26.04.2022 yildagi 214-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat-xususiy sheriklik asosida Toshkent shahar issiqlik markazlarini kogeneratsion texnologiyalarini joriy etish orqali modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻgʻridan-toʻgʻri davlat kafolatisiz xorijiy investitsiyalar hisobiga Toshkent shahar issiqlik taʼminoti markazlarini modernizatsiya qilish va ularda kogeneratsiya qurilmalarini joriy etish orqali yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash hamda shahar aholisini ishonchli issiqlik va elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahar issiqlik taʼminoti markazlarini modernizatsiya qilish va kogeneratsiya qurilmalarini joriy etish loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirish maqsadida quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 16-aprelda Toshkent shahar hokimligi, “Siemens energy global GmbN&Co.KG” (Germaniya) va “Stone city development B.V.” (Niderlandiya) kompaniyalari (keyingi oʻrinlarda — investor) oʻrtasida loyihani amalga oshirish uchun anglashuv memorandumi imzolanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor tomonidan “Stone city energy II B.V.” (Niderlandiya) kompaniyasi tashkil qilinganligi hamda loyihani amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida maxsus loyiha kompaniyasini tashkil etishi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil oktabr oyida Toshkent shahar hokimligi va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida loyihani amalga oshirishning asosiy shartlari toʻgʻrisida bitim imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, loyiha investor bilan davlat-xususiy sheriklik asosida toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar issiqlik taʼminoti markazlarini modernizatsiya qilish va kogeneratsiya qurilmalarini joriy etish loyihasi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar issiqlik taʼminoti markazlarini modernizatsiya qilish va kogeneratsiya qurilmalarini joriy etish loyihasini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent shahar hokimligi Moliya vazirligi, Energetika vazirligi bilan birgalikda belgilangan tartibda eng yaxshi takliflarni tanlash orqali loyihani amalga oshirish boʻyicha quyidagi konsultantlar aniqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ILF Consulting Engineers” kompaniyasi — texnik konsultant;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“PricewaterhouseCoopers” kompaniyasi — moliyaviy konsultant;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“White & Case” kompaniyasi — yuridik konsultant.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahar hokimligi oʻn kun muddatda hokimlik huzurida loyihani amalga oshirish doirasida davlat sherigi sifatida ishtirok etuvchi maxsus kompaniyani tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, loyiha doirasida Loyiha kompaniyasi va davlat sherigi oʻrtasida davlat-xususiy sheriklik bitimi hamda Moliya vazirligi oʻrtasida davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida bitim imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ishchi guruh (Artikxodjayev) loyihaning davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilishini jadallashtirish maqsadida jalb qilingan konsultantlar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda investor bilan muzokaralar oʻtkazib, loyihaning yakuniy parametrlariga aniqlik kiritish orqali texnik-texnologik va moliyaviy-iqtisodiy jihatidan eng maqbul yechimlarni ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, investorning majburiyatlarini belgilashda, shu jumladan tariflarni pasaytirish boʻyicha investor bilan kelishuvga erishish hamda investor tomonidan oʻrnatiladigan qurilmalarning ishlab chiqarish quvvatlari va samaradorlik koʻrsatkichlariga eʼtibor qaratilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2022-yil 1-sentabrga qadar loyiha doirasida davlat-xususiy sheriklik bitimi va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida bitim imzolanishini taʼminlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2022-yil 10-sentabrga qadar loyihani amalga oshirish boʻyicha tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 26-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
214-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-apreldagi 214-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar issiqlik taʼminoti markazlarini modernizatsiya qilish va kogeneratsiya qurilmalarini joriy etish loyihasi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

J.A. Artikxodjayev

—

Toshkent shahar hokimi, ishchi guruh rahbari

Q.I. Tursunov

—

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri oʻrinbosari

Sh.H. Xodjayev

—

Energetika vaziri oʻrinbosari

O.R. Isakov

—

Moliya vaziri oʻrinbosari

A.M. Boboyev

—

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari

B.B. Eshmuratov

—

“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisi

B.R. Normatov

—

“Oʻztransgaz” AJ boshqaruv raisi

X.V. Xasanov

—

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

A.R. Jumanazarov

—

Vazirlar Mahkamasi departament boshligʻi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-apreldagi 214-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar issiqlik taʼminoti markazlarini modernizatsiya qilish va kogeneratsiya qurilmalarini joriy etish loyihasini amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻL XARITASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmlari

Muddati

Masʼul vazirlik va idoralar

1.

Loyihani amalga oshirish uchun tajribali konsultantlarni jalb qilish.

1. Tanlab olingan konsultantlar bilan qoʻshimcha muzokaralar oʻtkazish

2022-yil 27-aprel

Toshkent shahar hokimligi

(Artikxodjayev),

Moliya vazirligi

(Isakov),

Energetika vazirligi

(Xodjayev)

2. Konsultantlar bilan tegishli shartnomalarni imzolash.

2022-yil 30-aprel

2.

Loyihaning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini ishlab chiqish.

1. Loyihani amalga oshirish uchun Investorga yakuniy texnik talablarni taqdim etish.

2022-yil 30-aprel

Toshkent shahar hokimligi

(Artikxodjayev),

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

(Hidoyatov),

Moliya vazirligi

(Isakov),

Energetika vazirligi

(Xodjayev)

2. Investor va konsultantlar bilan birgalikda loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil 30-may

3.

Loyihani amalga oshirish uchun tegishli bitimlarni imzolash.

1. Konsultantlar bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash bitimi loyihasini tayyorlash.

2022-yil 1-iyun

Toshkent shahar hokimligi

(Artikxodjayev),

Moliya vazirligi

(Isakov),

Energetika vazirligi

(Xodjayev),

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

(Hidoyatov)

2. Germaniya va Fransiya mamlakatlarida oʻrnatilgan kogeneratsiya qurilmalarini oʻrganib, ushbu qurilmalarni ekspluatatsiya qilayotgan mutaxassislar bilan tajriba almashish.

2022-yil 15-iyun

3. Tayyorlangan bitim loyihalari boʻyicha investor bilan muzokaralar oʻtkazish.

2022-yil 1-iyul

4. Bitim loyihalarini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2022-yil 20-iyul

5. Yakuniy bitim loyihasini Investor bilan kelishib, imzolash.

2022-yil 1-sentabr

4.

Loyihani amalga oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish.

1. Loyihani amalga oshirish boʻyicha tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish.

2022-yil 20-avgust

Toshkent shahar hokimligi

(Artikxodjayev),

Moliya vazirligi

(Isakov),

Energetika vazirligi

(Xodjayev),

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

(Hidoyatov)

2. Qaror loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2022-yil 8-sentabr

3. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 10-sentabr

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 09/22/214/0347-son)