25.08.2021 yildagi PQ-5233-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha 2021-yil 20-avgust kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan masalalar ijrosini, shuningdek xorijiy hamda mahalliy investorlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining investorning qiymati 200 milliard so‘mdan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun — 50 milliard so‘mdan) oshadigan, uning o‘z mablag‘lari ulushi 25 foizdan kam bo‘lmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarini (keyingi o‘rinlarda — investitsiya loyihalari) zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun ushbu tartib bo‘yicha 50 milliard so‘mdan 200 milliard so‘mgacha bo‘lgan investitsiya loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash xarajatlari ushbu loyihalar qiymatining 20 foizidan oshmasligi lozim.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-152-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Investitsiya loyihalari doirasida tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash ishlari bo‘yicha:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-152-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish avtomobil yo‘llari, ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarining 90 foizi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi mablag‘lari, 10 foizi bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasi va gaz tarmog‘ini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha — respublika budjeti mablag‘lari hisobidan ta’minotchi korxonalarga 5 foiz stavkada uch yil muddatda qaytarish sharti bilan ajratiladigan budjet ssudasi mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha — ta’minotchi korxonalar va tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha — “Suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlarini qurish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” unitar korxonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha — Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi huzuridagi “Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasi, Toshkent shahrida Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasi bilan ta’minlash ishlari bo‘yicha — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning hududiy filiallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy gaz yetkazib berish ishlari bo‘yicha — “O‘ztransgaz” AJ va “Hududgazta’minot” AJning hududiy filiallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa tarmoqlarini yetkazib berish ishlari bo‘yicha — “O‘zbektelekom” AK va uning hududiy tashkilotlari buyurtmachi etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq investitsiya loyihalari doirasida:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-152-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet ssudasi mablag‘lari elektr energiyasi tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJlarga, tabiiy gaz tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari uchun “O‘ztransgaz” AJ va “Hududgazta’minot” AJlarga ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari huzuridagi avtomobil yo‘llarini rivojlantirish jamg‘armalari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A.B. Voitov) Energetika vazirligi (A.S. Sultanov), Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Sh.S. Hidoyatov) va Transport vazirligi (I.R. Maxkamov) bilan birgalikda ikki hafta muddatda tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash uchun zarur bo‘lgan qiymati 200 milliard so‘mdan oshadigan investitsiya loyihalarining dastlabki manzilli ro‘yxatini hamda tegishli hisob-kitoblarni shakllantirib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Investitsiya loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash uchun budjet mablag‘larini o‘z vaqtida ajratish bo‘yicha moliya vaziri T.A. Ishmetov hamda ajratilgan mablag‘larni o‘z vaqtida o‘zlashtirish va zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash uchun energetika vaziri A.S. Sultanov, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sh.S. Hidoyatov va transport vaziri I.R. Maxkamov shaxsan mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-152-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi xorijiy va mahalliy investorlarning qiymati 200 milliard so‘mdan oshadigan investitsiya loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasini amalga oshirayotgan talabgorlar tomonidan tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash uchun murojaat qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarining qiymati va infratuzilma bilan ta’minlash uchun zarur xarajatlarning mutanosibligini ekspertiza qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasi joylashtiriladigan maydonning markazlashgan tarmoqlarga ulanishi uchun optimal hududda joylashganligi hamda tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlanishi iqtisodiy-moliyaviy samaradorligini baholash mezonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarning xulosa berish tartibi va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlab berilganidan so‘ng investitsiya loyihasining amalga oshirilishini monitoring qilish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yildan boshlab, har yili Davlat budjetining asosiy parametrlarini shakllantirishda investitsiya loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash ishlari uchun Davlat budjeti mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ajratilishini ko‘zda tutsin;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-152-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Hisob palatasi (B. Turabov) xorijiy va mahalliy investorlarning investitsiya loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi ustidan nazorat o‘rnatsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-152-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov, investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari A.B. Voitov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va S.O‘. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 25-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5233-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2021-y., 07/21/5233/0822-son; 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son; 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son)