Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2022-yil 19-mart,
SQ-509-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 19-martdagi SQ-509-IV-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi qarorlarining roʻyxati
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 15-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi aʼzosi K.B. Tursunov toʻgʻrisida”gi KQ-307-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 15-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi U.G. Fayziyev toʻgʻrisida”gi KQ-308-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 15-fevraldagi “R.T. Mamatovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi tarkibidan chiqarish toʻgʻrisida”gi KQ-309-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tuzilmasini tasdiqlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi KQ-310-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 10-martdagi “G.M. Marufovani Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi aʼzosi etib saylash toʻgʻrisida”gi KQ-313-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 10-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi aʼzosi G.M. Marufova toʻgʻrisida”gi KQ-314-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 10-martdagi “Z.B. Maxkamovani Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi etib saylash toʻgʻrisida”gi KQ-315-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 10-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi aʼzosi N.A. Abdullaxanov toʻgʻrisida”gi KQ-316-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 10-martdagi “E.I. Basitxanovani Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi tarkibidan chiqarish toʻgʻrisida”gi KQ-317-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 11-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi KQ-319-IV-sonli qarori.