ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Bajarish muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Moliyalashtirish shartnomalarini tuzish | ||||
|
1. |
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda Moliya vazirligi oʻrtasida kredit shartnomasini imzolash. |
Kredit shartnomasi |
2021-yil 1-dekabrgacha |
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (Vafayev), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
|
2. |
Hududiy davlat tibbiyot muassasalari uchun zamonaviy tibbiy uskunalar xarid qilish hamda yetakchi xorijiy tibbiy muassasalarda ularning mutaxassislari malakasini oshirish uchun budjet ssudalarini ajratish. |
Ssuda shartnomasi |
Talabnomalarga asosan |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Moliya vazirligi (Ishmetov) |
|
II. Davlat tuman (shahar) va viloyat tibbiyot muassasalarini zarur tibbiy uskunalar bilan taʼminlash | ||||
|
3. |
Talab yuqori boʻlgan asosiy turdagi tibbiy uskunalar roʻyxatini hududlar kesimida shakllantirish. |
Roʻyxat |
2021-yil 5-dekabrgacha |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov, Azizov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
4. |
Hududiy tibbiyot muassasalaridagi mavjud tibbiy uskunalarni xatlovdan oʻtkazish va ulardan foydalanish darajasini oʻrganish. Bunda, xalqaro moliya tashkilotlari, Davlat budjeti va boshqa manbalar hisobidan xarid qilinishi koʻzda tutilgan tibbiy uskunalar inobatga olinadi. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil 15-yanvargacha |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov, Azizov) |
|
5. |
Xatlov natijalari asosida hududlar va tibbiyot muassasalari kesimida: |
Tuman (shahar)lar kesimida xarid qilinadigan tibbiy uskunalar roʻyxati |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
|
1) birinchi navbatdagi talab yuqori boʻlgan tibbiy uskunalarga boʻlgan talabni aniqlash; |
2021-yil 15-dekabrgacha | |||
|
2) qoʻshimcha tibbiy uskunalarga boʻlgan talabni shakllantirish. |
Talabga koʻra | |||
|
6. |
Ssuda hisobidan xarid qilinadigan tibbiy uskunalarga boʻlgan talabni Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishish. Bunda, hududlardagi aholining kasallanish koʻrsatkichlari hamda tibbiy uskunalarning texnik parametrlari inobatga olinadi. |
Sogʻliqni saqlash vazirligi xulosasi (kelishuv xati) |
2022-yil 1-yanvargacha dastlabki xulosa asosida, keyinchalik kelishuvga asosan |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov, Azizov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
7. |
Tibbiy uskunalarni xarid qilish boʻyicha texnik topshiriq va tender hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish. |
“Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK xulosasi |
Hujjatlar taqdim qilingan kundan keyin 7 kun ichida |
“Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK (Allaberganov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
8. |
Zarur tibbiy uskunalarni xarid qilish, ulardan foydalanishni oʻrgatish va taʼmirlash boʻyicha tender savdolarini oʻtkazish hamda shartnomalar tuzish: |
Shartnomalar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov, Azizov) | |
|
1) birinchi navbatdagi talab yuqori boʻlgan tibbiy uskunalar roʻyxati boʻyicha yetkazib berish shartnomalarini tuzish; |
2022-yil 15-fevralgacha | |||
|
2) qoʻshimcha talab etiladigan tibbiy uskunalarni yetkazib berish shartnomalarini tuzish. |
Talabga koʻra | |||
|
9. |
Zarur tibbiy uskunalarni yetkazib berish shartnomalari doirasida yetkazib beruvchi tashkilotlar tomonidan mutaxassislar uchun oʻquv seminarlarini tashkil qilish. |
Oʻquv seminarlari |
Shartnomalarda koʻrsatilgan muddatlarga koʻra |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov, Azizov), yetkazib beruvchi tashkilotlar |
|
10. |
Tibbiy uskunalarni xarid qilish jarayonlari va ulardan foydalanish samaradorligini oʻrganish (post-monitoring) tadbirlarini amalga oshirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Reja-grafikka asosan |
Hisob palatasi (Turabov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov, Azizov) |
|
III. Davlat tuman (shahar) va viloyat tibbiyot muassasalari mutaxassislarining bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish | ||||
|
11. |
Xorijda malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yuboriladigan mutaxassislarni tanlash, ularning bilim va koʻnikmalarini amaliyotga joriy qilish hamda mazkur tadbirlar bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Idoraviy hujjat |
2021-yil 1-dekabrgacha |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Azizov) |
|
12. |
Xorijiy tibbiy taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalar (markazlar) bilan malaka oshirish va stajirovka oʻtash boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish. Bunda, mazkur tashkilotlarning malaka oshirish boʻyicha salohiyatini oʻrganish, stajirovka muddatlari va shartlarini hamda qabul qilinadigan mutaxassislar sonini aniqlash, muzokaralar oʻtkazish va kelishuvlarga erishish. |
Memorandum va shartnomalar |
2022-yil 15-yanvargacha |
Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish boʻyicha ishchi guruhi, Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev, Azizov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
13. |
Malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun hududlarda konkurs eʼlon qilish va oʻtkazish: |
Roʻyxat |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev, Azizov) | |
|
1) dastlabki roʻyxatni shakllantirish; |
2021-yil 1 — 25-dekabr | |||
|
2) qoʻshimcha talabga koʻra yangi roʻyxatlarni shakllantirib borish. |
Talabga koʻra | |||
|
14. |
Shakllantirilgan roʻyxat asosida malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yetakchi xorijiy tibbiy taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalar (markazlar) bilan shartnomalar tuzish: |
Shartnomalar |
Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish boʻyicha ishchi guruhi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev, Azizov) | |
|
1) shakllantirilgan dastlabki roʻyxat boʻyicha guruhni 2022-yil 15-fevralgacha malaka oshirish va stajirovkaga yuborish; |
2022-yil 1-fevralgacha | |||
|
2) shakllantiriladigan qoʻshimcha roʻyxat boʻyicha guruhlarni yuborish. |
Talabga koʻra | |||
|
15. |
Malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yetakchi xorijiy tibbiy taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalar (markazlar) bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan shartnomalarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish. |
“Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK xulosasi |
Hujjatlar taqdim qilingan kundan keyin 7 kun ichida |
“Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK (Allaberganov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
16. |
Xorijda malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yuboriladigan mutaxassislar bilan ish beruvchi oʻrtasida malaka oshirish va stajirovka oʻtaganidan keyin kamida 2 yil ishlab berish boʻyicha shartnoma tuzish. |
Shartnomalar |
2022-yil 15-yanvargacha |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
17. |
Xorijda malakasini oshirgan va stajirovkadan oʻtgan mutaxassislarning bilim va koʻnikmalarini amaliyotga joriy etish, ular ishtirokida mahorat darslari, vebinarlar va boshqa tadbirlar tashkil etish. |
Oʻquv dasturlari |
Shartnomalarga koʻra |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi (Azizov) |
|
18. |
Xorijda malakasini oshirgan va stajirovkadan oʻtgan mutaxassislarning malakasini oshirish samaradorligini oʻrganib borish (post-monitoring). |
Ishchi guruhi qarori |
Har chorakda |
Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish boʻyicha ishchi guruhi |