Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining
Qarori
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soliq solinadigan bazasini alohida xarajatlari boʻyicha kamaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 11 martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3053-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 5-iyundagi 370-son, Soliq qoʻmitasining 2026-yil 19-maydagi 2026-09-son va Turizm qoʻmitasining 2026-yil 30-maydagi 09-mx-sonli “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soliq solinadigan bazasini alohida xarajatlari boʻyicha kamaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3053-2, 15.06.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi OʻRQ-685-son “Sanitariya-epidemiologiya xizmati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi hamda Turizm va sport vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 12-iyuldagi 110, 2018-60, 4-qq-son qarori (roʻyxat raqami 3053, 2018-yil 13-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 33-son, 686-modda) bilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soliq solinadigan bazasini alohida xarajatlari boʻyicha kamaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 17-fevral,
3-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 11-fevral,
2022-05-son
Turizm va sport vaziri A. ABDUXAKIMOV
Toshkent sh.,
2022-yil 8-fevral,
11-MH-son
Kelishildi:
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2022-yil 22-yanvar
Sogʻliqni saqlash vaziri B. MUSAYEV
2022-yil 24-yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 17-fevraldagi 3-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 11-fevraldagi 2022-05-son hamda Turizm va sport vazirligining
2022-yil 8-fevraldagi 11-MN-son qaroriga
ILOVA
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soliq solinadigan bazasini alohida xarajatlari boʻyicha kamaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Soliq solinadigan bazaning kamaytirilishi foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha amalga oshiriladi.”.
2. 5-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan imtiyozga ega boʻlish uchun soliq toʻlovchi sanitariya-gigiyenik tarmoqlarning sanitariya qoidalari, meʼyorlari va gigiyena normativlariga muvofiqligi toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalari yoki tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimlarining xulosasini (bundan buyon matnda Sanitariya-epidemiologiya xizmatining xulosasi deb yuritiladi) olishi lozim.”;
ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “Markazning” degan soʻz “Sanitariya-epidemiologiya xizmatining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 7-banddagi “Markazning” degan soʻz “Sanitariya-epidemiologiya xizmatining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2022-y., 10/22/3053-1/0211-son)