18.05.2022 yildagi PQ-246-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.08.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashda ilmiy salohiyat hamda amaliy faoliyat uygʻunligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini jadal amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi koʻrsatkichlarini yaxshilashga yoʻnaltirilgan islohotlarni amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga mamlakat ilmiy salohiyatini keng jalb etish va loyihaviy boshqaruvning xalqaro standartlaridan foydalanish, davlat xizmatchilarining sohadagi bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi oʻrnini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4210-son qarori bilan respublikadagi tadqiqot institutlariga (keyingi oʻrinlarda — xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlar) alohida xalqaro reytinglar biriktirilganligi va ularning roʻyxati tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2022-yil 1-iyundan boshlab xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini (keyingi oʻrinlarda — Taraqqiyot strategiyasi) amalga oshirishga oid davlat dasturlariga oʻzlariga biriktirilgan ustuvor xalqaro reyting va indekslardan kelib chiqib takliflar ishlab chiqilishi hamda tegishli vazirlik va idoralarga kiritib borilishi uchun quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustuvor xalqaro reyting agentliklarining yillik hisobotlari eʼlon qilinishi bilan, tegishli xalqaro reyting bilan ishlash uchun masʼul boʻlgan xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlar 20 kun muddat ichida past koʻrsatkichli indikatorlar uchun masʼul davlat organlariga axborot-tahliliy maʼlumotnoma kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
past koʻrsatkichli indikatorlar uchun masʼul davlat organlari Innovatsion rivojlanish vazirligiga past koʻrsatkichli indikatorlar boʻyicha soha va tarmoqlardagi mavjud tizimli xatoliklarni bartaraf etish loyihalarini ishlab chiqish uchun ilmiy grantlarga buyurtma beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion rivojlanish vazirligi tanlov asosida ilmiy grantlar ajratadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari loyihaviy boshqaruvning PMI PMBOK — “Loyihalarni boshqarish boʻyicha bilimlar jamlanmasi” xalqaro standarti (keyingi oʻrinlarda — PMI PMBOK xalqaro standarti) asosida past koʻrsatkichli indikatorlar boʻyicha soha va tarmoqlardagi mavjud tizimli xatoliklarni bartaraf etish loyihalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashining (keyingi oʻrinlarda — Respublika kengashi) ishchi organlari (Moliya va Adliya vazirliklari) past koʻrsatkichli indikatorlarga masʼul davlat organlari boʻyicha soha va tarmoqlardagi mavjud tizimli xatoliklarni bartaraf etish loyihalarini Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan har yillik davlat dasturlariga kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
past koʻrsatkichli indikatorlarga masʼul davlat organlari davlat dasturiga kiritilgan loyihalarni amalga oshiradi hamda Respublika kengashiga loyihani amalga oshirish natijalari boʻyicha axborot berib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ustuvor xalqaro reyting va indekslarning tarkibiy indikatorlari doirasida muntazam past baholanib kelinayotgan soha va tarmoqlarni jadal rivojlantirish boʻyicha oʻrta va uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqish rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlar tomonidan PMI PMBOK xalqaro standarti asosida ishlab chiqilgan takliflar Oʻzbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslar, ularning tarkibiy indikatori va subindikatorlaridagi oʻrnini yaxshilashga qaratilgan strategiya, konsepsiya va dasturlar loyihalarini ishlab chiqishda masʼul davlat organlari tomonidan birinchi navbatda inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari Ustuvor xalqaro reyting va indekslarning tarkibiy indikatorlari doirasida muntazam past baholanib kelinayotgan soha va tarmoqlarni jadal rivojlantirish boʻyicha oʻrta va uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqish rejasida nazarda tutilgan vazifalarning amalga oshirilishi uchun shaxsan masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ustuvor xalqaro reyting va indekslarning tarkibiy indikatorlari doirasida muntazam past baholanib kelinayotgan soha va tarmoqlarni jadal rivojlantirish boʻyicha oʻrta va uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqishda quyidagilar nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muntazam past baholanib kelinayotgan soha va tarmoqlardagi mavjud tizimli xatoliklarni aniqlash va xatlovdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro reytinglarda mazkur indikatorlar boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan hamda katta surʼatlar bilan oʻsishga erishayotgan mamlakatlarda amalga oshirilgan islohotlarni oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tajriba asosida past koʻrsatkichli indikatorlar boʻyicha tegishli soha va tarmoqlar koʻrsatkichlarini keskin oshirishni kafolatlovchi strategiyalar hamda strategiyalarning tarkibiy dastur va loyihalarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqilgan loyiha va dasturlarni yillik davlat dasturlariga kiritish hamda loyihalarni boshqarishni PMI PMBOK xalqaro standarti asosida amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2022-yil 1-sentabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) davlat organlarining boshqaruv kadrlari uchun ustuvor xalqaro reyting va indekslar boʻyicha qisqa muddatli malaka oshirish kurslari (keyingi oʻrinlarda — malaka oshirish kurslari) joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi har yili 1-yanvarga qadar ustuvor xalqaro reyting va indekslarning tarkibiy indikatorlari doirasida baholanadigan sohalar boʻyicha malaka oshirish kurslarida ishtirok etadigan davlat xizmatchilari kontingentini Akademiyaga taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kurslarining oʻquv reja-dasturi Akademiya tomonidan ishlab chiqiladi va Respublika kengashining ishchi organlari bilan kelishiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kurslarining oʻquv-uslubiy materiallari Akademiya tomonidan xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kurslariga jalb etilgan Akademiya professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlari ilgʻor xorijiy tajriba bilan tanishish va ilmiy salohiyatini yanada oshirish uchun nufuzli xorijiy universitetlar, ilmiy markazlar hamda xalqaro tashkilotlarga malaka oshirish kurslari va stajirovkaga yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari xodimlari uchun oʻquv-uslubiy materiallarni tayyorlash, malaka oshirish kurslarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlarining hududiy tuzilmalari boshqaruv xodimlari uchun malaka oshirish kurslari masofaviy tarzda tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik jamiyatlari va boshqa tashkilotlar boshqaruv kadrlarining ustuvor xalqaro reyting va indekslar boʻyicha malakasini oshirish xarajatlari shartnoma asosida buyurtmachilar mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashga masʼul davlat xizmatchilariga Akademiyada quyidagi bilim va koʻnikmalar oʻrgatilishiga alohida eʼtibor qaratilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari faoliyatini global miqyosda baholab boruvchi tegishli ustuvor xalqaro reyting agentliklari va ularning faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyting agentliklarining baholash metodikalari, mezon, indikator va subindikatorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyting agentliklarining yillik hisobotlarida mamlakatimiz soha va tarmoqlarining muntazam past baholanayotgan subindikatorlari va ularning sabablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
past koʻrsatkichli mezonlar boʻyicha global reytingda peshqadam mamlakatlar hamda mazkur mezonlar boʻyicha oʻz koʻrsatkichlarini tez surʼatlar bilan yaxshilab borayotgan mamlakatlarning tajribasi va amalga oshirayotgan islohotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
past koʻrsatkichli subindikatorlar boʻyicha mamlakat soha-tarmoqlaridagi tizimli xatoliklarni bartaraf etish loyihalarini ishlab chiqish amaliyoti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Respublika kengashi ishchi organlari (T. Ishmetov, R. Davletov) malaka oshirish kurslarini sifatli tashkil etish va oʻtkazish maqsadida Akademiyaga quyidagilar yuzasidan koʻmaklashib borsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustuvor xalqaro reyting va indekslarning tarkibiy indikatorlari va subindikatorlari boʻyicha soha va tarmoqlar kesimida ishlab chiqilgan loyihalar hamda ularning amalga oshirilishi borasidagi maʼlumotlarni har chorakda taqdim etib borish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustuvor xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning oʻrnini yaxshilash boʻyicha davlat organlarining malakali hamda tajribali mutaxassislarini va xorijiy ekspertlarni tashkil etiladigan malaka oshirish kurslariga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyada nufuzli xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ustuvor xalqaro reyting va indekslarni amaliyotga samarali joriy etishga qaratilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslar, ularning past koʻrsatkichli indikator va subindikatorlaridagi oʻrnini yaxshilash boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tartib joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlar — har yili 1-yanvarga qadar past koʻrsatkichli indikator va subindikatorlar boʻyicha soha, tarmoq hamda hududlardagi tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish boʻyicha yillik rejalarni ishlab chiqib Respublika kengashining ishchi organlariga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika kengashining ishchi organlari — xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlar tomonidan past koʻrsatkichli indikatorlar boʻyicha amalga oshiriladigan tadqiqotlarning yillik rejalari Respublika kengashining navbatdagi yigʻilishida atroflicha koʻrib chiqilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika kengashi — oʻzining navbatdagi yigʻilishida xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlarning yillik rejalarini koʻrib chiqadi, shu jumladan qoʻshma ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazishni nazarda tutgan holda tasdiqlaydi yoki qayta ishlash uchun qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov):
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 1-martga qadar xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlarning Respublika kengashi tomonidan tasdiqlangan yillik rejalari hamda xalqaro reyting va indekslar boʻyicha mustaqil izlanuvchilarning qoʻshimcha talabi asosida ilmiy loyihalarning mavzulari portfelini shakllantirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan fundamental, amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalarga ajratilgan mablagʻlar haqida har chorakda Respublika kengashiga maʼlumot kiritib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturlarni ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy tadqiqot loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va natijalarini qabul qilib olish boʻyicha tegishli ilmiy-texnik kengash tarkibiga Respublika kengashi ishchi organlarining hamda masʼul davlat organlarining xodimlari tarkibidan vakillarni jalb etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyada malaka oshirish kurslariga jalb etiladigan ilmiy-pedagogik kadrlar salohiyatini yanada oshirishga koʻmaklashish maqsadida davlat siyosati va boshqaruvi sohasiga oid ustuvor xalqaro reyting va indekslarni tadqiq etishga qaratilgan ilmiy grantlarni ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov hamda adliya vaziri R.Q. Davletov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini nazorat qilish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 18-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-246-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-maydagi PQ-246-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustuvor xalqaro reyting va indekslarning tarkibiy indikatorlari doirasida muntazam past baholanib kelinayotgan soha va tarmoqlarni jadal rivojlantirish boʻyicha oʻrta va uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Strategiyaning nomlanishi va mazmuni

Ijro muddati

Masʼul ilmiy va oliy taʼlim muassasalari

Masʼul vazirlik va idora

I. Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi xalqaro reyting va indekslarning tarkibiy indikator va subindikatorlari

1.

Iqtisodiy erkinlik indeksida respublikamiz oʻrnini yaxshilash strategiyasi.

Hujjat quyidagi dasturlarni qamrab oladi:

biznes erkinligini taʼminlash darajasini oshirish;

mehnat bozori erkinligini yanada takomillashtirish;

monetar erkinlikni oshirish mexanizmlarini mustahkamlash;

investitsiyalar erkinligini taʼminlash mexanizmlarini kuchaytirish;

moliyaviy erkinlik kafolatlarini taʼminlash.

2022-yil avgust

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti

(U. Abidxadjayev)

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov)

2.

Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksida respublikamiz koʻrsatkichlarini yaxshilash strategiyasi.

Hujjat quyidagi dasturlarni qamrab oladi:

respublikamizning jahon ishlab chiqarish eksportidagi ulushini oshirish;

respublikamizning jahon ishlab chiqarishidagi qoʻshilgan qiymat ulushini oshirish;

sanoatlashtirish darajasini oshirish;

oʻrta va yuqori texnologiyali ishlab chiqarishning umumiy ishlab chiqarish qoʻshilgan qiymatidagi ulushini oshirish;

oʻrta va yuqori texnologiyali ishlab chiqarishning ishlab chiqarish eksportidagi ulushini oshirish;

ishlab chiqarish qoʻshilgan qiymatining YAIMdagi ulushini oshirish;

sanoat eksporti sifatini oshirish;

ishlab chiqarish eksportining yalpi eksportdagi ulushini oshirish.

2022-yil avgust

Tarmoq bozorlari va ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi tadqiqotlari markazi

(U. Yarbekov)

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(L. Qudratov)

3.

Logistika samaradorligi indeksida yuqori koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha strategiya.

Hujjat quyidagi dasturlarni qamrab oladi:

bojxona tartibotlarini yanada takomillashtirish;

yoʻl (avtomobil, temir yoʻl) infratuzilmasini rivojlantirish;

xalqaro joʻnatmalar xizmatidagi son va sifat koʻrsatkichlarini oshirish;

logistika xizmatlarining sifatini oshirish;

yuklarni kuzatib borish va oʻz vaqtida yetkazib berish imkoniyatini yaxshilash.

2022-yil iyul

Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini oʻrganish markazi

(B. Xolmetov)

Transport vazirligi

(I. Mahkamov)

4.

Global innovatsiyalar indeksida respublikamiz oʻrnini yanada yuksaltirish strategiyasi.

Hujjat quyidagi dasturlarni qamrab oladi:

biznesda ishdan boʻshatish xarajatlarini kamaytirish;

umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini davlat tomonidan moliyalashtirishni (aholi jon boshiga YAIMdagi ulushi) oshirish;

oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan savodxonlik boʻyicha PISA tomonidan baholanish natijalarini yaxshilash;

oliy taʼlim muassasalarida xorijiy talabalar sonini koʻpaytirish;

tadqiqotlar va ishlanmalar uchun yalpi xarajatlarni oshirish;

QS jahon universitetlar reytingiga mahalliy oliy taʼlim muassasalarini oʻrta muddatda kiritish;

bozor kapitallashuvi (YAIMga nisbatan foizda)ni oshirish;

venchur kapital boʻyicha bitimlar sonini (YAIMning har bir milliard AQSH dollariga nisbatan) oshirish;

biznes-korxonalar tomonidan tadqiqotlar va ishlab chiqishlarga yalpi xarajatlarni oshirish;

ilmiy darajaga ega ayollarning bandligini (foizda) oshirish;

xorijiy davlatlar tomonidan moliyalashtiriladigan tadqiqot va ishlanmalarning yalpi xarajatlarini oshirish;

intellektual mulk toʻlovlarini (savdoning umumiy hajmiga nisbatan foizda) oshirish;

Patent kooperatsiyasi toʻgʻrisidagi shartnoma asosidagi patentlar sonini oshirish;

ilmiy-texnika mavzusidagi nashrlarni koʻpaytirish;

kompyuter uchun dasturiy taʼminotga sarflangan xarajatlarni (YAIMga nisbatan foizda) oshirish;

intellektual mulkdan keladigan tushumlarni oshirish;

yuqori texnologiyali eksportni (savdoning umumiy hajmiga nisbatan foizda) oshirish;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari eksportini (savdoning umumiy hajmiga nisbatan foizda) oshirish;

toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarning sof chiqib ketishini (YAIMga nisbatan foizda) oshirish;

koʻngilochar va media bozorini (15 — 69 yoshdagi aholi uchun) rivojlantirish;

yuqori darajadagi umumiy domenlar (gTLD) sonini oshirish;

Vikipediya tahrirlari (15 — 69 yoshdagi aholi oʻrtasida) sonini oshirish.

2022-yil noyabr

Innovatsion ishlanmalarni tatbiq etishning ilmiy-amaliy markazi

(O. Toʻychiyev)

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov)

5.

Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va Inson kamoloti indeksida mamlakatimiz oʻrnini yaxshilash strategiyasi.

Hujjat quyidagi dasturlarni qamrab oladi:

oziq-ovqat xavfsizligi hamda ovqatlanishning son va sifat koʻrsatkichlarini oshirish;

sogʻlik va farovonlikni taʼminlash mexanizmlarini kuchaytirish;

gender tenglikni taʼminlash koʻlamini kengaytirish;

ichimlik suv taʼminoti va sanitariya madaniyatini oshirish;

barqaror va ishonchli energiya taʼminoti manbalarini kengaytirish;

munosib mehnat va iqtisodiy oʻsish koʻrsatkichlarini taʼminlash;

sanoatlashtirish, innovatsiyalar va infratuzilmani rivojlantirish;

tengsizlikni qisqartirish;

quruqlikdagi ekotizimlarini asrash;

barqaror taraqqiyot yoʻlidagi hamkorlikni kengaytirish.

2022-yil dekabr

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti

(U. Abidxadjayev)

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov)

6.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash tizimida respublikamiz oʻrnini yaxshilash boʻyicha strategiya.

Strategiyada qarz oluvchilar va tashqi savdo ishtirokchilarining kredit tarixi, xususiy sektor tashqi qarzlarini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish dasturi nazarda tutiladi.

2022-yil avgust

Budjet-soliq tadqiqotlari instituti

(J. Negmatov)

Moliya vazirligi

(O. Isakov),

Markaziy bank

(B. Zaxidov)

7.

Elektron hukumatni rivojlantirish reytingida mamlakatimiz oʻrnini yuksaltirish strategiyasi.

Hujjat quyidagi dasturlarni qamrab oladi:

onlayn xizmatlar soni, koʻlami va sifatini keskin oshirish;

telekommunikatsiyalar, Internet infratuzilmasini rivojlantirish;

jahon axborot tarmogʻidan, xususan onlayn xizmatlardan foydalanuvchilar sonini va ularning malakasini oshirib borish mexanizmlarini joriy etish.

2022-yil dekabr

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

(B. Maxkamov),

Toshkent shahridagi Inxa universiteti

(M. Djalalov)

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov)

8.

Statistik salohiyatni oshirish strategiyasi.

Hujjat quyidagi dasturlarni qamrab oladi:

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi maʼlumotlarini tarqatishning maxsus standartlarini joriy etish;

davlat moliyasini hisobga olish tizimini takomillashtirish;

import va eksport narxlari indeksi yuritilishini maqbullashtirish;

aholini roʻyxatga olish davriyligi oshirish;

qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish davriyligini oshirish;

qashshoqlikni oʻrganish bilan bogʻliq soʻrovnomalar davriyligini oshirish;

salomatlikni oʻrganish bilan bogʻliq soʻrovnomalar davriyligini oshirish;

indikatorlar boʻyicha maʼlumotlar bazalarini yaratish va takomillashtirish.

2022-yil iyul

Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti

(B. Gʻayibnazarov)

Davlat statistika qoʻmitasi

(B. Begalov)

9.

Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni tartibga solish cheklovlari indeksi boʻyicha mamlakat koʻrsatkichlarini yaxshilash strategiyasi.

Strategiyada biznes xizmatlari koʻlami, son va sifat koʻrsatkichlarini oshirish dasturi nazarda tutiladi.

2022-yil iyul

-

Investitsiyalar

va tashqi savdo vazirligi

(L. Qudratov)

II. Siyosiy-huquqiy sohadagi xalqaro reyting va indekslarning tarkibiy indikator va subindikatorlari

10.

Davlat boshqaruvini yanada demokratlashtirish konsepsiyasi.

Hujjatda quyidagi ustuvor yoʻnalishlar nazarda tutiladi:

Parlamentning ijro etuvchi hokimiyat ustidan nazoratini kuchaytirish;

davlat sektorining shaffofligini taʼminlash;

fuqarolarning siyosiy jarayonlardagi ishtirokini oshirish;

koʻppartiyaviylik tizimini mustahkamlash.

2022-yil dekabr

Qonunchilik muammolari

va parlament tadqiqotlari instituti

(F. Otaxonov)

Oliy Majlis palatalari

(kelishuvga koʻra)

11.

Sud tizimi mustaqilligini mustahkamlash strategiyasi.

Hujjatda quyidagi ustuvor yoʻnalishlar nazarda tutiladi:

sudyalik kasbiga malakali kadrlarni tayyorlash va tayinlash tizimini takomillashtirish;

sud hokimiyati tizimida korrupsiya holatlarini keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish;

odil sudlovni amalga oshirishda bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalarni joriy etish;

sud hokimiyati mustaqilligini kafolatlovchi moliyaviy, moddiy-texnikaviy va huquqiy asoslarni mustahkamlash;

sudyalarning daxlsizligini taʼminlash mexanizmining samaradorligini oshirish;

birinchi va yuqori instansiya sudlarida sudyalarning yetishmasligi muammosini hal etish, barcha darajadagi sudlarda sudyalarga ortiqcha yuklama qoʻyilishining oldini olish;

nizolarni muqobil (suddan tashqari) va sudgacha hal qilishning samarali mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish.

2022-yil avgust

Sudyalar oliy maktabi

(H. Isoqov),

Huquqiy siyosat tadqiqot instituti

(E. Maxkamov)

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

12.

Ommaviy kommunikatsiya mexanizmlarini rivojlantirish strategiyasi.

Hujjatda quyidagi ustuvor yoʻnalishlar nazarda tutiladi:

ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish va samarali qoʻllash;

ommaviy axborot vositalari faoliyatining shaffofligi, ishonchliligi va mustaqilligini kuchaytirish;

elektron va bosma ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi organlar faoliyati samaradorligi va hisobdorligini oshirish;

ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar xavfsizligi va daxlsizligini taʼminlash;

huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, davlat xizmatchilarida ommaviy axborot vositalari bilan ishlash madaniyatini rivojlantirish, ularning kommunikativ savodxonligini oshirish;

fuqarolik jurnalistikasini rivojlantirish, uni jamiyatdagi dolzarb muammolarni muhokama qilishning samarali platformalaridan biriga aylantirish.

2022-yil sentabr

Oʻzbekiston jurnalistika

va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

(Sh. Qudratxoʻja)

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(A. Xodjayev)

13.

Raqobatni rivojlantirish konsepsiyasi.

Hujjatda quyidagi ustuvor yoʻnalishlar nazarda tutiladi:

raqobatni rivojlantirishga doir davlat siyosatining maqsadlari, vazifalari va asosiy tamoyillarining amalga oshirilishini taʼminlash;

davlat miqyosida va mahalliy darajada raqobatni rivojlantirishning samarali mexanizmlarini yaratish, shu jumladan iqtisodiyotda davlat ishtiroki ulushini kamaytirish;

raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi tartibga solishni takomillashtirish;

tabiiy monopoliyalar faoliyatini huquqiy tartibga solish, tariflarni tartibga solishning samarali mexanizmlarini qayta koʻrib chiqish;

davlat ehtiyojlari uchun xaridlarni amalga oshirish va davlat mulki obyektlarini kimoshdi savdosida sotishda samarali raqobat uchun sharoit yaratish;

individual soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etish amaliyotini cheklash, imtiyoz va preferensiyalar berish tizimini takomillashtirish, ularning iqtisodiy maqsadga muvofiqligi va samaradorligini baholash.

2022-yil dekabr

Huquqiy siyosat tadqiqot instituti

(E. Maxkamov)

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

(Sh. Sharaxmetov)

14.

Davlat organlari faoliyatining shaffofligi va samaradorligini oshirish strategiyasi.

Hujjatda quyidagi ustuvor yoʻnalishlar nazarda tutiladi:

Davlat budjeti mablagʻlaridan foydalanish ustidan jamoatchilik nazoratini oshirish (elektron budjet);

davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslarning jamoatchilik va fuqarolar bilan muloqot oʻrnatishida axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, ularda fuqarolar oldida hisobdorlik hissi va masʼuliyatini oshirish;

moliyaviy shaffoflik — davlat kimoshdi savdolari (davlat koʻchmas mulkini sotish, ijaraga berish), shaharsozlik va yerdan foydalanishga oid hujjatlar, davlat buyurtmalari va xaridlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan ochiq va tezkor foydalanishni taʼminlash;

mahalliy hokimiyat va Hukumat rejalari va qarorlarini qabul qilish va amalga oshirish jarayonida shaffoflikni taʼminlashga fuqarolar va jamoat birlashmalarini jalb qilish;

manfaatlar toʻqnashuvini oshkor qilish va oldini olish;

davlat xizmatchilari, ularning oila aʼzolarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish;

chop etiladigan Davlat budjeti haqidagi maʼlumotlar, iqtisodiy va moliyaviy statistik maʼlumotlar, davlat unitar korxonalari hisobotlari aniqligini va ulardan keng foydalanishni taʼminlash.

2022-yil oktabr

Huquqiy siyosat tadqiqot instituti

(E. Maxkamov)

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyalari loyihalari xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilib, masʼul vazirlik va idoralarga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va idoralar mazkur loyihalarni hamda ularni amalga oshirish boʻyicha uch yillik dasturni tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqadi hamda Respublika kengashining ishchi organlari bilan kelishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika kengashining ishchi organlari bilan kelishilgan loyiha Respublika kengashining yigʻilishida koʻrib chiqiladi. Respublika kengashi tomonidan maʼqullangan loyiha Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan tartibda Hukumatga kiritiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PF-194-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 07/22/246/0437-son, 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 20.06.2024-y., 06/24/91/0429-son)