27.04.2022 yildagi PF-116-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.04.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada kavrak yetishtirishni rivojlantirish va sanoatlashtirishni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada yovvoyi holda oʻsuvchi kavrak oʻsimligi tabiiy zaxiralarini saqlash, ularning qayta tiklanishini taʼminlash, madaniy usulda kavrak plantatsiyalarini yaratish hamda qayta ishlash korxonalari va uy xoʻjaliklari oʻrtasida kooperatsiyani yoʻlga qoʻyish, kavrakdan olinadigan xom ashyoni qayta ishlash hamda tayyor va yarim tayyor mahsulot sifatida eksportga chiqarishni ragʻbatlantirish, shuningdek, sohaga investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) kavrak yetishtirishni jadal rivojlantirishni taʼminlash boʻyicha quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga tegishli yaylov yer maydonlarida faoliyat olib borayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yovvoyi holda oʻsuvchi kavrak oʻsimligini saqlab qolish, muhofaza qilish, samarali tiklanishini va takror koʻpaytirishni tashkil qilishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududlarining tabiiy-iqlim sharoitlariga mos boʻlgan madaniy kavrak plantatsiyalari tashkil etilishini monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududlarida kavrakni sanoat usulida qayta ishlash hajmini koʻpaytirish va tayyor mahsulot holida eksport qilish hamda mahsulotni sotish bozorlarini kengaytirish boʻyicha sharoitlar yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” uyushmasiga (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) kavrak yetishtirishni rivojlantirish boʻyicha quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kavrak yetishtirish va uni eksport qilish bilan shugʻullanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirish, sohadagi qonunchilik bazasini takomillashtirish, kavrak mahsulotlarining raqobatbardoshligini va sifatini oshirish boʻyicha tizimli va maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat usulida yetishtirilgan kavrakning sotuv bozorlarini kengaytirish maqsadida marketing tadqiqotlarini olib borish, eksport hajmini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kavrak yetishtirish sohasiga xorijiy mutaxassis va investitsiyalarni jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kavrak oʻsimligini madaniy usullarda koʻpaytirish, uni chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonlariga ilmiy ishlanmalarni keng joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kavrak oʻsimligining texnik xom ashyosini yigʻish, uni qayta ishlash va eksport qilishgacha boʻlgan jarayonlarda jismoniy shaxslar va qayta ishlovchi korxonalar oʻrtasida kooperatsiyani tashkil qilish orqali kavrak yetishtirish subyektlari faoliyatini muvofiqlashtirish va qonunchilikda belgilangan boshqa vazifalarni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoʻmita, “Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” hamda “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” uyushmalarining “Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasini “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” uyushmasiga qoʻshib olish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2022 — 2026-yillarda yaylov yer maydonlarida kavrak plantatsiyalarini barpo etishning prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosari Sh. Gʻaniyev, Qoʻmita (B.Q. Sharipov), Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlari hokimliklari tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilgan holda, mazkur prognoz koʻrsatkichlarining oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoʻmita Uyushma bilan birgalikda 2022-yil 1-iyunga qadar Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarining kavrak oʻsishi uchun qulay iqlim sharoitlariga ega hududlarida kavrakni qayta ishlovchi korxonalar, kavrak yigʻish va yetishtirish bilan shugʻullanuvchi uy xoʻjaliklari (jismoniy shaxslar) va kavrak koʻchatchiligi xoʻjaliklari kooperatsiyasiga asoslangan kavrak yetishtirish klasterlari (keyingi oʻrinlarda — kavrak yetishtirish klasterlari) tashkil etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, kavrak yetishtirish klasterlarini tashkil etish quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita, Uyushma va tashabbuskorlar oʻrtasida tomonlarning huquq va majburiyatlarini nazarda tutuvchi shartnoma tuziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbuskorga yaylovlardan samarali foydalanish, ularning holatini yaxshilash, yovvoyi holda oʻsuvchi kavrak oʻsimligini saqlab qolish, uni madaniy usullarda koʻpaytirish, klaster ishtirokchilari oʻrtasida kooperatsiya usulida kavrak xom ashyosini yigʻish, uni qayta ishlash va tayyor mahsulotga aylantirishga oid majburiyatlar yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita mazkur talablar asosida salohiyatli investorlarni jalb etishga shaxsan masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2022-yil 1-maydan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Qoʻmitaning doimiy egaligidagi yer maydonlarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yovvoyi holda oʻsuvchi kavrak oʻsimligini gʻamlash (yigʻish) uchun kvotalar Qoʻmitaning buyurtmasiga koʻra, toʻlov evaziga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi asosida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur kvotalar doirasida yovvoyi holda oʻsuvchi kavrak oʻsimligi xom ashyosidan maxsus foydalanish uchun hamda yovvoyi holda oʻsuvchi kavrak oʻsimligini chetga olib chiqish uchun ruxsatnomalar Qoʻmita tomonidan beriladi. Bunda yovvoyi holda oʻsuvchi kavrak oʻsimligini gʻamlash (yigʻish) va chetga olib chiqish uchun ruxsatnomalar ajratiladigan kvotaning kamida 50 foizi hajmida madaniy plantatsiyalarni barpo etish sharti bilan beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qoʻmita kavrak mahsulotlari bozor konyunkturasi va ishlab chiqarish xarajatlarini tahlil qiladi, shuningdek, eksport hajmlari monitoringini yuritadi va ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning eksport hajmini oshirish uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda mazkur band talablaridan kelib chiqib bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni asrab-avaylash, ularni qayta tiklash va populyatsiyasini kengaytirish hamda noqonuniy yoʻl bilan yigʻishning oldini olish choralari ham nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda yovvoyi holda oʻsuvchi kavrak oʻsimligini gʻamlash (yigʻish) uchun kvotalar Qoʻmitaning buyurtmasiga koʻra 2022-yilda 10-maygacha, kelgusi yildan har yilning 1-fevraligacha tasdiqlanishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoʻmita va Uyushmaning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Qoʻmitaning doimiy egaligida boʻlgan yer maydonlaridagi kavrak oʻsimligidan foydalanganlik uchun xorijiy fuqarolar va yuridik shaxslardan olinadigan toʻlov miqdorini:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobi”ga kiritilmagan kavrak shirasining (yelim) 1 kilogrammi uchun toʻrt baravarga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobi”ga kiritilgan kavrak shirasining (yelim) 1 kilogrammi uchun ikki baravarga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) amaldagi tartibga koʻra, kavrak oʻsimligidan foydalanganlik uchun xorijiy fuqarolar va yuridik shaxslardan undirilib, tegishincha taqsimlanadigan summalarni saqlab qolish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mazkur bandga muvofiq kavrak oʻsimligidan foydalanganlik uchun oshirilayotgan toʻlov undirishdan olingan mablagʻlarni Qorakoʻlchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi maxsus hisob raqamiga oʻtkazish, ulardan 50 foizini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirish hamda 50 foizini Qorakoʻlchilikni rivojlantirish jamgʻarmasida qoldirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki, Qorakoʻlchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi kavrak oʻsimligidan foydalanganlik uchun oshirilayotgan toʻlov undirishdan olingan mablagʻlarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kavrak yetishtirish klasterlari ishtirokchilariga hududlarda shaxtali va tik quduqlar, shuningdek, suv tortish uchun nasos stansiyalarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilishga subsidiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etiladigan madaniy plantatsiyalar uchun yer maydonlarini tayyorlash, kavrak koʻchatini xarid qilish va ekish xarajatlarining bir qismini qoplashga subsidiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kavrak yetishtirish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga yangi zamonaviy texnologiyalar, innovatsion gʻoyalar va ishlanmalarni joriy etish uchun subsidiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ishchi xodimlarni moddiy va ijtimoiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita ikki oy muddatda kavrak yetishtirish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar berish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2022-yil 1-maydan boshlab uch yil davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kavrak yetishtirishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etadigan tadbirkorlik subyektlaridan olinadigan foyda soligʻi, mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 50 foiz miqdorida qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kavrak oʻsimligini yetishtiruvchilar va uning xom ashyosini qayta ishlovchi korxonalar tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha xorijdan import qilinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan xom ashyo, materiallar va furnituralar bojxona bojidan ozod etiladi. Bunda, import qilinadigan tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilishi toʻgʻrisida ekspertiza xulosasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qoʻmita Uyushma bilan birgalikda jun va kavrak mahsulotlari (TIF TN boʻyicha 5101 — 5109, 5602, 570110, 5701109, 1301 90 0000 kodlari) eksport hajmlari monitoringini yuritadi va ushbu mahsulotlarning eksport hajmini oshirish choralarini koʻradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoʻmita va Uyushmaning 2022-yil 1-maydan 5 yil muddatga kavrak oʻsimligi urugʻlarining respublikadan olib chiqilishiga ruxsatnomalar berilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining chegarasiga yaqin hududlarda kavrak yetishtirish klasterlari tomonidan kavrak shirasi va urugʻini yigʻib olish uchun sharoit yaratish yuzasidan taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qoʻmita, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma tizimidagi subyektlarda mavsumiy ishchilarning toʻliq bir mavsum ishlagan davrini ularga pensiya tayinlash uchun qonunchilik hujjatlarida tasdiqlangan, bir yillik mehnat stajiga oʻtadigan mavsumiy ishlar roʻyxatiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-iyuldan 2025-yil 1-yanvargacha Uyushma tizimidagi subyektlarda faoliyat olib borayotgan mavsumiy ishchilar uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz miqdorda undirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga mazkur bandning uchinchi xatboshisidan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qoʻmita Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda yovvoyi holda oʻsuvchi kavrak oʻsimligini asrab-avaylash, ularni qayta tiklash va populyatsiyasini kengaytirish hamda noqonuniy yoʻl bilan kavrak yigʻishning oldini olish choralarini koʻrib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 3-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qoʻmita ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur Farmonning ijrosini tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasining raisi B.Q. Sharipov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 27-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-116-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-116-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2026-yillarda yaylov yer maydonlarida kavrak plantatsiyalarini barpo etishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prognoz koʻrsatkichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(gektar)

T/r

Hududlar nomi

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

2026-yil

1.

Buxoro

100

150

200

250

300

2.

Jizzax

691

1 282

1 924

2 565

3 206

3.

Qashqadaryo

1 438

2 876

4 313

5 751

7 189

4.

Navoiy

498

995

1 493

1 991

2 488

5.

Samarqand

1 272

2 544

3 816

5 088

6 359

6.

Surxondaryo

2 001

4 053

6 104

8 156

10 207

7.

Fargʻona

100

150

200

250

Jami:

6 000

12 000

18 000

24 000

30 000

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-116-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi “Respublikada kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va ularning xom ashyosini qayta ishlash hajmlarini koʻpaytirish hamda eksport qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3617-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-bandning birinchi xatboshisidagi “Uyushmaning asosiy vazifalari” soʻzlari “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasining qoʻshimcha vazifalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“10. Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagroeksport” AJ, Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda zamonaviy logistika tizimini keng joriy etgan holda kavrak xom ashyosini eksportga chiqarishga koʻmaklashsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 12 va 14-bandlardagi “Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 18 va 19-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“18. Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasining talabnomasiga asosan kavrak plantatsiyasini tashkil etish maqsadida ekish materiallari (urugʻlari)ni yigʻish (gʻamlash)ga belgilangan tartibda ruxsatnoma berishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi raisi B.Q. Sharipov zimmasiga yuklansin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi “Pillachilik tarmogʻida chuqur qayta ishlashni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4411-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2022-yil 1-avgustga qadar pillachilik tarmogʻi korxonalariga (ularning vakolatli vakillariga) 6-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha mahsulotlarni AQSh, Xitoy, Hindiston va Turkiyaga eksport qilishda havo va temir yoʻllari transportida tashish xarajatlarining 50 foizigacha miqdorini, Yevropa Ittifoqi davlatlariga eksport qilishda havo va temir yoʻllari transportida tashish xarajatlarining 70 foizigacha miqdorini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-avgustdagi “Qorakoʻlchilik tarmogʻini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4420-son qarorining 7-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagi mazmundagi oʻninchi — oʻn ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“kavrak yetishtirish bilan shugʻullanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan qishloq xoʻjaligi texnikalari va agregatlari, resurs tejovchi uskunalar va zamonaviy texnologiyalar xarid qilinishini moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kavrak oʻsimligi koʻchati va urugʻini sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv chiqarish inshootlarini barpo etish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻninchi xatboshi oʻn uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi PQ-4742-son qarori bilan tasdiqlangan oʻzini oʻzi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“11. Fermer xoʻjaliklari egalari, pilla yetishtirish va ipak qurti urugʻchiligi tashkilotlari buyurtmasi boʻyicha qishloq xoʻjaligi ishlari (qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari, ipak qurtini va hayvonlarni parvarish qilish, qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini yigʻish, tut koʻchatlarini ekish va boshqa qishloq xoʻjaligi ishlari)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“14. Chorva mollarini oʻtlatish, ularni parvarish qilish, shu jumladan urugʻlantirish, qoʻzilatish, qirqish va dagʻal xashak jamgʻarish ishlari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “Qorakoʻlchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4984-son qarorining 2-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) beshinchi xatboshidagi “qorakoʻlchilik subyektlari” soʻzlari “qorakoʻlchilik va kavrak yetishtirish bilan shugʻullanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kuyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“kavrak oʻsimligi koʻchati va urugʻini sotib olish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oltinchi — oʻninchi xatboshilar tegishincha yettinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi “Respublikada mavjud yaylovlardan unumli foydalanish, ipak va junni qayta ishlashni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5178-son qarori 7-bandining “b” kichik bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) toʻrtinchi xatboshi “ozuqabop oʻsimliklar” soʻzlaridan keyin “hamda kavrakni plantatsiyalarda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kuyidagi mazmundagi oltinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“kavrak plantatsiyasini tashkil etuvchilarga plantatsiya tashkil etish va xom ashyo yetishtirish yuzasidan metodik yordam koʻrsatish va tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqilgan innovatsion texnologiyalarni kavrak yetishtirish jarayoniga joriy qilish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kavrak yetishtirishga jalb etiladigan mutaxassislarni plantatsiyalarda agrotexnik tadbirlarni toʻgʻri amalga oshirish boʻyicha oʻqitish uchun maxsus tayyorlov kurslarini tashkil etish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-116-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-6217-son Farmoniga 1-ilovaning 14-bandi “a” va “v” kichik bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-67-son Farmoniga 1-ilovaning 21-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi “Respublikada kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va ularning xom ashyosini qayta ishlash hajmlarini koʻpaytirish hamda eksport qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3617-son qarorining 1-2, 4 — 9-bandlari va qarorga 1 — 4-ilovalar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/116/0353-son; 18.02.2023-y., 06/23/24/0096-son; 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son; 31.01.2025-y., 06/25/15/0095-son)