05.05.2022 yildagi PQ-234-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.05.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yilda Xanchjou shahrida (Xitoy) boʻlib oʻtadigan XIX yozgi Osiyo va IV Paraosiyo oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilda Xanchjou shahrida (Xitoy) boʻlib oʻtadigan yozgi Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston sportchilarining har tomonlama tayyorligi va muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash, ularda oltin, kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritgan sportchilarni moddiy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, mamlakatimizda Olimpiya va Paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Osiyo oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasining taklifiga koʻra Xanchjou shahrida (Xitoy) 2022-yil 10 — 25-sentabr kunlari XIX yozgi Osiyo oʻyinlari hamda shu yilning 9 — 15-oktabr kunlari IV yozgi Paraosiyo oʻyinlarida (keyingi oʻrinlarda — Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari) Oʻzbekiston sport delegatsiyasining ishtirok etishi rejalashtirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Osiyo va Paraosiyo oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlashning ustuvor vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston sport delegatsiyasining avvalgi Osiyo oʻyinlariga nisbatan sport turlari boʻyicha 30 tadan 35 tagacha hamda Paraosiyo oʻyinlariga nisbatan parasport turlari boʻyicha 8 tadan 13 tagacha, umumiy professional sportchilar sonini 50 foizdan oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
anʼanaviy yakkakurash sport turlari bilan bir qatorda oʻq otish, yengil atletika, eshkak eshish, velosport, gandbol, regbi, basketbol 3x3, suv sporti, shuningdek, paravelosport va parashaxmat sport turlari boʻyicha natijadorlikni oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarning genetik va fenokopik imkoniyatlarini oʻrganib, ularga ratsional ovqatlanish hamda mashgʻulot yuklamalarini toʻgʻri taqsimlash boʻyicha tavsiyalar berish va ularni milliy terma jamoalarga jalb qilish, shuningdek, har bir sportchining psixologik portretini shakllantirish orqali psixologik tayyorlab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turlari boʻyicha tayyorgarlik jarayoniga xorijiy trenerlar va mutaxassislarni, shu jumladan sport farmakologlari, diyetologlari, psixologlarini jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilar uchun uzluksiz oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish hamda yakuniy tayyorgarlik bosqichini samarali va sifatli tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston sport delegatsiyasining 2022-yilda Xanchjou shahrida (Xitoy) boʻlib oʻtadigan XIX yozgi Osiyo va IV Paraosiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrishi va muvaffaqiyatli ishtirok etishi boʻyicha “yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston sportchilari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltin medal uchun — 5 000 AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kumush medal uchun — 3 000 AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bronza medal uchun — 2 000 AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlagan trenerlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltin medal uchun — 2 500 AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kumush medal uchun — 1 500 AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bronza medal uchun — 1 000 AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlagan boshqa mutaxassislar (shifokor, diyetolog, massajist va boshqalar):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltin medal uchun — 2 000 AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kumush medal uchun — 1 000 AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bronza medal uchun — 500 AQSH dollari miqdorida har bir medal uchun bir martalik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mazkur bandda nazarda tutilgan xarajatlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston sportchilari va ularni tayyorlagan trenerlar qoʻshimcha ravishda mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston sportchilari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltin medal uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kumush medal uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bronza medal uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida ragʻbatlantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlagan trenerlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltin medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining — 200 baravari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kumush medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining — 100 baravari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bronza medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining — 50 baravari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mazkur bandda nazarda tutilgan xarajatlar mahalliy budjetning qoldiq mablagʻlari va daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Osiyo va Paraosiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrishning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasiga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasiga (A.N. Aripov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida ishtirok etadigan Oʻzbekiston sport delegatsiyasining kontingentini, shuningdek, ushbu oʻyinlarga bosqichma-bosqich tayyorgarlik olib borish sxemasini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo va Paraosiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish va muvaffaqiyatli ishtirok etish boʻyicha mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”da masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan vazifa va topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini nazoratga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport sohasidagi malakali mutaxassislar va masʼul sport tashkilotlari vakillaridan iborat Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari tezkor shtablari faoliyatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan noolimpiya sport turlariga sport bazalarini biriktirish, sport inventarlari bilan taʼminlash, 110 kunlik uzluksiz mahalliy va xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari hamda xalqaro sport musobaqalarida terma jamoa aʼzolari ishtirokini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi huzurida sportchilarning doping nazoratini olib borish uchun moʻljallangan Dopingga qarshi maʼmuriyat va boshqaruv tizimi (ADAMS) dasturi boʻyicha maxsus ishchi guruhlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
natijadorligi past boʻlgan sport federatsiya (assotsiatsiya)larida zamonaviy sport menejmentini yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (Sh. Tashmatov), Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev)ga:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarning xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarligi davomida jismoniy va ruhiy holatini yaxshilash, jumladan trenerlar, sport shifokorlari, hakamlar ishtirokida mahalliy va xalqaro seminar-treninglar, master-klass tadbirlarini oʻtkazib borish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston sport delegatsiyasi aʼzolarining qatnashishi uchun ularni sport anjomlari, rasmiy libos va sport ekipirovkasi bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston sport delegatsiyasi aʼzolarini tantanali kuzatish va kutib olish tadbirlarini yuqori saviyada tashkillashtirish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (Sh. Tashmatov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev) milliy terma jamoa aʼzolariga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish, ularning jismoniy holatini yaxshilash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) faoliyatini yanada takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarning oʻquv-yigʻin mashgʻulotlari va musobaqalar davrida jismoniy holatini tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga moʻljallangan mobil laboratoriyalar faoliyatini tashkillashtirish va ularni zarur jihozlar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turlari boʻyicha terma jamoalarga tibbiyot xodimlarini Markaz orqali biriktirish va jalb etish tizimini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz ish faoliyati unumdorligini oshirish maqsadida mahalliy va xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz faoliyatini yaxshilash maqsadida NexION 1 000 (master-spektro-metr Perkin Elmer) va mobil kriokamera tibbiy asbob-uskunalarni xarid qilish uchun 2022-yilda faoliyati tugatilgan “Sogʻlom turmush tarzi” platformasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida 5 milliard soʻm yoʻnaltiriladi va 2023-yilda koʻchma laborator tahlillarni oʻtkazish maqsadida 1 dona avtobus xarid qilish uchun Davlat budjeti parametrlarida zarur mablagʻlar koʻzda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz uchun talab etiladigan boshqa tibbiyot jihozlari va asbob-uskunalarni xarid qilish Markazning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Mudofaa vazirligi (B. Qurbonov), Milliy gvardiya (R. Djurayev) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) bilan birgalikda Osiyo va Paraosiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan sportchilar, trenerlar va boshqa mutaxassislarning tashkil etiladigan sport musobaqalari, oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari davrida taʼlim muassasasi oʻquv darslaridan, ish faoliyatidan belgilangan tartibda ozod qilinishini va sport tadbirlarida oʻz vaqtida ishtirok etishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Milliy antidoping agentligi (N. Tursunov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilar tomonidan antidoping qoidalariga qatʼiy rioya qilinishi ustidan samarali nazoratni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan birgalikda reja-grafik asosida seminar-treninglar tashkil qilib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston sport delegatsiyasi aʼzolarini antidoping mavzulariga oid tegishli oʻquv-axborot materiallari va turli koʻrgazmali maʼlumotlar bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tashqi ishlar vazirligi (V. Norov):
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi buyurtmanomasiga muvofiq Osiyo va Paraosiyo oʻyinlariga tayyorgarlik davri mobaynida terma jamoa aʼzolari uchun xorijga chiqish hujjatlarining tezkorlik bilan rasmiylashtirilishini taʼminlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston sport delegatsiyasining Pekindagi “Beyjing” hamda Xanchjoudagi “Syaoshan” (Xitoy) xalqaro aeroportlarida immigratsiya nazoratidan oʻtishiga koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston sport delegatsiyasi aʼzolarining Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida qatnashishi uchun ularning xorijga chiqish biometrik pasportlari tezkorlik bilan rasmiylashtirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatish va kutib olish tadbirlarida xavfsizlikni taʼminlash va jamoat tartibini saqlash, shuningdek, Oʻzbekiston sport delegatsiyasi transport vositalari kuzatuvini tashkil etish boʻyicha zarur tashkiliy choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Transport vazirligi (I. Maxkamov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi talabnomalariga asosan joriy yilning sentabr-oktabr oylarida Xanchjou shahriga (Xitoy) reyslar tashkil etilishi, shuningdek, Oʻzbekiston sport delegatsiyasi uchun aviachiptalar bron qilinishini;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent-Xanchjou-Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha charter reyslari tashkil etilishi va amalga oshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston sport delegatsiyasi aʼzolariga tegishli boʻlgan sport anjomlari va jihozlarining Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti orqali bepul oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining umumiy zalida “yashil yoʻlak” tashkil qilish va mazkur yoʻlak orqali Oʻzbekiston sport delegatsiyasi aʼzolarini kuzatishni va kutib olishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) Oʻzbekiston sport delegatsiyasi aʼzolari va ularning qoʻl yuklarini (sport ovqatlari va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari, sport anjomlari, jihozlar, tibbiy asbob-uskunalar va preparatlar hamda boshqalar) bojxona nazoratidan oʻtkazish va rasmiylashtirish ishlari tezkorlik bilan amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (Sh. Tashmatov) hamda Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev) Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev) bilan birgalikda Oʻzbekiston sport delegatsiyasini zarur boʻlgan tibbiy jihozlar, asbob-uskunalar va preparatlar bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov) sportchilarning tayyorgarlik jarayonlari, oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari hamda Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida bevosita ishtiroki toʻgʻrisida qisqa metrajli videoroliklar hamda maxsus koʻrsatuvlar tayyorlanishini va ommaviy axborot vositalarida doimiy ravishda keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (Sh. Tashmatov), Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev), sport federatsiya (assotsiatsiya)lari hamda sport turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktablari tomonidan Osiyo va Paraosiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish uchun sport anjomlari, jihozlar, uskunalar, delegatsiya rasmiy liboslari, sport ekipirovkasi, sport tibbiyoti jihozlari, tibbiy-biologik preparatlarni xarid qilish, shuningdek, oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari boʻlib oʻtadigan sport bazalarini taʼmirlash va rekonstruksiya qilish, yotoqxona, sport zallari va sport jihozlari ijarasi hamda ovqatlanishni tashkil qilish bilan bogʻliq tartib-taomillar qonunchilikda belgilangan tartibda davlat xaridlarining asosiy prinsiplariga rioya qilingan holda amalga oshirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda olimpiya va paralimpiya sport turlarini rivojlantirish va muvofiqlashtirish, uslubiy qoʻllab-quvvatlash va monitoring qilish maqsadida sport federatsiya (assotsiatsiya)lari hududiy boʻlinmalarining moliyaviy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar)larda tegishli sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish hamda zarur shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo va Paraosiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan milliy terma jamoa sportchilari, trenerlari va boshqa mutaxassislarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlasin, ularning maishiy sharoitlarini yaxshilash boʻyicha masʼullarni biriktirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy terma jamoa sportchilari, trenerlari va boshqa sport mutaxassislarining respublika va xalqaro sport tadbirlari hamda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarida uzluksiz ishtirokini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sportni rivojlantirish vaziri A.I. Ikramov, sportni rivojlantirish vazirining oʻrinbosari Sh.Sh. Maxmudov, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Sh.R. Tashmatov va Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi M.M. Tashxodjayev belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 5-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-234-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 5-maydagi PQ-234-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston sport delegatsiyasining 2022-yilda Xanchjou shahrida (Xitoy) boʻlib oʻtadigan XIX yozgi Osiyo va IV Paraosiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrishi va muvaffaqiyatli ishtirok etishi boʻyicha

“Yoʻl xaritasi”
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida ishtirok etuvchi terma jamoa aʼzolarini tanlab olishva saralash (seleksiya)

1.

Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi, ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi, olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari, sport turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktablari, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari oʻrtasida uzviy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

1. Sport maktablari hamda federatsiya (assotsiatsiya)lariga mutaxassislar, trenerlar tomonidan erkin tashrif buyurish va mashgʻulot jarayonlarini kuzatib borish.

2. Kuzatuv natijasida iqtidorli sportchilarni keyingi bosqichdagi sport-taʼlim muassasasiga oʻtkazishga tavsiya qilish.

3. Tanlab olingan iqtidorli sportchi bilan alohida tayyorgarlik rejasi asosida ish olib borish.

4. Terma jamoa tarkibiga kirgan sportchilarning masʼuliyatli vazifalarini tushuntirish.

5. Terma jamoa aʼzolari uchun maqsadli mashgʻulot jarayonlarini uzluksiz tashkil qilish.

6. Terma jamoa aʼzolariga sport anjomlari, sport ekipirovkalari, tegishli dori-darmon, vitaminlar ajratish hamda ularni shifokor va sport psixologlarning doimiy nazoratida ushlab turish.

Reja asosida

Ishlab chiqish — 2022-yil
20-may

Amalga oshirish — 2022-yil davomida

Budjet, homiylar
va ijrochilar mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Karimov), Milliy olimpiya qoʻmitasi (Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (O. Fozilkarimov),

sport federatsiya (assotsiatsiya)lari,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.

Sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston chempionatlari
va nufuzli xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan sportchilardan iborat tarkibni shakllantirish.

1. Oʻzbekiston chempionatlari va boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan sportchilardan iborat tarkibni shakllantirish.

2. Terma jamoa trenerlari tomonidan Osiyo va Paraosiyo oʻyinlariga sportchilarni tayyorlash dasturini ishlab chiqib tasdiqlash.

3. Trenerlar tomonidan tasdiqlangan dastur asosida tanlab olingan sportchilarning ishtirokida oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari va xalqaro sport musobaqalariga ishtirokini uzluksiz taʼminlash boʻyicha buyurtmanomalarni belgilangan tartibda taqdim etish.

4. Osiyo va Paraosiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan terma jamoa aʼzolarining xizmat safari bilan bogʻliq xarajatlarni kamida 10 kun oldin hal etish.

2022-yil
1-iyul

2022-yil davomida

Reja

asosida

Budjet, homiylar
va ijrochilar mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi

(Sh. Maxmudov), Milliy olimpiya qoʻmitasi (Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev), sport federatsiya (assotsiatsiya)lari

3.

Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etadigan sportchilarni quyi boʻgʻindan boshlab, toʻrt bosqichda (muassasa, tuman/shahar miqyosida, viloyat miqyosida, respublika miqyosida) musobaqalar oʻtkazish va tizimli asosida tanlab olish jarayonlarini puxta, shaffof, adolatli amalga oshirish choralarini koʻrish.

1. Oʻtkaziladigan sport musobaqalari va ishtirokchilar roʻyxatini shakllantirish.

2. Musobaqani oʻtkazish uchun zarur sharoitlar yaratilishiga eʼtibor qaratish (inventar, hakam, sovrinli oʻrinlar sahnasi, faxriy yorliq, medal, sovgʻa va boshqalar).

3. Musobaqalarni shaffof, adolatli oʻtkazish uchun videokamera, foto apparatlardan foydalanish va musobaqa jarayonlarini tasvirga olish.

4. Musobaqa jarayonlarini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.

5. Musobaqa yakunlari boʻyicha natijalarni rasmiylashtirish hamda quyidagi ketma-ketlikda hisobotlarni monitoring qilib borish va taqdim etish:

muassasa miqyosida oʻtkazilgan musobaqalar natijalari yuzasidan hisobotlarni tuman (shahar) sportni rivojlantirish boʻlimiga;

tuman (shahar) miqyosida oʻtkazilgan musobaqa natijalari boʻyicha hisobotlarni viloyat sportni rivojlantirish bosh boshqarmasiga;

viloyat miqyosida oʻtkazilgan sport musobaqalari natijalari boʻyicha hisobotlarni sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga;

respublika miqyosida oʻtkazilgan musobaqa natijalari boʻyicha hisobotlarni Sportni rivojlantirish vazirligiga.

Reja asosida

Ishlab chiqish — 2022 ?il
20-may

Amalga oshirish — 2022-yil davomida

Budjet, homiylar
va ijrochilar mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi

(Sh. Maxmudov), Milliy olimpiya qoʻmitasi (Sh. Tashmatov),

Milliy paralimpiya qoʻmitasi

(M. Tashxodjayev), sport federatsiya (assotsiatsiya)lari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

4.

Sport turlari boʻyicha mashhur sportchilar ishtirokida doimiy master-klass va seminarlar oʻtkazilishini yoʻlga qoʻyish.

1. Master-klass va seminarlar oʻtkazish rejasini ishlab chiqib tasdiqlash.

2. Mashhur sportchilar roʻyxatini shakllantirish.

3. Tasdiqlangan reja asosida master-klass va seminarlarni oʻtkazish.

Reja asosida

Ishlab chiqish — 2022-yil
20-may

Amalga oshirish — 2022-yil davomida

Budjet, homiylar
va ijrochilar mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi

(Sh. Maxmudov), Milliy olimpiya qoʻmitasi (Sh. Tashmatov),

Milliy paralimpiya qoʻmitasi

(M. Tashxodjayev), sport federatsiya (assotsiatsiya)lari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, “Xoʻjakent” QFY, “Qoronqul” MFYda joylashgan “Qoronqul” dam olish maskani hamda viloyatdagi “Qaldirgʻoch” dam olish oromgohilaridan suv sporti bazasi sifatida foydalanish uchun uni Suv sporti turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi balansiga berish.

1. Toshkent viloyatidagi “Qoronqul” va “Qaldirgʻoch” dam olish maskanlarini Suv sporti turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi balansiga oʻtkazish.

2. Oʻzbekiston “Rowing & Canoe” federatsiyasiga Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, “Xoʻjakent” QFY, “Qoronqul” MFYda joylashgan “Qoronqul” dam olish maskanini sport bazasi sifatida biriktirish.

3. Mazkur obyekt imkoniyatlari asosida nufuzli sport musobaqalariga suv sporti boʻyicha Oʻzbekiston sportchilarini puxta tayyorlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2022-yil
1-iyun

-

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Energetika vazirligi

(A. Axmedxadjayev), Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov),

Oʻzbekiston “Rowing & Canoe” federatsiyasi

II. Osiyo va Paraosiyo oʻyinlariga sportchilarni jismoniy tayyorlash va tibbiy psixologik, farmakologik taʼminlash

6.

Dopingga qarshi murosasiz muhitni yaratish, shaffof sport va adolatli raqobat tamoyillarini keng targʻib qilish maqsadida:

doimiy ravishda seminar, vebinar, uchrashuv va davra suhbatlari oʻtkazilishini;

olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoalari sportchilarini oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari va musobaqalari jarayonida dopingga qarshi doimiy nazorat qilishni;

sport farmakologiyasi, psixologiyasi, tibbiyoti, diyetologiyasini chuqur tahlil qilish va oʻrganish natijalari asosida farmakologik korreksiya va sportchilarning jismoniy holatini tiklash boʻyicha kompleks choralarni ishlab chiqib, tasdiqlash va ularni amalga oshirishni;

jarohat olgan sportchilarni qayta tekshiruvdan oʻtkazish va ularni sport psixologlari yordamida qisqa muddatda musobaqalarda ishtirok etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan holda, tayyorgarlik bazalaridagi terma jamoa tayyorgarligiga qaytarishni taʼminlash;

sport turlari boʻyicha terma jamoalarga tibbiyot xodimlarini Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi orqali markazlashgan xolda biriktirish va jalb etish tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Seminar, vebinar, uchrashuv va davra suhbatlarini oʻtkazish rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash va oʻtkazish.

2. Oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari va musobaqalari jarayonida dopingga qarshi doimiy nazoratni oʻrnatish.

3. Farmakologik korreksiya va sportchilarning jismoniy holatini tiklash boʻyicha kompleks choralarni ishlab chiqib, tasdiqlash va ularni amalga oshirish.

4. Jarohat olgan sportchilarni qayta tekshiruvdan oʻtkazish va ularni sport psixologlari yordamida qisqa muddatlarda terma jamoa tayyorgarligiga qaytarish choralarini koʻrish.

5. Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi orqali terma jamoalarga tibbiyot xodimlarini biriktirish.

Reja asosida

Ishlab chiqish — 2022-yil
20-may

Amalga oshirish — 2022-yil davomida

Budjet, homiylar
va ijrochilar mablagʻlari

Milliy antidoping agentligi

(N. Tursunov), Milliy olimpiya qoʻmitasi

(Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev), sport federatsiya (assotsiatsiya)lari

7.

Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida sportchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va jarohatlardan keyin tibbiy tiklanish uchun zarur boʻlgan tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlash.

1. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markaziga yetishmayotgan tibbiy asbob-uskunalar vaqtincha ajratilishini taʼminlash.

2. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan jahon talablarini oʻrgangan holda zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalarni xorijiy grant mablagʻlari evaziga xarid qilish hamda Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markaziga taqdim etish.

2022-yil
20-may

Budjet
va homiylar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(O. Fozilkarimov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Sh. Turdikulova),

Moliya vazirligi (J. Abruyev), Milliy olimpiya qoʻmitasi (Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qoʻmitasi

(M. Tashxodjayev)

III. Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston sport delegatsiyasining muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash

8.

Osiyo va Paraosiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish, monitoring olib borish, mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha doimiy ishlab turuvchi tezkor shtablarni tashkil etish.

1. Respublika tezkor shtablarini Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya qoʻmitasida tashkil etish.

2. Viloyat tezkor shtablarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tashkil etish.

3. Tezkor shtablarni vaqtincha yengil avtotransport, kompyuter texnikasi va boshqa vositalar bilan taʼminlash.

4. Tezkor shtablarni quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha kamida 8 nafardan iborat masʼullarni biriktirigan holda tashkil etish:

sportchilar monitoringi olib borish va tahlil qilish;

tibbiy nazoratni olib borish;

maishiy shart-sharoitlarni yaxshilash.

5. Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari yakunlaridan soʻng tezkor shtablar aʼzolarini ragʻbatlantirish.

2022-yil

20-may

Budjet, homiylar
va ijrochilar mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi

(Sh. Maxmudov), Milliy olimpiya qoʻmitasi (Sh. Tashmatov),

Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev), sport federatsiya (assotsiatsiya)lari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9.

Osiyo va Paraosiyo oʻyinlaridan oldin Oʻzbekiston sport delegatsiyasi uchun tezkor shtabni Xanchjou shahrida (Xitoy) tashkil etish.

1. Osiyo va Paraosiyo oʻyinlaridan oldin Oʻzbekiston sport delegatsiyasi uchun Xanchjou shahri (Xitoy)da tashkil etiladigan tezkor shtab aʼzolari tarkibini tasdiqlash va ularning vazifalarini belgilash.

2. Tezkor shtab aʼzolari Xanchjou shahri (Xitoy)ga yuborish.

3. Tezkor shtab aʼzolari tomonidan Oʻzbekiston sport delegatsiyasini kutib olish, joylashtirish, ovqatlanish, tibbiy boʻlim joylarini tayyorlash.

4. Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi tomonidan tezkor shtab aʼzolariga barcha zaruriy amaliy yordam koʻrsatish.

2022-yil

1-avgust

2022-yil

1-sentabr

2022-yil

sentabr-oktabr

Budjet, homiylar
va ijrochilar mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi

(Sh. Maxmudov), Milliy olimpiya qoʻmitasi (Sh. Tashmatov),

Milliy paralimpiya qoʻmitasi

(M. Tashxodjayev), sport federatsiya (assotsiatsiya)lari Tashqi ishlar vazirligi (V. Norov)

10.

Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida ishtirok etuvchi Oʻzbekiston sport delegatsiyasini qoʻshimcha oziq-ovqat bilan taʼminlash.

1. Qoʻshimcha oziq-ovqat taʼminoti roʻyxatini shakllantirish.

2. Qoʻshimcha oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish.

3. Xarid qilingan oziq-ovqat mahsulotlarini Xanchjou shahri (Xitoy)ga yetkazish.

Reja
asosida

Budjet
va homiylar mablagʻlari

Milliy olimpiya qoʻmitasi

(Sh. Tashmatov), Tashqi ishlar vazirligi (V. Norov), Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev), Davlat bojxona qoʻmitasi (O. Ibragimov),
Transport vazirligi (A. Muminov), Oʻzbekoziqovqatzaxira (Z. Fayziyev), sport federatsiya (assotsiatsiya)lari

IV. Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar, ularni tayyorlagan t?yenerlar hamda boshqa mutaxassislarni mukofotlash va ragʻbatlantirish

11.

Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni tayyorlagan trenerlar va boshqa mut?xassislar uchun bir martalik toʻlovni taqsimlash.

Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni tayyorlagan trenerlar va boshqa mutaxassislarga (maslahatchi trener, sport menejeri, shifokor, diyetolog, massajist) ajratiladigan bir martalik toʻlovlarni sport turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktablarida hamda Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasida tashkil etilgan trenerlar kengashi qaroriga muvofiq taqsimlash.

2022-yil
15-avgust

Budjet
va homiylar mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi

(M. Ismailov), Milliy paralimpiya qoʻmitasi (Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev),
sport federatsiya (assotsiatsiya)lari

12.

Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar va ularni tayyorlagan har bir trenerga mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan quyidagi miqdorda bir martalik toʻlovlar berish:

a) sportchiga:

oltin medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida;

kumush medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida;

bronza medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida;

b) trenerga:

oltin medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida;

kumush medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida;

bronza medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida.

Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar va ularni tayyorlagan har bir trenerga bir martalik toʻlovlar mahalliy budjetining qoldiq va daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismidan xalq deputatlari viloyat Kengashining qarori asosida amalga oshiriladi.

2022-yil
10-dekabr

Mahalliy budjetning qoldiq mablagʻlari va daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismidan

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar va ularni tayyorlagan trenerlar va boshqa mutaxassislarni davlat mukofotlariga tavsiya etish.

1. Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida ishtirok etuvchi Oʻzbekiston sport delegatsiyasi roʻyxatini belgilangan tartibda shakllantirish.

2. Shakllantirilgan roʻyxatni Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etish.

2022-yil

1-oktabr,

20-oktabr

-

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Ikramov), Milliy olimpiya qoʻmitasi

(Sh. Tashmatov),

Milliy paralimpiya qoʻmitasi

(M. Tashxodjayev)

14.

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga homiy tashkilotlar tomonidan ajratilgan pul mablagʻlaridan oqilona, tejamkor, samarali va maqsadli foydalanish.

1. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga homiy tashkilotlar tomonidan ajratilgan pul mablagʻlaridan oqilona, tejamkor, samarali va maqsadli foydalanilganligi haqida ularning hisobotini 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasining majlislarida eshitib borish yuzasidan reja-grafikni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan reja-grafik asosida hisobotlarni 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasining majlislarida eshitib borish.

3. Homiylik xayriya yordami sifatida ajratiladigan mablagʻlarni toʻlab borish boʻyicha reja-grafik tasdiqlangandan soʻng ularni homiy tashkilotlarning tegishli boshqaruv organlari tomonidan bir oy muddatda toʻlab borish.

4. Ajratilgan pul mablagʻlaridan oqilona, tejamkor, samarali va maqsadli foydalanilishi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish hamda natijalari haqida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilib borish.

Reja-grafik asosida

Ishlab chiqish — 2022-yil
1-iyun

Amalga oshirish — 2022-yil davomida

Homiylik mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi

(M. Ismailov), Milliy olimpiya qoʻmitasi

(Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev),

sport federatsiya (assotsiatsiya)lari

V. Osiyo va Paraosiyo oʻyinlariga tayyorgarlik va ishtirok etish jarayonlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish

15.

Bosma va elektron ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

Ommaviy axborot vositalarida Osiyo va Paraosiyo oʻyinlariga doir ruknlarni muntazam ravishda yoritib borish.

Osiyo va Paraosiyo oʻyinlariga tayyorgarlik boʻyicha sport tashkilotlari hamda federatsiya (assotsiatsiya)lari faoliyati haqidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida joylashtirish va keng yoritish.

Media-reja ishlab chiqib, tasdiqlash va amalga oshirish.

2022-yil

20-may

Ijrochilar mablagʻlari

Milliy teleradiokompaniya

(F. Maxmudov), Sportni rivojlantirish vazirligi (Sh. Maxmudov), Milliy olimpiya qoʻmitasi (Sh. Tashmatov),

Milliy paralimpiya qoʻmitasi

(M. Tashxodjayev), sport federatsiya (assotsiatsiya)lari

16.

Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarini markaziy studiyalarda, shu jumladan “Sport” teleradiokanalida toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarini markaziy studiyalarda, shu jumladan “Sport” teleradiokanalida toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrish.

2022-yil

sentabr-oktabr

Ijrochilar mablagʻlari

Milliy teleradiokompaniya

(F. Maxmudov), Sportni rivojlantirish vazirligi (Sh. Maxmudov), Milliy olimpiya qoʻmitasi (Sh. Tashmatov),

Milliy paralimpiya qoʻmitasi

(M. Tashxodjayev)

17.

Respublikada boʻlib oʻtadigan saralash musobaqalarida shaffof va odilona hakamlar korpusini shakllantirish.

1. Sport turlari boʻyicha salohiyatli hakamlar roʻyxatini shakllantirish.

2. Shakllangan roʻyxatga muvofiq respublikada boʻlib oʻtadigan saralash musobaqalariga jalb etish.

3. Musobaqalarni shaffof va odilona oʻtishi yuzasidan videokameralar oʻrnatish va jarayonlarni tasvirga olish.

2022-yil davomida

Budjet, homiylar
va ijrochilar mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi

(Sh. Maxmudov), Milliy olimpiya qoʻmitasi (Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev),
sport federatsiya (assotsiatsiya)lari,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

VI. Xalqaro sport tashkilotlari bilan aloqalarni mustahkamlash

18.

Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi bilan oʻzaro doimiy hamkorlikni taʼminlash.

1. Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi bilan muzokaralar olib borish.

2. Oʻzbekiston sport delegatsiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini kelishib olish.

3. Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari davrida Oʻzbekiston sport delegatsiyasini qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish.

2022-yil

may oktabr

Budjet
va homiylar mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Ikramov), Tashqi ishlar vazirligi

(V. Norov), Milliy olimpiya qoʻmitasi

(Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev)

19.

Sport federatsiya (assotsiatsiya)lari tomonidan xalqaro sport tashkilotlari bilan aloqalarni mustahkamlash.

1. Xalqaro sport tashkilotlari bilan muzokaralar olib borish.

2. Xalqaro sport tashkilotlari rahbarlarini Oʻzbekistonga taklif qilish va ular bilan sport turlarini rivojlantirish istiqbollarini kelishib olish.

2022-yil davomida

Budjet, homiylar
va ijrochilar mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Ikramov), Milliy olimpiya qoʻmitasi

(Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev),
sport federatsiya (assotsiatsiya)lari,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

20.

Xalqaro sport tashkilotlarining rahbarlik va texnik lavozimlariga sport sohasida yuqori malaka va xorijiy tajribaga ega boʻlgan Oʻzbekistonning nomzodlarini tavsiya etish.

1. Nomzodlar roʻyxatini shakllantirib borish.

2. Xalqaro sport tashkilotlarining rahbarlik va texnik lavozimlariga Oʻzbekistondan nomzodlar tavsiya etish.

2022-yil davomida

Budjet, homiylar
va ijrochilar mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Ikramov), Milliy olimpiya qoʻmitasi (Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev),

Tashqi ishlar vazirligi (V. Norov),
sport federatsiya (assotsiatsiya)lari

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2022-y., 07/22/234/0383-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)