17.03.2022 yildagi SQ-492-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini eshitib, tashqi siyosiy aloqalarni yanada rivojlantirish sohasida muayyan ishlar amalga oshirilganini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida oliy darajadagi 8 ta xorijiy tashrif va 150 ga yaqin turli uchrashuvlar, onlayn muloqotlar tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotgani tufayli BMT va EXHT doirasida mamlakatimizning 50 dan ortiq xalqaro tashabbuslari boʻyicha 5 ta maxsus rezolyutsiya qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalarining oʻzaro bogʻliqligi boʻyicha tashabbuslarini ilgari surishda muayyan ishlar qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturlariga kiritilgan 756 ta loyihani amalga oshirishga hamda 8,1 mlrd dollarlik xorijiy investitsiya va kreditlarni oʻzlashtirishga koʻmaklashilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha diplomatik vakolatxonalar tomonidan har bir loyiha tashabbuskorlari va xorijiy hamkorlar bilan “loyihabay” tizimda ishlar tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, xorijiy davlatlarning salohiyatli investorlari va ishbilarmon doira vakillarining mamlakatimizga 1 100 dan ortiq tashriflari tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari koʻmagida umumiy qiymati 686,3 mln dollarga teng boʻlgan 912 ta savdo shartnomasi tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koreya, Yaponiya, Germaniya va Birlashgan Arab Amirliklari bilan qishloq xoʻjaligi, suv resurslarini boshqarish, sogʻliqni saqlash, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash hamda ijtimoiy sohalardagi umumiy qiymati 1,5 mlrd dollar va 203,1 mln yevroga teng boʻlgan moliyaviy-texnikaviy hamkorlik (grant, kredit) boʻyicha xalqaro shartnomalar imzolangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, 2021-yilda umumiy hisobda 300 mingga yaqin konsullik-huquqiy xizmatlar koʻrsatilgan. 5 700 dan ortiq fuqarolarning muammolari ijobiy hal qilingan va 21 nafar fuqaroga ijtimoiy yordam koʻrsatilgan. 58 ta konsullik faoliyatiga doir xalqaro shartnomalar va milliy normativ-huquqiy hujjatlar (1 ta qonun) imzolangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus pandemiyasi davrida belgilangan cheklovlar sababli xorijiy davlatlarda qolib ketgan 1 milliondan ortiq Oʻzbekiston fuqarolari mamlakatga qaytarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish boʻyicha sohada ayrim tizimli muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va eksportni rivojlantirish yoʻnalishida Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari birdek samarali ishlamayapti. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining Turkiya, Germaniya, Xitoy, Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalarining iqtisodiy diplomatiya sohasidagi samarali tashabbuslarini qayd etish mumkin. Oʻzbekistonning Belgiya va Ispaniyadagi diplomatik vakolatxonalari ushbu mamlakatlarning mavjud salohiyatidan yetarli darajada foydalanmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim elchixonalarimizning biriktirilgan hududlardagi faoliyati qoniqarsiz. Xususan, Isroildagi elchixona Buxoro viloyatida, Fransiyadagi elchixona Jizzax viloyatida, Erondagi elchixona Qashqadaryo viloyatida, Yaponiyadagi elchixona Surxondaryo viloyatida oʻzlari ilgari surgan birorta investitsiya loyihasini amalga oshira olmaganini qayd etish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qator diplomatik vakolatxonalarning biriktirilgan iqtisodiyot tarmoqlaridagi loyihalarni tatbiq etishi talabga javob bermayapti. Jumladan, Oʻzbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi tomonidan investitsiya, ilgʻor texnologiyalarni jalb etish, neft va gaz sanoatida yangi savdo bitimlarini tuzish borasida biror-bir salmoqli ish amalga oshirilmagan. Togʻ-kon sektori va metallurgiyaga Hindiston investitsiyalarini jalb qilish yoʻnalishidagi ishlar ham bajarilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplomatik vakolatxonalar tomonidan taklif etilayotgan investitsiya loyihalari puxta ishlab chiqilmaganligi oqibatida keyinchalik istiqbolsiz deb topilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, senatorlar tomonidan hududlardagi oʻrganishlar shuni koʻrsatdiki, investitsiya loyihalarining taxminan toʻrtdan bir qismi amalga oshirish bosqichiga yetib bormagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida elchixonalar tomonidan ilgari surilgan, 2022-yildan boshlab amalga oshirilishi rejalashtirilgan 50 tadan ortiq turli investitsiya loyihalarining 13 tasi istiqbolsiz hisoblanadi. Toshkent viloyatida elchixonalar 41 ta investitsiya loyihasi tashabbuskori boʻlgan, ulardan 11 tasi istiqbolsiz deb topilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplomatik vakolatxonalarning resurslarni tejaydigan ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish, mamlakatimiz hududlarida toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar asosida yuqori qoʻshimcha qiymatga ega investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha faoliyati ham talab darajasida emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, vazirlik faoliyatida eʼtibor qaratilishi zarur boʻlgan muayyan muammo va masalalar ham saqlanib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuzilgan shartnoma va kelishuvlarga qaramasdan, mintaqalararo hamkorlik va shaharlar oʻrtasida birodarlik aloqalarini rivojlantirish yoʻnalishida tizimli ishlar hamda amaliy natijalar mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat muhojirlarimiz koʻp boʻlgan mamlakatlar (Turkiya, Koreya va Birlashgan Arab Amirliklari)da konsullik muassasalari va konsullik xodimlarining yetishmasligi Oʻzbekiston fuqarolariga sifatli konsullik xizmatlarini koʻrsatishda qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish lozim. Oʻrganish natijalariga koʻra, 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi orqali vazirlikka 1 974 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, ularning 110 tasini koʻrib chiqishda belgilangan muddatlar buzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 26-avgustdagi SQ-367-IV-sonli Qarorida koʻrsatilgan qator topshiriqlar ijrosi taʼminlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi faxriy konsullari institutidan foydalanish boʻyicha ishlar amalga oshirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet elda doimiy yoki vaqtincha yashaydigan fuqarolar uchun elektron shaklda davlat xizmatlarini olish imkonini beradigan dasturiy taʼminot tizimi joriy etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni inobatga olib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 321-moddasi va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalariga biriktirilgan hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari bilan ishlash samaradorligini hamda vakolatxonalar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli Oʻzbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6079-sonli Farmoni 25-ilovasining 33-bandidagi chet elda doimiy yoki vaqtincha istiqomat qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun elektron davlat xizmatlarini yaratish boʻyicha belgilangan vazifalarning soʻzsiz ijrosini taʼminlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur band ijrosi toʻgʻrisida maʼlumotni bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda vazirlik faoliyatini qayta koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiya sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish, atrof muhit ifloslanishining oldini olish va tabiatni muhofaza qilishni nazarda tutadigan Markaziy Osiyo boʻyicha Mintaqaviy hamkorlik strategiyasini ishlab chiqishga qaratilgan ishlarni tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan xizmat koʻrsatish qamrovini kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy mahsulotlar samaradorligi, sifati va qoʻshimcha qiymatini oshirishga xizmat qiladigan ilgʻor xorijiy texnologiyalarni jalb qilish sohasida xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining ularga biriktirilgan respublika hududlarining tashqi iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirishdagi shaxsiy javobgarligini oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlikka kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, umumlashtirishning markazlashgan tizimini tashkil etgan holda ularni oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqish boʻyicha “raqamli nazorat”ni oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMTning “Inson huquqlari yoʻlida harakatga daʼvat” tashabbusini ilgari surish uchun xorijiy hamkorlar bilan hamkorlik rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning faxriy konsullar institutidan foydalanishning samaradorligini oshirish va kengaytirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termiz shahrida Afgʻoniston uchun kadrlar tayyorlash markazi faoliyatini tashkil etishga texnik koʻmak koʻrsatish va xorijiy grant mablagʻlarini jalb etish masalasini oʻrgansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi bilan birgalikda Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bozorida taklif etilayotgan turizm mahsulotini, jumladan, ziyorat turizmi va tarixiy sayohatlarni diversifikatsiya qilish masalasini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini yagona tarzda hisobga olish, xatlovdan oʻtkazish va ularning amalga oshirilishini monitoring qilishga moʻljallangan elektron maʼlumotlar bazasini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda oliy taʼlim sohasida hamkorlik boʻyicha xalqaro shartnomalar va kelishuvlarni qayta oʻrganib chiqish, uning yakunlari boʻyicha avval imzolangan shartnomalarni yangilash va boshqa shartnomalar tuzish boʻyicha taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda Markaziy Osiyo davlatlarida muxbirlik punktlarini ochish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir oy muddatda Rossiyadagi mavjud iqtisodiy vaziyatning mehnat migrantlariga taʼsirini kompleks tahlil qilib, Senatga va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ikki oy muddatda diplomatik vakolatxonalarni Oʻzbekiston iqtisodiyoti tarmoqlari va mintaqalarining investitsiya va eksport salohiyati boʻyicha zarur axborot materiallari (taqdimotlar, flayerlar, videomateriallar va h.k.) bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MDHga aʼzo davlatlarning madaniy merosi virtual muzeyini tashkil etish boʻyicha ishlarni yakunlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari muzeylari va arxivlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan, mintaqa mamlakatlari tarixi va madaniyati aks etgan kataloglarni nashr etish boʻyicha Tashqi ishlar vazirligiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar hududlari va shaharlari bilan erishilgan kelishuvlarning qatʼiy bajarilishini taʼminlasin, shuningdek, hududlararo hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha takliflarni Tashqi ishlar vazirligiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududga biriktirilgan diplomatik vakolatxona bilan oʻzaro hamkorlik mexanizmlarini, shu jumladan, har oyda onlayn formatda hamkorlik va investitsiya loyihalari hamda savdo shartnomalarini amalga oshirish masalasini muhokama qilishni nazarda tutuvchi mexanizmlarni joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro talablarga javob beradigan istiqbolli investitsiya loyihalari portfelini shakllantirsin va ularni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga hamda Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 2022-yil 1-iyulga qadar mazkur Qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida umumlashtirilgan axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 17-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
№ SQ-492-IV.