Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
2022-yil aprel oyining ikkinchi yarmida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi hamda Qonunchilik palatasi majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar toʻgʻrisida
1. 2022-yil aprel oyining ikkinchi yarmida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. 2022-yil aprel oyining ikkinchi yarmida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1- va 2-ilovalar berilmaydi.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 11-aprel,
2012-IV-son