Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
qarori
Dastlabki, davriy va toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 40-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 17-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3296-2]
Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi OʻRQ-748-son “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 31-martdagi 01-02/13-20-son qarori (roʻyxat raqami 3296, 2021-yil 4-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/3296/0410-son) bilan tasdiqlangan Dastlabki, davriy va toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 40-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “bundan muvofiqlik sertifikati va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlar mustasno” degan soʻzlar “bundan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar mustasno” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi.
Rais A. MAVLONOV
Toshkent sh.,
2022-yil 10-mart,
13/02-22-00081-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi birinchi oʻrinbosari I. DJASIMOV
2022-yil 28-fevral
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/3296-2/0221-son)