30.04.2022 yildagi PQ-231-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.04.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan koʻlami teran, ahamiyati yuksak islohotlar xalqimizning tinch va farovon hayotini taʼminlash, inson qadrini ulugʻlash, fuqarolar uchun vijdon erkinligi huquqini toʻliq kafolatlashning mustahkam asosi boʻlib xizmat qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yurtimizdagi barcha moʻmin-musulmonlar muborak Ramazon oyini bu yil ham yaratilgan qulaylik va imkoniyatlardan samarali foydalanib, tinch va osuda hayotning qadriga yetish hamda unga shukrona keltirish kayfiyatida oʻtkazdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqimiz uchun ezgulik va muruvvat, ruhiy poklanish oyi hisoblangan ushbu qutlugʻ kunlarda ulamolar, imom-xatiblar, muhtaram faxriylar, mahalla oqsoqollari va faollari tomonidan joylarda 20 mingdan ziyod maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar amalga oshirildi. Ayniqsa, saxovat tadbirlari doirasida 100 mingdan ortiq kam taʼminlangan xonadonlar holidan xabar olinib, ularga ijtimoiy yordam va koʻmak koʻrsatildi. Bu esa yurtdoshlarimizning hayotdan rozi boʻlib yashashi hamda Ramazon hayiti bayrami shukuhining yanada oshishiga xizmat qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muborak Ramazon hayiti mohiyatida mujassam boʻlgan xayru saxovat, mehr-oqibat, insonparvarlik singari azaliy anʼana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda keng targʻib etish, xalqimizning ezgu niyat va orzu-intilishlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 2-may — dushanba kuniga toʻgʻri kelishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni inobatga olib, mamlakatimizda 2022-yil 2-may kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-35-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-131-son Farmoni bilan 2022-yil 3-4-may kunlari qoʻshimcha dam olish kunlari sifatida belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Ramazon hayiti xalqimizning milliy va diniy anʼanalariga mos ravishda oʻtkazilishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm va madaniy meros vazirligi Transport vazirligi bilan birgalikda yurtdoshlarimiz uchun muborak Ramazon hayiti kunlarida moʻtabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarini tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi M.M. Kamilov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 30-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-231-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi PQ-231-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-maydagi “Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi PQ-4349-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-maydagi “Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi PQ-4721-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-maydagi “Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi PQ-5110-son qarori.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 07/22/231/0375-son)