Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasida trenerlik faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 6-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2247-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2011-yil 9-iyundagi 484-son “Oʻzbekiston Respublikasida trenerlik faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2247, 2011-yil 22-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 30-son, 318-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2022-yil 26-may,
3-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 26-maydagi 3-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasida trenerlik faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Buyruq muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:”.
2. Nizomda:
a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi 211-son “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida trenerlik, trener-oʻqituvchilik va trener-instruktorlik faoliyatini (bundan buyon matnda trenerlik faoliyati deb yuritiladi) amalga oshirish tartibi va yoʻnalishlarini belgilaydi.”;
b) 2-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“trener — trenerlik faoliyati boʻyicha malaka oshirganlik haqidagi sertifikatga ega boʻlgan yoki taʼlim muassasalarining sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha) hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi taʼlim yoʻnalishini bitirgan (bunda bitiruvchi tegishli sport turi boʻyicha trener lavozimiga ishga qabul qilinganiga uch yildan oshmagan boʻlishi lozim), shuningdek, oʻquv-mashq, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini, sport natijalariga erishish uchun bellashuv faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiruvchi jismoniy shaxs;”;
v) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “attestatsiyadan oʻtmagan” degan soʻzlar “malaka oshirganlik haqidagi sertifikatga ega boʻlmagan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) 13 va 23-bandlardagi “Madaniyat va sport ishlari vazirligi” degan soʻzlar “Sportni rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d) 15-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “kasb-hunar” degan soʻzlar “professional taʼlim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “attestatsiyadan oʻtgan” degan soʻzlar “malaka oshirganlik haqidagi sertifikatga ega boʻlgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
e) 19-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “attestatsiyadan oʻtgan” degan soʻzlar “malaka oshirganlik haqidagi sertifikatga ega boʻlgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
j) 21-bandning ikkinchi xatboshisidagi “attestatsiyadan oʻtish” degan soʻzlar “malaka oshirganlik haqidagi sertifikatga ega boʻlish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
z) 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda malaka oshirganlik haqidagi sertifikatga ega boʻlgan shaxslarning hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan amalga oshiriladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2022-y., 10/22/2247-1/0483-son)