30.12.2021 yildagi VI-48-131-7-100-K/21-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.04.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Payariq tumanida 2021-yil budjeti hamda mahalliy budjeti daromadlar rejasining ijrosi tahlili hamda 2022-yil uchun yuridik va jismoniy shaxslarning mahallalar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarini qoʻllagan holda yer soligʻi stavkalarini belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PF-6121-sonli “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429-moddasi hamda 437-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6-, 24-moddalariga asosan 2022-yil uchun Payariq tumanida belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslarni mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun 2022-yilga yer soligʻi stavkalarini tasdiqlash boʻyicha Xalq deputatlari tuman Kengashining VI chaqiriq, qirq sakkizinchi sessiyasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Payariq tuman davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi M. Ergashevning 2021-yil budjeti hamda mahalliy budjeti daromadlar rejasining ijrosi tahlili hamda 2022-yil uchun yuridik va jismoniy shaxslarning mahallalar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsentlarini qoʻllagan holda yer soligʻi stavkalarini belgilash toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429-moddasiga muvofiq Payariq tumani uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar boʻyicha mutlaq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 437-moddasiga muvofiq mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar (bundan dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar mustasno) boʻyicha mutlaq miqdorda 1 kv.m. uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi yuqoridagi 1-2-ilovalar bilan belgilangan soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni belgilash huquqiga egaligi koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Payariq tuman hokimining birinchi oʻrinbosari U. Ollanov, tuman moliya boʻlimi (K. Narimonov), tuman soliq inspeksiyasi (M. Ergashev)larga 2022-yildagi budjet-soliq siyosatidagi oʻzgarishlar, soliqlar va toʻlov stavkalari, soliq solish tartiblari hamda boshqa maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror “Payariq hayoti” gazetasida rasman eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining “Sampayariq.uz” rasmiy veb saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Payariq tuman hokimligi devonxona mudiri (A. Nurllayev)ga mazkur qaror nusxasini manfaatdor tashkilotlarga yuborish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, turizm, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (A. Sharipov) hamda tuman davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi (M. Ergashev)lar zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingandan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi A. ERGAShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Payariq t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI-48-131-7-100-K/21-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashining 2022-yil 25-apreldagi VI-57-93-7-100-K/22-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashining 2022-yil 25-apreldagi VI-57-93-7-100-K/22-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)