11.05.2022 yildagi 251-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Xususiy sektorda oʻsimliklar himoyasi sohasida xizmat koʻrsatadigan yuridik shaxslar xodimlarining va jismoniy shaxslarning malakasini oshirish hamda ularga sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 15-iyuldagi PF-6262-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, oʻsimliklar himoyasi sohasida xizmat koʻrsatadigan yuridik shaxslar xodimlarining va jismoniy shaxslarning malakasini oshirish hamda ularga sertifikat berish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 15-iyuldagi PF-6262-son Farmoniga muvofiq oʻsimliklar himoyasi sohasida xizmat koʻrsatadigan yuridik shaxslar xodimlariga va jismoniy shaxslarga sertifikat berish joriy etilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2022-yil 1-iyundan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimlik va oʻsimlik mahsulotlarini yetishtiruvchi klasterlar, fermer va dehqon xoʻjaliklari, oʻsimliklar klinikalari, biolaboratoriyalar, mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari importi, ulgurji va chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarining oʻsimliklar himoyasi sohasi mutaxassislari malakasini oshirish hamda ularga sertifikat berish faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kurslari shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida hamda uning filiallarida belgilangan oʻquv dasturiga muvofiq tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kurslarining davomiyligi 72 soat boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish natijalari boʻyicha elektron shaklda sertifikat rasmiylashtiriladi va mutaxassisga uch yil muddatga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan Oʻsimliklar himoyasi mutaxassisligi boʻyicha sertifikat berilgan mutaxassislarning davlat reyestri yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Xususiy sektorda oʻsimliklar himoyasi sohasida xizmat koʻrsatadigan yuridik shaxslar xodimlarining va jismoniy shaxslarning malakasini oshirish hamda ularga sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sektorda oʻsimliklar himoyasi sohasida xizmat koʻrsatadigan yuridik shaxslar xodimlarining va jismoniy shaxslarning malakasini oshirish kurslarini tashkil qilish hamda ularga sertifikat berish maqsadi va vazifalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish tizimini boshqarish masalalari, shu jumladan malaka oshirish hamda sertifikat berish faoliyatini amalga oshirishda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti vazifalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish muddati hamda kurslarda oʻqishga hujjat topshirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kurslarida taʼlim jarayoni mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan asosiy talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kurslari tinglovchilarining huquq va majburiyatlari, ularni oʻqishdan chetlatish asoslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqitish yakunida malaka imtihonini oʻtkazish va uning natijalariga koʻra tinglovchilarga sertifikat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsimliklar himoyasi mutaxassisligi boʻyicha sertifikat berilgan mutaxassislarning davlat reyestrini yuritish qoidalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda uning filiallarida malaka oshirish va sertifikat berish faoliyatini tashkil qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kurslari tinglovchilariga elektron shaklda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan sertifikat berish tizimining yoʻlga qoʻyilishini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsimliklar himoyasi mutaxassisligi boʻyicha sertifikat berilgan mutaxassislarning davlat reyestri yuritilishi va uning doimiy yangilab borilishini tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 11-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
251-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-maydagi 251-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy sektorda oʻsimliklar himoyasi sohasida xizmat koʻrsatadigan yuridik shaxslar xodimlarining va jismoniy shaxslarning malakasini oshirish hamda ularga sertifikat berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom oʻsimlik va oʻsimlik mahsulotlarini yetishtiruvchi klasterlar, fermer va dehqon xoʻjaliklari, oʻsimliklar klinikalari, biolaboratoriyalar, mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari importi, ulgurji va chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarining oʻsimliklar himoyasi sohasi mutaxassislari malakasini oshirish hamda ularga sertifikat berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi — oʻsimliklar himoyasi sohasida xodimlarining malaka oshirish va sertifikat olish yuzasidan buyurtma qilgan xususiy sektorda oʻsimliklar himoyasi sohasida xizmat koʻrsatadigan yuridik va jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtihon komissiyasi — malaka oshirish tashkiloti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimidagi va oʻsimliklar himoyasi sohasida faoliyat yurituvchi boshqa ilmiy tashkilotlar vakillaridan shakllantiriladigan hamda Agentlik rahbariyati tomonidan tasdiqlanadigan tarkib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihoni — malaka oshirish kursi davomida berilgan bilim va koʻnikmalarning tinglovchi tomonidan oʻzlashtirilganligini tekshirish maqsadida imtihon komissiyasi tomonidan oʻtkaziladigan imtihon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish — tegishli oʻquv dasturlari talablaridan kelib chiqqan holda, oʻsimliklar himoyasi faoliyatiga oid bilim talab etiladigan mutaxassislarning malaka va koʻnikmalarini yangilash orqali ularning kasbiy mahorati oshirilishini taʼminlashga qaratilgan oʻqitish shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish tashkiloti — Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — ilmiy-tadqiqot instituti) va uning filiallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikat — tinglovchining malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchi — xususiy sektorda oʻsimliklar himoyasi sohasida xizmat koʻrsatadigan yuridik yoki jismoniy shaxsning shartnoma asosida malaka oshirish kursiga qabul qilingan hamda oʻsimliklar himoyasi sohasida oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlgan xodimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tinglovchilarning malakasini oshirish va ularga sertifikat berish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Malaka oshirish kurslarining davomiyligi 72 soat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Malaka oshirishning maqsadi va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Buyurtmachi xodimlarining oʻsimliklar himoyasi sohasidagi xalqaro tajribani oʻzlashtirishini, zarur kasbiy bilim va koʻnikmalarni yangilashini, malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq ularning kasbiy layoqati va mahoratining doimiy rivojlanishini taʼminlash malaka oshirishning maqsadi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar malaka oshirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiy layoqat va mahoratni yanada oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchining mustaqil fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirish, shuningdek, ularning bilimlarini yanada takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot texnologiyalari, Internet jahon axborot tarmogʻi imkoniyatlaridan ishda foydalanishning amaliy koʻnikmalarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchilarga zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlarning keng rivojlanishi hamda tarqalishining oldini olish, oʻsimliklarni himoya qilish vositalaridan foydalanish, odamlar va jonivorlarning xavfsizligini taʼminlashda qoʻllanadigan texnologiyalar xususiyatlarini oʻrgatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchilarga oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari boʻyicha nazariy bilimlar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Malaka oshirish tizimini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish tizimiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish tashkiloti tomonidan Agentlik tizimida va boshqa oʻsimliklar himoyasi sohasida faoliyat yurituvchi ilmiy tashkilotlar vakillaridan shakllantirilgan imtihon komissiyasi tarkibini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish tashkiloti tomonidan malaka oshirish kurslarida taʼlimni tashkil etish uchun qilinadigan haqiqiy xarajatlardan kelib chiqib tayyorlangan oʻqish uchun toʻlov summasini kelishib beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kurslarining toʻliq hamda sifatli oʻtkazilishi yuzasidan doimiy monitoring va nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Malaka oshirish tashkiloti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachilar buyurtmalarini qabul qiladi, malaka oshirishga qabul qilingan tinglovchilar roʻyxatini shakllantiradi hamda roʻyxatga muvofiq malaka oshirish kurslari jadvalini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kurslarida taʼlimni tashkil etish uchun qilinadigan haqiqiy xarajatlardan kelib chiqib tayyorlangan va Agentlik bilan kelishilgan oʻqish uchun toʻlovlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachilar bilan ularning xodimlarining malakasini oshirish kurslarini oʻtkazish boʻyicha shartnomalar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan shartnomalar asosida xodimlarni tinglovchilikka qabul qiladi, qoida tariqasida, 20 — 25 nafar tinglovchilardan iborat tarkibda guruhlar shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kurslarida oʻqish tinglovchining asosiy ish joyidan ajralgan yoki ajralmagan holda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqalar uchun xos boʻlgan oʻsimliklar zararkunanda va kasalliklarini hisobga olgan holda malaka oshirish kurslarining oʻquv rejalari va dasturlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot tuzilmalarining moddiy-texnika bazasidan foydalangan holda mashgʻulotlar oʻtkazish uchun zarur oʻquv va moddiy-texnika bazasini yaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirishning ilmiy-uslubiy asoslarini, oʻquv-uslubiy hujjatlarini, yagona taʼlim mexanizmini ishlab chiqish ishlarini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar himoyasi sohasiga oid fanlarning umumkasbiy va maxsus bloklari boʻyicha malaka oshirishni tashkil etadi hamda ular boʻyicha zamonaviy metodik, axborot-maʼlumotnoma bazasini yaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kurslarida taʼlim jarayonini takomillashtirish mexanizmlarini va metodlarini belgilaydi;

innovatsion ilmiy yutuqlarni, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllashni, masofadan oʻqitishni, mustaqil taʼlim olishni kengaytirishni nazarda tutuvchi texnika va texnologiyalarning istiqbolda rivojlanishini hisobga olgan holda, tinglovchilar malakasini oshirishning dasturlarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kurslarida taʼlim jarayonini takomillashtirish mexanizmlarini va metodlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar himoyasi sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribani umumlashtirgan holda oʻsimliklar zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashning zamonaviy, samarali usullari va metodlarining, yangi texnologiyalarning oʻquv jarayoniga joriy qilinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kurslari yakuni boʻyicha imtihon komissiyasi faoliyatini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihonidan muvafaqqiyatli oʻtgan tinglovchilarga sertifikat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Malaka oshirish jarayonining mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Malaka oshirish jarayonining mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan talablar “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Malaka oshirish tizimida mutaxassisliklar yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlari malaka oshirish tashkilotining yetakchi mutaxassislari va professor-oʻqituvchilar tarkibi tomonidan, ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalar, oʻsimliklarni himoya qilish sohasining yetakchi olimlari va mutaxassislarini jalb etgan holda ishlab chiqiladi hamda ular malaka oshirish jarayonini uslubiy taʼminlashning ajralmas qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqishda soatlarning modullar boʻyicha 10 foizgacha oʻzgartirilishiga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻquv dasturi mazmuniga qoʻyiladigan talablar tinglovchilarning kasbiy tavsifnomasiga qatʼiy muvofiq ravishda ularning zarur bilim va koʻnikmalarni egallashini hisobga olgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv rejalari va dasturlarida oʻsimliklarni himoya qilish fani, texnikasi, texnologiyalari sohasidagi yutuqlar aks ettirilishi, shuningdek, ular oʻsimliklar himoyasi boʻyicha taʼlim tizimida yagona uzviylik va izchillikni taʼminlash talablariga javob berishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Malaka oshirish uchun hujjatlar taqdim etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Buyurtmachi malaka oshirish tashkilotiga bevosita, pochta xizmati orqali yoki onlayn tarzda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimning malakasini oshirish boʻyicha buyurtma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy yoki oʻrta maxsus (professional) maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom hamda diplom ilovasi nusxalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda hujjatlarni onlayn tarzda topshirish malaka oshirish tashkilotining rasmiy veb-sayti yoki elektron pochta manzili orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Tinglovchilarning huquq va majburiyatlari, ularni oʻqishdan chetlatish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tinglovchilar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv dasturida nazarda tutilgan bilimlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv jarayonini yanada yaxshilash va malaka oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha malaka oshirish tashkiloti rahbariyatiga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlarda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlar hamda maslahatlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish tashkilotining axborot-resurs markazi, oʻquv xonalari va kompyuter texnika vositalaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish tashkiloti va uning xodimlari xatti-harakatlari yuzasidan shikoyat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tinglovchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tinglovchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim dasturlari talablarini bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv mashgʻulotlariga oʻz vaqtida qatnashishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv dasturlarida nazarda tutilgan malaka imtihonini topshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz nazariy bilimlarini, kasbiy koʻnikmalari va mahorat darajasini oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv jarayonida berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish tashkilotiga tegishli boʻlgan mulkni asrab-avaylash, malaka oshirish tashkiloti ichki tartib-qoidalariga qatʼiy rioya etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tinglovchilar zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar yuklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tinglovchilar quyidagi holatlarda oʻqishdan chetlashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz xohishiga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv intizomi va malaka oshirish tashkilotining ichki tartib-qoidalarini muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv mashgʻulotlarini uzrli sabablarsiz 16 akademik soatdan ortiq qoldirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchiga berilgan login va parolni hamda shaxsiy kabinetini boshqa shaxslarga foydalanish uchun berganligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida oʻqitish bilan bogʻliq majburiyatlarni bajarmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud hukmiga asosan ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosi qoʻllanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vafot etganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv intizomi va ichki tartib-qoidalarini bir marta qoʻpol ravishda buzish asoslari malaka oshirish tashkiloti tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tinglovchi malaka oshirish kursi tinglovchilari safidan chiqarilganda, malaka oshirish tashkiloti bu haqda uni oʻqishga yuborgan buyurtmachiga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Malaka imtihonini oʻtkazish va sertifikat berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Malaka oshirish kurslari yakunlari boʻyicha malaka imtihoni oʻtkaziladi hamda uni tashkil etish uchun Agentlik direktorining buyrugʻi bilan imtihon komissiyasi tuziladi. Komissiya, qoida tariqasida toq sonda boʻlib, rais va kamida toʻrt nafar aʼzodan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka imtihoni oʻquv dasturlariga asosan oʻtkaziladi. Imtihon natijalari imtihon qaydnomasida “oʻtdi” yoki “oʻtmadi” deb baholanadi hamda komissiya raisi va uning aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻquv dasturlarida nazarda tutilgan barcha talablarni bajargan va malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga 3 kun ichida mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunadagi sertifikat beriladi. Sertifikat amal qilish muddati 3 (uch) yil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka imtihoniga yetib kela olmagan tinglovchi imtihon komissiyasining navbatdagi yigʻilishida keyingi tinglovchilar guruhi bilan birgalikda imtihon topshirishiga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Malaka imtihonidan muvaffaqiyatli oʻta olmagan tinglovchiga sertifikat berilmaydi. Bunda tinglovchiga malaka oshirish kursida qatnashganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sertifikat qatʼiy hisobga olinadigan hujjat hisoblanadi, hisob seriyasi, raqami va himoya elementiga ega boʻladi hamda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda elektron shaklda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Imtihon komissiyasining qaroridan norozi boʻlganlar natijalar eʼlon qilingan vaqtdan boshlab uch kun mobaynida Agentlikka yoki sudga belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Oʻsimliklar himoyasi mutaxassisligi boʻyicha sertifikat berilgan mutaxassislarning davlat reyestrini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻsimliklar himoyasi mutaxassisligi boʻyicha sertifikat berilgan mutaxassislarning davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Davlat reyestri) quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatga ega boʻlgan mutaxassisning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatga ega boʻlgan mutaxassis bilan muloqot qilish uchun telefon raqami, pochta manzili (elektron pochta manzili);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatga ega boʻlgan mutaxassisning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatga ega boʻlgan mutaxassis tugatgan oliy (oʻrta maxsus, professional) taʼlim tashkiloti nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatni berish toʻgʻrisidagi malaka oshirish tashkiloti qarorining sanasi va raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatni berish sanasi va raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Davlat reyestridagi maʼlumotlar ochiq foydalaniladigan maʼlumotlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat reyestri Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy sektorda oʻsimliklar himoyasi sohasida xizmat koʻrsatadigan yuridik va jismoniy shaxslar xodimlarining malakasini oshirish hamda ularga sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy sektorda oʻsimliklar himoyasi sohasida xizmat koʻrsatadigan yuridik shaxslar xodimlarining va jismoniy shaxslarning malakasini oshirish va ularga sertifikat berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Masʼullar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Xususiy sektorda oʻsimliklar himoyasi sohasida xizmat koʻrsatadigan yuridik yoki jismoniy shaxs

(buyurtmachi)

Malaka oshirish kursida qatnashish uchun malaka oshirish tashkilotiga buyurtma va zarur hujjatlarni malaka oshirish tashkilotining veb-sahifasi yoki elektron pochta manzili orqali yuboradi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti yoki uning tegishli filiali

(malaka oshirish tashkiloti)

1. Buyurtmachi bilan uning �odimlari malakasini oshirish boʻyicha shartnoma tuzadi.

2. Malaka oshirish kurslarida tinglovchilarni 72 soat davomida oʻqitadi.

1. Buyurtma qabul qilingandan soʻng

2. Tinglovchilar guruhi shakllangandan soʻng

3-bosqich

Imtihon komissiyasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti

(malaka oshirish tashkiloti)

1. Malaka imtihonini oʻtkazadi.

2. Malaka imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilarga sertifikat beradi.

1. Malaka oshirish kurslari tugagandan soʻng

2. 3 kun ichida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy sektorda oʻsimliklar himoyasi sohasida xizmat koʻrsatadigan yuridik va jismoniy shaxslar xodimlarining malakasini oshirish hamda ularga sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Oʻzbekiston Respublikasining
‎ Davlat gerbi tasviri
‎
‎
‎Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti

‎
‎
‎Oʻsimliklarni himoya qilish mutaxassislari malaka oshirish kurslaridan oʻtganligi toʻgʻrisida
‎
‎SERTIFIKAT
‎MS № 000000

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎20______ yil “_____” ____________‎‎ ‎

‎‎‎‎_________________________________
‎ (berilgan joyi)

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

‎‎___________________________________________________________________________________________
‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎20____yil “_______”___________________dan 20_______ yil “______”___________________________ gacha
‎
‎_______________________________________________________________________________________ dagi

‎‎(taʼlim tashkilotining nomi)
‎

‎‎_________________________________________________________________________________________ da

‎‎(malaka oshirish qayta tayyorlash va kurslarining nomi)

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎___________________________________________________________soatli kurslardan muvaffaqiyatli oʻtdi.
‎
‎Imtihon komissiyasining 20___ yil “_____”_______dagi “____”-son qaroriga binoan unga sertifikat berildi
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎Amal qilishi muddati: 20____ “____” ______________ gacha.‎ ‎ ‎ ‎ ‎
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2022-y., 09/22/251/0408-son)