05.05.2022 yildagi O‘RQ-767-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 28-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2022-yil 29-aprelda maqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1099-modda; 2022-yil № 2, 79-modda, № 3, 215, 216-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu Kodeksning 483-moddasida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hamda yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlashdan toʻliq ozod qilish tarzida berilgan soliq imtiyozlariga ega boʻlgan soliq toʻlovchilar mazkur soliqlarni ushbu soliqlardan hisoblangan summaning bir foizi miqdorida toʻlaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn birinchi qismi oʻn ikkinchi qism deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 317-moddaning 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7) xayriya yordamini amalga oshirish uchun xarajatlar, bundan metsenatlik koʻmagini koʻrsatish, oʻquv-tarbiya muassasalariga yoki yetim bolalarga va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga moddiy yordam koʻrsatish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar, shuningdek Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondiga xayriya qilingan mablagʻlar mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 337-modda birinchi qismining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

8.

Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq toʻlovchilar

7,5

”;

4) 380-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Quyidagi soliq toʻlovchilar soliq solishdan qisman (daromadlar qaysi oyda olingan boʻlsa, oʻsha oyda har bir oy uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi daromadlar, ushbu qismning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslar uchun esa mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadlar boʻyicha) ozod etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 428-modda ikkinchi qismining oʻn birinchi xatboshisidagi “uch yil” degan soʻzlar “besh yil” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 467-moddaning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

13.

Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq toʻlovchilar

2

”;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismining birinchi xatboshisidagi “2022-yil 30-aprelga qadar” degan soʻzlar “2022-yil 31-dekabrga qadar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqqizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2021-yilning 10-oktabridan 2022-yil 30-aprelga qadar boʻlgan davrda tovuq goʻshtini, muzlatilgan baliqni va tirik parrandani, 2021-yil 10-oktabrdan 2022-yil 31-dekabrga qadar boʻlgan davrda esa goʻshtni (mol goʻshtini, qoʻy goʻshtini), tirik hayvonlarni (molni va qoʻyni) hamda ularni soʻyishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani realizatsiya qilish boʻyicha aylanma, shuningdek ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi, oʻn yettinchi va oʻn sakkizinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2022-yil 1-yanvardan 2031-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik subyektlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foyda soligʻini, aylanmadan olinadigan soliqni, ijtimoiy soliqni va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini 1 foiz miqdoridagi soliq stavkalari boʻyicha toʻlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni mazkur soliqlar boʻyicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdoridagi soliq stavkalari boʻyicha toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻyalgan matoni, boʻyalgan gazlamani va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlari (shu jumladan komissioner (ishonchli vakil) orqali eksport qilgan tadbirkorlik subyektlari) 2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning oʻn yettinchi qismida nazarda tutilgan imtiyoz boʻyalgan mato, boʻyalgan gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qilishdan olingan tushumi barcha tovarlarni va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining kamida 80 foizini tashkil etadigan soliq toʻlovchilarga nisbatan qoʻllaniladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 1-moddasining 1-bandi ushbu Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 1-moddasining 3 va 6-bandlari 2022-yil 1-iyuldan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 1-moddasi 4-bandining qoidalari 2022-yil 1-martdan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 1-moddasi 5-bandining hamda 7-bandining oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilari qoidalari 2022-yil 1-yanvardan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 1-moddasi 7-bandining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari qoidalari 2022-yil 1-maydan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 1-moddasi 7-bandining toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilari qoidalari 2022-yil 1-fevraldan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 5-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-767-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 03/22/767/0386-son)