Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2022 21.05.2020 yildagi PQ-4721-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi PQ-231-sonli “Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ezgulik, saxovat va muruvvat oyi boʻlgan muborak Ramazon oyi bu yil mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi tufayli uyda, oila davrasida, oʻzaro ahillik va hamjihatlik muhitida munosib oʻtkazilmoqda. El-yurtimiz turli sinov va qiyinchiliklardan yanada kuchli va qudratli boʻlib oʻtgan holda, muqaddas Ramazon hayitini ertangi kunga katta ishonch va xursandchilik bilan kutib olmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu ulugʻ ayyomning xalqimiz maʼnaviy hayotida tutgan oʻrni, uning jamiyatimizda saxiylik, shukronalik, mehr-oqibat kabi fazilatlarni qaror toptirishdagi ahamiyatini inobatga olib hamda milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulugʻlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining 2020-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 24-may — yakshanba kuniga toʻgʻri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, mamlakatimizda 2020-yil 24-may Ramazon hayiti bayrami sifatida nishonlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Ramazon hayitining karantin talablariga muvofiq, xalqimizning milliy va diniy anʼanalariga mos ravishda oʻtishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 21-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4721-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 09/20/4721/0632-son)