ILOVA
|
Tadbir nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Mas’ul ijrochilar | |
|
I. Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida ishtirok etuvchi terma jamoa a’zolarini tanlab olishva saralash (seleksiya) | |||||
|
1. |
Sport maktabi, ixtisoslashtirilgan sport maktabi, olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari, sport turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktablari, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari o‘rtasida uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. |
1. Sport maktablari hamda federatsiya (assotsiatsiya)lariga mutaxassislar, trenerlar tomonidan erkin tashrif buyurish va mashg‘ulot jarayonlarini kuzatib borish. 2. Kuzatuv natijasida iqtidorli sportchilarni keyingi bosqichdagi sport-ta’lim muassasasiga o‘tkazishga tavsiya qilish. 3. Tanlab olingan iqtidorli sportchi bilan alohida tayyorgarlik rejasi asosida ish olib borish. 4. Terma jamoa tarkibiga kirgan sportchilarning mas’uliyatli vazifalarini tushuntirish. 5. Terma jamoa a’zolari uchun maqsadli mashg‘ulot jarayonlarini uzluksiz tashkil qilish. 6. Terma jamoa a’zolariga sport anjomlari, sport ekipirovkalari, tegishli dori-darmon, vitaminlar ajratish hamda ularni shifokor va sport psixologlarning doimiy nazoratida ushlab turish. |
Reja asosida
|
Budjet, homiylar |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Milliy olimpiya qo‘mitasi (Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (O. Fozilkarimov), sport federatsiya (assotsiatsiya)lari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. |
Sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlari |
1. O‘zbekiston chempionatlari va boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan sportchilardan iborat tarkibni shakllantirish. 2. Terma jamoa trenerlari tomonidan Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga sportchilarni tayyorlash dasturini ishlab chiqib tasdiqlash. 3. Trenerlar tomonidan tasdiqlangan dastur asosida tanlab olingan sportchilarning ishtirokida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va xalqaro sport musobaqalariga ishtirokini uzluksiz ta’minlash bo‘yicha buyurtmanomalarni belgilangan tartibda taqdim etish. 4. Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan terma jamoa a’zolarining xizmat safari bilan bog‘liq xarajatlarni kamida 10 kun oldin hal etish. |
2023-yil
asosida |
Budjet, homiylar |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Milliy olimpiya qo‘mitasi (Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev), sport federatsiya (assotsiatsiya)lari |
|
3. |
Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etadigan sportchilarni quyi bo‘g‘indan boshlab, to‘rt bosqichda (muassasa, tuman/shahar miqyosida, viloyat miqyosida, respublika miqyosida) musobaqalar o‘tkazish va tizimli asosida tanlab olish jarayonlarini puxta, shaffof, adolatli amalga oshirish choralarini ko‘rish. |
1. O‘tkaziladigan sport musobaqalari va ishtirokchilar ro‘yxatini shakllantirish. 2. Musobaqani o‘tkazish uchun zarur sharoitlar yaratilishiga e’tibor qaratish (inventar, hakam, sovrinli o‘rinlar sahnasi, faxriy yorliq, medal, sovg‘a va boshqalar). 3. Musobaqalarni shaffof, adolatli o‘tkazish uchun videokamera, foto apparatlardan foydalanish va musobaqa jarayonlarini tasvirga olish. 4. Musobaqa jarayonlarini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish. 5. Musobaqa yakunlari bo‘yicha natijalarni rasmiylashtirish hamda quyidagi ketma-ketlikda hisobotlarni monitoring qilib borish va taqdim etish: muassasa miqyosida o‘tkazilgan musobaqalar natijalari yuzasidan hisobotlarni tuman (shahar) sportni rivojlantirish bo‘limiga; tuman (shahar) miqyosida o‘tkazilgan musobaqa natijalari bo‘yicha hisobotlarni viloyat sportni rivojlantirish bosh boshqarmasiga; viloyat miqyosida o‘tkazilgan sport musobaqalari natijalari bo‘yicha hisobotlarni sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga; respublika miqyosida o‘tkazilgan musobaqa natijalari bo‘yicha hisobotlarni Sportni rivojlantirish vazirligiga. |
Reja asosida
|
Budjet, homiylar |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Milliy olimpiya qo‘mitasi (Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev), sport federatsiya (assotsiatsiya)lari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
4. |
Sport turlari bo‘yicha mashhur sportchilar ishtirokida doimiy master-klass va seminarlar o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish. |
1. Master-klass va seminarlar o‘tkazish rejasini ishlab chiqib tasdiqlash. 2. Mashhur sportchilar ro‘yxatini shakllantirish. 3. Tasdiqlangan reja asosida master-klass va seminarlarni o‘tkazish. |
Reja asosida
|
Budjet, homiylar |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Milliy olimpiya qo‘mitasi (Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev), sport federatsiya (assotsiatsiya)lari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
5. |
Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Xo‘jakent” QFY, “Qoronqul” MFYda joylashgan “Qoronqul” dam olish maskani hamda viloyatdagi “Qaldirg‘och” dam olish oromgohilaridan suv sporti bazasi sifatida foydalanish uchun uni Suv sporti turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi balansiga berish. |
1. Toshkent viloyatidagi “Qoronqul” va “Qaldirg‘och” dam olish maskanlarini Suv sporti turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi balansiga o‘tkazish. 2. O‘zbekiston “Rowing & Canoe” federatsiyasiga Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Xo‘jakent” QFY, “Qoronqul” MFYda joylashgan “Qoronqul” dam olish maskanini sport bazasi sifatida biriktirish. 3. Mazkur obyekt imkoniyatlari asosida nufuzli sport musobaqalariga suv sporti bo‘yicha O‘zbekiston sportchilarini puxta tayyorlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
2023-yil |
- |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), O‘zbekiston “Rowing & Canoe” federatsiyasi |
|
II. Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga sportchilarni jismoniy tayyorlash va tibbiy psixologik, farmakologik ta’minlash | |||||
|
6. |
Dopingga qarshi murosasiz muhitni yaratish, shaffof sport va adolatli raqobat tamoyillarini keng targ‘ib qilish maqsadida: doimiy ravishda seminar, vebinar, uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazilishini; olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoalari sportchilarini o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va musobaqalari jarayonida dopingga qarshi doimiy nazorat qilishni; sport farmakologiyasi, psixologiyasi, tibbiyoti, diyetologiyasini chuqur tahlil qilish va o‘rganish natijalari asosida farmakologik korreksiya va sportchilarning jismoniy holatini tiklash bo‘yicha kompleks choralarni ishlab chiqib, tasdiqlash va ularni amalga oshirishni; jarohat olgan sportchilarni qayta tekshiruvdan o‘tkazish va ularni sport psixologlari yordamida qisqa muddatda musobaqalarda ishtirok etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan holda, tayyorgarlik bazalaridagi terma jamoa tayyorgarligiga qaytarishni ta’minlash; sport turlari bo‘yicha terma jamoalarga tibbiyot xodimlarini Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi orqali markazlashgan xolda biriktirish va jalb etish tizimini yo‘lga qo‘yish. |
1. Seminar, vebinar, uchrashuv va davra suhbatlarini o‘tkazish rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash va o‘tkazish. 2. O‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va musobaqalari jarayonida dopingga qarshi doimiy nazoratni o‘rnatish. 3. Farmakologik korreksiya va sportchilarning jismoniy holatini tiklash bo‘yicha kompleks choralarni ishlab chiqib, tasdiqlash va ularni amalga oshirish. 4. Jarohat olgan sportchilarni qayta tekshiruvdan o‘tkazish va ularni sport psixologlari yordamida qisqa muddatlarda terma jamoa tayyorgarligiga qaytarish choralarini ko‘rish. 5. Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi orqali terma jamoalarga tibbiyot xodimlarini biriktirish. |
Reja asosida
Amalga oshirish — 2023-yil davomida |
Budjet, homiylar |
Milliy antidoping agentligi (A. Sadiqov), Milliy olimpiya qo‘mitasi (Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev), sport federatsiya (assotsiatsiya)lari |
|
7. |
Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida sportchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va jarohatlardan keyin tibbiy tiklanish uchun zarur bo‘lgan tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash. |
1. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markaziga yetishmayotgan tibbiy asbob-uskunalar vaqtincha ajratilishini ta’minlash. 2. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan jahon talablarini o‘rgangan holda zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalarni xorijiy grant mablag‘lari evaziga xarid qilish hamda Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markaziga taqdim etish. |
2023-yil |
Budjet |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev), Milliy olimpiya qo‘mitasi (Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev) |
|
III. Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasining muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash | |||||
|
8. |
Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish, monitoring olib borish, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha doimiy ishlab turuvchi tezkor shtablarni tashkil etish. |
1. Respublika tezkor shtablarini O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasida tashkil etish. 2. Viloyat tezkor shtablarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tashkil etish. 3. Tezkor shtablarni vaqtincha yengil avtotransport, kompyuter texnikasi va boshqa vositalar bilan ta’minlash. 4. Tezkor shtablarni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kamida 8 nafardan iborat mas’ullarni biriktirigan holda tashkil etish: sportchilar monitoringi olib borish va tahlil qilish; tibbiy nazoratni olib borish; maishiy shart-sharoitlarni yaxshilash. 5. Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari yakunlaridan so‘ng tezkor shtablar a’zolarini rag‘batlantirish. |
2023-yil 20-may |
Budjet, homiylar |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Milliy olimpiya qo‘mitasi (Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev), sport federatsiya (assotsiatsiya)lari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
9. |
Osiyo va Paraosiyo o‘yinlaridan oldin O‘zbekiston sport delegatsiyasi uchun tezkor shtabni Xanchjou shahrida (Xitoy) tashkil etish. |
1. Osiyo va Paraosiyo o‘yinlaridan oldin O‘zbekiston sport delegatsiyasi uchun Xanchjou shahri (Xitoy)da tashkil etiladigan tezkor shtab a’zolari tarkibini tasdiqlash va ularning vazifalarini belgilash. 2. Tezkor shtab a’zolari Xanchjou shahri (Xitoy)ga yuborish. 3. Tezkor shtab a’zolari tomonidan O‘zbekiston sport delegatsiyasini kutib olish, joylashtirish, ovqatlanish, tibbiy bo‘lim joylarini tayyorlash. 4. O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi tomonidan tezkor shtab a’zolariga barcha zaruriy amaliy yordam ko‘rsatish. |
2023-yil 1-avgust
1-sentabr
sentabr-oktabr |
Budjet, homiylar |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Milliy olimpiya qo‘mitasi (Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev), sport federatsiya (assotsiatsiya)lari Tashqi ishlar vazirligi (V. Norov) |
|
10. |
Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida ishtirok etuvchi O‘zbekiston sport delegatsiyasini qo‘shimcha oziq-ovqat bilan ta’minlash. |
1. Qo‘shimcha oziq-ovqat ta’minoti ro‘yxatini shakllantirish. 2. Qo‘shimcha oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish. 3. Xarid qilingan oziq-ovqat mahsulotlarini Xanchjou shahri (Xitoy)ga yetkazish. |
Reja |
Budjet |
Milliy olimpiya qo‘mitasi (Sh. Tashmatov), Tashqi ishlar vazirligi (V. Norov), Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev), Davlat bojxona qo‘mitasi (O. Ibragimov), |
|
IV. Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar, ularni tayyorlagan trenerlar hamda boshqa mutaxassislarni mukofotlash va rag‘batlantirish | |||||
|
11. |
Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarni tayyorlagan trenerlar va boshqa mut?xassislar uchun bir martalik to‘lovni taqsimlash. |
Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarni tayyorlagan trenerlar va boshqa mutaxassislarga (maslahatchi trener, sport menejeri, shifokor, diyetolog, massajist) ajratiladigan bir martalik to‘lovlarni sport turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktablarida hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasida tashkil etilgan trenerlar kengashi qaroriga muvofiq taqsimlash. |
2023-yil |
Budjet |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (M. Ismailov), Milliy paralimpiya qo‘mitasi (Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev), |
|
12. |
Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar va ularni tayyorlagan har bir trenerga mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan quyidagi miqdorda bir martalik to‘lovlar berish: a) sportchiga: oltin medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida; kumush medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida; bronza medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida; b) trenerga: oltin medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida; kumush medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida; bronza medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida. |
Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar va ularni tayyorlagan har bir trenerga bir martalik to‘lovlar mahalliy budjetining qoldiq va daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismidan xalq deputatlari viloyat Kengashining qarori asosida amalga oshiriladi. |
2023-yil |
Mahalliy budjetning qoldiq mablag‘lari va daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismidan |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
13. |
Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar va ularni tayyorlagan trenerlar va boshqa mutaxassislarni davlat mukofotlariga tavsiya etish. |
1. Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida ishtirok etuvchi O‘zbekiston sport delegatsiyasi ro‘yxatini belgilangan tartibda shakllantirish. 2. Shakllantirilgan ro‘yxatni Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etish. |
2023-yil 1-oktabr, 20-oktabr |
- |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Milliy olimpiya qo‘mitasi (Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev) |
|
14. |
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga homiy tashkilotlar tomonidan ajratilgan pul mablag‘laridan oqilona, tejamkor, samarali va maqsadli foydalanish. |
1. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga homiy tashkilotlar tomonidan ajratilgan pul mablag‘laridan oqilona, tejamkor, samarali va maqsadli foydalanilganligi haqida ularning hisobotini 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasining majlislarida eshitib borish yuzasidan reja-grafikni ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Tasdiqlangan reja-grafik asosida hisobotlarni 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasining majlislarida eshitib borish. 3. Homiylik xayriya yordami sifatida ajratiladigan mablag‘larni to‘lab borish bo‘yicha reja-grafik tasdiqlangandan so‘ng ularni homiy tashkilotlarning tegishli boshqaruv organlari tomonidan bir oy muddatda to‘lab borish. 4. Ajratilgan pul mablag‘laridan oqilona, tejamkor, samarali va maqsadli foydalanilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish hamda natijalari haqida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilib borish. |
Reja-grafik asosida
|
Homiylik mablag‘lari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (M. Ismailov), Milliy olimpiya qo‘mitasi (Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev), sport federatsiya (assotsiatsiya)lari |
|
V. Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga tayyorgarlik va ishtirok etish jarayonlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish | |||||
|
15. |
Bosma va elektron ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. Ommaviy axborot vositalarida Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga doir ruknlarni muntazam ravishda yoritib borish. Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga tayyorgarlik bo‘yicha sport tashkilotlari hamda federatsiya (assotsiatsiya)lari faoliyati haqidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida joylashtirish va keng yoritish. |
Media-reja ishlab chiqib, tasdiqlash va amalga oshirish. |
2023-yil 20-may |
Ijrochilar mablag‘lari |
Milliy teleradiokompaniya (F. Maxmudov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Milliy olimpiya qo‘mitasi (Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev), sport federatsiya (assotsiatsiya)lari |
|
16. |
Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarini markaziy studiyalarda, shu jumladan “Sport” teleradiokanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarini markaziy studiyalarda, shu jumladan “Sport” teleradiokanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rish. |
2023-yil sentabr-oktabr |
Ijrochilar mablag‘lari |
Milliy teleradiokompaniya (F. Maxmudov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Milliy olimpiya qo‘mitasi (Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev) |
|
17. |
Respublikada bo‘lib o‘tadigan saralash musobaqalarida shaffof va odilona hakamlar korpusini shakllantirish. |
1. Sport turlari bo‘yicha salohiyatli hakamlar ro‘yxatini shakllantirish. 2. Shakllangan ro‘yxatga muvofiq respublikada bo‘lib o‘tadigan saralash musobaqalariga jalb etish. 3. Musobaqalarni shaffof va odilona o‘tishi yuzasidan videokameralar o‘rnatish va jarayonlarni tasvirga olish. |
2023-yil davomida |
Budjet, homiylar |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Milliy olimpiya qo‘mitasi (Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
VI. Xalqaro sport tashkilotlari bilan aloqalarni mustahkamlash | |||||
|
18. |
Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi bilan o‘zaro doimiy hamkorlikni ta’minlash. |
1. Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi bilan muzokaralar olib borish. 2. O‘zbekiston sport delegatsiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini kelishib olish. 3. Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari davrida O‘zbekiston sport delegatsiyasini qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish. |
2023-yil may — oktabr |
Budjet |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Milliy olimpiya qo‘mitasi (Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev) |
|
19. |
Sport federatsiya (assotsiatsiya)lari tomonidan xalqaro sport tashkilotlari bilan aloqalarni mustahkamlash. |
1. Xalqaro sport tashkilotlari bilan muzokaralar olib borish. 2. Xalqaro sport tashkilotlari rahbarlarini O‘zbekistonga taklif qilish va ular bilan sport turlarini rivojlantirish istiqbollarini kelishib olish. |
2023-yil davomida |
Budjet, homiylar |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Milliy olimpiya qo‘mitasi (Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
20. |
Xalqaro sport tashkilotlarining rahbarlik va texnik lavozimlariga sport sohasida yuqori malaka va xorijiy tajribaga ega bo‘lgan O‘zbekistonning nomzodlarini tavsiya etish. |
1. Nomzodlar ro‘yxatini shakllantirib borish. 2. Xalqaro sport tashkilotlarining rahbarlik va texnik lavozimlariga O‘zbekistondan nomzodlar tavsiya etish. |
2023-yil davomida |
Budjet, homiylar |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Milliy olimpiya qo‘mitasi (Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), |