18.08.2017 yildagi 1050-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Toshkent viloyatining Toʻytepa shahri va Oʻrtachirchiq tumanining chegaralarini oʻzgartirish, Toʻytepa shahrini viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish hamda Toʻytepa shahrini Toshkent viloyatining maʼmuriy markazi etib belgilash, shuningdek Toshkent viloyatining Angren shahri hududini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi hamda “Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5, 8 va 10-moddalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatining Toʻytepa shahri va Oʻrtachirchiq tumanining chegaralari oʻzgartirilsin hamda Oʻrtachirchiq tumani hududi 48 792,8 gektar va Toʻytepa shahri hududi 3248,2 gektar etib belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻytepa shahri viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻytepa shahri Toshkent viloyatining maʼmuriy markazi etib belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati Angren shahri hududining bir qismi — Oʻrtachirchiq tumani hududidagi anklav boʻlgan Chigʻiriq shaharchasining 122 gektar maydoni Toshkent viloyatining Toʻytepa shahri tarkibiga oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, Toshkent viloyatining Toʻytepa shahri tarkibiga oʻtkazilayotgan Oʻrtachirchiq tumani saylov okruglaridan (11-Qorasuv, 14-Doʻstlik, 15-Toʻytepa, 16-Toʻytepa, 17-Toʻytepa, 18-Yangi turmush, 22-Yangi hayot, 23-Yangi hayot, 25-Istiqlol, 26-Istiqlol) saylangan xalq deputatlari Oʻrtachirchiq tuman Kengashining deputatlari hamda Angren shahar saylov okrugidan (30-Chigʻiriq) saylangan xalq deputatlari Angren shahar Kengashining deputati xalq deputatlari Toʻytepa shahar Kengashining deputatlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent viloyati Toʻytepa shahri chegarasining tavsifi va grafik chizmasi hamda Oʻrtachirchiq tumani chegarasining grafik chizmasi Toshkent viloyati Angren shahrining oʻtkazilayotgan hududi hisobga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan 1 — 3-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 3-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qarorning ijrosi boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 18-avgust,

1050-III-son