Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
2022-yil mart oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi hamda Qonunchilik palatasi majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. 2022-yil mart oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. 2022-yil mart oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*Ilovalar berilmaydi.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2022-yil 28-fevral,
1892-IV-son