Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.06.2001 04.05.1999 yildagi 216-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.06.2001
Hujjat 04.05.1999 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZBEKNAVO” GASTROL-KONSERT BIRLAShMASI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-iyundagi 272-sonli “Estrada qoʻshiqchilik sanʼatini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 1996-yil 5-apreldagi PF-1419-son Farmoniga muvofiq, “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi faoliyatini yanada takomillashtirish, sanʼatkorlarning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan madaniy-maʼnaviy islohotlarda faol ishtirok etishlarini taʼminlash, keng koʻlamli gastrol-konsert faoliyatini rivojlantirish, bozor munosabatlari sharoitida ijodiy jamoalar va alohida ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularni moddiy hamda maʼnaviy ragʻbatlantirishning yangi, samarali tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufidagi “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi boshqaruvi tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, birlashma rahbari — ijrochi direktor birlashmaning ijodiy-tashkiliy ishlarini boshqaradi, moliyaviy-xoʻjalik ishlarini yuritadi, kadrlar masalasi bilan shugʻullanadi, birlashmaning hududiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi, boshqaruv bilan birgalikda birlashma ish rejalarini ishlab chiqadi va uni amalga oshirishni nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh badiiy rahbar bevosita jamoalarga ijodiy yordam berish, yosh isteʼdodlarni izlab topish, xonanda va bastakorlarning ijodiy hamkorligini taʼminlash, musiqa sanʼatining barcha janrlarida yangi nomlarning dunyoga kelishi, ijro mahoratini yuksaltirish, repertuar salohiyatining doimiy ravishda yangilanib, shakllanib borishi yuzasidan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish, ijodiy jamoalar, ayniqsa, yosh sanʼatkorlar ijodining rivojiga amaliy yordam koʻrsatish vazifalarini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Birlashma tarkibiga kiruvchi jamoalarning toʻliq xoʻjalik hisobida faoliyat koʻrsatishga oʻtish hamda soliq imtiyozlaridan foydalanish muddati 2001-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor munosabatlari sharoitidan kelib chiqqan holda birlashma direksiyasining amaldagi tuzilmasini qayta koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy mumtoz va zamonaviy qoʻshiqchilik sanʼatini keng targʻib qilish, aholiga madaniy xizmat koʻrsatishni yanada takomillashtirish, birlashmaning moddiy-moliyaviy salohiyatini kuchaytirish maqsadida keng koʻlamli gastrol-konsert faoliyatini muvofiqlashtiruvchi dastur ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1996-yil 26-apreldagi 163-son qaroriga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarorning 3-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashma rahbari — ijrochi direktor rahbarlik qiladigan direksiya “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi boshqaruvining ijro etuvchi — tasarruf qiluvchi organi hisoblanadi. Birlashma rahbari — ijrochi direktor birlashma Kengashining raisi, Madaniyat ishlari vazirligining hayʼat aʼzosi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash birlashma boshqaruvining maslahat organi hisoblanadi, uning tarkibiga qatnashchi tashkilotlar va hududiy boʻlinmalar rahbarlari, shuningdek, birlashma rahbari — ijrochi direktor, uning oʻrinbosarlari va bosh badiiy rahbar kiradilar. Birlashma rahbari — ijrochi direktor va bosh badiiy rahbar Madaniyat ishlari vazirligining tavsiyasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qarorga 1-ilovaning 6-boʻlimi barcha bandlaridagi “bosh direktor” soʻzlari “birlashma rahbari — ijrochi direktor” soʻzlari bilan, “bosh direktor va uning oʻrinbosarlari” soʻzlari “birlashma rahbari — ijrochi direktor va bosh badiiy rahbar” soʻzlari bilan almashtirilsin, 2-bandning 1-xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” soʻzlaridan oldin “Madaniyat ishlari vazirligi tavsiyasiga koʻra” soʻzlari qoʻshilsin, 2-xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirining oʻrinbosari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 4-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
216-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
4-maydagi 216-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi boshqaruvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Eski shtat birligi: 22 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi shtat birligi: 22 nafar.