Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 24-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 21-oktabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2021-yil 21-oktabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, 1-songa ilova; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 670-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 589-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 71-modda bilan toʻldirilsin:
“71-modda. Vakolatli iqtisodiy operator
Qonunchilikda belgilangan tegishli talablarga javob beruvchi yuridik shaxslar vakolatli iqtisodiy operator maqomini olishi mumkin.
Vakolatli iqtisodiy operator maqomini olish tartibi, Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish uchun tanlash mezonlari va vakolatli iqtisodiy operator tomonidan amalga oshiriladigan maxsus soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestrini yuritadi va uning oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini hamda kamida har oyda yangilab borilishini taʼminlaydi”;
2) 22-moddaning:
“d” bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) zarur hujjatlar (bundan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar mustasno) va maʼlumotlar taqdim etilmagan tovarlar”;
quyidagi mazmundagi “j” band bilan toʻldirilsin:
“j) bojxona yuk deklaratsiyasi topshirilguniga qadar chiqarib yuborilgan, shuningdek dastlabki, muvaqqat, toʻliq boʻlmagan yoki davriy bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan holda tegishli bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar”;
uchinchi va toʻrtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur moddaning ikkinchi qismi “a” bandida koʻrsatib oʻtilgan shartli chiqarib yuborilgan tovarlardan faqat bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar berish shartlariga muvofiq boʻlgan maqsadda foydalanilishi kerak. Mazkur tovarlardan ular shartli chiqarib yuborilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, berilgan bojxona imtiyozlari bekor qilinib, bojxona toʻlovlarini toʻlash majburiyati tiklanadi.
Agar ushbu moddaning ikkinchi qismi “d” bandida koʻrsatib oʻtilgan shartli chiqarib yuborilgan tovarlar uchun taqdim etilmagan muvofiqlik sertifikatini yoki sanitariya-epidemiologiya xulosasini olish talab etilsa, ushbu tovarlardan foydalanish, ularni uchinchi shaxslarga berish, shu jumladan ularni sotish yoki oʻzga usulda boshqa shaxsga oʻtkazish orqali berish taqiqlanadi, mazkur tovarlarni olib kirishga doir cheklovlar ushbu tovarlarning sifati va xavfsizligi tekshirilishi munosabati bilan belgilangan hollarda esa har qanday shaklda foydalanish (ishlatish) taqiqlanadi”;
3) 32-moddaning:
ikkinchi va uchinchi qismlari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi qismi ikkinchi qism deb hisoblansin;
4) 36-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
5) 38-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovarni vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini, shuningdek tovarni yetkazib berish yoki topshirish toʻgʻrisidagi kontraktni (shartnomani, kelishuvni) (tovar ijara, lizing shartnomasi, kafolatli xizmat koʻrsatish va investitsiya loyihasi doirasida vaqtincha olib chiqilgan hollarda) taqdim etadi”;
6) 39-moddaning:
birinchi qismi chiqarib tashlansin;
ikkinchi — yettinchi qismlari tegishincha birinchi — oltinchi qismlar deb hisoblansin;
toʻrtinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovarni vaqtincha olib chiqish muddatini uzaytirish tovarni bojxona organiga taqdim etmasdan amalga oshiriladi”;
7) 40-moddaning ikkinchi qismidagi “bojxona organining ruxsatnomasi asosida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8) 58-moddaning:
beshinchi va oltinchi qismlari chiqarib tashlansin;
yettinchi va sakkizinchi qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;
9) 61-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
10) 63-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini, shuningdek tovarni yetkazib berish yoki topshirish toʻgʻrisidagi kontraktni (shartnomani, kelishuvni) (tovar ijara, lizing shartnomasi, kafolatli xizmat koʻrsatish va investitsiya loyihasi doirasida vaqtincha olib kirilgan hollarda) taqdim etadi”;
11) 64-moddaning:
birinchi qismi chiqarib tashlansin;
ikkinchi — yettinchi qismlari tegishincha birinchi — oltinchi qismlar deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshisining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunday tovarlarni vaqtincha olib kirish muddati ushbu vakolatxonalar va shaxslarning akkreditatsiya muddatidan kelib chiqqan holda belgilanadi”;
toʻrtinchi xatboshisining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunday tovarlarni vaqtincha olib kirish muddati lizing shartnomasining amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda belgilanadi”;
oltinchi xatboshisining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin;
“Bunday tovarlarni vaqtincha olib kirish muddati mazkur kelishuvlarning amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda belgilanadi”;
sakkizinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “bundan buyongi” degan soʻzlar “keyingi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshisidagi “rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi muddatini uzaytirish bojxona yuk deklaratsiyasining tegishli boʻlmasiga oʻzgartishlar kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi”;
12) 69-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Vaqtincha olib kirilgan tovarlar reeksport bojxona rejimiga bir yoki bir nechta turkum bilan joylashtirilgandan soʻng olib chiqilishi mumkin”;
13) 72-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovarni bojxona hududida qayta ishlashga quyidagi talablarga va shartlarga rioya etilgan holda yoʻl qoʻyiladi:
olib kirilgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash;
qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini belgilash;
tovarlarning bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini qoʻllashga doir taqiqlar va cheklovlar ostiga tushib qolishini istisno etish;
olib kirilgan tovar uchun ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalarining ushbu Kodeksning 71-moddasi talablariga muvofiq boʻlishi.
Qayta ishlash jarayoni texnik-iqtisodiy asoslarining koʻrsatkichlari yoki identifikatsiyalash usuli yoxud qayta ishlash mahsulotlarning chiqish normasi oʻzgargan taqdirda, tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasini berish toʻgʻrisida yangi ariza berilishi kerak. Bunda yuridik shaxs oʻzgartirilganligi, uning nomi yoki joylashgan eri (pochta manzili) oʻzgarganligi, jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgarganligi sababli kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari oʻzgargan taqdirda, yangi ariza berish talab etilmaydi”;
14) 74-modda:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Tovarni qayta ishlash mahsulotlarida bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalash tovarning va qayta ishlash boʻyicha amalga oshiriladigan operatsiyalarning xususiyatidan kelib chiqqan holda quyidagi usullardan biri yoki bir nechtasi yordamida amalga oshirilishi mumkin:
qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarga muhrlar qoʻyish va zarur boʻlganda shtamplar qoʻyish, raqamli tarzda va (yoki) boshqacha tarzda tamgʻalash;
qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni batafsil tavsiflash, uni fotosuratga tushirish yoki boshqa oʻlchamda tasvirlash;
qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarning oldindan olingan namunalarini yoki nusxalarini va uning qayta ishlangan mahsulotini tadqiq etish natijalarini qiyoslash;
qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarning zavod va seriya raqamlari tarzidagi mavjud tamgʻalanishidan yoxud boshqacha tarzdagi tamgʻalanishidan foydalanish.
Tovarni qayta ishlash mahsulotlarida bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalash qonunchilikka muvofiq boshqa usullarda ham amalga oshirilishi mumkin”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tovarni qayta ishlash mahsulotlarida bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalash usuli vakolatli shaxs tomonidan belgilanadi”;
15) 76-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona hududida qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi, agar ushbu normalar belgilangan tartibda tasdiqlanmagan boʻlsa, tovarni qayta ishlash amalga oshiriladigan haqiqiy sharoitlardan kelib chiqqan holda, vakolatli shaxs tomonidan aniqlanadi va tasdiqlanadi, shuningdek tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasi berilayotganda bojxona organi tomonidan belgilanadi.
Qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi belgilanayotganda bojxona organlari vakolatli shaxs taqdim etgan qayta ishlashning texnologik jarayoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjatlarga hamda qayta ishlashning aniq texnologik jarayoniga asoslanadi.
Vakolatli shaxs qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini aniqlashda davlat organlarining va (yoki) vakolatli organlarning xulosalariga asoslanishi mumkin.
Qayta ishlash mahsulotlarining tavsifi, miqdori, sifati qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi aniqlanganidan keyin belgilanadi”;
16) 109-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno”;
17) 113-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirilgan chet el tovarlari, shuningdek Oʻzbekiston tovarlari bojxona hududidan chiqib ketayotgan va bojxona hududiga kirib kelayotgan jismoniy shaxslarga, Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet ellik shaxslarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxslarga ushbu bobda belgilangan shartlarda chakana holda realizatsiya qilinadi”;
18) 116-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “bojxona chegarasida joylashgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
19) 118-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga tranzit deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi”;
20) 121-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
21) 128-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
22) 129-moddaning:
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — yettinchi qismlari tegishincha uchinchi — oltinchi qismlar deb hisoblansin;
beshinchi qismidagi “joylashtirishga ruxsatnoma olish toʻgʻrisidagi arizaning” degan soʻzlar “joylashtirishning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “Tovarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirish uchun ruxsatnoma bergan bojxona organi” degan soʻzlar “Bojxona organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
23) 131-moddaning ikkinchi qismidagi “ruxsatnoma bergan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
24) 132-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish bojxona organi tomonidan berilgan tegishli ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi”;
25) 133-modda chiqarib tashlansin;
26) 134-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“134-modda. Tovarni bojxona hududidan tashqarida (hududida) qayta ishlashga ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar
Tovarni bojxona hududidan tashqarida (hududida) qayta ishlashga ruxsatnoma olish uchun vakolatli shaxs tovar qaysi bojxona organining faoliyat koʻrsatish zonasida turgan boʻlsa, oʻsha bojxona organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
1) bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun:
ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza;
qayta ishlashning texnologik jarayoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlgan texnik-iqtisodiy asoslar (hisob-kitoblar), shuningdek vakolatli organlarning va (yoki) vakolatli tashkilotlarning (shu jumladan bojxona laboratoriyalarining) qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normalarini belgilash uchun muayyan qayta ishlash texnologik jarayoniga asoslangan xulosalari, bundan qayta ishlash operatsiyasi taʼmirlashdan iborat boʻlgan hollar mustasno;
qayta ishlashni amalga oshirish uchun asos boʻlgan kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) yoki tovarni qayta ishlash uchun olib chiqishga va qayta ishlash mahsulotlarini olib kirishga doir kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) koʻchirma nusxasi;
2) bojxona hududida qayta ishlash uchun:
ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza;
qayta ishlashning texnologik jarayoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan texnik-iqtisodiy asoslar (hisob-kitoblar) (bundan ustav fondi (ustav kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar, ustav fondi (ustav kapitali)ning 50 foizi va undan ortigʻi ustav fondi (ustav kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar mustasno);
tovarni qayta ishlash mahsulotlarida bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalashning vakolatli shaxs tomonidan belgilangan usuli;
vakolatli shaxs tomonidan aniqlangan qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini baholash usuli, bundan qayta ishlash operatsiyasi taʼmirlashdan iborat boʻlgan hollar mustasno;
qayta ishlashni amalga oshirish uchun asos boʻlgan kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) yoki tovarni qayta ishlash uchun olib kirishga va qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqishga doir kontraktlarning (shartnomalarning, kelishuvlarning) koʻchirma nusxasi.
Tovarni bojxona hududidan tashqarida (hududida) qayta ishlashga ruxsatnoma olish uchun vakolatli shaxsdan ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
27) 135-moddaning uchinchi qismidagi “133 va 134-moddalarida” degan soʻzlar “134-moddasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
28) 136-moddaning:
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
uchinchi qismi ikkinchi qism deb hisoblansin;
29) 137-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga yoki bojxona hududida qayta ishlashga ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati oʻn ish kunidan oshmasligi kerak”;
30) 144-moddaning matnidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin;
31) 157-moddaning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuborilayotgan tovarlarga nisbatan, tovarlarni qonunchilikda belgilangan bojsiz olib kirish normasi doirasida;
jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib oʻtilayotgan tovarlarga nisbatan, tovarlarni qonunchilikda belgilangan bojsiz olib kirish normasi doirasida, bundan jismoniy shaxs manziliga kelayotgan tovarlar mustasno”;
32) 161-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“161-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlar uchun olib oʻtilayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi
Temir yoʻl transportida bojxona chegarasini kesib oʻtayotgan jismoniy shaxslarga, basharti bojxona nazorati qoidalariga rioya etilsa, transport vositasini tark etmagan holda bojxona operatsiyalaridan oʻtish imkoniyati beriladi.
Jismoniy shaxs tomonidan olib oʻtilayotgan tovarlar va (yoki) transport vositalari ularning bojxona rasmiylashtiruvini darhol amalga oshirish yoki bojxona toʻlovlarini darhol toʻlash imkoni boʻlmagan taqdirda vaqtincha saqlash uchun joylashtirilishi yoki bojxona hududidan olib chiqilishi lozim.
Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona hududiga soddalashtirilgan tartibda notijorat maqsadlar uchun olib kirilayotgan va uning tashqarisiga olib chiqilayotgan tovarlarga bojxona maqsadlari uchun tegishincha erkin muomalaga chiqarilgan yoxud eksport bojxona rejimida olib chiqilgan tovarlar sifatida qaraladi.
Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlar uchun olib kirilayotgan, bojsiz olib kirish normalaridan ortiq boʻlgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
33) 162-modda beshinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur tovarlar ogʻzaki tarzda deklaratsiyalanadi, bundan olib kirilishi yoki olib chiqilishi qonunchilikka muvofiq taqiqlangan yoxud cheklangan tovarlar, shuningdek qiymati va (yoki) miqdori qonunchilikda belgilangan bojsiz olib kirish normasidan oshib ketgan tovarlar mustasno”;
34) 163-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jismoniy shaxslar tomonidan qoʻl yukida yoki kuzatib borilayotgan bagajda notijorat maqsadlar uchun olib oʻtilayotgan, shuningdek xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuborilayotgan tovarlarning qiymati va (yoki) miqdori tovarlarni bojsiz olib kirishning qonunchilikda belgilangan normasidan ortiq boʻlsa, tovarlarning bunday ortiq qismiga yagona bojxona toʻlovi toʻlanadi.
Tovarlar jismoniy shaxsning manziliga kelib tushganda bojxona toʻlovlari olib kirilayotgan tovarlarning butun summasidan, tovarlarni bojsiz olib kirish normasi qoʻllanilmagan holda undiriladi, bundan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari mustasno.
Yagona bojxona toʻlovi notijorat maqsadlardagi tovarlarni deklaratsiyalashda, shakli va toʻldirilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan bojxona kirim orderi asosida jismoniy shaxslar tomonidan toʻlanadi.
Bojxona kirim orderining bir nusxasi bojxona toʻlovlarini toʻlagan jismoniy shaxsga topshiriladi (yuboriladi).
Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali notijorat maqsadlar uchun olib oʻtilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona kirim orderini toʻldirish va yagona bojxona toʻlovini hisoblash bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi”;
35) 167-modda birinchi qismining “a” va “b” bandlaridagi “oʻn” degan soʻz “oʻttiz” degan soʻz bilan almashtirilsin;
36) 169-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlar uchun xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan, qiymati va (yoki) miqdori tovarlarni bojsiz olib kirish normasidan ortiq boʻlgan tovarlarning ortiq qismi uchun yagona bojxona toʻlovi toʻlanadi”;
37) 174-moddaning uchinchi qismi:
birinchi xatboshisidagi “ikki” degan soʻz “uch” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“a” bandidagi “bojxona hududiga kirib kelayotgan va bojxona hududidan tashqariga chiqib ketayotgan jismoniy shaxslarga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi “v” band bilan toʻldirilsin:
“v) Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan, bojxona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini yoki Oʻzbekiston Respublikasi tovarlarini milliy valyutada va (yoki) chet el valyutasida chakana realizatsiya qilish uchun moʻljallangan savdo doʻkoni. Mazkur turdagi boj olinmaydigan savdo doʻkonlari faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
38) 176-moddaning birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar “bojxona organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
39) 195-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tirik hayvonlar va tez buziladigan tovarlar birinchi navbatda bojxona koʻrigidan oʻtkaziladi”;
uchinchi — sakkizinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi — toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin;
beshinchi qismining uchinchi xatboshisi “giyohvandlik vositalari” degan soʻzlardan keyin “va ularning analoglari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
40) 197-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovar joʻnatuvchilar va tashuvchilar tomonidan, shuningdek chet davlatlarning bojxona organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq qoʻyilgan plombalar, muhrlar yoki boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalari bojxona identifikatsiyalash vositalari sifatida eʼtirof etilishi mumkin”;
41) 201-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin bojxona organlari, agar bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlari mavjud deb taxmin qilish uchun yetarli va tasdiqlangan asoslar mavjud boʻlsa, bojxona nazoratini amalga oshirishga, shu jumladan bojxona auditi usullari asosida amalga oshirishga haqli”;
ikkinchi qismining ruscha matnidagi “otnosyaщuyusya” degan soʻz “otnosyaщiyesya” degan soʻz bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “bir yil” degan soʻzlar “uch yil” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Bojxona organlari bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilganligini vakolatli shaxs tomonidan bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida taqdim etilgan hujjatlarni moliya-xoʻjalik faoliyatiga bogʻliq hujjatlarda aks ettirilgan maʼlumotlar bilan solishtirgan holda oʻrganish va tekshirish orqali bojxona auditini amalga oshiradi.
Bojxona auditini oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
42) 206-modda quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Vakolatli shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga avtomobil, temir yoʻl va havo transporti orqali olib kirilishi kutilayotgan tovarlar hamda transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari toʻgʻrisidagi dastlabki axborotni ular amalda yetib kelguniga qadar Internet jahon axborot tarmogʻi orqali bojxona organlarining axborot tizimiga taqdim etishi shart.
Vakolatli shaxslar taqdim etiladigan dastlabki axborotning toʻgʻriligi uchun javobgar boʻladi”;
43) 207-moddaning beshinchi qismidagi “boʻlib, u maxfiy axborotdir” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
44) 218-modda:
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlar va (yoki) transport vositalari uchun belgilangan yetkazib berish muddatlari tashuvchi tomonidan buzilgan taqdirda, yetkazish punktidagi bojxona organi tomonidan tashuvchidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda yigʻim undiriladi”;
oltinchi — toʻqqizinchi qismlari tegishincha yettinchi — oʻninchi qismlar deb hisoblansin;
45) 220-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovarni bojxona nazorati ostida yetkazib berish ustidan nazorat tranzit deklaratsiyasi yordamida amalga oshiriladi.
Tranzit deklaratsiyasi bojxona hududi boʻylab bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan, tovar kelib tushadigan bojxona organigacha yetkazib berilganligi nazoratini bojxona organlari tomonidan amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatdir.
Tranzit deklaratsiyasi bir yoki bir nechta tovarning kuzatuv hujjatlari boʻyicha tashiladigan tovarning har bir turkumi yoki tovarlarning bir nechta turkumi uchun rasmiylashtiriladi.
Olib chiqilayotgan tovarlarni bojxona nazorati ostida yetkazib berish ustidan nazorat bojxona yuk deklaratsiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi (bundan jismoniy shaxslar tomonidan doimiy yashash joyi oʻzgarganligi munosabati bilan bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan shaxsiy mol-mulk mustasno).
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda, tranzit deklaratsiyasi sifatida mazkur shartnomalarda belgilangan hujjatlardan foydalaniladi”;
46) 223-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Bojxona organlari chet el tovarlarini tashiyotgan transport vositalarining xavflarni baholash natijalarini hisobga olgan holda bojxona kuzatuvini amalga oshirishi mumkin”;
47) 226-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tranzit deklaratsiyasini”;
48) 248-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi hamda taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan va barcha zarur hujjatlar hamda maʼlumotlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur muddat xavflarni boshqarish tizimida belgilangan zarur tadbirlarni, shuningdek boshqa davlat organlari tomonidan tovarlar va (yoki) transport vositalari ustidan nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan vaqtni oʻz ichiga olmaydi”;
49) 256-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tranzit deklaratsiyasi”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
50) quyidagi mazmundagi 2571-modda bilan toʻldirilsin:
“2571-modda. Tranzit deklaratsiyasi
Tranzit deklaratsiyasi tovarlar va (yoki) transport vositalari haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda bojxona organiga taqdim etiladigan hamda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasining hududi orqali tranzit olib oʻtiladigan tovarlarini joʻnatuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organigacha nazorat qilish uchun foydalaniladigan hujjatdir.
Tranzit deklaratsiyasi bojxona organiga elektron tarzda taqdim etiladi”;
51) 260-modda:
“a” bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) ogʻzaki shaklda:
jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi, qiymati va miqdori qonunchilikda belgilangan tovarlarni bojsiz olib kirish normalaridan oshmaydigan tovarlari deklaratsiyalanayotganda;
qonunchilikda belgilangan normadan oshmaydigan, yozma shaklda deklaratsiyalash shart boʻlgan summadagi naqd milliy va chet el valyutasi”;
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi, qiymati va miqdori qonunchilikda belgilangan tovarlarni bojsiz olib kirish normasidan oshadigan tovarlarining”;
beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qonunchilikda belgilangan normadan oshadigan, yozma shaklda deklaratsiyalash shart boʻlmagan summadagi naqd milliy va chet el valyutasi”;
ikkinchi xatboshisidagi “oʻn” degan soʻz “oʻttiz” degan soʻz bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “bir” degan soʻz “besh” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi “d” band bilan toʻldirilsin:
“d) ushbu moddaning “b”, “v” va “g” bandlarida koʻrsatilgan hujjatlardan foydalangan holda — elektron shaklda”;
52) 261-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tranzit deklaratsiyasi bojxona hududiga kirib kelayotgan tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasini kesib oʻtguniga qadar yoki kesib oʻtish vaqtida beriladi”;
53) 265-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona deklaratsiyasi qabul qilinganidan soʻng oʻzgartirish, qoʻshimcha kiritish, qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va (yoki) bekor qilish deklarant bojxona organiga murojaat etganidan keyin yoki bojxona organining talabiga koʻra amalga oshiriladi”;
54) 266-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Elektron shakldagi bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlarga oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish bojxona yuk deklaratsiyasiga tuzatishlar kiritish shaklini rasmiylashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi”;
uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
55) 271-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tovarlarni va transport vositalarini chiqarib yuborish bojxona organlari mansabdor shaxslarining ishtirokisiz, bojxona organlarining axborot tizimidan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin”;
56) 274-modda quyidagi mazmundagi 3-band bilan toʻldirilsin:
“3) tovarlar tranzit bojxona rejimida tashilayotganda:
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati — temir yoʻl transportida;
tovarlarni tashishni amalga oshiruvchi shaxs (haydovchi yoki vakolatli shaxs) — avtomobil transportida”;
57) 289-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu Kodeksning 163 va 169-moddalarida nazarda tutilgan hollarda qonunchilikda belgilangan bojxona boji, qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi oʻrniga yagona bojxona toʻlovini toʻlashni nazarda tutuvchi bojxona toʻlovlarini undirishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllaniladi”;
uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
58) 291-modda:
yettinchi va sakkizinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi xatboshisi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Bojxona yigʻimlarining miqdori bojxona organlari tomonidan bojxona harakatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarining taxminiy qiymatidan oshib ketishi mumkin emas”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
59) 297-modda ikkinchi qismining:
6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6) davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tashkilotlar va shaxslar yoʻnalishlari boʻyicha xayriya yordami maqsadlarida, shu jumladan texnik yordam koʻrsatish (grantlar) uchun olib kiriladigan tovarlarga”;
8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha toʻliq yoki qisman xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari (qarzlari, kreditlari) hisobidan Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan loyihalar doirasida yuridik shaxslar tomonidan olinadigan tovarlarga”;
13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13) Oʻzbekiston Respublikasida oʻxshashi ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalarga”;
60) 299-moddaning 3-bandi chiqarib tashlansin;
61) 301-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
62) 320-moddaning:
oltinchi va yettinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish ushbu Kodeksning 266-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Agar deklarant yoki bojxona brokeri bojxona organi tomonidan tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga kiritilgan tuzatishlarga rozi boʻlmasa, tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish sabablarini yozma ravishda tushuntirib berishni bojxona organidan soʻrab olishga haqli”;
toʻqqizinchi qismi chiqarib tashlansin;
oʻninchi qismi toʻqqizinchi qism deb hisoblansin;
63) 321-modda oltinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish ushbu Kodeksning 266-moddasiga muvofiq amalga oshirilib, u tovarning bojxona qiymatiga nisbatan uzil-kesil qaror hisoblanadi”;
64) 328-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona toʻlovlari bojxona organlarining qonunchilikka muvofiq shu maqsadlar uchun ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga toʻlovchi tomonidan toʻlanadi.
Toʻlangan va undirilgan bojxona toʻlovlarining hisobi bojxona organlarining axborot tizimida yuritiladi.
Toʻlangan bojxona toʻlovlaridan olingan mablagʻlar tovarlar chiqarib yuborilgan kundan yoki toʻlanishi bojxona rasmiylashtiruviga bogʻliq boʻlmagan bojxona toʻlovlari uchun bojxona organi tomonidan harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida bojxona organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi, bundan ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan holat mustasno.
Ushbu Kodeksning 262, 269 va 270-moddalariga muvofiq tovarlarni deklaratsiyalashda toʻlangan bojxona toʻlovlari lozim darajada toʻldirilgan bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilishi yakunlangandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Bojxona toʻlovlari, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, milliy valyutada toʻlanadi”;
65) 329-moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan eʼtiboran oltmish kalendar kundan oshmasligi, lekin oʻn toʻrt kalendar kundan kam boʻlmasligi kerak, bundan ushbu moddaning beshinchi va oʻn birinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan eʼtiboran bir yuz yigirma kalendar kun muddatga kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati quyidagilar boʻyicha beriladi:
ishlab chiqaruvchi korxonalarga mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan, bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar uchun bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha;
moddiy ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar hamda kichik korxonalarga, fermer xoʻjaliklariga, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xoʻjaliklariga oʻz ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan tovarlar uchun bojxona bojini toʻlash boʻyicha”;
66) 331-moddaning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bojxona organlariga ariza taqdim etilgan paytda bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik mavjudligi”;
67) 332-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona toʻlovlarini vakolatli iqtisodiy operatorlarga kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganda hamda ushbu Kodeks 329-moddasining beshinchi va oʻn birinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati oʻn toʻrt kalendar kunga berilganda ushbu muddat uchun foizlar hisoblanmaydi va toʻlanmaydi”;
68) 347-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “tuzatishlar kiritish shakli rasmiylashtirilgan kun” degan soʻzlar “tuzatishlar kiritilgan kun” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
69) 351-moddaning ikkinchi qismi:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tovarlarning bojxona nazorati ostida boʻlishiga doir talablar buzilgan holda yoʻqotilgan yoxud foydalanilgan yoki berib yuborilgan tovarlar boʻyicha hisoblangan bojxona toʻlovlari toʻlanmaganda”;
toʻrtinchi xatboshisi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
70) 48-bob quyidagi mazmundagi 3521-modda bilan toʻldirilsin:
“3521-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni umidsiz deb eʼtirof etish
Majburiyatning sud qaroriga koʻra tugatilganligi oqibatida yoxud qarzdor bankrot boʻlganligi, tugatilganligi yoki vafot etganligi oqibatida toʻlanishi mumkin boʻlmagan bojxona toʻlovlari boʻyicha qarzdorlik umidsiz qarz deb hisoblanadi.
Bojxona organlarining qaroriga koʻra bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik quyidagi hollarda umidsiz qarz deb eʼtirof etiladi:
1) yuridik shaxs tugatilganda — uning bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzining oʻz mol-mulki yetarli emasligi va (yoki) qarzdorlikni qonunchilikda belgilangan doirada va tartibda ushbu yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) tomonidan uzish mumkin boʻlmaganligi sababli uzilmay qolgan qismi boʻyicha;
2) yakka tartibdagi tadbirkor bankrot deb eʼtirof etilganda — bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzning qarzdorning mol-mulki yetarli emasligi sababli uzilmay qolgan qismi boʻyicha;
3) jismoniy shaxs vafot etganda yoki jismoniy shaxs vafot etgan deb eʼlon qilinganda — uning bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzining oʻz mol-mulki yetarli emasligi sababli, shu jumladan meros davlat mulkiga oʻtgan taqdirda uzilmay qolgan qismi boʻyicha;
4) chet el yuridik shaxsi soliq organidan hisobdan chiqarilganda — uning bojxona toʻlovlari boʻyicha qarzdorligining doimiy muassasaning mol-mulki yetarli emasligi hamda Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs tomonidan qarzdorlikni qonunchilikda belgilangan doirada va tartibda uzish mumkin boʻlmaganligi sababli uzilmay qolgan qismi boʻyicha. Undirilishi umidsiz deb eʼtirof etilgan mazkur qarzdorlik ushbu chet el yuridik shaxsi soliq organida qaytadan hisobga qoʻyilganda tiklanishi lozim.
Undirilishi umidsiz deb eʼtirof etilgan bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni hisobdan chiqarish tartibi va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi”;
71) 368-moddaning ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
72) 370-moddaning birinchi qismidagi “tovar bojxona organiga taqdim etilgunga qadar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
73) 407-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“407-modda. Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni va boshqa ashyolarni nazorat ostida yetkazib berish
Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni va boshqa ashyolarni bojxona chegarasi orqali nazorat ostida yetkazib berish tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning ijozati hamda nazorati ostida bojxona hududiga ularni olib kirish, ushbu hududdan olib chiqish yoki olib kirilgan ashyolarni undan olib oʻtishga yoʻl qoʻyiladigan tezkor-qidiruv tadbiridir.
Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar, prekursorlar va boshqa ashyolar xalqaro qonunga xilof muomalada boʻlishining oldini olish, shuningdek bunday muomalada ishtirok etayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar har bir alohida holda chet davlatlarning vakolatli organlari bilan kelishuvlarga koʻra yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida nazorat ostida yetkazib berish usulidan foydalanadi, yaʼni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritilgan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarning, shuningdek boshqa ashyolarning oʻz nazorati ostida bojxona hududiga olib kirilishiga, bu hududdan olib chiqilishiga yoki tranzit tarzida olib oʻtilishiga yoʻl qoʻyadi.
Nazorat ostida yetkazib berish usuli jinoyat sodir etish quroli yoki vositasi boʻlgan boshqa ashyolarga yoxud jinoiy yoʻl bilan topilgan ashyolarga nisbatan oʻzi bilan gʻayriqonuniy xatti-harakatlar sodir etish kontrabanda deb hisoblanuvchi ashyolarga nisbatan ham qoʻllanilishi mumkin.
Nazorat ostida yetkazib berish usulidan foydalanish toʻgʻrisidagi qaror qonunchilikda belgilangan tartibda har bir alohida holda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ tomonidan qabul qilinadi.
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar bojxona organlari bilan kelishilgan holda tovarlarni nazorat ostida yetkazib berishni amalga oshiradi.
Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan giyohvandlik vositalari, ularning analoglarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni va boshqa ashyolarni nazorat ostida yetkazib berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasida jinoyat ishi qoʻzgʻatilmaydi.
Nazorat ostida yetkazib berishni amalga oshiruvchi organ rahbari qabul qilingan qaror haqida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorini darhol xabardor qiladi”;
74) 408-moddaning nomi va birinchi qismidagi “giyohvandlik vositalarini”, “giyohvandlik vositalari” degan soʻzlar “giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
75) quyidagi mazmundagi XI1 boʻlim bilan toʻldirilsin:
“XI1 boʻlim. Bojxona organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish
4091-modda. Shikoyat qilish huquqi
Vakolatli shaxslar bojxona organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan ushbu Kodeksda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka yoki boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan, bojxona organlarining bir yoki bir nechta jismoniy yoki yuridik shaxsga qaratilgan, yuridik ahamiyatga molik muayyan harakatlarni sodir etishga doir koʻrsatmasi mavjud boʻlgan hujjat bojxona organining normativ xususiyatga ega boʻlmagan qarori deb eʼtirof etiladi.
4092-modda. Shikoyat berish tartibi va muddatlari
Bojxona organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi bojxona organiga shikoyat qilish bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bojxona organlarining tekshiruvlar va bojxona auditi natijalari yuzasidan qabul qilingan qarorlari ustidan yuqori turuvchi bojxona organiga shikoyat shaxs oʻz huquqlari buzilganligi toʻgʻrisida bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan paytdan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay berilishi mumkin.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan muddat uzrli sababga koʻra oʻtkazib yuborilgan taqdirda, ushbu muddat shikoyat berayotgan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha yuqori turuvchi bojxona organi tomonidan tiklanishi mumkin.
4093-modda. Shikoyatning shakli va mazmuni
Shikoyat va unga ilova qilinadigan hujjatlar yozma yoki elektron tarzda yuborilishi mumkin.
Shikoyatda quyidagilar koʻrsatiladi:
1) shikoyat berilayotgan bojxona organining nomi;
2) shikoyat berayotgan jismoniy shaxsning (uning vakilining) familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi yoki yuridik shaxsning nomi va manzili;
3) shikoyatdagi eʼtirozlarni asoslantiruvchi holatlar;
4) ilova qilingan hujjatlar roʻyxati (mavjud boʻlgan taqdirda);
5) shikoyat berayotgan shaxsning talablari;
6) shikoyat berilgan sana.
Shikoyatda telefon raqamlari, elektron pochta manzillari va shikoyatni oʻz vaqtida koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin.
Shikoyat uni bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Shikoyat shaxsning vakolatli vakili tomonidan berilgan taqdirda, shikoyatga ushbu vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
4094-modda. Shikoyatni koʻrib chiqishni rad etish
Bojxona organi quyidagi hollarda shikoyatni koʻrib chiqishni rad etadi:
shikoyat ushbu Kodeksda belgilangan shikoyat berish muddati tugaganidan keyin berilganda va uni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma mavjud boʻlmaganda;
shikoyat ushbu Kodeksning 4093-moddasida belgilangan talablarga mos boʻlmaganda;
shikoyat bergan shaxsdan shikoyatni toʻliq yoki qisman chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza shikoyat boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar kelib tushganda;
shikoyat bunga vakolatli boʻlmagan shaxs tomonidan berilganda;
ilgari aynan oʻsha asoslar boʻyicha shikoyat berilganda;
shikoyat qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida yoki sudga berilganda.
Shikoyatni koʻrib chiqayotgan bojxona organi shikoyat olingan yoxud shikoyatni toʻliq yoki qisman chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza olingan kundan eʼtiboran besh kun ichida shikoyatni toʻliq yoki qisman koʻrmasdan qoldirish haqida qaror qabul qiladi.
Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida shikoyat bergan shaxsga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida yozma shaklda xabar qilinadi.
Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda, bojxona organining shikoyatni koʻrib chiqishni rad etishi shaxsning ushbu Kodeksning 4092-moddasida belgilangan muddat doirasida takroran shikoyat berish yoki sudga murojaat qilish huquqini istisno etmaydi.
4095-modda. Shikoyatni koʻrib chiqish tartibi
Shikoyat bergan shaxs oʻz dalillarini tasdiqlovchi qoʻshimcha hujjatlarni shikoyatni koʻrib chiqish jarayonida shikoyat boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar taqdim etishga haqli.
Shikoyatni koʻrib chiqayotgan bojxona organi oʻz tashabbusiga koʻra yoki murojaat qiluvchi shaxsning iltimosnomasiga koʻra shikoyatni eshitishni tashkil etishi mumkin.
Bojxona organi shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha shikoyat roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran oʻn besh kalendar kuni ichida, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshiruv oʻtkazish, qoʻshimcha hujjatlarni talab qilib olish zarur boʻlgan taqdirda esa bir oyga qadar boʻlgan muddatda asoslantirilgan qaror chiqaradi.
4096-modda. Shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qaror chiqarish
Bojxona organi shikoyatlarni koʻrib chiqish uchun apellatsiya komissiyasini tashkil etadi.
Apellatsiya komissiyasining tarkibi va shikoyatni koʻrib chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Apellatsiya komissiyasi shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
shikoyatni qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisida;
ustidan shikoyat qilingan qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida;
qarorni bekor qilish va, zarur hollarda, yangi qaror qabul qilish toʻgʻrisida;
bojxona organlari mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb eʼtirof etish va ishning mohiyati boʻyicha qaror chiqarish haqida.
Apellatsiya komissiyasining qarori shikoyat bergan shaxsga uch kun ichida yozma shaklda yuboriladi yoki topshiriladi, koʻchirma nusxasi esa tegishli bojxona organiga yuboriladi.
Apellatsiya komissiyasining ushbu Kodeksda belgilangan asosda va tartibda chiqarilgan qarori bojxona organlari tomonidan ijro etilishi shart.
4097-modda. Bojxona organiga yoki sudga shikoyat berish oqibatlari
Bojxona organlarining qarorlari, ushbu organlar mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga berilgan shikoyatlar qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi va hal etiladi.
Ariza sudga berilgan taqdirda, bojxona organi qarorining shikoyat qilinayotgan qismini ijro etish ariza sud tomonidan ish yurituvga qabul qilingan kundan eʼtiboran va sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar toʻxtatib turiladi”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 1-fevral,
OʻRQ-748-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son)