25.05.2022 yildagi PQ-258-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini, jumladan kam taʼminlangan bolali oilalarni aniq yoʻnaltirilgan tarzda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning moddiy farovonlik darajasini oshirish, keksa avlod vakillari manfaatlarining himoya qilinishini taʼminlash, shuningdek, insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovat tadbirlarini izchil davom ettirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining quyidagi qatlamlariga bir martalik moddiy yordam koʻrsatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yoshga doir, nogironlik pensiyasi va nafaqasini oluvchilarga, bolalikdan nogironlik nafaqasini hamda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini va nafaqasini oluvchi har bir oila aʼzosiga hamda oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishlash nafaqasini oluvchilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — 300 ming soʻmdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida — 400 ming soʻmdan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan boshqa organlar orqali pensiya oluvchilarga tegishli vazirlik va idoralar tomonidan mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan shartlarda va miqdorlarda bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan sifatida moddiy yordam oluvchi oilalarga hamda kam taʼminlangan sifatida bolalar nafaqasini oluvchi oilalarning har bir 18 yoshga toʻlmagan bolasiga — 200 ming soʻmdan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir nechta toifa boʻyicha bir martalik moddiy yordam olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga bir martalik moddiy yordam har bir toifa boʻyicha toʻlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Markaziy bank va tijorat banklari mazkur qarorda belgilangan bir martalik moddiy yordam toʻlovlarining ikki hafta muddatda toʻliq toʻlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Moliya vazirligi bir hafta muddatda mazkur qaror bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Pensiya jamgʻarmasiga hamda tegishli vazirlik va idoralarga ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorga muvofiq koʻrsatilayotgan bir martalik moddiy yordamning maqsadli va manzilli yetkazilishini taʼminlash yuzasidan quyidagilar masʼul etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasi — bir martalik moddiy yordam uchun shakllantirilgan toʻlov qaydnomalari bir kunda Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki va boshqa tijorat banklariga yetkazilishini taʼminlash boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki, boshqa pensiya va nafaqa tarqatuvchi tijorat banklari, Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan pensiya tayinlovchi vazirlik va idoralar — tegishliligi boʻyicha bir martalik moddiy yordam pullari egalariga oʻz vaqtida manzilli yetkazilishini tashkil etish boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — bir martalik moddiy yordamning oʻz vaqtida manzilli tarqatilishini taʼminlash hamda nazorat qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni tashkil etish boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi — zarur mablagʻlarning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hamda pensiya tayinlovchi tegishli vazirlik va idoralarga toʻliq va oʻz vaqtida ajratilishi boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, uyida vaqtincha boʻlmaganligi yoki boshqa sabablarga koʻra bir martalik moddiy yordam pullarini oʻz vaqtida ololmagan fuqarolar toʻlanmagan moddiy yordam pullarini 2022-yil 1-sentabrga qadar olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari, sektor rahbarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Temir daftar”ga kiritilgan hamda mazkur qarorga asosan bir martalik moddiy yordam pullarini olmagan ehtiyojmand oilalar roʻyxatini shakllantirsin hamda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ushbu oilalarning har bir aʼzosiga 20 kilogrammdan bepul un tarqatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ijtimoiy ahvoli ogʻir boʻlgan oilalarga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi va boshqa manbalar hisobidan bepul un tarqatishni yoki naqd pul koʻrinishida moddiy yordam koʻrsatib borishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, 2022-yil davomida mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari hokim yordamchilari bilan birgalikda har bir mahalla fuqarolar yigʻinlarida ehtiyojmand oilalarning ahvolini muntazam ravishda oʻrganib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlarning mahalliy budjetlari orqali hududiy “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalariga ilovaga muvofiq mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda ushbu qaror maqsadi va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmogʻida keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 25-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-258-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-maydagi PQ-258-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hisobidan mahalliy budjetlar orqali hududiy “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalariga ajratiladigan mablagʻlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Ajratiladigan mablagʻ

(mlrd soʻmda)

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

3,0

2.

Andijon viloyati

3,0

3.

Buxoro viloyati

3,0

4.

Jizzax viloyati

3,0

5.

Qashqadaryo viloyati

5,0

6.

Navoiy viloyati

2,0

7.

Namangan viloyati

3,0

8.

Samarqand viloyati

4,0

9.

Sirdaryo viloyati

3,0

10.

Surxondaryo viloyati

4,0

11.

Toshkent viloyati

3,0

12.

Fargʻona viloyati

4,0

13.

Xorazm viloyati

3,0

Jami

43,0

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2022-y., 07/22/258/0452-son)