Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 02.07.1999 yildagi 323-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOShKENT ShAHRI AHOLISINI GOʻShT VA SUT MAHSULOTLARI BILAN UZLUKSIZ TAʼMINLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzgoʻshtsutsanoat” davlat uyushmasi “Toshkentgoʻsht” va “Toshkentsut” aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy va ishlab chiqarish faoliyatini yanada barqarorlashtirish, ularning samaradorligini oshirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish hamda raqobatbardoshli va yuqori sifatli goʻsht va sut mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxonalar tashkil etish asosida Toshkent shahri aholisini goʻsht va sut mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahriga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi va tadbirkorlar tomonidan 1999-yilda — 85391 tonna, 2000-yilda — 86000 tonna goʻsht;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzgoʻshtsutsanoat” davlat uyushmasi tasarrufidagi korxonalardan 1-ilovaga* muvofiq sut mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzparrandasanoat” uyushmasi tomonidan 1999-yilda 500 tonna va 2000-yilda 1200 tonna kurka goʻshti yetkazib berish prognoz hajmlariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi koʻrsatib oʻtilgan mahsulotlarning erkin yetkazib berilishiga koʻmaklashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent shahar aholisi tomonidan isteʼmol qilinayotgan goʻsht va sut mahsulotlarining asosiy hajmi dehqon, fermer xoʻjaliklari va tadbirkorlar tomonidan keltirilishi hisobiga qoplanayotganligini eʼtiborga olib, “Oʻzgoʻshtsutsanoat” davlat uyushmasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda respublika viloyatlaridan keltiriladigan mollarni soʻyish xizmatlari koʻrsatish boʻyicha Toshkent shahrida kushxona maydonini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzgoʻshtsutsanoat” davlat uyushmasining xorijiy investitsiyalar ishtirokida 2-ilovaga* muvofiq qoʻshma korxonalar tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tayyor goʻsht-sut mahsulotlari narxlarini pasaytirish maqsadida “Oʻzgoʻshtsutsanoat” davlat uyushmasining goʻsht-sut mahsulotlari kombinatlariga import qilinadigan quruq sut, goʻsht qiymasi, kolbasa va sosiska poʻsti, ziravorlar va goʻsht-sut mahsulotlari ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan boshqa yordamchi materiallarni sotayotgan ulgurji savdo korxonalariga yuqoridagi tovarlarni respublika hududiga olib kirishda ular tomonidan toʻlangan qoʻshimcha qiymat soligʻini ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlari uchun qoʻshimcha qiymat soligʻini hisoblab chiqarishda koʻrsatib oʻtilgan summalarni hisobga olish uchun 1999-yil 1-iyuldan boshlab schyot-fakturalarda alohida satrda ajratib koʻrsatishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasini “Toshkentgoʻsht” aksiyadorlik jamiyati balansida turgan koʻp qavatli turar-joylari va muhandislik kommunikatsiyalari, bugʻ qozoni, kuchlanish transformator kichik stansiyalari boʻlgan posyolkani, shuningdek bolalar bogʻchasini tegishli mahalliy organlarga belgilangan tartibda berish toʻgʻrisidagi masalani bir oy muddatda koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasiga, “Toshkentgoʻsht” va “Toshkentsut” aksiyadorlik jamiyatlariga hamda “Oʻzgoʻshtsutsanoat” davlat uyushmasining Toshkent viloyatidagi boʻrdoqichilik xoʻjaliklariga qoramol, goʻsht va sut yetkazib berish va ularni qayta ishlash uchun, shuningdek mazkur mahsulotlarni Toshkent shahri aholisiga va boshqa isteʼmolchilariga sotish yuzasidan shartnomalar tuzish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 2-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
323-son