18.03.2022 yildagi PQ-169-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish va boshqarish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika sohasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida keng jalb qilish orqali qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqarishni rivojlantirish, shuningdek, aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (keyingi o‘rinlarda — YETTB) ko‘magida “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish va boshqarish” loyihasini (keyingi o‘rinlarda — Loyiha) moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ishga tushirish va sinovdan o‘tkazish, unga egalik qilish, texnik xizmat ko‘rsatish va undan foydalanish, ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yetkazib berish (sotish), shuningdek, shamol elektr stansiyasini yagona elektr energetika tizimiga ulash uchun quriladigan havo elektr uzatish tarmoqlari va boshqa elektr inshootlarini barpo etish bo‘yicha xalqaro tender natijalariga ko‘ra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “ACWA POWER-Saudi Listed Joint Stock Company” (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi tender g‘olibi (keyingi o‘rinlarda — tender g‘olibi) deb topilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tender g‘olibi tomonidan Loyihani amalga oshirish uchun xususiy sherik sifatida O‘zbekiston Respublikasida “ACWA Power Wind Karatau” MCHJ XK (keyingi o‘rinlarda — loyiha kompaniyasi) ta’sis etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Moliya vazirligi, tender g‘olibi va loyiha kompaniyasi o‘rtasida 2021-yil 17-dekabrda Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi bitim tuzilganligi hamda unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender g‘olibi ushbu bitim bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlaridan loyiha kompaniyasi foydasiga voz kechishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani amalga oshirishning butun davri mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini loyiha kompaniyasi loyihalashtirishi, moliyalashtirishi, qurishi va ekspluatatsiya qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani amalga oshirish uchun loyiha kompaniyasi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni zimmasiga olgan holda, o‘z mablag‘lari hisobidan 40,1 mln AQSH dollari va xalqaro moliya institutlaridan olinadigan qarz hisobidan 67,7 mln AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishi belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (keyingi o‘rinlarda — davlat sherigi) va loyiha kompaniyasi o‘rtasida 2021-yil 17-dekabrda Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risida tuzilgan bitimga muvofiq loyiha kompaniyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish davridagi o‘z majburiyatlari lozim darajada bajarilishining ta’minoti sifatida 20 mln AQSH dollari miqdorida birinchi darajali xorijiy bank kafolatini taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilgan elektr energiyasini davlat sherigiga kafolatlangan tarzda sotishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha doirasida shamol elektr stansiyasini yagona elektr energiyasi tarmog‘iga ulash uchun quriladigan havo elektr uzatish tarmoqlari, oshiruvchi podstansiya va o‘chirib-yoqish punktini qurish hamda ishga tushirilgandan so‘ng ularni davlat sherigiga topshirish majburiyatini o‘z zimmasiga olganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Moliya vazirligi, tender g‘olibi va loyiha kompaniyasi o‘rtasida 2021-yil 17-dekabrda imzolangan Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi bitim tasdiqlansin va bitim ushbu qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim shartlariga muvofiq, Loyihaning amal qilish muddati davomida elektr energiyasi AQSH dollarida denominatsiya qilingan va milliy valyutada to‘lanadigan qat’iy tarif (1 kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 2,5695 AQSH senti) bo‘yicha sotib olinishi belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bir oy muddatda Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi bitim va Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimda ko‘rsatilgan shartlarga mos keladigan yer uchastkasining hamda shamol elektr stansiyasi faoliyatini ta’minlashga xizmat qiluvchi havo elektr uzatish tarmoqlari va elektr infratuzilmasi qurilmalari uchun zarur bo‘lgan yer maydonlari egallaydigan yer koordinatalaridan kelib chiqib, ularning Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika vazirligi mazkur bandga asosan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shamol elektr stansiyasi qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkasining Loyihani amalga oshirish muddatiga teng davrga loyiha kompaniyasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo elektr uzatish tarmoqlarini va elektr infratuzilmasi qurilmalarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasining davlat sherigiga ijaraga berilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerni ijaraga olish huquqi uchun haq to‘lash yerga nisbatan amal qiluvchi va loyiha kompaniyasi tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlari ko‘rinishida ifodalanishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, loyiha kompaniyasi Loyihani amalga oshirish doirasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanganlik uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi o‘rnini qoplashdan (kompensatsiya to‘lovlaridan) ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat sherigiga loyihani amalga oshirish uchun loyiha kompaniyasi bilan birgalikda Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimda belgilangan tartibga muvofiq xalqaro mustaqil injiniring kompaniyalarini jalb qilishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, loyiha kompaniyasiga barcha soliqlarni to‘lagan taqdirda, Loyihani amalga oshirish uchun quyidagilarga ruxsat berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlash, xorijiy valyutadagi mablag‘larni olish va ulardan foydalanish (shu jumladan, xorijiy valyutada kredit mablag‘lari tushumlari) uchun O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida nufuzli xorijiy banklarda belgilangan tartibda bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan kreditlarni qaytarish uchun O‘zbekiston Respublikasidagi hisobvaraqlaridan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yuritiladigan hisobvaraqlariga o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir holatda xalqaro moliya institutlarining talablariga muvofiq va o‘tkazilgan mablag‘lar hisobidan O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi xorijiy pudratchi, yetkazib beruvchi va kreditorlarga to‘lovlarni O‘zbekiston Respublikasidagi bank hisobvaraqlari orqali o‘tkazmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri loyiha kompaniyasining xorijdagi bank hisobvarag‘idan amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchuvchisiz uchish apparatlarini (dron) xarid qilish va belgilangan tartibda ular orqali qurilish ishlarining monitoringini olib borish.
(6-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-iyuldagi PQ-215-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 07/23/215/0459-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Adliya vazirligi Loyihani amalga oshirish doirasida Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi bitim va uning qoidalariga muvofiq imzolangan bitimlar yuzasidan yuridik xulosalar bersin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi PQ-299-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Loyiha kompaniyasining buyurtmanomasiga binoan Loyihani amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vazirligi — jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalari, zarur hollarda, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi — jalb qilinadigan pudrat tashkilotlarining xorijiy mutaxassislari hamda ularning oila a’zolariga ko‘p martalik viza berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilishi va uning muddati uzaytirilishini;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi — xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) ta’minlasin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi PQ-299-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan YETTB bilan Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi va Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimlarga asosan majburiyatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan, Loyiha yuzasidan YETTBning kafolatlangan akkreditiviga muvofiq shakli va mazmuni bo‘yicha tegishli ravishda tomonlarni qoniqtiradigan suveren kompensatsiya kafolati shartnomasini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi, davlat sherigi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga loyiha kompaniyasi va Loyihani moliyalashtirishda ishtirok etadigan kreditorlar bilan Loyihani amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar bo‘yicha majburiyatlar loyiha kompaniyasi tomonidan bajarilmagan taqdirda loyiha kompaniyasi huquqlarini kreditorlarga berish yuzasidan bitimlar tuzish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri A.S. Sultanov va moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 18-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-169-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 07/22/169/0229-son; 07.07.2023-y., 07/23/215/0459-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)