Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
“Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari)ning bogʻ va uzumzorlarini sotish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 14-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1542-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2006-yil 18-yanvardagi 13-son “Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari)ning bogʻ va uzumzorlarini sotish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1542, 2006-yil 21-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 4-5-son, 30-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir J. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 29-mart,
75-son
Kelishildi:
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi direktori R. BOBOYEV
2022-yil 7-mart
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A. ORTIKOV
2022-yil 12-mart
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2022-y., 10/22/1542-1/0305-son)