01.06.2022 yildagi 290-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.06.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarida tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 21-yanvardagi PF-54-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarida tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 21-yanvardagi PF-54-son Farmonining 1-bandiga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmalari tashkil etilganligi hamda ularning daromadlarini shakllantirish manbalari belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish hamda jamgʻarmalar mablagʻlarini boshqarish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarmalar daromadlari va xarajatlari prognozini hamda ularning mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan infratuzilma loyihalarining manzilli dasturini shakllantirish va tasdiqlash, shuningdek, jamgʻarmalar mablagʻlarini sarflash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik investitsiya loyihalari hamda yoʻl boʻyi infratuzilma obyektlari tashkil etiladigan yer maydonlari uchun tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarmalar mablagʻlaridan foydalanishni hisobga olish, hisobotini olib borish hamda nazorat qilish masalalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
290-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 290-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmalari (keyingi oʻrinlarda — jamgʻarmalar) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarmalar yuridik shaxs hisoblanmaydi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida (keyingi oʻrinlarda — mahalliy hokimliklar) tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
infratuzilma loyihalari — “Yangi Oʻzbekiston” massivlari va davlat uy-joy dasturlarida nazarda tutilgan boshqa massivlar, maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari, yirik investitsiya loyihalari, yoʻl boʻyi infratuzilma obyektlarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash (qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash) ishlari, shuningdek, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tadbirlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining hududiy boshqarmalari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl boʻyi infratuzilma obyektlari — xalqaro va respublika ahamiyatidagi avtomobil yoʻllari boʻyidagi 5 gektardan kam boʻlmagan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yaxlit yer maydonlarida tashkil etiladigan kompleks xizmat koʻrsatish obyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik investitsiya loyihalari — qiymati 200 mlrd soʻmdan oshadigan, investorning oʻz mablagʻlari ulushi 25 foizdan kam boʻlmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligining hududiy boshqarmalari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlar — qiymati 200 mlrd soʻmdan oshadigan, oʻz mablagʻlari ulushi 25 foizdan kam boʻlmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarni amalga oshiruvchi xorijiy va mahalliy investorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari — infratuzilma loyihasini amalga oshirish doirasida eng yaqin markazlashtirilgan tarmoqlardan ishlab chiqarish maydonlarining chegarasigacha ichimlik va oqova suv, elektr energiyasi, tabiiy gaz tarmoqlarini tortish hamda avtomobil yoʻllarini qurish-taʼmirlash ishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼminotchi tashkilotlar — “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va ularning hududiy tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik hujjatlari — aholi punktlari bosh rejalari, hududlarning maʼmuriy-rejalashtiruv topshiriqlari va batafsil rejalashtirish loyihalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamgʻarmalar mablagʻlari Moliya vazirligining axborot tizimida belgilangan tartibda mahalliy darajada ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi hamda ushbu Nizomda belgilangan maqsadlarga sarflanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Infratuzilma loyihalarini jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishdan hamda yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali sotishdan tushadigan mablagʻlarning Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan xarajatlar chegirib qolinganidan soʻng qolgan qismining 70 foizi, bundan maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari va “Business city” markazlari hududlaridagi yer uchastkalari mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamgʻarma mablagʻlari “Yangi Oʻzbekiston” massivlari, davlat uy-joy dasturlarida nazarda tutilgan massivlar, maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari, yirik investitsiya loyihalari hamda yoʻl boʻyi infratuzilma obyektlarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash (qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash) ishlari, shuningdek, tegishli hududdagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlarga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ijtimoiy soha obyektlari, jumladan, maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta taʼlim maktablari, sogʻliqni saqlash muassasalari va mahalla fuqarolar yigʻinlari hamda boshqa maʼmuriy binolarni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan amalga oshirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamgʻarmalar mablagʻlarini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamgʻarmalar mablagʻlarini boshqarish Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamgʻarmalar mablagʻlarini boshqarishda Moliya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarmalar daromadlari va xarajatlari prognozini hamda ularning bajarilishi toʻgʻrisida choraklik va yillik hisobotni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalarining manzilli dasturlari loyihasini koʻrib chiqish va belgilangan tartibda kelishilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy hokimliklar takliflari asosida jamgʻarmalar daromadlari va xarajatlarining yigʻma prognoz parametrlarini tayyorlab, belgilangan tartibda Davlat budjeti parametrlarida aks ettirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarmalar daromadlari va xarajatlarini yil (chorak, oy) boʻyicha koʻrib chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarmalar faoliyati yuzasidan har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda joylarga chiqqan holda infratuzilma loyihalarining manzilli dasturlarini shakllantirishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamgʻarmalar mablagʻlarini boshqarishda Moliya vazirligining hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarmalar daromadlari va xarajatlari prognozini hamda ularning bajarilishi toʻgʻrisidagi choraklik va yillik hisobotni tayyorlash va Moliya vazirligiga belgilangan muddatlarda taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarmalar hisobidan moliyalashtiriladigan infratuzilma loyihalari boʻyicha ushbu Nizomda koʻrsatilgan buyurtmachilar tomonidan kiritilgan manzilli roʻyxatlarni koʻrib chiqish va belgilangan tartibda kelishilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarmalar daromadlari va xarajatlarini yil (chorak, oylar) boʻyicha tayyorlash va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Moliya vazirligiga taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarga chiqqan holda infratuzilma loyihalarining manzilli dasturlarini shakllantirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachilar tomonidan bajarilgan ishlar toʻgʻrisida taqdim etiladigan hisobotlarga koʻra infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish ishlarining monitoringini olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda buyurtmachilar tomonidan jamgʻarmalar mablagʻlarining sarfi boʻyicha tegishli hisobotlar taqdim etilmagan taqdirda, buyurtmachi rahbariyatini yozma xabardor qilgan holda Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari jamgʻarmalardan xarajatlarni moliyalashtirishni (toʻlashni) ushbu hisobotlar talab darajasida taqdim etilgunga qadar vaqtinchalik cheklab qoʻyishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamgʻarmalar daromadlari va xarajatlari prognozini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jamgʻarmalar daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, koʻrib chiqish va tasdiqlash ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi va Davlat budjeti parametrlari loyihasini tayyorlash bilan bogʻliq holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mahalliy hokimliklar har yili 1-iyulga qadar kelgusi yil uchun jamgʻarmalar daromadlari prognozini va jamgʻarmalar xarajatlari boʻyicha budjet soʻrovini Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Moliya vazirligi tomonidan har yili 1-dekabrga qadar Davlat budjeti parametrlari loyihasini shakllantirishda jamgʻarmalarning daromadlari va xarajatlarining kelgusi yil uchun prognoz koʻrsatkichlari inobatga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan infratuzilma loyihalarining manzilli dasturini shakllantirish va tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan infratuzilma loyihalarining manzilli dasturini shakllantirish Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Infratuzilma loyihalarining manzilli dasturini shakllantirishda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy hokimliklar tomonidan kiritilgan jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalarining manzilli dasturlari loyihasini belgilangan tartibda koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manzilli dasturlar loyihasini Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda joylarga chiqqan holda infratuzilma loyihalarining manzilli dasturlarini shakllantirishda ishtirok etish hamda qurilish-montaj ishlari boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Infratuzilma loyihalarining manzilli dasturini shakllantirishda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalarining manzilli dasturlari loyihasini shakllantirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
infratuzilma loyihalarining manzilli dasturlari loyihasini tegishli hududiy tashkilotlar va taʼminotchi tashkilotlar bilan kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarmalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar boʻyicha ushbu Nizomda koʻrsatilgan buyurtmachilar tomonidan kiritilgan manzilli roʻyxatlarni koʻrib chiqish va belgilangan tartibda kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan manzilli dasturlarda nazarda tutilgan obyektlar boʻyicha buyurtmachi tashkilotlar tomonidan kiritilgan maʼlumotlarga asosan infratuzilma loyihalarining amalga oshirilishi boʻyicha tizimli monitoring yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har oyda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga axborot kiritib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining hududiy boshqarmalari har yili Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi Qonuni tasdiqlangandan soʻng hisobot yilining 20-yanvariga qadar jamgʻarma daromadlari prognozi doirasida infratuzilma loyihalarining manzilli dasturi loyihasini tayyorlaydi hamda uni hisobot yilining 1-fevraliga qadar Moliya vazirligining hududiy boshqarmalari va tegishli taʼminotchi tashkilotlar bilan kelishgan holda mahalliy hokimliklarga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mahalliy hokimliklar hisobot yilining 15-fevraliga qadar jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalari boʻyicha manzilli dasturlar loyihasini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlariga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mahalliy hokimliklar hisobot yilining 1-martiga qadar infratuzilma loyihalari boʻyicha manzilli dasturlar loyihasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlarida tasdiqlangandan soʻng uni Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish maqsadida Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hisobot yilining 1-apreliga qadar infratuzilma loyihalari boʻyicha manzilli dasturlarni Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi tomonidan jamgʻarmalarga haqiqatda tushgan mablagʻlardan kelib chiqib, mahalliy hokimliklar takliflari asosida infratuzilma loyihalari boʻyicha manzilli dasturlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mahalliy hokimliklarning takliflari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining hududiy boshqarmalari va tegishliligi boʻyicha taʼminotchi tashkilotlar bilan kelishiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Jamgʻarmalar mablagʻlarini sarflash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalari boʻyicha buyurtmachi vazifasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik va oqova suv tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha — “Oʻzsuvtaʼminot” AJ huzuridagi “Suv taʼminoti va oqova suv obyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi” unitar korxonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tizimidagi tegishli buyurtmachilar, Toshkent shahri boʻyicha — Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi davlat unitar korxonasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasi bilan taʼminlash ishlari boʻyicha — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy tashkilotlari va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning hududiy filiallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy gaz yetkazib berish ishlari boʻyicha — “Hududgaztaʼminot” AJning va “Oʻztransgaz” AJning hududiy filiallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish ishlari boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlarga buyurtmachi vazifasi boshqa tashkilotlarga ham yuklatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mahalliy hokimliklar hisobot yilining 10-apreliga qadar Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining bayoniga asosan infratuzilma loyihalarining manzilli dasturi tasdiqlangandan soʻng jamgʻarmalarga haqiqatda tushgan mablagʻlar doirasida buyurtmachilarga (taʼminotchi tashkilotlarga) loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda tender va tanlovlarni oʻtkazish uchun tegishli koʻrsatmalarni yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Buyurtmachi tashkilotlar (taʼminotchi tashkilotlar) hisobot yilining 20-mayiga qadar tasdiqlangan manzilli dasturga asosan infratuzilma loyihalari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda bosh pudrat tashkilotini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ichimlik va oqova suv tarmoqlarini, avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari uchun mablagʻlar belgilangan tartibda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan qurilishlarning tasdiqlangan manzilli roʻyxatlariga muvofiq belgilangan tartibda pudrat (loyiha) tashkilotlariga ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari Moliya vazirligining hududiy boshqarmalari huzuridagi avtomobil yoʻllarini rivojlantirish jamgʻarmalariga ajratiladigan transfertlar orqali moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Elektr energiyasi va gaz tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish Moliya vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan tegishli ravishda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy tashkilotlari va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning hududiy filiallari hamda “Hududgaztaʼminot” AJ va Oʻztransgaz” AJning hududiy filiallariga tasdiqlangan loyiha smeta-hujjatlariga asosan 5 foiz stavkada uch yil muddatda qaytarish sharti bilan bir yoʻla ajratiladigan ssuda hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ va “Oʻztransgaz” AJlarning hududiy filiallari tomonidan hisobot yilining 1-iyuniga qadar Moliya vazirligining hududiy boshqarmalariga taqdim etiladigan talabnomalarga muvofiq budjet ssudasi ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan manzilli roʻyxatlar hamda ssuda shartnomalari asosida, xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mahalliy hokimliklar hisobot yilining 1-iyuniga qadar Ichimlik va oqova suv tarmoqlarini hamda avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha manzilli roʻyxatlarni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining hududiy boshqarmalari hamda Moliya vazirligining hududiy boshqarmalari bilan kelishgan holda tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Moliya vazirligining hududiy boshqarmalari xarajatlar grafigi boʻyicha tasdiqlangan manzilli roʻyxatlar va ssuda shartnomalariga asosan belgilangan tartibda infratuzilma loyihalarini moliyalashtirib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Jamgʻarmalarning foydalanilmagan hamda buyurtmachilarning majburiyatlari boʻyicha qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari yuzasidan toʻliq moliyalashtirilmagan mablagʻlar Davlat budjetiga olib qoʻyilmaydi va kelgusi yilga oʻtkazilib, maqsadli ravishda sarflanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yirik investitsiya loyihalarining tashqi muhandislik tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Yirik investitsiya loyihalarining tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlar tomonidan murojaat etish, murojaatlarni koʻrib chiqish, investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari boʻyicha ekspertiza xulosasini olish hamda ijobiy xulosalar berilgan investitsiya loyihalari roʻyxatini tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 25-avgustdagi PQ-5233-son qaroriga muvofiq belgilangan tartib asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan yirik investitsiya loyihalarining tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha manzilli dasturni tasdiqlash va xarajatlarni amalga oshirish mazkur Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yoʻl boʻyi infratuzilma obyektlari tashkil etiladigan yer maydonlarini tanlash hamda u yerda tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mahalliy hokimliklar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yoʻl boʻyi infratuzilma obyektlari tashkil qilinadigan yer uchastkalarining roʻyxatini markazlashtirilgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishda eng yaqin hududlarni hisobga olgan holda shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) roʻyxatga kiritilgan yer uchastkalarining har biri boʻyicha iqtisodiy samaradorligi, joylashtiriladigan xizmat koʻrsatish obyektlari turi va soni hamda ularda yaratiladigan ish oʻrinlarini nazarda tutgan holda yoʻl boʻyi infratuzilma obyektlarining konsepsiyalarini ishlab chiqadi va kelishish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yoʻl boʻyi infratuzilma obyektlarini tashkil etish va tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlashning iqtisodiy-moliyaviy samaradorligini baholash va uni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini belgilash, infratuzilma xarajatlari uchun talab etiladigan mablagʻlarning dastlabki hisob-kitoblarini amalga oshirish, yer uchastkalarining boshlangʻich narxlarini belgilash mahalliy hokimliklar tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari va taʼminotchi tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi yoʻl boʻyi infratuzilma obyektlarining konsepsiyalarini koʻrib chiqib 15 kun muddatda oʻz xulosasini mahalliy hokimliklarga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan ijobiy xulosalar taqdim etilgan yer uchastkalari mahalliy hokimliklar tomonidan loyiha konsepsiyasi bilan yaxlit yoki lotlarga boʻlingan holda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yoʻl boʻyi infratuzilma obyektlarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan belgilangan tartibda taʼminlab berish (qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash) va yer uchastkalarining boshlangʻich narxlari infratuzilma xarajatlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Yoʻl boʻyi infratuzilma obyektlarining maydonigacha tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish yoʻl boʻyi infratuzilma obyektlarining belgilangan konsepsiya asosida (ishga tushirish bosqichining) loyiha qiymatining kamida 50 foizi oʻzlashtirilgan taqdirda mazkur Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Jamgʻarmalar mablagʻlaridan foydalanishni hisobga olish, hisobotini olib borish va nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari jamgʻarmalar daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisida hisob va hisobotlarni qonunchilikda belgilangan tartibda yuritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) belgilangan tartibda qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishdan hamda yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali sotishdan tushadigan mablagʻlarning Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan xarajatlar chegirib qolinganidan soʻng qolgan qismining 70 foizi jamgʻarmalarga oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan tushumlardan jamgʻarmalarga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlar va ushbu mablagʻlardan yuzaga kelgan qarzdorliklar boʻyicha Moliya vazirligining hududiy boshqarmalariga har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-kuniga qadar hisobot (elektron tarzda, agar elektron aloqa vositalar bilan uzatish dasturi joriy etilgan boʻlsa) taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Buyurtmachi tashkilotlar jamgʻarmalardan ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilishi boʻyicha tegishli hisobotlarni (elektron tarzda, agar elektron aloqa vositalari bilan uzatish dasturi joriy etilgan boʻlsa) Moliya vazirligining hududiy boshqarmalariga har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-kuniga qadar taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Moliya vazirligining hududiy boshqarmalari jamgʻarmalardan moliyalashtirilgan xarajatlar boʻyicha tegishli hisobotlarni (elektron tarzda, agar elektron aloqa vositalari bilan uzatish dasturi joriy etilgan boʻlsa) har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 8-kuniga qadar Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Moliya vazirligi taqdim etilgan tegishli hisobot va maʼlumotlar asosida jamgʻarmalardan ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilishi yuzasidan monitoring olib boradi hamda har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 15-kuniga qadar Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Jamgʻarmalardan ajratilgan mablagʻlarning shaffofligini taʼminlash yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy hokimliklar infratuzilma loyihalarining tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha manzilli dasturlar, loyiha va pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan ishlar hamda foydalanishga topshirilgan obyektlar toʻgʻrisidagi axborotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi jamgʻarmalar tushumlari va xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, belgilangan tartibda “Open budget” rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Jamgʻarmalar mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Jamgʻarmalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Infratuzilma loyihalarini jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Mahalliy hokimliklar

Kelgusi yil uchun jamgʻarmalar daromadlari prognozini va jamgʻarmalar xarajatlari boʻyicha budjet soʻrovini Moliya vazirligiga taqdim etadi.

Har yili 1-iyulga qadar

2-bosqich

Moliya vazirligi

Davlat budjeti parametrlari loyihasini shakllantirishda kelgusi yil uchun jamgʻarmalar daromadlari va xarajatlarining prognoz koʻrsatkichlari inobatga olinadi.

Har yili 1-dekabrga qadar

3-bosqich

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining hududiy boshqarmalari

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi Qonuni tasdiqlangandan soʻng jamgʻarma daromadlari prognozi doirasida infratuzilma loyihalarining manzilli dasturi loyihasini tayyorlaydi.

Hisobot yilining 20-yanvariga qadar

4-bosqich

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining hududiy boshqarmalari

Infratuzilma loyihalarining manzilli dasturi loyihasini Moliya vazirligining hududiy boshqarmalari va tegishli taʼminotchi tashkilotlar bilan kelishgan holda mahalliy hokimliklarga kiritadi.

Hisobot yilining 1-fevraliga qadar

5-bosqich

Mahalliy hokimliklar

Infratuzilma loyihalarining manzilli dasturlari loyihasini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlarida koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritadi.

Hisobot yilining 15-fevraliga qadar

6-bosqich

Mahalliy hokimliklar

Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish maqsadida infratuzilma loyihalari boʻyicha manzilli dasturlar loyihasini Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taqdim etadi.

Hisobot yilining 1-martiga qadar

7-bosqich

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

Infratuzilma Loyihalari boʻyicha manzilli dasturlarni Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Hisobot yilining 1-apreliga qadar

8-bosqich

Mahalliy hokimliklar

Vazirlar Mahkamasi Rayosatining majlisi bayoniga asosan infratuzilma loyihalarining manzilli dasturi tasdiqlangandan soʻng jamgʻarmalarga haqiqatda tushgan mablagʻlar doirasida buyurtmachilarga (taʼminotchi tashkilotlarga) loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda tender va tanlovlarni oʻtkazish uchun tegishli koʻrsatmalarni yuboradi.

Hisobot yilining 10-apreliga qadar

9-bosqich

Buyurtmachi tashkilotlar

(taʼminotchi tashkilotlar)

Tasdiqlangan manzilli dasturga asosan infratuzilma loyihalari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda bosh pudrat tashkilotini aniqlaydi.

Hisobot yilining 20-mayiga qadar

10-bosqich

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ va “Oʻztransgaz” AJlarning hududiy filiallari

Elektr energiyasi va gaz tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan Moliya vazirligining hududiy boshqarmalari bilan tegishli shartnoma tuzgan holda budjet ssudasi olinadi.

Hisobot yilining 1-iyuniga qadar

Mahalliy hokimliklar

Ichimlik va oqova suv tarmoqlarini hamda avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha manzilli roʻyxatlarni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining hududiy boshqarmalari va Moliya vazirligining hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.

11-bosqich

Moliya vazirligining hududiy boshqarmalari

Tasdiqlangan manzilli roʻyxatlar va ssuda shartnomalariga asosan belgilangan tartibda infratuzilma loyihalarini moliyalashtirib boradi.

Xarajatlar grafigi boʻyicha

Keyingi tahrirga qarang.