02.06.2022 yildagi 298-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) oldidagi aʼzolik badalidan qarzdorligini qoplash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro mehnat tashkiloti bilan yaqin hamkorlikni mustahkamlash, xalqaro tashkilotda Oʻzbekiston Respublikasining ovoz berish huquqini saqlab qolish, shuningdek, mamlakatning siyosiy imijini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga aʼzolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlaridan kelib chiqadigan badallarni toʻlash boʻyicha qarzdorligi budjet mablagʻlari hisobidan Vazirlar Mahkamasining alohida qarori asosida soʻndirilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining Xalqaro mehnat tashkiloti oldida Oʻzbekiston Respublikasining aʼzolik badali toʻlovlari boʻyicha avvalgi yillarda yuzaga kelgan 747 ming 400 Shveysariya franki miqdoridagi qarzdorlikni (keyingi oʻrinlarda — qarzdorlik) 2024-yilga qadar bosqichma-bosqich qoplash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qarzdorlikni ilovadagi jadval asosida qoplash masalasining Xalqaro mehnat tashkiloti bilan belgilangan tartibda kelishilishini hamda kelishilgan jadval asosida qarzdorlikning 2022 — 2024-yillar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bosqichma-bosqich qoplanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilovadagi jadvalga asosan 2022-yilda Xalqaro mehnat tashkilotiga toʻlab berilishi zarur boʻlgan mablagʻlarni 2022-yilgi Davlat budjeti parametrlarida xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badali toʻlovlari uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yildan boshlab Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining soʻroviga asosan Davlat budjeti parametrlarida ilovadagi jadval asosida Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro mehnat tashkiloti oldidagi aʼzolik badalidan qarzdorligini soʻndirish uchun zarur mablagʻlar nazarda tutib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 2-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
298-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-iyundagi 298-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro mehnat tashkiloti budjetiga aʼzolik badallari uchun vujudga kelgan qarzdorlikni qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Yillar

Valyuta

Toʻlov miqdori

1.

2022-yil

Shv. franki (SNGʻ)

298 000

2.

2023-yil

Shv. franki (SNGʻ)

224 700

3.

2024-yil

Shv. franki (SNGʻ)

224 700

Jami

747 400

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/298/0472-son)