06.06.2022 yildagi PQ-270-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matonat maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz dovrugʻini dunyoga tanitish borasida yoshlarning qoʻlga kiritgan yutuqlarini, ularning ibratli hayot tarzini targʻib qilish orqali mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuygʻularini kamol toptirish, yoshlarni parasport turlariga keng jalb qilish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-maydagi “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5114-son qarorida belgilangan paralimpiya harakatini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini amaliyotga bosqichma-bosqich tatbiq etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Matonat maktabi tashkil etilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Matonat maktabining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari qoʻlga kiritgan yutuqlari, ularning ibratli hayot tarzini targʻib qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari hamda mahallalarda uchrashuvlar tashkil etib, sport sohasida muvaffaqiyatga erishgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining oʻz hayot yoʻllarida qiyinchiliklarni qanday yengib oʻtganliklari haqida suhbatlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarida halollik, vijdoniylik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaxs sifatlarini, shuningdek, milliy gʻurur tuygʻularini shakllantirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari ijtimoiy hayotining turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat organlari va tashkilotlariga taklif va tavsiyalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ona Vatanimiz shuhratini dunyoga tarannum etish bilan bogʻliq eng muhim tushunchalar, hayotiy va professional koʻnikmalarni ilm-maʼrifat asosida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining qalbi va ongiga singdirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga yuqori natijalarga erishgan shaxslarni oʻrnak qilib koʻrsatish orqali ularni matonatli etib tarbiyalash, shu maqsadda ilmiy-amaliy anjumanlar, savol-javob, kitobxonlik kechalari, mashhur kishilar bilan uchrashuvlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarida qadimiy tariximiz va madaniyatimiz bilan, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yoʻlida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib boʻlish tuygʻusini shakllantirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini qoʻllab-quvvatlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsib kelayotgan yosh avlodni adaptiv sport turlariga jalb etish, ularni “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” gʻoyasi atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari oʻrtasida maxsus taʼlim muassasalarida hamda mahallalarda jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini oʻtkazishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan, taʼlim, sanʼat va madaniyat hamda sport sohalarida iqtidorli yoshlarni tanlab olish, ularni qiziqishidan kelib chiqib sohalarga yoʻnaltirish hamda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, jamiyatda munosib oʻrin egallashlarini ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvaffaqiyatga erishgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini taqdirlash maqsadida qimmatbaho sovgʻalar xarid qilish va topshirish hamda boshqa shakllarda ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining hayoti, ularning orzu-intilishlarini ifodalovchi filmlar, videoroliklar va boshqa materiallarni tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining bilim va malakasini oshirish, kasbga tayyorlash va ularni tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar, zamonaviy axborot texnologiyalari hamda inklyuziv madaniyat yoʻnalishlariga jalb etish maqsadida qisqa muddatli oʻquv kurslari, seminar, treninglar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida koʻrgazmalar, forumlar, konferensiyalar, simpoziumlar oʻtkazish hamda boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan shunday tadbirlardagi yoshlarning ishtirokini taʼminlashga koʻmaklashish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matonat maktabi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan holda tashkil qilinadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matonat maktabi rahbarligi Agentlik direktori buyrugʻi asosida Agentlik direktorining tegishli oʻrinbosariga yuklatiladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matonat maktabi xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi markaziy apparatining xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi. Bunda, mehnatga haq toʻlash va tibbiy xizmat koʻrsatish shart-sharoitlari boʻyicha Matonat maktabi ijrochi direktori Agentlikning boʻlim boshligʻiga, mutaxassislari Agentlikning mutaxassislariga tenglashtiriladi;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matonat maktabi faoliyatini moliyalashtirish manbalari boʻlib Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matonat maktabining tashkil etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasiga qoʻshimcha 2 ta shtat birligi ajratiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matonat maktabiga hududlarga borib kelish va tadbirlarda ishtirok etish uchun 1 ta yengil avtomobil, 1 ta avtobus va 1 ta mikroavtobusni xarid qilish uchun mablagʻlar va ularni saqlash uchun limit ajratiladi.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Matonat maktabi faoliyatini moliyalashtirish uchun kelib tushgan mablagʻlar quyidagi xarajatlarga yoʻnaltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matonat maktabi xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar hamda Matonat maktabini saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida adaptiv sportning targʻibotini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvaffaqiyatga erishgan shaxslar ishtirokida motivatsion uchrashuvlar tashkil etish, ular toʻgʻrisida videoroliklar, filmlar va boshqa materiallar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining bilim va malakasini oshirish, kasbga tayyorlash va ularni tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar, zamonaviy axborot texnologiyalari hamda inklyuziv madaniyat yoʻnalishlariga jalb etish maqsadida qisqa muddatli oʻquv kurslari, seminar, treninglar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvaffaqiyatga erishgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini taqdirlash maqsadida qimmatbaho sovgʻalar xarid qilish va topshirish hamda boshqa shakllarda ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqasi, “Inson uchun” xayriya marafoni, “Paralimpiyachilar matonati” xalqaro forumi hamda oʻz vakolati doirasida koʻrgazmalar, forumlar, konferensiyalar, simpoziumlarni tashkillashtirish va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi Adaptiv sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi etib qayta nomlansin va uning yangilangan tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-noyabrdagi PQ-389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 07/24/389/0911-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matonat maktabining aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining qoʻlga kiritgan yutuqlari, ularning ibratli hayot tarzini targʻib qilish sohasidagi faoliyatiga Mudofaa vazirligi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matonat maktabining aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini parasport turlariga keng jalb qilish sohasidagi faoliyatiga Sport vazirligi koʻmaklashadi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Matonat maktabi faoliyatini tashkil qilishning quyidagi tartibi joriy qilinsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har yili 15-noyabrga qadar Adaptiv sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi tarkibiga kiritilgan vazirlik, idora, hokimliklar va jamoat tashkilotlari tegishli namuna boʻyicha ishlab chiqilgan kelgusi yil davomida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini Agentlikka taqdim etadi;
(6-bandning “a” kichik bandsi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-noyabrdagi PQ-389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 07/24/389/0911-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Agentlik Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi va Sport vazirligi bilan birgalikda taqdim etilgan chora-tadbirlar rejalarini Matonat maktabining asosiy vazifalari, mazkur qarorning 5-bandida koʻzda tutilgan yoʻnalishlar, shuningdek, boshqa dolzarb masalalarni hisobga olgan holda umumlashtiradi hamda kompleks reja loyihasini tayyorlaydi;
(6-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Agentlik va Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi har yili 10-dekabrga qadar kompleks reja loyihasini koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun, shuningdek, qabul qilingan kompleks rejaning ijrosi boʻyicha yigʻma axborotni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
(6-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Adaptiv sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi (A.N. Aripov):
(6-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-noyabrdagi PQ-389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 07/24/389/0911-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, hokimliklar va boshqa tashkilotlarning mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosi haqidagi hisobotlarini eshitadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash yigʻilishida kompleks reja loyihasini koʻrib chiqadi va har yili 25-dekabrga qadar tasdiqlaydi;
(6-band “g” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matonat maktabi faoliyatini samarali tashkil etishda barcha vazirlik, idora, hokimlik va jamoat tashkilotlarining oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Agentlik, Mudofaa vazirligi hamda Sport vazirligi Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda kompleks reja ijrosi ustidan doimiy nazorat olib boradi.
(6-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Adaptiv sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi (A.N. Aripov) uch hafta muddatda Matonat maktabida 2022-yil davomida quyidagilar amalga oshirishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin va uning tizimli ravishda amalga oshirilishini taʼminlasin:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-noyabrdagi PQ-389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 07/24/389/0911-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov) tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning, shu jumladan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning ongu tafakkuriga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini, milliy armiyamiz bilan faxrlanish, davlat xavfsizligini himoya qilish uchun masʼuliyat tuygʻusini chuqur singdirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarga mamlakatimizning mudofaa salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun va mohiyatini tizimli ravishda yetkazish hamda dunyoda sodir boʻlayotgan globallashuv jarayonlariga nisbatan ularda ongli munosabat va faol hayotiy pozitsiyani shakllantirish, burchga sadoqat, masʼuliyat, fidoyilikni oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning, shu jumladan paralimpiyachilarning harbiy qismlarga ekskursiyalar va koʻrgazmali tashriflarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vatan ozodligi yoʻlida qahramonlik koʻrsatgan buyuk ajdodlarimiz va jasur zamondoshlarimizning ibratli hayotini keng targʻib etish asosida yoshlarda “Yangi Oʻzbekiston — yangi gʻalabalar sari” degan hayotiy eʼtiqodni qaror toptirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Milliy gvardiya (R. Djurayev) tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorizmga qarshi kurashishda hamda terrorchilik harakatlarining oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etib, mardonavor halok boʻlgan askarlarning ibratli hayotini keng targʻib etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning, shu jumladan paralimpiyachilarning Temurbeklar maktablari, oliy harbiy taʼlim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning maxsus guruhlari va harbiy qismlarga ekskursiyalar va koʻrgazmali tashriflarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mard oʻgʻlon” davlat mukofotiga sazovor boʻlgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuvlar oʻtkazish, ular erishgan yutuq va natijalarni yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Temurbek vorislari” harbiy-sport oʻyinlarini bosqichma-bosqich tashkil etish, ularga jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarga moʻljallangan badiiy, multiplikatsion va qisqa metrajli filmlar ishlab chiqarilishini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy, ilmiy va ijtimoiy islohotlardagi ishtirokini aks ettiradigan va daxldorlik tuygʻusini shakllantiradigan turli janr va mavzularda filmlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning sportga kirib kelishidan boshlab ularning yuqori natijalarga erishish yoʻli, nufuzli musobaqalardagi ishtiroki va bugungi kundagi hayoti toʻgʻrisida qisqa metrajli badiiy va hujjatli filmlar, videoroliklar tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar hayoti, ularning orzu-intilishlari, oʻy-havaslarini ifodalovchi filmlar ishlab chiqarilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlangan filmlarni yoshlar orasida keng targʻib va tashviq qilish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarda, xususan uyushmagan yoshlarda tarixiy xotira, milliy gʻurur va oʻzlikni anglash, roʻy berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuygʻularini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning zamonaviy kasblarni egallashga boʻlgan intilishini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ular oʻz ijodiy va intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar, xususan uyushmagan yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishga keng jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni diniy-ekstremistik va boshqa buzgʻunchi tashkilotlar taʼsiridan, chetdan “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy taʼsir va tahdidlardan asrash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S. Sayyid) tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta isteʼdod va yuksak fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlgan keksa avlod vakillarining ijodiy salohiyati va mahoratidan yoshlarni keng bahramand etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh isteʼdod sohiblarini izlab topish, ularning iqtidorini roʻyobga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mumtoz adabiyotimizni, buyuk namoyandalarning asarlarini yoshlarga yanada yaqinlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar, shu jumladan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar bilan “Doʻrmon”, “Parkent” va “Zomin” ijod uylarida taniqli yozuvchilar, shoirlar ishtirokidagi uchrashuvlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalar, taʼlim muassasalarida yoshlar, shu jumladan paralimpiyachilar ishtirokida muntazam maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish, shuningdek, ijodiy uchrashuvlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “Nuroniy” jamgʻarmasi (S. Turdiyev) tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oqsoqollar, keksa yoshdagi mahalla faollarini yoshlarni Vatanga muhabbat, keksalarni eʼzozlash, ezgulik va rahmdillik singari xalqimizning koʻp asrlik anʼanalarini hurmat qilish ruhida tarbiyalashga yoʻnaltirilgan ijtimoiy faoliyatga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda yoshlarni ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, ularning birinchi navbatdagi ehtiyojlari qondirilishida har tomonlama yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taniqli keksa yozuvchilar, artistlar, xonandalar, sport faxriylari, rassomlar va ijodkor ziyolilarning boshqa vakillarini taklif etgan holda yoshlar oʻrtasida ijodiy kechalar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov) tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar, shu jumladan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar va paralimpiyachilarning ibratli hayot yoʻllari va qiyinchiliklarni qanday yengib oʻtganliklari hamda gʻalaba qozonganligi haqidagi uchrashuv va suhbatlarni keng yoritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish va tematik teleradiodasturlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paralimpiya sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston chempionati (kubogi), mamlakatimizda oʻtkaziladigan nufuzli xalqaro musobaqalar (turnirlar)ni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi, Transport vazirligi va Sportni rivojlantirish vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri, A. Qodiriy koʻchasida joylashgan piyodalar yurish va dam olish maskanida Paralimpiyachilar bogʻini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent metropolitenining yangi qurilayotgan bekatlaridan biriga “Paralimpiya harakati” nomini berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilab qoʻyilsinki, Matonat maktabi boʻyicha Oʻzbekiston tajribasini dunyo mamlakatlariga targʻib etish maqsadida 2023-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba Toshkent shahrida “Paralimpiyachilar matonati” xalqaro forumi oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar Matonat maktabi bilan hamkorlikda quyidagilarni 2022/2023 oʻquv yili boshlanishiga qadar amalga oshirsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim jarayonida sogʻlom oʻquvchi va talabalar bilan bir qatorda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchi va talabalarning aqliy hamda ijtimoiy salohiyatlarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlanishning turli imkoniyatlariga ega boʻlgan oʻquvchi va talabalar uchun har qanday kamsitilishni istisno qiladigan, barcha oʻquvchi va talabalarga teng munosabatda boʻlishni taʼminlaydigan yagona moslashtirilgan ijtimoiy muhitni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik hamda taʼlim jarayonining barcha ishtirokchilarida alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchi va talabalar muammolariga nisbatan bagʻrikenglik munosabatini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat vazirligi bilan birgalikda oʻquvchi va talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularning qiziqishlarini inobatga olgan holda musiqa, rassomchilik, tasviriy sanʼat, kulolchilik va boshqa toʻgaraklarni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev) tasarrufidagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar), “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, shuningdek, nogironligi boʻlgan bolalar uchun “Muruvvat” internat uylarida paralimpiya sport turlari, shu jumladan parastol tennisi, paradzyudo, golbol, 5x5 futbol, parayengil atletika, bochcha, parapauerlifting, paraqilichbozlik sport turlarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratsin hamda ularni zaruriy sport jihozlari va formalari bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) tasarrufidagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar), “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari uchun sport jihozlari va formalarini xarid qilish maqsadida vazirlikka ajratilgan budjet mablagʻlarining iqtisod qilingan qismidan yil yakuniga qadar 2 milliard soʻmgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev) “Muruvvat” internat uylari uchun sport jihozlari va formalarini xarid qilish maqsadida vazirlikka ajratilgan budjet mablagʻlarining iqtisod qilingan qismidan yil yakuniga qadar 1 milliard soʻmgacha yoʻnaltirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) 2023-yildagi Davlat budjetining parametrlarini shakllantirishda mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun 3 milliard soʻmdan kam boʻlmagan mablagʻlarni nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar), “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari hamda “Muruvvat” internat uylaridagi nogironligi boʻlgan bolalarni doimiy ravishda hududlardagi sport-taʼlim muassasalarida (sport maktablari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari va boshqalar) belgilangan parasport turlariga jalb qilish choralarini koʻrsin.
(13-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi Matonat maktabining samarali faoliyat olib borishi uchun yetarli sharoit hamda multimedia mahsulotlari, adabiyotlar, buklet, banner va boshqa kreativ targʻib qiluvchi materiallar bilan taʼminlasin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) hamda Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M.Tashxodjayev) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarning taʼlim olgan muassasalarida “Matonatli sportchilarimiz — faxrimiz” xonalarini tashkil etsin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matonat maktabi ishchi guruhlarining hududlarda samarali faoliyat olib borishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matonat maktabi tomonidan amalga oshiriladigan targʻibot-tashviqot ishlarini manzilli tashkil etish va tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar)lar tarixiy muzeylarida Paralimpiya, Paraosiyo oʻyinlarida ishtirok etgan sportchilarga bagʻishlangan ekspozitsiyalar tashkil etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) mazkur qarorda belgilangan Matonat maktabi faoliyatini tashkil qilish bilan bogʻliq zarur mablagʻlarni 2022-yil respublika budjetida koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida, 2023-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Matonat maktabi Toshkent shahri, Beshyogʻoch koʻchasi, 126-uy manzili boʻyicha joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-maydagi “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5114-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib mudofaa vaziri B.N. Kurbanov, yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov hamda Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi M.M. Tashxodjayev belgilansin.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev zimmasiga yuklansin.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 6-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-270-son
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi PQ-270-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adaptiv sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-noyabrdagi PQ-389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 07/24/389/0911-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A.N. Aripov

Bosh vazir, Respublika kengashi raisi

2.

M.P. Olloyorov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori, Respublika kengashi raisi oʻrinbosari

3.

B.N. Kurbanov

mudofaa vaziri, Respublika kengashi raisi oʻrinbosari

4.

M.M. Tashxodjayev

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi, Respublika kengashi raisi oʻrinbosari

5.

R.M. Djurayev

Milliy gvardiya qoʻmondoni

6.

X.U. Umarova

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

7.

A.I. Ikramov

sport vaziri

8.

K.A. Sharipov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

9.

A.A. Xudayarov

sogʻliqni saqlash vaziri v.b.

10.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

11.

B.I. Zakirov

qurilish va uy joy kommunal xoʻjaligi vaziri

12.

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

13.

A.Z. Saʼdullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

14.

F.F. Abduxalikov

Kinematografiya agentligi bosh direktori

15.

R.M. Matkarimov

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori

16.

S. Turdiyev

“Nuroniy” jamgʻarmasi boshqaruvi raisi

17.

S. Sayyid

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

18.

K.K. Abdullayev

Oʻzbekiston nogironlar jamiyati boshqaruvi raisi

19.

G.Oʻ. Shodiyeva

Oʻzbekiston karlar jamiyati boshqaruvi raisi

20.

E.D. Norpulatov

Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati boshqaruvi raisi

21.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

22.

R.A. Talipov

Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimi, Respublika kengashi kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Respublika kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi PQ-270-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-maydagi “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5114-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “24” raqami “26” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshidagi “mazkur qarorga asosan tashkil qilinayotgan Paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi” soʻzlari “Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish va paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“14. Paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagi mazmundagi 141-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“141. Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish va paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi (A.N. Aripov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2021-yilda paralimpiya sport turlarini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha manzilli hududiy dasturlarni tasdiqlasin, shuningdek, ularning toʻliq va sifatli ijro etilishi yuzasidan doimiy monitoring oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paralimpiya sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida mahalliy, xorijiy va xalqaro tashkilotlarning grantlari, homiylar — yuridik va jismoniy shaxslarning mablagʻlarini jalb qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Paralimpiya qoʻmitasining yillik daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlash, unga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish Respublika kengashi tomonidan amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston milliy paralimpiya qoʻmitasining
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Rais

Rais oʻrinbosari

Bosh kotib

Paralimpiyachilarning matonat maktabi

2

Ilmiy-metodik taʼminlash va rivojlantirish boʻlimi

2

Xalqaro aloqalar va marketing boʻlimi

2

Bosh yuriskonsult

1

Paralimpiya sport turlari infratuzilmasini rivojlantirish boʻlimi

2

Hamkor tashkilotlar va sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) bilan ishlash boʻlimi

2

Xodimlar bilan ishlash boʻyicha inspektor

1

Paralimpiya sport turlarini muvofiqlashtirish sektori

1

Hududiy boʻlinmalar bilan ishlash boʻlimi

2

Moliya-iqtisodiyot boʻlimi

3

Sport tibbiyoti sektori

1

Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlash sektori

1

Moddiy-texnik taʼminot boʻlimi

2

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 26 nafar, shundan 16 ta shtat birligi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni oʻrnatilgan meʼyorlarga muvofiq belgilanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 07/22/270/0480-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son; 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son; 12.11.2024-y., 07/24/389/0911-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)