toʻgʻrisidagi sertifikat havolasi |
- | |
|
II. Sertifikat olgan oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs va uning qonuniy vakili haqidagi maʼlumot: | ||
|
2.1.1. Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsning F.I.O.: |
- | |
|
2.2. Tugʻilgan sanasi: |
kun/oy/yil | |
|
2.3. Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma raqami: |
- | |
|
2.4. Bolaning qonuniy vakili F.I.O.: |
- | |
|
2.5. Shaxsiy identifikatsiya raqami (JSH SHIR): |
- | |
|
2.6. Sertifikat olgan bolaning vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat: |
||
|
2.7. Telefon raqami: |
- | |
|
2.8. Yashash joyi: |
Tuman (shahar), viloyat, respublika | |
|
2.9. Uzbekcoders.uz veb-saytida roʻyxatdan oʻtgan elektron pochta manzili (mavjud boʻlgan taqdirda) |
- | |
|
2.10. “Bir million dasturchi”loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganligi toʻgʻrisidagi sertifikatni taqdim etgan tashkilotning elektron tizimidagi sertifikat havolasi. |
- | |