Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.07.2024 04.05.2022 yildagi 232-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.07.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 446-sonli “Toshkent shahar bolalar koʻp tarmoqli shifoxonasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mamlakatimizda ilk marotaba 2022-yil 18-mart kuni oʻtkazilgan sogʻliqni saqlash sohasi vakillari bilan yangi formatdagi “Tibbiyotdagi islohotlar — inson qadri uchun” mavzusidagi “ochiq muloqoti” doirasida koʻtarilgan muammolarni hal etishga qaratilgan taklif va tashabbuslarni amalga oshirish hamda Toshkent shaharda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatning sifati va samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahar 4-son bolalar klinik shifoxonasi va 3-son yuqumli kasalliklar klinik shifoxonalarini qoʻshib yuborish orqali, 300 oʻringa moʻljallangan budjetdan moliyalashtiriladigan davlat muassasasi shaklidagi Toshkent shahar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasi, 42-a uy manzilida joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan gemotologiya va qon quyish ilmiy-amaliy tibbiyot markazining sobiq bino-inshootlari tegishli hududi bilan birga Markazga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazib berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarni tekshirish, ularga yuqori malakali tibbiy-konsultativ yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan standartlarga muvofiq yuqori malakali ixtisoslashtirilgan statsionar yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman tibbiyot birlashmalari mutaxassislariga konsultativ va tashkiliy-metodik yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar davolash-profilaktika muassasalari amaliyotiga zamonaviy tibbiy texnologiyalarni va boshqarishning iqtisodiy metodlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot muassasalarida davolash-profilaktika jarayoni sifatini ekspertizadan oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda belgilangan tartibda Markazning Nizomi va boshqa taʼsis hujjatlari tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Markaz faoliyatiga Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 18-martdagi 48-son qaroriga 2 va 2a ilovalari qoidalari tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda Markazning buyurtmanomasi boʻyicha uni belgilangan tartibda tegishli aloqa turlari bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pullik tibbiy xizmat koʻrsatishdan (tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʻyxatiga kiritilmagan) olinadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Markaz Toshkent shahar 4-son bolalar klinik va 3-son yuqumli kasalliklar shifoxonalarning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani Kichik halqa yoʻli koʻchasi, Qushbegi mavzesi 26-uyda joylashgan Toshkent shahar 3-son yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasining bino-inshoatlari tegishli hududi bilan birga Toshkent davlat stomatologiya institutiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar, Shayxontoxur tumani Markaz-27, Bogʻ koʻchasi 20-uyda joylashgan Toshkent shahar 4-son bolalar klinik shifoxonasining bino-inshoatlari tegishli hududi bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga operativ boshqaruv huquqi asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda 2022-yil yakunigacha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaz bino va inshoatlarida belgilangan tartibda qurilish va taʼmirlash ishlarini oʻtkazish orqali moslashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazni uning faoliyatini tashkil etish uchun zarur tibbiy texnika va jihozlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino-inshoatlarda (keyingi oʻrinlarda — obyekt) amalga oshiriladigan qurilish-taʼmirlash ishlari teng ulushlarda Onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy texnika va jihozlar bilan taʼminlash Toshkent shahar hokimligining asoslangan talabnomasiga hamda belgilangan stavka boʻyicha qaytarish sharti bilan 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ajratiladigan budjet ssudasi hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Moliya vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga tibbiy xizmatlar koʻrsatish sifatini yaxshilash va sogʻliqni saqlash sohasida kadrlar salohiyatini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-6-son qaroriga asosan Sogʻliqni saqlash vazirligi talabnomalariga muvofiq Markazga zamonaviy tibbiy uskunalar xarid qilish hamda ulardagi mutaxassislarning yetakchi xorijiy tibbiy muassasalarda malakasini oshirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan milliy valyutada yillik 2 foiz stavkada kredit mablagʻlari ajratish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Obyekt boʻyicha, istisno tariqasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh loyiha va bosh pudrat tashkilot qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, bosh pudrat tashkilotini qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingida kamida “V” reyting bahosiga ega boʻlgan pudrat tashkilotlari orasidan aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) buyurtmachi, bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asoslangan hisob-kitoblarga koʻra qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlari uchun 30 foiz avans toʻlovlari hamda zarur qurilish materiallarini xarid qilish uchun 50 foiz oldindan mablagʻ ajratishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) salohiyatli ishlab chiqaruvchilarni (yetkazib beruvchilar) eng yaxshi takliflar tanlovi asosida aniqlash yoʻli bilan tibbiy asbob-uskunalar va jihozlarni xarid qilish boʻyicha shartnomalarni “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda kompleks ekspertizadan oʻtkazgan hamda kontrakt tuzilganligi toʻgʻrisidagi axborotni maxsus axborot portaliga joylashtirgan holda xarid qilishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri B.A. Musayev, Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 4-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
232-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2022-y., 09/22/232/0379-son)