20.01.2022 yildagi PQ-96-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish, ushbu o‘yinlar tashkil qilinishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, aholining intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Zakovat” intellektual o‘yini va boshqa intellektual o‘yinlarni (keyingi o‘rinlarda — intellektual o‘yinlar) tizimli ravishda rivojlantirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning intellektual rivojlanishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash va bu sohadagi ishlarni muvofiqlashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar o‘rtasida intellektual o‘yinlar, notiqlik musobaqalari, chet tillarda munozara va uchrashuvlar o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar o‘rtasida intellektual o‘yinlarni rivojlantirish hamda ommalashtirishga qaratilgan loyihalarga grantlar ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual o‘yinlar va ulardagi iqtidorli ishtirokchilar haqidagi ma’lumotlarning elektron platformaga kiritilishini ta’minlash va intellektual o‘yinlar natijalarini ommaviy axborot vositalarida yoritib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Tashkiliy qo‘mita) tashkil qilinsin hamda uning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual o‘yinlarni nafaqat yoshlar, balki aholining barcha qatlamlari o‘rtasida targ‘ib qilish, ushbu o‘yinlarni ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirishni ta’minlash, shuningdek, milliy intellektual o‘yinlarni shakllantirish, ularni ommalashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish Tashkiliy qo‘mitaning asosiy vazifalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Tashkiliy qo‘mita majlislarida qabul qilingan qarorlar vazirlik va idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual o‘yinlar umumiy o‘rta ta’lim maktablari, Prezident ta’lim muassasalari, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari hamda oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, ko‘ngilli jamoalar o‘rtasida tizimli ravishda o‘tkazib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy qo‘mita (A. Abduvaxitov) tavsiyasiga ko‘ra intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib va sovrindor (1 — 3-o‘rinlar) bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, shu jumladan Prezident ta’lim muassasalari o‘quvchilari belgilangan tartibda — o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari hamda oliy ta’lim muassasalariga, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari — oliy ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim yo‘nalishlariga, oliy ta’lim muassasalari talabalari — ta’limning keyingi bosqichiga bazaviy to‘lov kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi yoshlar va talabalar uchun yil davomida har oyda beriladigan “Zakovat” stipendiyasi ta’sis etiladi hamda ushbu stipendiya Davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim muassasalarida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual klublarining koordinatori bo‘lgan pedagoglarga direktor jamg‘armasi hamda oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan bir oylik mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizi miqdorida bir martalik ustama to‘lab beriladi.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy qo‘mita (A. Abduvaxitov) uch oy muddatda intellektual o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov), Prezident ta’lim muassasalari agentligi (X. Umarova), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) uch oy muddatda intellektual o‘yinlarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar va talabalar uchun “Zakovat stipendiyasi”ni berish tartiblarini ishlab chiqib, tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov) bilan birgalikda 2022-yildan boshlab, bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim maktablari, Prezident ta’lim muassasalari, o‘rta maxsus va professional hamda oliy ta’lim muassasalarida “Zakovat” intellektual klublari faoliyatini yo‘lga qo‘ysin hamda hududlardagi Yoshlar markazlarida intellektual o‘yinlar jamoalari uchun alohida xonalarni tashkil etsin.
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mamlakatimizda intellektual o‘yinlarni yanada rivojlantirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi orqali Davlat budjetidan “Zakovat” intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkilotiga (keyingi o‘rinlarda — “Zakovat” intellektual klubi) 2022-yilda 50 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi belgilansin. Bunda, kelgusi yillarda mablag‘lar “Zakovat” intellektual klubiga asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur mablag‘lar intellektual o‘yinlarni tashkil etish, savol yo‘llagan teletomoshabinlarni moddiy rag‘batlantirish, ekspertlar va hakamlarga ish haqi to‘lash, “Zakovat” intellektual klubi a’zolari uchun ochiq ro‘yxatdan o‘tish elektron platformasini yaratish va uni yuritish hamda g‘olib bo‘lgan jamoalar a’zolarini ushbu qarorda belgilangan tartibda rag‘batlantirish, yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan kompyuter va mobil o‘yinlarni yaratgan dasturchilarga grant va subsidiyalar ajratish, shuningdek, ushbu o‘yinlarni o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Zakovat” intellektual klubi har chorak yakuni bo‘yicha ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanganlik to‘g‘risida Moliya vazirligi va Yoshlar ishlari agentligiga hisobotlar kiritib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, “Zakovat” intellektual klubiga mazkur bandga muvofiq ajratilayotgan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar smetasi Tashkiliy qo‘mita (A.Abduvaxitov) tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 2022-yildan boshlab har yili Intellektual olimpiada tashkil qilib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual olimpiada ta’lim yo‘nalishi, sohasi, mutaxassisligidan qat’i nazar, respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual olimpiada xalqaro tajribani inobatga olib, milliy qadriyatlarimizga mos keladigan intellektual o‘yinlar bo‘yicha tashkil qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual olimpiadani tashkil qilishda nodavlat notijorat tashkilotlar (O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi, O‘zbekiston shashka federatsiyasi va boshqalar) imkoniyati va salohiyatidan keng foydalaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumjamoa hisobida birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan oliy ta’lim muassasasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi topshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv samaradorligi agentligi Intellektual olimpiada g‘olib va sovrindorlarini o‘z mutaxassisligi bo‘yicha Istiqbolli kadrlar ma’lumotlar bazasiga olish amaliyotini yo‘lga qo‘yadi.
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF-243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda Intellektual olimpiadani tashkil qilish tartibini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab har yili aprel oyida “Intellektual haftalik” tadbirini tizimli ravishda o‘tkazib borish to‘g‘risidagi tashabbusi qo‘llab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Intellektual haftalik” oliy ta’lim muassasalarining talabalari o‘rtasida intellektual sog‘lom raqobatni yuzaga keltirish, talaba-yoshlarning bilimga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, respublikaning turli hududlarida tahsil olayotgan zakovatli yoshlar uchun fikr almashish imkoniyatini yaratish, oliy ta’lim muassasalarida intellektual to‘garaklar faoliyatini rivojlantirish hamda yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida tashkil qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Intellektual haftalik” davomida intellektual o‘yinlar, ilmiy konferensiyalar, ilm-fan, adabiyot sohasida taniqli olimlar ishtirokida seminarlar, madaniy-ma’naviy tadbirlar, turli soha yetakchilari (rahbarlar), yirik kompaniya (ish beruvchilar) vakillari ishtirokida uchrashuvlar o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Intellektual haftalik”ni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar tegishli oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Sa’dullayev, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri I. Abduraxmonov “Intellektual haftalik”ni to‘liq va samarali tashkillashtirish yuzasidan shaxsan mas’ul etib belgilansin.
(7-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yoshlar ishlari agentligi, Toshkent shahar hokimligi va Qurilish vazirligi tomonidan “Zakovat” intellektual klubi uchun alohida bino hamda Intellektual o‘yinlar shaharchasini (keyingi o‘rinlarda — obyekt) barpo etish uchun “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tutash hududdan 3 gektar yer maydoni tanlab olinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi va Toshkent shahar hokimligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri, M. Ulug‘bek tumani, “Do‘stlik” MFY hududidagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tutash hududdan 3 gektar yer maydonini (keyingi o‘rinlarda — tanlangan yer uchastkasi) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan aholi punktlarining shahar va posyolka qurilishi yerlari toifasiga o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlangan yer uchastkasini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan chiqarilishi munosabati bilan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlarini to‘lashdan ozod qilish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev) ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlangan yer uchastkasining amaldagi yer egalari, foydalanuvchilari va ijarachilaridan qonunda belgilangan tartibda davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishini va davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yer uchastkasining Yoshlar ishlari agentligiga obyektni barpo etish maqsadida davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr agentligi bilan birgalikda davlat yer kadastri ma’lumotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) obyektda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi funksiyasini bajaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh loyiha va pudrat tashkilotlari belgilangan tartibda o‘tkaziladigan tender (tanlov) natijalariga ko‘ra aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) obyektni qurish va jihozlash xarajatlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) obyekt qurib bitkazilib, foydalanishga qabul qilingandan so‘ng belgilangan tartibda Yoshlar ishlari agentligiga operativ boshqarish huquqi bilan bepul beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev) mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan obyektning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish ishlarini amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Prezident ta’lim muassasalari agentligi bilan birgalikda “Zakovat” intellektual klubi a’zolari uchun ochiq ro‘yxatdan o‘tish elektron platformasini yaratsin. Bunda, shu jumladan jamoalar, ularning reyting ballari hamda intellektual o‘yinlarning yo‘nalish va bosqichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilishi nazarda tutilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda intellektual o‘yinlar g‘oliblari va sovrindorlari uchun Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da mavsumiy ishlaydigan “Intellektual maktab” loyihasini yo‘lga qo‘ysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tashkiliy qo‘mita (A. Abduvaxitov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2022-yildan boshlab, har yili tuman (shahar)lardan birini “Intellektual hudud” deb e’lon qilish hamda u yerda yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, g‘oya va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda “Yoshlar” telekanali hamda tegishli hududiy telekanallarda intellektual o‘yinlarni keng yoritish va targ‘ib qilish ishlarini muntazam tashkillashtirib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Sa’dullayev, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari A.A. Djurabayev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini nazorat qilish, mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2022-yil 1-avgust hamda 2023-yil 1-yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 20-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-96-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun mas’ullar

1.

Yoshlar ishlari agentligiga mazkur qarorga muvofiq yuklanayotgan qo‘shimcha vazifalarni amalga oshirish maqsadida agentlik to‘g‘risidagi nizomni qayta ko‘rib chiqish va tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

intellektual o‘yinlarni o‘tkazish tartibini, o‘tkaziladigan joyni belgilash;

hakamlar hay’ati tarkibi, apellyatsiya komissiyasi a’zolari ro‘yxatini shakllantirish hamda intellektual o‘yinlarga qo‘yiladigan savollar maxfiyligini ta’minlash;

intellektual o‘yinlarni tashkil etish, o‘tkazish va natijalarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish;

intellektual o‘yinlar ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlarning yagona elektron platformaga kiritilishini ta’minlash;

intellektual o‘yinlar natijalari va hakamlar hay’ati qarori asosida g‘oliblarning keyingi bosqichda ishtirok etishini ta’minlash hamda respublika bosqichini tashkil etish va g‘olib jamoalarni taqdirlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2022-yil mart

-

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Intellektual o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini tasdiqlash.

Tashkiliy qo‘mita qarori

2022-yil aprel

-

Tashkiliy qo‘mita

(A. Abduvaxitov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev),

“Zakovat” intellektual klubi” NNT

(A. Abdullayev),

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov),

Prezident ta’lim muassasalari agentligi

(X. Umarova)

3.

Umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari, Prezident ta’lim muassasalari hamda hududlardagi Yoshlar markazlarida Zakovat” intellektual klublarining doimiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil apreldan boshlab bosqichma-bosqich

Ta’lim muassasalari va Yoshlar markazlari mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov),

Prezident ta’lim muassasalari agentligi

(X. Umarova),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev),

“Zakovat” intellektual klubi” NNT

(A. Abdullayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

4.

“Zakovat” intellektual o‘yini va boshqa intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalar, o‘qituvchilarni har yili chet elda malaka oshirish, stajirovka o‘tash hamda magistratura va PhD dasturlari bo‘yicha ta’lim olishga yuborish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yildan boshlab har yili

“El-yurt umidi” jamg‘armasi, oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari

“El-yurt umidi” jamg‘armasi

(A. Bekmurodov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev)

5.

Jamoalar “Zakovat” intellektual o‘yinining saralash va respublika bosqichlarida ishtirok etishi uchun ularga Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasidan alohida xona ajratish va “Zakovat burchagi”ni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil may

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi mablag‘lari

O‘zbekiston milliy kutubxonasi

(U. Teshabayeva),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev)

6.

“Zakovat” intellektual o‘yini va boshqa intellektual o‘yinlar haqidagi barcha ma’lumotlarni yagona veb-saytga joylashtirish. Bunda:

ishtirokchilar uchun shaxsiy kabinetlar yoki ID-kartalar yaratish;

tuman (shahar), viloyat hamda respublika bosqichlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish imkoniyatini yaratish;

o‘tkazilgan tuman (shahar), viloyat hamda respublika bosqichlari videoyozuvini to‘liq hajmda veb-saytga joylashtirish;

“Zakovat” intellektual o‘yini va boshqa intellektual o‘yinlar ishtirokchisi bo‘lish uchun talablarni belgilash;

“Zakovat” intellektual o‘yini va boshqa intellektual o‘yinlar haqidagi o‘rgatuvchi videoroliklarni joylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil may

Ijrochilar mablag‘lari

“Zakovat” intellektual klubi” NNT

(A. Abdullayev),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev)

7.

“Zakovat” intellektual o‘yini va boshqa intellektual o‘yinlarning hududiy va respublika bosqichi g‘oliblarini o‘z mutaxassisligi bo‘yicha Istiqbolli kadrlar ma’lumotlar bazasiga olish hamda rahbarlik lavozimlariga tayinlash amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yildan boshlab har yili

-

Boshqaruv samaradorligi agentligi (U. Xusainov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Yoshlarning iqtidorini namoyon etish va ular uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida hududlarda Intellektual parklar barpo etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillarda

Loyiha-smeta hujjatlari asosida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qurilish vazirligi

(B. Zakirov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev)

9.

Intellektual musobaqalar g‘oliblari va iqtidorli yoshlar uchun Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da “Intellektual maktab” mavsumiy oromgoh loyihasini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yildan boshlab har yili

Ijrochilar mablag‘lari

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev),

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova),
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(I. Abduraxmonov)

10.

Respublikamiz tuman (shahar)laridan birini “Intellektual hudud” deb e’lon qilish hamda ushbu hududdagi yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, g‘oya va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan zarur shart-sharoitlarni yaratish.

Tashkiliy qo‘mita qarori

2022-yildan boshlab har yili

Ijrochilar mablag‘lari

Tashkiliy qo‘mita

(A. Abduvaxitov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qurilish vazirligi

(B. Zakirov)

11.

Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularga motivatsiya berish maqsadida dunyo tan olgan olimlar, jumladan Nobel mukofoti sohiblari bilan uchrashuvlar tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil iyun

Ijrochilar mablag‘lari

Tashkiliy qo‘mita

(A. Abduvaxitov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov),

“Zakovat” intellektual klubi” NNT

(A. Abdullayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Yoshlarning intellektual salohiyatini reyting baholash va ularning elektron bazasini shakllantirishga qaratilgan elektron platforma ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil may

Ijrochilar mablag‘lari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev),

“Zakovat” intellektual klubi” NNT

(A. Abdullayev)

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF-243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasi tarkibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A.A. Abduvaxitov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, tashkiliy qo‘mita rahbari

2.

A.Z. Sa’dullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori, tashkiliy qo‘mita rahbari o‘rinbosari

3.

A.X. Toshkulov

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

4.

B.O. Saidov

xalq ta’limi vaziri

5.

I.Yu. Abdurahmonov

innovatsion rivojlanish vaziri

6.

Sh.X. Shermatov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

7.

X.U. Umarova

Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori

8.

J.A. Artikxodjayev

Toshkent shahar hokimi

9.

Lavozimiga ko‘ra

Boshqaruv samaradorligi agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari

10.

A.J. Xadjayev

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

11.

X.G‘. Xudoyberdiyev

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktorining o‘rinbosari

12.

A.M. Abdullayev

“Zakovat” intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari

13.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari

14.

A.X. Xolmaxmatov

Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi boshlig‘i, tashkiliy qo‘mita kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy qo‘mita a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy qo‘mita ishiga kelishilgan holda boshqa vazirlik, idora va tashkilotlar, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari rahbarlari va mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 07/22/96/0056-son; 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son; 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son)