30.05.2022 yildagi PF-144-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.09.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohalarini rivojlantirish hamda soha tashkilotlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish boʻyicha keng koʻlamli kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bugungi kunda bu sohalardagi islohotlarni izchil davom ettirish, aholining seysmik xavfsizligini taʼminlashning yangi usullarini joriy qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohalarida islohotlarning aniq manzilliligini taʼminlash, sohalarga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini 2025-yilgacha takomillashtirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) hamda uning maqsadli koʻrsatkichlari va indikatorlari 1 va 1a-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini 2025-yilgacha takomillashtirish konsepsiyasini 2022-2023-yillarda amalga oshirish “yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Konsepsiyani 2024-2025-yillarda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” Vazirlar Mahkamasi tomonidan alohida tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, Konsepsiya hamda uning maqsadli koʻrsatkichlari, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) seysmologiya yoʻnalishi doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zilzilalarning vujudga kelish mexanizmi va tabiatining hamda zilzila darakchilarining turli geodinamik jarayonlarda namoyon boʻlishini tadqiq qilish mexanizmini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni makroseysmik ballarda va muhandislik koʻrsatkichlarda seysmik mikrohududlashtirish boʻyicha onlayn-xaritalarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli darajadagi tektonik yer yoriqlarining oʻrta masshtabdagi xaritasini yaratish va ularning seysmik potensialini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bino va inshootlarning zilzilabardoshligini taʼminlash yoʻnalishi doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi uy-joylarning zilzilabardoshligini taʼminlash boʻyicha zarur choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlar hamda suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshlik darajasini doimiy kosmik monitoring qilish tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) seysmologik kuzatuvlar tarmogʻini takomillashtirish yoʻnalishi doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomatlashtirilgan kompleks-prognostik stansiyalarni koʻpaytirish hisobiga respublika hududini toʻliq monitoring qilish imkoniyatini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy seysmik kuzatuvlar tarmogʻining xalqaro seysmik kuzatuvlar global tizimiga kiritilgan stansiyalar bilan doimiy aloqalarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi davlat boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtirish yoʻnalishi doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmologiya sohasida ilm-fan va taʼlimni rivojlantirish hamda aholi va davlat organlarini zilzilada harakat qilishga tayyorlash faoliyatini tartibga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida qurilayotgan bino va inshootlar, suv omborlari va gidrotexnika inshootlari zilzilabardoshligini nazorat qilish tizimini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiya va “yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan davlat organlarining birinchi rahbarlariga shaxsiy masʼuliyat yuklatilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tadbirlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) davlat organlari tomonidan Konsepsiya va “yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish uchun masʼul etib belgilansin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PF-72-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2023-y., 06/23/72/0283-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2022-yil 1-sentabrdan boshlab respublikaning seysmik faol zonalarida yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavf-xatar toifasi boʻyicha murakkabligi (keyingi oʻrinlarda — xavflilik omili) IV toifaga mansub boʻlgan, shaharsozlik normalari va qoidalarida keltirilgan bino va inshootlar konstruktiv tizimlarining chegaraviy parametrlaridan tashqariga chiqib ketgan obyektlarning maxsus texnik shartlariga zilzilabardoshlik boʻyicha xulosalar berish tartibi joriy etiladi.
(4-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi PF-66-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, buyurtmachi tashkilotlar loyiha-smeta hujjatlarini vakolatli organga ekspertizaga kiritishdan oldin xavflilik omili IV toifaga mansub obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ilmiy xulosalar olishga yoʻnaltirishga, Fanlar akademiyasi obyektlarga zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar berishga masʼul etib belgilansin.
(4-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining seysmik faol zonalarida qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifaga mansub boʻlgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik boʻyicha xulosalar berish tartibini joriy etish toʻgʻrisida normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Fanlar akademiyasi tomonidan Respublikaning seysmik faol zonalarida joylashgan bino va inshootlar elektron texnik pasportlarining yagona integratsiyalashgan platformasidagi maʼlumotlar asosida seysmik zaif ijtimoiy soha obyektlarining roʻyxatini har yili 1-aprelga qadar shakllantirib borish hamda instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazish ishlarini Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda tashkillashtirish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, instrumental-texnik tekshiruv ishlari uchun mablagʻlar Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) hisobidan qoplanishi belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2022-yil 1-oktabrdan boshlab respublika hududidagi koʻp kvartirali uy-joylarni yillar kesimida zilzilabardoshlik boʻyicha xatlovdan oʻtkazish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi va xatlov natijasiga koʻra ekspluatatsiya muddatini oʻtab boʻlgan seysmik zaif va avariya alomatlari aniqlangan koʻp kvartirali uy-joylar oʻrnida bosqichma-bosqich yangi uy-joylar qurish boʻyicha takliflar mahalliy ijroiya hokimiyati organlariga kiritib boriladi.
(4-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi koʻp kvartirali uy-joylarni zilzilabardoshlik boʻyicha xatlovdan oʻtkazishga masʼul boʻlgan davlat boshqaruvi organi etib belgilansin;
(4-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2023-yil 1-maydan boshlab suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligini doimiy kosmik monitoring qilish tizimi yoʻlga qoʻyilib, mazkur yoʻnalishdagi masʼul davlat organlari kosmik suratlar hamda ishlov berilgan maʼlumotlar bilan taʼminlab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi mazkur tizimni yoʻlga qoʻyish uchun masʼul davlat organi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fanlar akademiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-iyulga qadar seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi mutaxassislar hamda ilmiy doira vakillarini keng jalb qilgan holda Seysmik xatarni kamaytirish dasturini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-avgustga qadar seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasi muammolarining ilmiy yechimiga qaratilgan takliflarni (tematik mavzularni) shakllantirib, Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-fevralga qadar Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti olimlari bilan hamkorlikda rivojlangan davlatlarda qoʻllanilayotgan makroseysmik shkalalarni oʻrganib chiqib, “UMS-22” milliy makroseysmik shkalani ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2025-yillar davomida Andijon, Toshkent, Guliston, Nurafshon, Namangan, Fargʻona, Samarqand, Jizzax, Buxoro, Navoiy, Qarshi, Termiz, Nukus, Urganch shaharlarining raqamlashtirilgan seysmik mikrohududlashtirish xaritalarini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 2023-yil 1-apreldan boshlab suv omborlari toʻgʻonlarida seysmik xavfni oldindan prognoz qilish va baholash amaliyotini joriy qilish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kosmik monitoring doirasida simulyatsion dastur orqali zilzila natijasida toʻgʻon oʻpirilishi oqibatida suv bosishi mumkin boʻlgan respublika hududlarining vizual 3D modellarini ishlab chiqish amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv omborlari toʻgʻonlari oʻpirilishi oqibatida qutqaruv ishlarini tashkillashtirishida tegishli vazirlik va idoralarni zarur kosmik suratlar hamda ishlov berilgan maʼlumotlar bilan taʼminlash tizimi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda 2023-yil 1-fevralga qadar mazkur amaliyot va tizim ishga tushirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, 2023-yildan boshlab respublikaning seysmik faol zonalarida balandligi 9 qavat yoki undan yuqori boʻlgan seriyali qurilishi rejalashtirilgan yoki tanlab olingan bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish, sifatini taʼminlash hamda kamchiliklarni oldindan bartaraf etish maqsadida vibrodinamik uskuna yoki zamonaviy raqamlashtirilgan instrumental asbob-uskunalar yordamida sinov va tekshiruv oʻtkazib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, sinov va tekshiruvlar qurilish ishlariga masʼul boʻlgan buyurtmachi tashkilotlar tomonidan oʻtkazilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qurilish vazirligi 2022-yil 1-dekabrga qadar Oʻzbekiston sharoitida soʻnggi zamonaviy usullarni oʻrganib, tahlil qilgan holda “Koʻp qavatli binolarni loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalarini ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov natijalari asosida ishlab chiqish jarayoni boʻyicha Kengashga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Transport vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2022-yil 1-dekabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikadagi barcha sunʼiy inshootlarni (koʻpriklar, tonnellar, estakadalar, temir yoʻl koʻpriklari va boshqalar) xatlovdan oʻtkazsin va uning natijalarini umumlashtirib, yagona raqamlashtirilgan maʼlumotlar bazasini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan egasiz sunʼiy inshootlarni idoraviy mansubligi boʻyicha biriktirish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2023-yil 1-martga qadar respublikadagi barcha mavjud sunʼiy inshootlarning zilzilabardoshligi boʻyicha elektron texnik pasportlarni shakllantirsin hamda ularning Respublikaning seysmik faol zonalarida joylashgan bino va inshootlar elektron texnik pasportlarining yagona integratsiyalashgan platformasiga kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Suv xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzbekgidroenergo” AJ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-avgustga qadar birinchi bosqichda 2022-2023-yillarda I va II sinfga kiruvchi 32 ta, ikkinchi bosqichda 2024-2025-yillarda III va IV sinfga kiruvchi 26 ta suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni olib borish uchun zarur asbob-uskunalar xaridini amalga oshirish boʻyicha asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 2023-yil 1-iyulga qadar tasarrufidagi toifalangan suv omborlari va gidrotexnika inshootlarining zilzilabardoshlik boʻyicha ekspertizasi ekspress uslubiyot asosida oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 2022-yil 1-avgustga qadar Suv xoʻjaligi vazirligi markaziy apparatida mavjud shtat birliklari doirasida seysmologik kuzatuvni doimiy tashkillashtirish boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi vazirligi mazkur shtat birligiga soha boʻyicha tajribaga ega boʻlgan mutaxassis kadrni tayinlash chorasini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Kengash tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni oʻtkazish boʻyicha xarajatlar mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan qoplanishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni oʻtkazish uchun mablagʻlarni oʻz vaqtida ajratib borilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Fanlar akademiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligining buyurtmasiga asosan seysmologik kuzatuvlarning oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Shunday tartib oʻrnatilsinki, 2023-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) seysmik xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha davlat organlari rahbar kadrlari va xodimlarining Aholining barcha qatlamlarini zilzilaga tayyorlashga moʻljallangan milliy elektron platforma orqali malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslari oʻtkazib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari rahbar kadrlarning aholiga zilzilalar vaqtida oʻzini tutish qoidalarini tushuntirish, kuchli zilzilalardan talafotlarsiz chiqish hamda kuchli zilzilalarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha koʻnikmalarini oshirishga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fanlar akademiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har uch yilda malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy elektron platformaga malaka oshirish boʻyicha zamonaviy dasturlarni ishlab chiqib, kiritadi va muntazam ravishda yangilab boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 2022-yil 1-dekabrga qadar milliy elektron platformaning yuritilishi hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini oʻtkazish tartibini tasdiqlasin va amalga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-avgustga qadar aholining barcha qatlamini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan soʻng toʻgʻri harakat qilishga mustaqil oʻrgatish uchun moʻljallangan mobil ilovani ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi aholisini zilzilaga tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Seysmik mustahkam bino va inshootlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish yoʻnalishida malakali kadrlarni tayyorlash tizimini hududlar kesimida kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Namangan muhandislik-qurilish instituti va Fargʻona politexnika institutida “Bino va inshootlar zilzilabardoshligi” taʼlim mutaxassisligi boʻyicha kadrlarni tayyorlash amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda mazkur taʼlim mutaxassisligi boʻyicha qabul koʻrsatkichlarini 2022/2023 oʻquv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlariga amaldagi kvotalar doirasida kiritish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab “Tarixiy obidalarning seysmik mustahkamligi” taʼlim mutaxassisligini ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-dekabrga qadar Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida zilzilalar koʻp uchraydigan xavfli hududlar uchun turli xil darajadagi tabiiy ofatlar ssenariylarining zamonaviy kompyuter modellarini hamda koʻrilgan zararlarni hisoblash usullarini ishlab chiqish va oʻquv dasturlariga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-sentabrdan boshlab Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Bino va inshootlarni zamonaviy kompyuter dasturlari yordamida modellashtirish” fani boʻyicha oliy taʼlim tashkilotlari professor-oʻqituvchilari va talabalari uchun intensiv kurslarni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida gruntli inshootlar, suv omborlarining toʻgʻonlari, asos va poydevorlarni zilzilabardoshlik boʻyicha zamonaviy raqamli hisoblash usullari va dasturlari (Plaxis, Ansys, Abaqus va boshqalar) yordamida baholashga moʻljallangan “Suv omborlari va gidrotexnika inshootlarining zilzilabardoshligini baholash” oʻquv-ilmiy laboratoriyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan muhandislik-qurilish institutida bino va inshootlarning zilzilabardoshlik boʻyicha texnik holatini baholash, aktiv seysmik himoyalash usullari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borishga moʻljallangan “Bino va inshootlarni seysmik himoyalash” oʻquv-ilmiy laboratoriyasi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, oʻquv-ilmiy laboratoriyalarning shtat birliklari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti hamda Namangan muhandislik-qurilish institutining professor-oʻqituvchilarini maqbullashtirish hisobidan jamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti va Namangan muhandislik-qurilish institutining asoslangan takliflariga muvofiq oʻquv-ilmiy laboratoriyalarni zarur jihozlar bilan bosqichma-bosqich Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda seysmik xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish maqsadida soha xodimlari va Kengash aʼzolaridan iborat delegatsiyani shakllantirib, xorijiy mamlakatlarga qisqa muddatli tanishtiruv-stajirovka kurslarini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, tanishtiruv-stajirovka kurslarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-dekabrga qadar Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda respublikadagi seysmik faol, oʻrta faol va tinch hududlar hamda maydonlarni oʻzida mujassamlashtirgan interaktiv onlayn-xaritani ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-avgustga qadar seysmik faol zonalarda joylashgan bino va inshootlar maydonining zilzilalar oqibatida deformatsiyasi, siljishi, choʻkishi kabi omillarni aniqlashga moʻljallangan radiolokatsion kosmik monitoring tizimini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Fanlar akademiyasining Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti uchun ajratilgan yer maydonida alohida maʼmuriy va laboratoriya binosini qurish, mavjud bino va inshootlarni mukammal taʼmirlash hamda jihozlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga mazkur bandda nazarda tutilgan qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlarini 2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish boʻyicha takliflarni taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Jamgʻarma hisobidan moliyalashtiriladigan xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan laboratoriya asbob-uskunalari, hisoblash texnika vositalari hamda butlovchi materiallarini qabul qiluvchi tashkilotlar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno) 3 yil muddatga ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Fanlar akademiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkillashtirishga masʼul va shaxsiy javobgar etib favqulodda vaziyatlar vaziri A.X. Qoʻldoshev, qurilish vaziri B.I. Zakirov, suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev va Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yuldashev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmon ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijadorligi toʻgʻrisida har yarim yil yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 30-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-144-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi PF-144-son Farmoniga

1-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini 2025-yilgacha takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KONSEPSIYASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini 2025-yilgacha takomillashtirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya)ning asosiy maqsadi Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyuldagi PQ-4794-son qarori ijrosini taʼminlash hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiya Oʻzbekiston Respublikasida seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yoʻnalishlari, vazifalari, oʻrta va uzoq muddatli istiqboldagi rejalarini belgilaydi hamda sohaga oid dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi davlat siyosati mamlakat, mintaqalar va tarmoqlar boʻyicha dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishni taʼminlash va ilmiy-texnik resurslardan samarali foydalanish orqali tarmoq salohiyatini oshirishga yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiya jahon tendensiyalarini oʻrganish asosida Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini 2025-yilgacha takomillashtirish maqsadlarini, vazifalarini va asosiy yoʻnalishlarini, fan va texnika yutuqlari, innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosidagi ustuvor tadbirlarni isloh qilish yoʻnalishlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlashning strategik maqsadlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiyaning strategik maqsadlari respublikaning seysmik faol zonalarida istiqomat qilayotgan aholini, har xil turdagi bino-inshootlarni va muhandislik infrastrukturalarni seysmik xavfdan himoya qilishning strategik yoʻnalishlarini aniqlagan holda 2025-yilgacha ilmiy-amaliy, dasturiy va tashkiliy ishlarni belgilash va amalga oshirishdan iborat. Konsepsiyaning amalga oshirilishi, kelajakda Oʻzbekistonning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va favqulodda hodisalarda mavjud resurslarning oqilona taqsimlanishiga imkoniyat yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlashning strategik vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining barcha qatlamini zilziladan oldin, zilzila paytida va zilziladan soʻng harakat qilish qoidalariga oʻrgatish va ularning tayyorgarligini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik xavfni, taʼsirni va xatarni baholashni xorijiy tajriba asosida amalga oshirish uchun ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish hamda ular asosida normativ-meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik faol zonalarda turli darajadagi seysmik xatarni baholash va zilzila talafotlarini kamaytirishning ilmiy asoslangan chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar hududlari bosh loyihasini ishlab chiqishni seysmik mikrohududlashtirish xaritalarga asoslangan holda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konstruksiyalar mustahkamligi, binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarning zilzilabardoshligi sohasida fundamental, amaliy, innovatsion va investitsion loyihalarni kengaytirish, zilzilabardosh qurilish texnologiyalarini takomillashtirish boʻyicha tavsiya va takliflar ishlab chiqish va amaliyotga keng tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inshootlarning zilzilabardoshligi va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasida ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqish, ularni seysmik xavfsizlik sohasiga joriy etishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ehtimoli yuqori boʻlgan zilzilalarning zararini va oqibatlarini kamaytirish boʻyicha mahalliy sharoitlarga bogʻlab tayyorlangan tadbirlar majmuasini ishlab chiqish. Bino va inshootlarni seysmik himoyalash uslublarini, yangi konstruktiv yechimlarini ishlab chiqish, hududlarning seysmik xavfsizligini taʼminlash uchun amaliy masalalarni hisoblash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv omborlari toʻgʻonlari va gidrotexnika inshootlarining zilzilabardoshligini monitoring qilish tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika hududlarining seysmik xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash va rivojlanishini tezlashtirish uchun maqbul boʻlgan qonuniy, investitsion va infrastruktura muhitini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik xavfsizlik sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlarni yetakchi xorijiy ilmiy markazlarda va ishlab chiqarish korxonalarida malakalarini oshirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlashning ustuvor yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1§. Seysmologiya yoʻnalishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda seysmologiya sohasida Oʻzbekiston olimlari asosiy fundamental gʻoyalarini va amaliy ilmiy izlanishlarini aholi va hududlarni seysmik xavfdan himoya qilish boʻyicha aniq maqsadli chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishga qaratgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda respublika aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash va zilzila sodir boʻlish ehtimoli yuqori boʻlgan seysmik faol zonalarda zilzilalarga oldindan tayyorlanish orqali talafotlarni kamaytirish koʻp jihatdan respublikaning strategik rivojlanishini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmologiya sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar zilzila tabiatini aniqlashga qaratilgan boʻlib, bunda zilzila darakchilarining namoyon boʻlish qonuniyatlarini aniqlashga, zilzila oʻchogʻi mexanizmlari va parametrlari boʻyicha seysmik toʻlqinlarning tarqalishi va ularning geologik muhitdagi xususiyatlarini oʻrganishga, turli darajadagi seysmik faol yer yoriqlarida zilzilalarning hosil boʻlish oʻchoqlarining joylashishidagi oʻrnini aniqlashga, seysmik xavfni mintaqaviy oʻzgarishini va seysmik tebranishlarni yerning yuza qismidagi grunt sharoitiga qarab oʻzgarishini va masofa boʻylab soʻnishini hamda hududlarning turli darajadagi seysmik xatarini baholashga yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumki, seysmologiya sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar iqtisodiy sohalardagi dolzarb amaliy muammolarni hal qilish bilan chambarchas bogʻliqdir. Ushbu tadqiqotlar negizida respublikaning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi uchun strategik ahamiyatga ega amaliy muammolar hal qilinmoqda. Bular bino va inshootlarni loyihalash va qurish uchun muhim boʻlgan seysmik xavfning miqdoriy qiymatlarini mujassamlashtirgan holda turli darajada seysmik hududlashtirish (umumiy va mufassal seysmik hududlashtirish hamda seysmik mikrohududlashtirish) xaritalari, seysmik hududlarda qurilish ishlarini olib borishning meʼyorlari va qoidalari (QMQ 2.01.03-19 “Zilzilaviy hududlarda qurilish”), zilzilalar kuchini aniqlash shkalasi, respublika hududida joylashgan turli kattalikdagi seysmik faol yoriqlar va seysmogen zonalarning xaritalaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmologiya sohasidagi islohotlarning asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zilzilalarni vujudga kelish mexanizmi va tabiati hamda zilzila darakchilarini turli geodinamik jarayonlarda namoyon boʻlishini tadqiq qilish asosida zilzilalar paydo boʻlish mexanizmining takomillashtirilgan modelini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy seysmik hududlashtirish xaritasining jahon talablari darajasidagi takomillashtirilgan koʻrinishini ishlab chiqish va amaliyotda qoʻllanilayotgan meʼyoriy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston hududidagi turli darajadagi tektonik yer yoriqlarining oʻrta masshtabdagi xaritasini yaratish va ularning seysmik potensialini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon tajribasidan kelib chiqib shaharlar hududini makroseysmik ballarda va muhandislik koʻrsatkichlarda seysmik mikrohududlashtirish onlayn-xaritalarini ishlab chiqish va ularni bino-inshootlarni loyihalash, qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun meʼyoriy hujjat sifatida roʻyxatdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohada ilgʻor tajribaga ega xorijiy davlatlarning ilmiy va amaliyotchi olimlari bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va hududlarning seysmik xavfsizligini taʼminlash maqsadida turli masshtablarda seysmik xavfni, seysmik taʼsirni va seysmik xatarni baholashning geoaxborot texnologiyalari asosidagi metodikasini ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2§. Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini taʼminlash yoʻnalishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zamonaviy mexanika fanining rivojlanishi va undan kelib chiqadigan qurilish fanlari bino va inshootlarning qurilish meʼyorlari va qoidalari asosida seysmik taʼsirlarga mustahkamligini hisoblash imkonini beradi. Biroq, seysmik taʼsirlarga mustahkamligini hisoblashning meʼyoriy uslublari gidrotexnika inshootlari, yer osti kommunikatsiyalari, yoʻl oʻtkazgichlar, yer usti inshootlari, qiyaliklar, yon bagʻirlar va boshqa inshootlarni bir oʻlchamli modellar asosida hisoblashga asoslangan boʻlib, inshootning dinamik taʼsirlarda fazoviy oʻzini tutishini toʻla aks ettirmaydi, inshoot materialining bir jinsli emasligini, konstruksiya elementlarining oʻzaro taʼsirini eʼtiborga olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga qaramay, ilm-fanning rivojlanishi bilan amaliyotda materialning anizotropligini yaqqol aks ettiruvchi turli xil kompozitsion materiallar qoʻllanilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zilzilabardosh qurilish nazariyasi va amaliyotida hisoblashlar hamda nazariy gʻoyalarni katta masshtabdagi tajriba sinovlar yordamida tekshirishlardan oʻtkazish lozim. Bu bino va inshootlarning zilzilabardoshligini hamda aholi xavfsizligini taʼminlash maqsadida xalqaro umumqabul qilingan usul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inshootlarga seysmik taʼsirlar gruntning tebranishi orqali oʻtadi va bu jarayon inshootlarning grunt bilan oʻzaro taʼsiri hamda boshqa bir qator oʻziga xosliklari bilan xarakterlanadi. Zilzilaning intensivligi zilzila oʻchogʻidan chiqqan energiya miqdoriga, muhitning tuzilishiga va grunt sharoitiga, muhitning elastiklik xossasiga, inshootning dinamik xossalari (xususiy tebranish davri, zichligi, va boshqalar)ga bogʻliqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer usti inshootlari uchun eng koʻp tarqalgan hisoblash sxemalaridan biri koʻp massali konsol va sterjen sxemasi hisoblanadi. Konstruksiyaning fazoviy tebranishini hisobga olish jarayoni sifatida maʼlum bikirlikda birikkan bir necha yigʻilgan massalardan tashkil topgan tizimning tebranishi namoyon boʻladi. Bundan tashqari, inshootlarning egilishdagi tebranishiga ishlaydigan balka koʻrinishidagi modellar ham mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuchli zilzila natijasida binolarning strukturaviy shikastlanishi va buzilishining tahlili hisoblash uslublari hamda modellashtirishda turli kamchiliklar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagi masalalarni oʻrganish bino va inshootlarning kuchli zilzila taʼsirida buzilishi hamda shikastlanishini kuzatish bilan bogʻliqdir. Seysmik taʼsirlarda inshoot tebranishining xususiy chastotasi yuklamalar chastotasiga teng boʻlsa, inshootning zararlanishiga olib keluvchi rezonans rejimi vujudga kelishi mumkin. Shuning uchun, seysmik taʼsirlarda bino reaksiyasini shu tipdagi cheklanishlar bilan hisobga olish bino va inshootlarning zilzilabardoshligini taʼminlashning muhim jihatlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fazoviy hisoblash modellaridan foydalanib inshootning dinamik kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini oʻrganish inshootlarning fazoviy holatini, konstruktiv yechimlarning oʻziga xosligini, konstruksiya elementlarining oʻzaro taʼsirini, yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarning zaiflashishini va bir jinsli emasligini hisobga olish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gidrotexnika inshootlarining turli xil koʻrinishdagi yuklamalarda (statik, dinamik yoki seysmik) kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati va dinamik oʻzini tutishini ilmiy oʻrganish tekis va fazoviy masalalarni hisoblash modellaridan foydalanib amalga oshiriladi. Bundan tashqari, grunt toʻgʻonining mustahkamligi va ustuvorligini aniqlashda yon bagʻirlarning ustuvorligini taʼminlashda katta rol oʻynaydigan gruntning filtrlash xususiyatlarini hisobga olish lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini taʼminlash sohasidagi islohotlarning asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi uy-joylarning zilzilabardoshligini taʼminlash boʻyicha zarur choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zilzilabardoshlikni taʼminlashda aholi xabardorligini oshirish boʻyicha zarur choralarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolarning zilzilabardoshligini ekspress aniqlash usullarini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ahamiyatiga ega yirik bino va inshootlar zilzilabardoshligining doimiy monitoringini olib borish hamda ularni tez, sodda va kamchiqim metodlar orqali kuzatib borishning yagona elektron bazasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik faol zonalarda joylashgan bino va inshootlar maydonining zilzilalar oqibatida yuz bergan deformatsiyasi, siljishi, choʻkishi kabi omillarni aniqlashga moʻljallangan radiolokatsion kosmik monitoring tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshlik darajasini doimiy kosmik monitoring qilish tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy kompyuter dasturiy taʼminotlarini mahalliy meʼyoriy hujjatlar bazasiga integratsiya qilgan holda bino va inshootlarning zilzilabardoshligini taʼminlash boʻyicha vazifalarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3§. Seysmologik kuzatuvlar tarmogʻini takomillashtirish yoʻnalishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi kunda respublikada seysmologik kuzatuvlar tarmogʻida 40 ta seysmik stansiya mavjud boʻlib, ularning 24 soat uzluksiz ishlashi taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmik stansiyalarning 15 tasi qoyali tosh jinslarida, 24 tasi yumshoq yaxlit jinslarda, 1 tasi yumshoq yaxlit boʻlmagan jinslarda joylashgan. Ushbu stansiyalarning 11 tasida keng polosali yuqori sezuvchan seysmometr, qolgan stansiyalarda qisqa davrli past shovqinli seysmometrlar oʻrnatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika hududini kompleks monitoring qilish maqsadida, Seysmoprognostik monitoring respublika markazida 10 ta kompleks-prognostik stansiya hamda magnitometrik kuzatuv punktlari mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan bir qatorda, seysmik kuzatuvlar tarmogʻida quyidagi muammolar mavjud:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik kuzatuvlar tarmogʻi toʻliq avtomatlashtirilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik kuzatuvlar tarmogʻi xalqaro monitoring tarmoqlariga integratsiya qilinmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud stansiyalarning aksariyat qismi xalqaro standartlarga mos kelmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududini toʻliq monitoring qilish koʻrsatkichi past;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14 ta stansiya shaharlar markazida joylashgan boʻlib, bu hududlarda xalaqit qiluvchi toʻlqinlar darajasi yuqori hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan kelib chiqib, seysmologik kuzatuvlar sohasidagi islohotlarning asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalaqit qiluvchi toʻlqinlar darajasi past boʻlgan seysmik stansiyalarda Internet tarmogʻining uzluksiz ishlashini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stansiyalar joylashuvi respublikaning muhim obyektlari atrofida boʻlishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keng polosali yuqori sezuvchan seysmometrlar sonini oshirish va toʻliq tarmoqni qoplash imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud seysmometrlar va registratorlarni texnik parametrlarga muvofiqlashtirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshni respublikalar seysmik stansiyalari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri maʼlumotlar almashish tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy seysmik kuzatuvlar tarmogʻining xalqaro seysmik kuzatuvlar global tizimiga kiritilgan stansiyalar bilan doimiy aloqalarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomatlashtirish kompleks-prognostik stansiyalar sonini koʻpaytirish hisobiga respublika hududini toʻliq monitoring qilish imkoniyatini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv punktlarining asosiy qismini yer yoriqlari kesishmasida joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli proton magnitometrlarning sonini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompleks-prognostik stansiyalarning asosiy qismini kuzatuv quduqlari hududida joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft-gaz va ogʻir sanoat, kon metallurgiya obyektlarining faoliyati natijasida zaminda roʻy berayotgan oʻzgarishlarni kuzatib borish tizimini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4§. Seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi davlat boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtirish yoʻnalishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4794-son qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti tarkibida Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini muvofiqlashtirish shuʼbasi (keyingi oʻrinlarda — Shuʼba) tashkil etildi hamda Shuʼbaning asosiy vazifalari belgilab berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda Shuʼba seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi masʼul davlat organlari va tashkilotlari bilan doimiy faoliyat olib bormoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vazirligining zilzilalar vaqtida aholi tomonidan tegishli harakatlar va tadbirlar amalga oshirilishi, seysmoprognostik monitoring amalga oshirilishini tashkil etish hamda kuchli va talafotli zilzilalar sodir boʻlishi xavfi mavjud boʻlganida ularning oqibatlarini bartaraf etish sohasidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish vazirligining qurilayotgan binolar va inshootlarning seysmik xavfsizligi taʼminlanishini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash hamda nazorat qilish, shuningdek, mavjud binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish sohasidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasining seysmik xavfni turli masshtablarda baholash, seysmik jihatdan hududlashtirish, zilzilalarni vaqt kesimida prognoz qilish, binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini taʼminlash boʻyicha uslubiyotlarni ishlab chiqish, hududlarning seysmik xavfi va seysmik xatariga doir turli masshtabli xaritalarini tuzish sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirda seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, uni davlat tomonidan tartibga solish hamda qoʻshimcha vazifalarni bajarish uchun Shuʼba faoliyat yoʻnalishlarini kengaytirish zarurati mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi masʼul davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish uchun Shuʼba quyidagi sohalar yoʻnalishlarida salohiyatli kadrlarga ega boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmologiya sohasida ilm-fan va taʼlimni rivojlantirish hamda Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tartibga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va davlat organlarini zilzilada harakat qilishga tayyorlash hamda seysmoprognostik monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida qurilayotgan bino va inshootlarning zilzilabardoshligini taʼminlash hamda nazorat qilish (hududlar boʻyicha) tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv omborlari va gidrotexnika inshootlarining zilzilabardoshligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik xavfsizlik sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlarning zilzilabardoshligini elektron texnik pasportlar asosida monitoring qilish hamda ularni mustahkamlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Konsepsiyaning amalga oshirilishidan kutilayotgan natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiyaning amalga oshirilishi seysmologiya, inshootlar seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini yanada rivojlantirishga hamda kelajakda Oʻzbekistonning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va favqulodda hodisalarda mavjud resurslarning oqilona taqsimlanishiga imkon beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiyada rejalashtirilgan tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida quyidagilar kutilmoqda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi barcha qatlamining boʻlishi mumkin boʻlgan zilzilalarga tayyorgarligi oshiriladi va kuchli zilzilada aholi oʻrtasidagi oʻlim koʻrsatkichi va moddiy zarar qiymatining sezilarli darajada kamayishiga erishiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuchli zilzilalarning uzoq, oʻrta va qisqa muddatli darakchilarini aniqlovchi majmualarni tayyorlashning yangi modeli yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qobigʻidagi lokal seysmik faol tektonik yoriqlarning texnogen kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholaydigan miqdoriy modellar ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston hududining oʻrta masshtabli seysmik potensiali baholangan turli darajadagi yer yoriqlarining xaritasi ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaviy darajadagi seysmik xavfni baholashning ilmiy-uslubiy asoslari hamda Oʻzbekiston hududining mayda masshtabli seysmik xatar xaritasi ishlab chiqiladi va uning bazasida dasturiy taʼminot yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat markazlarining yirik masshtablarda muhandislik koʻrsatkichlari boʻyicha ishlab chiqilgan seysmik mikrohududlashtirish xaritalari ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻta noyob va muhim ahamiyatga ega boʻlgan hamda yuqori qavatli bino va inshootlarning seysmik xatarini baholash va uni monitoring qilish metodikasi ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kesimida bosqichma-bosqich seysmik xatar baholanadi va ularning hududi uchun 1:200 000 masshtabda seysmik xatar xaritasi ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlarning texnik holatini baholashning zamonaviy uslublari ishlab chiqiladi va ularni texnik holati tadqiq qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat, turarjoy, sanoat binolari va inshootlari uchun seysmik xavf baholanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidagi eng seysmik faol, oʻrta faol va tinch hududlar hamda maydonlarni oʻzida mujassamlashtirgan interaktiv onlayn xarita ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik faol zonalarda joylashgan bino va inshootlar maydonining zilzilalar oqibatida deformatsiyasi, siljishi, choʻkishi kabi omillarni aniqlashga moʻljallangan radiolokatsion kosmik monitoring tizimi joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligini tadqiq etish doimiy kosmik monitoring qilish tizimi orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geoaxborot texnologiyalarini qoʻllagan holda zilzila natijasida toʻgʻon oʻpirilishi oqibatida suv bosishi mumkin boʻlgan hududlarning vizual modellari yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zilzila natijasida suv omborlari toʻgʻonlari oʻpirilishi oqibatida qutqaruv ishlarini tashkillashtirishida tegishli vazirlik va idoralarni zarur kosmik suratlar hamda ishlov berilgan maʼlumotlar bilan taʼminlash tizimi yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayotni taʼminlovchi tizimlarni seysmik mustahkamlash boʻyicha tavsiyalar va tadbirlar ishlab chiqiladi, inshootlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish jarayonida foydalanish uchun loyiha tashkilotlariga tarqatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik va kompleks-prognostik kuzatuvlar tarmogʻi toʻliq avtomatlashtiriladi va jahon talablariga mos ravishda takomillashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik stansiyalar tarmogʻi optimallashtiriladi, respublika boʻyicha ikki va undan yuqori (M≥2,0) magnitudali zilzilalarni qayd etish imkonini beruvchi tarmoq yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikadagi muhim obyektlar hududlarini lokal seysmik va kompleks monitoring qilish imkoniyati yaratiladi. Yangi tizimda obyektlar joylashuvi hisobga olingan holda kuzatuv stansiyalari joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik kuzatuvlar tarmogʻi xalqaro monitoring tarmoqlariga integratsiyalanadi va xalqaro talab darajasidagi kuzatuvlar tarmogʻi yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv punktlari sonining koʻpayishi prognoz maʼlumotlarining sifati va aniqlik darajasini oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prognoz yoʻnalishlari jahon tajribasini oʻrgangan holda kengaytiriladi, qoʻshimcha kuzatuv usullari (yerning deformatsiyalanganligi, GPS kuzatuvlar va hokazo) oʻzlashtiriladi va prognoz yoʻnalishiga tatbiq etiladi, prognoz sifat darajasi oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy xomashyodan xususiy uylarning (individual binolarni) elementar usulda zilzilabardoshligini oshirish boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmoprognostik monitoring respublika markazining seysmik va kompleks prognostik stansiyalari bilan prognoz maʼlumotlar almashinuvi jarayoni raqamlashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmoprognostik monitoring respublika markazining raqamlashtirilgan seysmik kuzatuvlar hamda kuchli zilzilalarni qayd etish tarmogʻi yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy asbob-uskunalarda oʻtkazilgan gidrogeoseysmologik tajribalar asosida gidrogeodinamik maydonlardagi anomal oʻzgarishlarga asosan oʻrta va uzoq muddatli zilzila darakchilarini aniqlashning zamonaviy raqamli (avtomatlashgan) usuli yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuchli zilzilalar (oʻrta va qisqa muddatli, makon va zamon boʻyicha) toʻgʻrisida darak beruvchi majmualarni tayyorlashning yangi modeli yaratiladi va zilzilaning namoyon boʻlish qonuniyatlari ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar uchun zilzila vaqtida tegishli harakat va tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha uslubiy qoʻllanma hamda video roliklar tayyorlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning seysmik faol zonalarida qurilayotgan besh qavatdan yuqori tanlangan binolarni tabiiy (vibrodinamik uskuna, raqamlashtirilgan instrumental asbob-uskunalar va boshqalar yordamida) sinovdan oʻtkazish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti bazasida qurilish konstruksiyalarini dinamik sinovlardan, modellashtirilgan bino va inshootlarni seysmoplatforma yordamida eksperimentdan oʻtkazishga moʻljallangan zamonaviy laboratoriya tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli oliy taʼlim tashkilotlari seysmik xavfsizlikni taʼminlash yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi hamda zarur asbob-uskunalar, hisoblash texnika vositalari hamda butlovchi materiallar bilan taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi masʼul davlat organlari va tashkilotlarining sohaga oid faoliyat yoʻnalishi boʻyicha moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlari ishlab chiqiladi, shuningdek, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlar, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda stajirovkalar tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning seysmik faol zonalarida qurilayotgan bino va inshootlarni zilzila kuchini soʻndiruvchi qurilmalar bilan jihozlash hamda zilzilabardoshligini oshiruvchi yangi innovatsion qurilish materiallari bilan qurish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining boʻlishi mumkin boʻlgan zilzilalarga tayyorgarligini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar majmui ishlab chiqiladi va muntazam seminar-treninglar oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning seysmik faol zonalarida joylashgan maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlari, shuningdek, tibbiyot muassasalarining bino va inshootlari bosqichma-bosqich instrumental tekshiruvdan oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻpriklar, transport tonnellari, yoʻllar, metropolitenlar, yer osti inshootlari va boshqa tizimlarning seysmik zaifligini nazorat qilish uchun elektron texnik pasportlar (elektron (raqamli) maʼlumotlar bazasi)ni shakllantirish amaliyoti joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi PF-144-son Farmoniga

1a-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini 2025-yilgacha takomillashtirish konsepsiyasining maqsadli koʻrsatkichlari va indikatorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Maqsadli koʻrsatkichlar

Oʻlchov birligi

Indikatorlar (yillar kesimida)

Jami

2022

2023

2024

2025

1.

Jahon tajribasidan kelib chiqib muhandislik koʻrsatkichlarida tuzilgan seysmik mikrohududlashtirish xaritalariga ega respublika shaharlarining sonini oshirish.

ta

24

3

6

7

8

2.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar tumanlari va shaharlari hamda Toshkent shahar tumanlari kesimida seysmik xatarning baholanganlik sonini oshirish.

ta

208

40

50

55

63

3.

Bino va inshootlar hamda ularning konstruksiyalarini seysmik kuchlar taʼsiriga mustahkamlik, bikrlik va ustuvorlik talablari boʻyicha baholash (sinov) ishlarini bajarish uchun tajriba-sinov laboratoriyalari sonini koʻpaytirish.

ta

10

2

2

3

3

4.

Bino va inshootlarning haqiqiy oʻlchamdagi konstruksiyalarini murakkab kuchlanish (bir vaqtning oʻzida choʻzilish-siqilish, egilish, siljish va buralish) holatida mustahkamligi va zilzilabardoshligini aniqlash boʻyicha sinov ishlarini amalga oshirish.

ta

18

2

3

5

8

5.

Seysmologiya, bino va inshootlar seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlik sohasidagi chet el jurnallarida (Web of Science va Scopus) respublika olimlarining chop etilgan maqolalari sonini oshirish.

ta

250

40

60

70

80

6.

Seysmologiya, bino va inshootlar seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlik sohasida ilmiy darajali xodimlar sonini hamda himoya qilingan dissertatsiyalar (PhD, DSc) sifatini oshirish.

ta

100

15

25

30

30

7.

Seysmik xavfsizlik sohasida faoliyat olib borayotgan kadrlarni jahonning yetakchi institutlari va markazlariga malaka oshirish hamda stajirovka oʻtash uchun yuborish.

nafar

150

30

40

40

40

8.

Seysmik xavfsizlik boʻyicha jahonning ilgʻor tashkilotlari mutaxassislari ishtirokida seminar va konferensiyalar tashkil etish.

ta

14

2

3

4

5

9.

Keng polosali seysmometrlar tarmogʻini kengaytirish (25 ta keng polosali seysmometr oʻrnatish).

ta

25

4

6

7

8

10.

Seysmik stansiyalar tarmogʻini optimallashtirish, respublika boʻyicha ikki va undan yuqori (M≥2,0) magnitudali zilzilalarni qayd etish imkonini beruvchi yangi stansiyalar ochish.

dona

14

2

3

4

5

11.

Magnitometrik kuzatuvlar tarmogʻini kengaytirish (Respublika boʻyicha qoʻshimcha 15 ta magnitometr oʻrnatish).

dona

15

2

3

4

6

12.

Gidrogeoseysmologik kuzatuvlar tarmogʻini kengaytirish.

dona

20

3

4

6

7

13.

Seysmoprognostik monitoring respublika markazida ishlovchi muhandis va texnik xodimlarning zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar bilan ishlash va dasturlardan foydalanish boʻyicha malakasini oshirish.

nafar

100

10

20

30

40

14.

Qoʻshni respublikalar bilan maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish (20 ta stansiya boʻyicha).

dona

20

3

4

6

7

15.

Magnitometrik kuzatuv punktlarini toʻliq raqamli magnitometrlar bilan taʼminlash.

dona

15

2

3

4

6

16.

Prognoz yoʻnalishlarini jahon tajribasini oʻrgangan holda kengaytirish uchun deformometr (6 ta) va naklonomer (6 ta) asbob-uskunalarini xarid qilish.

dona

12

-

3

4

5

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi PF-144-son Farmoniga

2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini 2025-yilgacha takomillashtirish konsepsiyasini 2022-2023-yillarda amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi huquqiy asoslarni hamda qurilish meʼyoriy hujjatlarini (QMQ, SHNQ) takomillashtirish

1.

“Oʻzbekiston Respublikasining seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifaga mansub boʻlgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik boʻyicha xulosalar berish tartibini joriy etish” toʻgʻrisida normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

1. Sohadagi yetuk mutaxassis va olimlarni keng jalb qilgan holda ishchi guruhni shakllantirish.

2022-yil 1-iyun

-

Fanlar akademiyasi, Qurilish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Hujjat loyihasini ishlab chiqish, uni manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish.

2022-yil 15-iyul

3. Hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 1-avgust

2.

“Oʻzbekiston Respublikasi aholisini zilzilaga tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Hukumat qarorini ishlab chiqish.

1. Soha olimlari va mutaxassislarini jalb qilgan holda ishchi guruhni shakllantirish.

2022-yil 1-oktabr

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 1-iyun

3.

“Seysmik xavfsizlik sohasi aʼlochisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida Hukumat qarorini ishlab chiqish.

1. Sohadagi yetuk mutaxassis va olimlarni keng jalb qilgan holda ishchi guruhni shakllantirish.

2022-yil 1-avgust

-

Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Hujjat loyihasini ishlab chiqish, uni manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish.

2022-yil 15-dekabr

3. Hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 1-may

4.

“Koʻp qavatli binolarni loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalarini ilmiy-tadqiqot va tajriba sinov natijalari asosida ishlab chiqish.

1. Oʻzbekiston sharoitida soʻnggi zamonaviy usullarni oʻrganib, tahlil qilgan holda Koʻp qavatli binolarni loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalarini ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov natijalari asosida ishlab chiqish boʻyicha takliflarni tayyorlash.

2022-yil 1-dekabr

-

Qurilish vazirligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xorijiy tashkilotlar va konsultantlarni jalb etgan holda “Koʻp qavatli binolarni loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalarini ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov natijalari asosida ishlab chiqish.

2023-yil 1-dekabr

5.

“UMS-22” milliy makroseysmik shkalasini ishlab chiqish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish.

2022-yil 1-iyun

-

Fanlar akademiyasi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Seysmologiya instituti, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Qurilish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Rivojlangan davlatlarda qoʻllanilayotgan makroseysmik shkalalarni oʻrganish va tahlil qilish.

2022-yil 1-iyul

3. “UMS-22” milliy makroseysmik shkalasini ishlab chiqish.

2022-yil 1-dekabr

4. Tegishli hujjat loyihasini Qurilish vazirligiga tasdiqlash uchun kiritish.

2023-yil 1-fevral

6.

Seysmik hududlarda transport inshootlari qurilishiga oid tegishli hujjatni xorijiy tajribani inobatga olgan holda qayta ishlab chiqish.

1. Sohadagi yetuk mutaxassis va olimlardan iborat ishchi guruhni shakllantirish.

2022-yil 1-iyul

-

Transport vazirligi, Avtomobil yoʻllari ilmiy-tadqiqot instituti, Qurilish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Seysmik hududlarda transport inshootlari qurilishiga oid tegishli hujjat asosida qurib foydalanishga topshirilgan inshootlarda tabiiy sinovlar oʻtkazish.

2023-yil iyun

3. Xorijiy tajribani inobatga olgan holda tegishli hujjatni qayta ishlab chiqish hamda Qurilish vazirligining ilmiy-texnik kengashida muhokama qilish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2023-yil 1-sentabr

7.

QMQ 2.01.03-19 “Zilzilaviy hududlarda qurilish” meʼyoriy hujjatining IV boʻlimini toʻlqin nazariyasining hisoblash usullari boʻyicha qoʻllanma ishlab chiqish.

1. QMQ 2.01.03-19 “Zilzilaviy hududlarda qurilish” meʼyoriy hujjatining IV boʻlimini toʻlqin nazariyasining hisoblash usullari boʻyicha qoʻllanma ishlab chiqish.

2022-yil 15-dekabr

Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining budjet va budjetdan tashqari mablagʻla?i

Fanlar akademiyasi, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Qurilish vazirligi

2. QMQ 2.01.03-19 “Zilzilaviy hududlarda qurilish” meʼyoriy hujjatining IV boʻlimini toʻlqin nazariyasining hisoblash usullari boʻyicha qoʻllanmani Qurilish vazirligining ilmiy-texnik kengashida muhokama qilish va chop etish.

2023-yil 15-aprel

8.

Shaharsozlikda oʻzlashtiriladigan hududlarni mufassal seysmik hududlashtirish va seysmik mikrohududlashtirish xaritasini yaratish hamda uning asosida normativ-texnik hujjat ishlab chiqish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish, shaharsozlikda oʻzlashtiriladigan hududlarni mufassal seysmik hududlashtirish va seysmik mikrohududlashtirishning ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish.

2022-yil 1-iyul

Seysmologiya institutining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Fanlar akademiyasi, Seysmologiya instituti, Qurilish vazirligi

2. Oʻzbekiston hududining mufassal seysmik hududlashtirish va seysmik mikrohududlashtirish xaritasi asosida tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil 1-fevral

3. Hujjat loyihasini Qurilish vazirligiga tasdiqlash uchun kiritish.

2023-yil 1-aprel

9.

“Gidrotexnika inshootlariga boʻladigan yuklanish va taʼsirlar”, “Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tonnellari”, “Gidrotexnik inshootlar asoslari”, “Koʻpriklar va quvurlar” normativ hujjatlariga zilzilabardoshlik sohasidagi zamonaviy yutuqlar va ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda oʻzgartirishlar kiritish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish, normativ hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlarni tegishli idoralar bilan kelishish.

2023-yil 1-oktabr

-

Suv xoʻjaligi vazirligi, Transport vazirligi, Qurilish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Qoʻshimchalar kiritilgan normativ hujjatlarni Qurilish vazirligining ilmiy-texnik kengashida muhokama qilish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2023-yil 1-dekabr

II. Aholini zilzilaga tayyorlash ishlarini takomillashtirish

10.

Tashkilotlarda tegishli soha mutaxassislarini jalb etgan holda zilzila va uning oqibatlariga oid koʻrgazmali oʻquv-uslubiy vositalar yordamida amaliy oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish.

1. Tashkilotlarda zilzila va uning oqibatlariga oid koʻrgazmali oʻquv-uslubiy vositalardan foydalangan holda amaliy oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2022-yil 1-iyul

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar, milliy teleradiokompaniya

2. Chora-tadbirlarni tasdiqlash uchun Seysmologiya, seysmik chidamli qurilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligi boʻyicha idoralararo ilmiy-texnik kengash (keyingi oʻrinlarda — Kengash)ga kiritish.

2022-yil 1-sentabr

3. Tasdiqlangan chora-tadbirlar asosida amaliy oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish hamda ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2022-2023-yillar davomida

11.

Ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasida band boʻlmagan aholi qatlami, shuningdek, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun zilzilada harakat qilishga moʻljallangan oʻquv-uslubiy materiallarni tayyorlash.

1. Oʻquv-uslubiy qoʻllanmani ishlab chiqish.

2022-yil 1-avgust

Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari

2. Tayyorlangan oʻquv-uslubiy qoʻllanma boʻyicha hududlarda ilmiy-amaliy seminar-treninglar oʻtkazish va aholiga yetkazish.

2022-2023-yillar davomida

III. Qurilish konstruksiyalarining mustahkamligini tajriba yoʻli orqali sinash hamda bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini oshirish

12.

Bino va inshootlar hamda ularning konstruksiyalarini seysmik kuchlar taʼsiriga mustahkamlik, bikrlik va ustuvorlik talablari boʻyicha baholash (sinov) hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida maxsus mobil koʻchma laboratoriya tashkil etish.

1. Maxsus mobil koʻchma sifat laboratoriyasini xarid qilish boʻyicha asoslangan takliflarni Jamgʻarma kengashiga taqdim etish.

2022-yil 1-avgust

Fanlar akademiyasi, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti hamda Jamgʻarma mablagʻlari

Fanlar akademiyasi, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti

2. Qurilish konstruksiyalarining sifatini tekshirishga moʻljallangan mobil laboratoriya jihozlarini xarid qilish choralarini koʻrish.

2022-yil 1-dekabr

13.

Seysmik zaifligi aniqlangan ijtimoiy soha obyektlarini instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazish.

1. Seysmik zaif ijtimoiy soha obyektlari roʻyxatini shakllantirish.

har yili 1-aprelga qadar

Jamgʻarma mablagʻlari

Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ijtimoiy soha obyektlarini zilzilabardoshlik boʻyicha instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazish.

doimiy

IV. Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini taʼminlash hamda ularning monitoringini takomillashtirish

14.

Respublikamizdagi mavjud koʻp kvartirali uy-joy fondini xatlovdan oʻtkazish.

1. Respublikamizdagi mavjud koʻp kvartirali uy-joy fondini qaytadan xatlovdan oʻtkazish.

2022-yil 1-oktabrdan boshlab

-

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

2. Ekspluatatsiya muddatini oʻtab boʻlgan koʻp kvartirali uy-joylar hamda seysmik zaifligi va avariya alomatlari aniqlangan uylarni buzib, oʻrnida bosqichma-bosqich yangi uy-joylar qurish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.

doimiy

V. Koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar va tonnellarning seysmik mustahkamligini hisoblash usullarini hamda monitoringini takomillashtirish

15.

Koʻpriklar va yoʻloʻtkazgichlarning texnik holatini baholashda zilzilabardoshlik talablarini eʼtiborga oluvchi tavsiyalar ishlab chiqish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish, koʻpriklar, yoʻloʻtkazgichlar va tonnel inshootlarini texnik holatini baholashda zilzilabardoshlik talablarini eʼtiborga oluvchi tavsiyalarni ishlab chiqish va uni mutaxassislar oʻrtasida keng muhokamadan oʻtkazish.

2022-yil 1-oktabr

Transport vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi mablagʻlari

Transport vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Avtomobil yoʻllari ilmiy-tadqiqot instituti va Transport universiteti

2. Tavsiyalarni koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun Kengashga kiritish.

2023-yil 1-iyun

16.

Respublikadagi barcha sunʼiy inshootlarning (koʻpriklar, tonnellar, estakadalar, temir yoʻl koʻpriklari va boshqalar) yagona raqamlashtirilgan maʼlumotlar bazasini tashkil etish.

1. Respublikadagi barcha sunʼiy inshootlarni xatlovdan oʻtkazish.

2. Aniqlangan egasiz sunʼiy inshootlarni idoraviy mansubligi boʻyicha biriktirish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2022-yil 1-dekabrga qadar

Avtomobil yoʻllari ilmiy-tadqiqot institutining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Transport vazirligi, Avtomobil yoʻllari ilmiy-tadqiqot instituti

17.

Respublikadagi barcha mavjud sunʼiy inshootlarning elektron texnik pasportlarini shakllantirish va platformaga kiritish.

1. Respublika miqyosida mutaxassislar ishtirokida ishchi guruhni shakllantirish.

2022-yil 1-iyul

Transport vazirligi, Avtomobil yoʻllari ilmiy-tadqiqot institutining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Transport vazirligi, Avtomobil yoʻllari ilmiy-tadqiqot instituti

2. Sunʼiy inshootlarning elektron texnik pasportlashtirish amaliyotni yoʻlga qoʻyish.

2022-yil 1-avgust

3. Yigʻilgan maʼlumotlarni qayta ishlash va ekspluatatsiya qilinayotgan sunʼiy inshootlarning elektron texnik pasportlari boʻyicha elektron bazani shakllantirish.

2023-yil 1-martga qadar

18.

Temir yoʻl koʻpriklarining zilzilabardoshlik darajasini hisoblashda unga taʼsir etuvchi seysmik yuklarni real yoki sintetik zilzilalarning yozuvlaridan (akselerogramma, seysmogramma) foydalangan holda hisoblash usulini ishlab chiqish.

1. Toshkent davlat transport universiteti professor oʻqituvchilari va olimlari ishtirokida xorijiy tajribani chuqur oʻrganish.

2022-yil 1-iyul

Toshkent davlat transport universitetining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, Jamgʻarma mablagʻlari

Transport vazirligi, Toshkent davlat transport universiteti

2. Ilmiy-tadqiqot va tajriba sinov natijalarini tahlil qilgan holda temir yoʻl koʻpriklarining zilzilabardoshlik darajasini hisoblash usullarini ishlab chiqish.

2022-yil 1-dekabr

3. Ishlab chiqilgan hisoblash usullarini tasdiqlash uchun Kengashga kiritish.

2023-yil 15-mart

19.

Temir yoʻl koʻpriklarida seysmik himoyalash qurilmalari parametrlarini tanlash va hisoblash usullarini ishlab chiqish.

1. Toshkent davlat transport universiteti professor oʻqituvchilari va olimlari ishtirokida xorijiy tajribani chuqur oʻrgangan holda temir yoʻl koʻpriklarida seysmik himoyalash qurilmalarning optimal parametrlarini tanlash va hisoblash usullarini ishlab chiqish.

2023-yil 1-mart

Toshkent davlat transport universitetining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Transport vazirligi, Toshkent davlat transport universiteti

2. Ishlab chiqilgan hisoblash usullarini tasdiqlash uchun Kengashga kiritish.

2023-yil 15-mart

20.

Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida avtomobil yoʻllaridagi koʻpriklarda seysmik himoyalash qurilmalari konstruksiyalarining joylashtirilishi boʻyicha yangi texnik yechimlarni ishlab chiqish.

Toshkent davlat transport universiteti professor oʻqituvchilari va olimlari ishtirokida xorij tajribasini hisobga olgan holda avtomobil yoʻllaridagi koʻpriklarda seysmik himoyalash qurilmalari konstruksiyalarining joylashtirilishi boʻyicha yangi texnik yechimlarni ishlab chiqish.

2023-yil 1-iyul

Toshkent davlat transport universitetining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Transport vazirligi, Toshkent davlat transport universiteti

VI. Gruntli inshootlar, suv omborlari toʻgʻonlari hamda gidrotexnik inshootlarning seysmik mustahkamligini nazorat qilishni takomillashtirish

21.

Gruntli inshootlar, suv omborlari toʻgʻonlarining seysmik mustahkamligini taʼminlash mezonlarini ishlab chiqish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish, gruntli inshootlar, suv omborlari toʻgʻonlarining seysmik mustahkamligini taʼminlash mezonlarini ishlab chiqish va uni mutaxassislar oʻrtasida keng muhokamadan oʻtkazish.

2022-yil 15-dekabr

Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti

2. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga seysmik mustahkamlikni taʼminlash mezonlarini boʻyicha takliflar kiritish.

2023-yil 15-fevral

3. Suv omborlari toʻgʻonlarini mazkur mezonlar asosida sinovdan oʻtkazish.

2023-yil 1-oktabrga qadar

22.

Respublikadagi toifalangan suv omborlarining (birinchi navbatda seysmik zonalarda joylashganlar) zilzilabardoshlik boʻyicha monitoringini yuritish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish.

2022-yil 15-iyul

Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Jamgʻarma mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

2. Ekspertlar bilan respublikadagi toifalangan suv omborlarini zilzilabardoshlik boʻyicha monitoringini yuritish.

2023-yil 1-iyuldan boshlab doimiy

VII. Seysmoprognostik monitoring hamda seysmologik kuzatuvlar tarmogʻini takomillashtirish

23.

Seysmoprognostik monitoring respublika markazini keng polosali zamonaviy seysmometrlar, magnitometrlar, deformometrik, impuls elektromagnit, naklonometriklar bilan taʼminlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritish.

1. Keng polosali zamonaviy seysmometrlar, magnitometrlar, deformometrik, impuls elektromagnit, naklonometriklarning tavsiflari va narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash.

2022-yil 1-iyul

Jamgʻarma mablagʻlari

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi

2. Xarid qilinadigan jihozlarning roʻyxatini shakllantirish.

2022-yil 1-avgust

3. Xarid qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritish.

2022-yil 1-sentabr

24.

Milliy seysmik kuzatuvlar tarmogʻini Seysmologiya boʻyicha birlashgan ilmiy-tadqiqot muassasalari (Incorporated Research Institutions for Seismology) global tarmogʻiga ulash.

1. Milliy seysmik kuzatuvlar tarmogʻini Seysmologiya boʻyicha birlashgan ilmiy-tadqiqot muassasalari global tarmogʻiga ulash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2022-yil 15-iyul

Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi mablagʻlari

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2. Milliy seysmik kuzatuvlar tarmogʻini Seysmologiya boʻyicha birlashgan ilmiy-tadqiqot muassasalari (Incorporated Research Institutions for Seismology) global tarmogʻiga ulash choralarini koʻrish.

2022-yil 15-oktabr

VIII. Seysmologiya, bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi hamda seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasida oliy maʼlumotli, shuningdek, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni takomillashtirish

25.

“Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari” roʻyxatini takomillashtirish.

1. “Asoslar, poydevor va yer osti inshootlari. Koʻprik va transport tonnellari. Yoʻllar, metropolitenlar”, “Gruntlar va togʻ jinslari mexanikasi” ixtisosliklarini xorijiy tajribani inobatga olgan holda qayta koʻrib chiqish hamda ularning negizida “Geotexnika” ixtisosligini tashkil etish.

2022-yil 15-iyul

-

Oliy attestatsiya komissiyasi, Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

2. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari roʻyxatiga “Seysmik xavfsizlik” ixtisosligini kiritish.

2022-yil 25-avgust

3. “Geotexnika” va “Seysmik xavfsizlik” ixtisosliklari boʻyicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish.

2022-yil 15-sentabr

26.

Namangan muhandislik-qurilish instituti hamda Fargʻona politexnika instituti oʻqituvchilari va magistrantlarining Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida zilzilabardoshlik boʻyicha amaliyot oʻtashi tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Amaliyot oʻtash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil 1-iyul

-

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti

2. Amaliyot oʻtashni tashkil etish.

doimiy

27.

Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti hamda Seysmologiya instituti faoliyat yoʻnalishlarini qayta koʻrib chiqish.

1. Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti hamda Seysmologiya instituti faoliyati boʻyicha tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash.

2022-yil 1-avgust

-

Vazirlar Mahkamasi, Fanlar akademiyasi, Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi

2. Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti hamda Seysmologiya instituti faoliyatini jahon andozalariga mos ravishda qaytadan tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2022-yil 15-noyabr

3. Vazirlar Mahkamasi qarori asosida yangidan qayta tashkil etilgan Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti hamda Seysmologiya instituti faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2023-yil 2-yanvar

IX. Seysmologiya, bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi hamda seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasida ilm-fanni rivojlantirish

28.

Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasi ilmiy yoʻnalishlarida fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar tanlovini oʻtkazish va moliyalashtirish.

1. Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasi muammolari ilmiy yechimiga qaratilgan takliflarni (tematik mavzularni) oʻrnatilgan tartibda shakllantirilib, Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish.

2022-yil 1-avgust

Innovatsion rivojlanish vazirligining tanlovlari natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar

Innovatsion rivojlanish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Taqdim etilgan tematik mavzular asosida belgilangan tartibda loyihalar tanlovini eʼlon qilish.

2022-yil 15-avgust

3. Tanlov shartlaridan oʻtgan loyihalarni moliyalashtirish

2022-yil 1-noyabr

29.

Zilzilada amaliy harakatlanishni oʻrgatishga moʻljallangan koʻchma mobil zilzila simulyatorini yaratish mavzusida maqsadli innovatsion ilmiy-texnik loyihasini ishlab chiqish.

1. Z?lzilada amaliy harakatlanishni oʻrgatishga moʻljallangan koʻchma mobil zilzila simulyatorini yaratish mavzusida innovatsion loyihani ishlab chiqish.

2022-yil 15-iyul

Innovatsion rivojlanish vazirligining tanlovlari natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. Loyihani Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish.

2022-yil 15-avgust

X. Seysmologiya va inshootlar seysmik mustahkamligi sohasidagi ilmiy laboratoriyalar faoliyatini takomillashtirish hamda yangi ilmiy-oʻquv laboratoriyalar tashkil etish

30.

Seysmologiya instituti tarkibidagi “Axborot-tahlil markazi” shtat birliklari doirasida “Seysmik va seysmoprognostik maʼlumotlarning ilmiy tahlili” laboratoriyasini tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

1. Laboratoriya vazifalarini, istiqboldagi tadqiqotlarning yoʻnalishlarini, shtat jadvalini belgilash.

2022-yil 1-iyul

-

Fanlar akademiyasi, Seysmologiya instituti

2. Laboratoriyani tashkil etish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 1-noyabr

31.

Seysmologiya instituti tarkibidagi “Yangibozor geofizik observatoriyasi” noyob obyekti asosida “Geofizik ilmiy tajriba observatoriya”sini tashkil qilish.

1. Observatoriya vazifalarini, istiqboldagi tadqiqotlarning yoʻnalishlarini, shtat jadvalini belgilash.

2022-yil 1-avgust

Fanlar akademiyasi, Seysmologiya instituti hamda Jamgʻarma mablagʻlari

Fanlar akademiyasi, Seysmologiya instituti

2. Observatoriyani zarur geofizik asbob-uskunalar bilan jihozlash.

2023-yil 1-avgust

32.

Namangan muhandislik-qurilish institutida “Bino va inshootlarni seysmik himoyalash” oʻquv-ilmiy laboratoriyasini tashkil etish.

1. Bino va inshootlarning zilzilabardoshlik boʻyicha texnik holatini baholash, aktiv seysmik himoyalash usullari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borishga moʻljallangan “Bino va inshootlarni seysmik himoyalash” oʻquv-ilmiy laboratoriyasini tashkil etish.

2022-yil 1-iyul

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Namangan muhandislik-qurilish instituti hamda Jamgʻarma mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

2. Laboratoriyani zarur jihozlar bilan bosqichma-bosqich taʼminlash.

2022-2023-yillar davomida

33.

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida zilzilabardoshlik boʻyicha oʻquv-ilmiy laboratoriya tashkil etish.

1. Gruntli inshootlar, suv omborlarining toʻgʻonlari, asos va poydevorlarni zilzilabardoshlik boʻyicha zamonaviy raqamli hisoblash usullari va dasturlari (Plaxis, Ansys, Abaqus va boshqalar) yordamida baholashga moʻljallangan oʻquv-ilmiy laboratoriya tashkil etish.

2022-yil 1-iyul

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti hamda Jamgʻarma mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

2. Laboratoriyani zarur jihozlar bilan bosqichma-bosqich taʼminlash.

2022-2023-yillar davomida

XI. Seysmik mustahkamlikni oshiruvchi qurilish materiallarining yangi avlodini yaratish ishlarini kengaytirish

34.

Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini oshiruvchi yuqori qoʻshilgan qiymatli bazalt va shisha tolali lentalar ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish.

1. Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini oshiruvchi yuqori qoʻshilgan qiymatli bazalt va shisha tolali lentalar ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish.

2022-2023-yillar davomida

-

“Oʻzsanoatqurilish-materiallari” uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi

2. Tadqiqot natijalarini respublikaning seysmik faol hududlarida qurilayotgan turar-joy binolarida qoʻllash choralarini qoʻrish.

2023-yil 1-oktabr

3. Tadqiqot yakunlari boʻyicha yaratilgan ishlanmalarni butun respublikada joriy etish boʻyicha takliflarni Kengashga kiritish.

2023-yil 1-dekabr

35.

Ilgʻor arxitektura va dizaynerlik tamoyillariga asoslangan seysmik mustahkamlikni oshiruvchi “kelajak materiallari” nomenklaturasini ishlab chiqish.

1. Seysmik mustahkamlikni oshiruvchi “kelajak materiallari” nomenklaturasini ishlab chiqish uchun ishchi guruhni shakllantirish.

2022-yil 1-iyul

-

“Oʻzsanoatqurilish-materiallari” uyushmasi

2. Xorijiy tajribani chuqur oʻrgangan holda seysmik mustahkamlikni oshiruvchi “kelajak materiallari” nomenklaturasini ishlab chiqish va Kengashga tasdiqlash uchun kiritish.

2023-yil 1-mart

36.

Seysmik mustahkamlikni oshiruvchi qurilish materiallarini yaratishga qaratilgan aniq yoʻnalishlarni belgilash.

1. Seysmik mustahkamlikni oshiruvchi qurilish materiallarini yaratishga qaratilgan aniq yoʻnalishlar doirasida innovatsion va ilmiy-amaliy tadqiqotlar tanlovini eʼlon qilish.

2022-yil 1-iyul

Innovatsion rivojlanish vazirligining tanlovlari natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar

Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Oʻzsanoatqurilish-materiallari” uyushmasi, Fanlar akademiyasi

2. Ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasini tanlovga taqdim etish.

2022-yil 1-avgust

3. Tanlovda gʻolib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish choralarini koʻrish.

2022-yil 1-dekabr

XII. Seysmik xavfsizlik sohasini raqamlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish

37.

Aholining barcha qatlamini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan soʻng toʻgʻri harakat qilishga mustaqil oʻrgatish uchun moʻljallangan mobil ilovani yaratish.

1. Aholining barcha qatlamini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan soʻng toʻgʻri harakat qilishga mustaqil oʻrgatish uchun moʻljallangan mobil ilovani yaratish uchun texnik topshiriqni ishlab chiqish.

2022-yil 1-iyun

Innovatsion rivojlanish vazirligining tanlovlari natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2. Ishlab chiqilgan mobil ilovani jamoatchilikka yetkazish choralarini koʻrish.

2022-yil 1-avgust

38.

Respublika hududidagi seysmik maydonlar informativ xarakteristikalari asosida seysmik jarayonlarni kuzatish va prognozlash axborot tizimini ishlab chiqish.

1. Seysmik jarayonlarni kuzatish va prognozlash axborot tizim ishlab chiqish uchun ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.

2022-yil 15-iyul

Jamgʻarma mablagʻlari

Fanlar akademiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2. Texnik topshiriqlar, loyiha-smeta hujjatlari va ish rejasini ishlab chiqish.

2022-yil 15-dekabr

3. Respublika hududidagi seysmik maydonlar informativ xarakteristikalari asosida seysmik jarayonlarni kuzatish va prognozlash axborot tizimini ishlab chiqish.

2023-yil 1-dekabr

39.

Oʻzbekiston Respublikasi viloyat shaharlari markazlarining raqamlashtirilgan seysmik mikrohududlashtirish xaritalarini ishlab chiqish.

1. Andijon, Namangan, Fargʻona shaharlarining raqamlashtirilgan seysmik mikrohududlashtirish xaritalarini ishlab chiqish.

2. Toshkent, Guliston, Nurafshon, Jizzax shaharlarining raqamlashtirilgan seysmik mikrohududlashtirish xaritalarini ishlab chiqish.

3. Samarqand, Qarshi, Termiz, Buxoro shaharlarining raqamlashtirilgan seysmik mikrohududlashtirish xaritalarini ishlab chiqish.

4. Navoiy, Nukus, Urganch shaharlarining raqamlashtirilgan seysmik mikrohududlashtirish xaritalarini ishlab chiqish.

Reja-grafikka muvofiq

Jamgʻarma mablagʻlari

Fanlar akademiyasi, Seysmologiya instituti

40.

Bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uylarning zilzilabardoshligi boʻyicha elektron texnik pasportlarini shakllantirib, bino va inshootlar elektron texnik pasportlarining yagona integratsiyalashgan platformasiga kiritish.

1. Vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan oʻzlariga qarashli bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportini vizual tekshiruv asosida toʻliq shakllantirish.

2022-yil 25-iyul

-

Vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar

2. Bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uylarning zilzilabardoshlik boʻyicha elektron texnik pasportlarini yagona integratsiyalashgan platformaga kiritish.

2023-yil 1-mart

XIII. Seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasiga kosmik tadqiqotlarni keng joriy etish

41.

Oʻzbekiston Respublikasidagi seysmik jarayonlarni (faol, oʻrta faol va tinch hududlar) hamda maydonlarni oʻzida mujassamlashtirgan interaktiv onlayn xarita ishlab chiqish.

1. Respublikadagi eng seysmik faol, oʻrta faol va tinch hududlarni aniqlash.

2022-yil 25-iyul

Jamgʻarma mablagʻlari

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

2. Texnik topshiriqlar, loyiha-smeta hujjatlari va ish rejasini ishlab chiqish.

2022-yil 1-avgust

3. Respublikadagi eng seysmik faol, oʻrta faol va tinch hududlar hamda maydonlarni oʻzida mujassamlashtirgan interaktiv onlayn xaritani ishlab chiqish.

2022-yil 1-dekabrga qadar

42.

Seysmik faol zonalardagi bino va inshootlar joylashgan maydonlarning zilzilalar oqibatida deformatsiyasi, siljishi, choʻkishi kabi omillarni koʻrsatib beruvchi radiolokatsion kosmik monitoring tizimini ishlab chiqish.

1. Ijodiy jamoani tuzish. Tahliliy materiallarni oʻrganish.

2022-yil 1-iyul

Jamgʻarma mablagʻlari

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Texnik topshiriqlar, loyiha-smeta hujjatlari va ish rejasini ishlab chiqish.

2022-yil 25-iyul

3. Seysmik faol zonalarda joylashgan bino va inshootlar maydonining zilzilalar oqibatida deformatsiyasi, siljishi, choʻkishi kabi omillarni koʻrsatib beruvchi radiolokatsion kosmik monitoring tizimini joriy etish.

2023-yil 1-avgust

43.

Suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligini doimiy kosmik monitoring qilish tizimini joriy etish.

1. Ijodiy jamoani tuzish. Tahliliy materiallarni oʻrganish.

2023-yil 15-yanvar

Jamgʻarma mablagʻlari

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

2. Texnik topshiriqlar, loyiha-smeta hujjatlari va ish rejasini ishlab chiqish.

2023-yil 1-fevral

3. Suv omborlari toʻgʻonlarining seysmik mustahkamligi darajasini doimiy kosmik monitoring qilish tizimini joriy etish.

2023-yil 1-may

45.

Zilzila natijasida toʻgʻon oʻpirilishi oqibatida qutqaruv ishlarini tashkillashtirishda tegishli vazirlik va idoralarni zarur kosmik suratlar hamda ishlov berilgan maʼlumotlar bilan taʼminlash tizimini ishlab chiqish.

1. Ijodiy jamoani tuzish. Obyekt boʻyicha fond materiallarini oʻrganish.

2. Texnik topshiriqlar, loyiha-smeta hujjatlari va ish rejasini ishlab chiqish.

3. Vazirlik va idoralarni zarur kosmik suratlar hamda ishlov berilgan maʼlumotlar bilan taʼminlash tizimini yaratish.

2023-yil 1-aprelga qadar

Jamgʻarma mablagʻlari

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

XIV. Seysmologiya, bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi hamda seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasida zamonaviy oʻquv adabiyotlari tayyorlashni takomillashtirish

46.

Aktiv seysmik himoya qurilmalarini qoʻllash va yasash boʻyicha qisqa oʻquv kurslarini tashkil etish hamda aktiv seysmik himoya qurilmalarini qoʻllash va loyihalash boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish.

1. Aktiv seysmik himoya qurilmalarni qoʻllash va yasash boʻyicha chet el mutaxassislarini jalb qilgan holda qisqa oʻquv kurslarini tashkil etish.

2022-yil 20-sentabr

Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Fanlar akademiyasi, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Qurilish vazirligi

2. Sohadagi yetuk mutaxassis va olimlarni keng jalb qilgan holda ishchi guruhni shakllantirish.

2022-yil 20-noyabr

3. Uslubiy qoʻllanmani ishlab chiqish va qoʻllash uchun Qurilish vazirligiga topshirish.

2023-yil 20-avgust

47.

Seysmik faol hududlarda quriladigan koʻp qavatli binolarni hisoblash boʻyicha tavsiyanoma ishlab chiqish.

Ilmiy asoslangan amaliy tavsiyanomalarni ishlab chiqish, muhokama qilish va ularni Qurilish vazirligining Ilmiy texnik kengashiga topshirish.

2023-yil 15-mart

Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Fanlar akademiyasi, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Qurilish vazirligi

48.

Zamonaviy ilm-fan yutuqlarini inobatga olgan holda “Muhandislik seysmologiya asoslari”, “Umumiy seysmologiya” va “Instrumental seysmologiya” fanlaridan oʻzbek va rus tillarida darsliklar chop etish.

1. Xorijiy ilgʻor tajribani oʻrganish.

2022-yil 1-iyul

Seysmologiya institutining budjet va budjetdan tashqari mabl?gʻlari

Fanlar akademiyasi, Seysmologiya instituti, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

2. Zamonaviy ilm-fan yutuqlarini inobatga olgan holda “Muhandislik seysmologiya asoslari”, “Umumiy seysmologiya” va “Instrumental seysmologiya” fanlaridan oʻzbek va rus tillarida darsliklarni tayyorlash.

2022-yil 20-iyul

3. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidan guvohnoma olish va darsliklarni chop etish.

2022-yil 1-dekabr

49.

Zamonaviy asbob-uskunalar yordamida bino va inshootlardagi mavjud yashirin shikastlanishlar va yoriqlarni buzmasdan turib aniqlash usullarini ishlab chiqish.

1. Soha olimlari va mutaxassislarini jalb qilgan holda ishchi guruhini shakllantirish.

2022-yil 1-avgust

Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Fanlar akademiyasi, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti

2. Xorijiy tajribani oʻrgangan holda bino va inshootlardagi mavjud yashirin shikastlanishlarni buzmasdan turib aniqlash usullarini ishlab chiqish hamda ushbu usullar asosida uslubiy qoʻllanma chop etish.

2023-yil 1-dekabr

50.

“Bino va inshootlar zilzilabardoshligi” hamda “Gruntlar mexanikasi zamin va poydevorlar” fanlaridan zamonaviy darslik chop etish.

1. Xorijiy ilgʻor tajribani oʻrganish.

2022-yil 1-noyabr

Toshkent arxitektura qurilish institutining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Toshkent arxitektura qurilish instituti, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

2. “Bino va inshootlar zilzilabardoshligi” hamda “Gruntlar mexanikasi zamin va poydevorlar” fanlaridan zamonaviy darsliklarni tayyorlash.

2023-yil 15-aprel

3. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidan guvohnoma olish va darsliklarni chop etish.

2023-yil 1-iyun

51.

“Bino va inshootlarda aktiv seysmik himoya vositalarini qoʻllash” boʻyicha zamonaviy oʻquv qoʻllanma chop etish.

1. Xorijiy ilgʻor tajribani oʻrganish.

2022-yil 15-iyun

Namangan muhandislik-qurilish institutining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Namangan muhandislik-qurilish instituti

2. “Bino va inshootlarda aktiv seysmik himoya vositalarini qoʻllash” boʻyicha zamonaviy oʻquv qoʻllanmani tayyorlash va chop etish.

2023-yil 1-aprel

52.

“Gidrotexnika inshootlarining seysmik mustahkamligi” fanidan zamonaviy darslik chop etish.

1. Xorijiy ilgʻor tajribani oʻrganish.

2022-yil 1-iyul

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti

2. “Gidrotexnika inshootlarining seysmik mustahkamligi” fanidan zamonaviy darslikni tayyorlash.

2022-yil 1-sentabr

3. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidan guvohnoma olish va darslikni chop etish.

2023-yil 1-may

53.

“Koʻpriklar, tonnellar va yoʻloʻtkazgichlarning zilzilabardoshligi” fanidan oʻzbek va rus tillarida darslik chop etish.

1. Xorijiy tajribani oʻrganish.

2022-yil 15-avgust

Toshkent davlat transport universitetining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Transport vazirligi, Toshkent davlat transport universiteti

2. “Koʻpriklar, tonnellar va yoʻloʻtkazgichlarning zilzilabardoshligi” fanidan oʻzbek va rus tillarida darsliklarni tayyorlash.

2023-yil 15-fevral

3. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidan guvohnoma olish va darsliklarni chop etish.

2023-yil 15-may

54.

Respublikamiz va xorijda qoʻllanilayotgan seysmik mustahkamlikni oshiruvchi yangi qurilish materiallarining xususiyatlarini toʻliq ochib beruvchi zamonaviy oʻquv uslubiy qoʻllanma chop etish.

1. Xorijiy ilgʻor tajribani oʻrganish.

2022-yil 1-iyul

Toshkent arxitektura qurilish institutining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

“Oʻzsanoatqurilish-materiallari” uyushmasi, Toshkent arxitektura qurilish instituti

2. Seysmik mustahkamlikni oshiruvchi yangi qurilish materiallarining xususiyatlarini toʻliq ochib beruvchi oʻquv qoʻllanmani tayyorlash va chop etish.

2023-yil 1-may

55.

“Seysmologiya muammolari” hamda “Mexanika muammolari” Oʻzbekiston jurnallarining samaradorligini oshirish.

1. Tahririyat kengashini xorijiy olimlar bilan toʻldirgan holda qayta koʻrib chiqish.

2022-yil 15-iyul

Seysmologiya, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutlarining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Fanlar akademiyasi, Seysmologiya instituti, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti

2. Jurnal nizomi va maqolalarga qoʻyiladigan talablarni jahon andozalari darajasida ishlab chiqish.

2022-yil 15-avgust

3. “Seysmologiya muammolari” hamda “Mexanika muammolari” Oʻzbekiston jurnallarining alohida veb-saytini yaratish va doimiy faoliyatini tashkil etish.

2022-yil 15-dekabr

4. “Seysmologiya muammolari” hamda “Mexanika muammolari” Oʻzbekiston jurnallarini xalqaro umum eʼtirof etilgan jurnallar bazasiga kiritish.

doimiy

XV. Seysmologiya, bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi hamda seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi kadrlarning xorijda malakasini oshirish va qayta tayyorlash

56.

Aholini zilziladan himoya qilish va ularni harakat qilishga oʻrgatish, shuningdek, seysmoprognostik monitoring sohasidagi ilgʻor tajribani oʻrganish maqsadida xorijiy stajirovkalar tashkil etish.

1. Xorijiy ilgʻor tajribani oʻrganishga yuborish uchun soha xodimlari va Kengash aʼzolaridan iborat delegatsiyani shakllantirish va Jamgʻarma kengashiga taqdim etish.

2022-yil 1-avgust

Jamgʻarma mablagʻlari

Favqulodda vaziyatlar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xodimlarni ushbu soha rivojlangan davlatlarga stajirovka oʻtash uchun yuborish va ularning malakasini oshirish.

2022-2023-yillar

57.

Seysmologiya, bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi sohasidagi ilgʻor tajribani oʻrganish maqsadida xorijiy stajirovkalar tashkil etish.

1. Xorijiy ilgʻor tajribani oʻrganishga yuborish uchun soha xodimlari va Kengash aʼzolaridan iborat delegatsiyani shakllantirish va Jamgʻarma kengashiga taqdim etish.

2022-yil 1-avgust

Jamgʻarma mablagʻlari

Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xodimlarni ushbu soha rivojlangan davlatlarga stajirovka oʻtash uchun yuborish va ularning malakasini oshirish.

2022-2023-yillar

58.

Zilzilabardosh qurilish sohasida loyihalash, qurish va qurilish sifatini nazorat qilish usullarini oʻrganish maqsadida xorijiy stajirovkalar tashkil etish.

1. Xorijiy ilgʻor tajribani oʻrganishga yuborish uchun soha xodimlari va Kengash aʼzolaridan iborat delegatsiyani shakllantirish va Jamgʻarma kengashiga taqdim etish.

2022-yil 1-avgust

Jamgʻarma mablagʻlari

Qurilish vazirligi, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xodimlarni ushbu soha rivojlangan davlatlarga stajirovka oʻtash uchun yuborish va ularning malakasini oshirish.

2022-2023-yillar

59.

Seysmik xavfsizlik sohasida malakali kadrlarni tayyorlash sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish maqsadida stajirovkalar tashkil etish.

1. Xorijiy ilgʻor tajribani oʻrganishga yuborish uchun soha xodimlari va Kengash aʼzolaridan iborat delegatsiyani shakllantirish va Jamgʻarma kengashiga taqdim etish.

2022-yil 1-iyul

Jamgʻarma mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent arxitektura qurilish instituti, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, Namangan muhandislik-qurilish instituti, Fargʻona politexnika instituti

2. Xodimlarni ushbu soha rivojlangan davlatlarga stajirovka oʻtash uchun yuborish va ularning malakasini oshirish.

2022-2023-yillar

60.

Yuksak ilmiy natijalarga erishgan, shuningdek, fan rivojiga munosib hissa qoʻshgan olimlarni, shu jumladan yosh ilmiy xodimlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularni moddiy ragʻbatlantirish.

1. Seysmologiya, bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi hamda seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasida faoliyat olib borayotgan hamda yuksak natijalarga erishgan xodimlar roʻyxatini shakllantirish.

Har yili 1-avgustga qadar

Jamgʻarma mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi, Fanlar akademiyasi, Qurilish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Jamgʻarma kengashi tomonidan munosib deb topilgan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish.

doimiy

61.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xodimlarining oylik ish haqlarini oshirish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqish.

1. Soha xodimlarining ish haqlari toʻgʻrisida tahliliy maʼlumotlar tayyorlash.

2022-yil 15-iyul

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Moliya vazirligi

2. Tayyorlangan tahliliy maʼlumotlar asosida Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xodimlarining oylik ish haqlarini oshirish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2022-yil oxiriga qadar

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-177-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2025-y., 06/25/177/0880-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi PF-144-son Farmoniga

3-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5392-son Farmonining 4-bandi quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurilayotgan binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini taʼminlash boʻyicha zarur choralar koʻrish, seysmik xavfsizlikning taʼminlanishini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash hamda nazorat qilish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2789-son qarorining 1-bandi quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini rivojlantirish”.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PF-72-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2023-y., 06/23/72/0283-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4794-son qarorining 5-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasida ilmiy tadqiqotlarni va kuzatuvlarni olib borayotgan tashkilot xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻn beshinchi xatboshi tegishlicha oʻn oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2022-y., 06/22/144/0457-son; 19.05.2023-y., 06/23/72/0283-son; 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son; 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son; 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son; 30.09.2025-y., 06/25/177/0880-son)