11.03.2022 yildagi 113-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Marrakesh shartnomasini (2013-yil 27-iyun, Marrakesh) amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomaga qoʻshilish toʻgʻrisida” 2022-yil 12-yanvardagi PQ-80-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Marrakesh shartnomasini (2013-yil 27-iyun, Marrakesh) amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomaga qoʻshilish toʻgʻrisida” 2022-yil 12-yanvardagi PQ-80-son qarori 2-bandiga muvofiq Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan masʼul vakolatli organ etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 11-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 113-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Marrakesh shartnomasini (2013-yil 27-iyun, Marrakesh) amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Ijro muddati

Masʼul vazirlik va idoralar

I. Marrakesh shartnomasi shartlarini ijro etish boʻyicha tashkiliy choralarni koʻrish hamda vazirlik va idoralar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash

1.

Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomaga qoʻshilganligi hamda uni amalga oshirish uchun masʼul vakolatli organ haqidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yuborish.

2022-yil mart

Tashqi ishlar vazirligi

(Kamilov)

2.

Marrakesh shartnomasini amalga oshirish boʻyicha huquq va majburiyatlar taqsimotini nazarda tutuvchi idoralararo qoʻshma buyruqni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2022-yil mart

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Shermatov)

3.

Ommaviy axborot vositalari orqali Marrakesh shartnomasiga qoʻshilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni eʼlon qilish.

Marrakesh shartnomasi boʻyicha muqobil materiallarni shartnomaning boshqa ishtirokchilariga taqdim etish tartibini ishlab chiqish hamda tashkilotning rasmiy veb-saytida (oʻzbek, rus va ingliz tillarida) batafsil maʼlumotlarni joylashtirish.

2022-yil aprel

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev)

II. Koʻzi ojiz, koʻrishda nuqsoni boʻlgan va bosma axborotni idrok etishda boshqa jihatdan qobiliyati cheklangan shaxslarni maxsus materiallar bilan taʼminlash va qulay shart-sharoitlar yaratish

4.

Marrakesh shartnomasi boʻyicha koʻzi ojiz, koʻrishda nuqsoni boʻlgan va bosma axborotni idrok etishda boshqa jihatdan qobiliyati cheklangan shaxslar uchun muqobil materiallarning turlari boʻyicha katalogini shakllantirish.

2022-yil mart

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov)

5.

Koʻzi ojiz, koʻrishda nuqsoni boʻlgan shaxslarning maxsus kutubxonalaridagi shart-sharoitlari, bino va inshootlari hamda mavjud muqobil materiallar fondini toʻliq xatlovdan oʻtkazish.

2022-yil aprel

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov)

6.

Koʻzi ojiz, koʻrishda nuqsoni boʻlgan shaxslar uchun maxsus kutubxonalarni maxsus qurilmalar bilan taʼminlash, muqobil materiallarni idrok etish uchun sharoitlarni yaxshilash boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil may

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

7.

2023 — 2025-yillarda koʻzi ojiz va koʻrishda nuqsoni boʻlgan shaxslar uchun 12 ta yangi tipdagi zamonaviy kutubxonalarni tashkil etish va jihozlash.

2023 — 2025-yillar Investitsiya dasturi doirasida

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(Boboyev)

8.

Koʻzi ojizlar kutubxonalarni Brayl yozuvida adabiyotlarni chop etish uchun “INDEX BOX V5” mini tipografiyalari bilan taʼminlash.

2022-yil noyabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9.

Koʻzi ojizlar kutubxonalari tizimida faoliyat yurituvchi xodimlarning malakasini har besh yilda bir marotaba oshirilishini hamda kutubxona xodimlarini qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish.

2022-yildan boshlab doimiy

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov),

Davlat boshqaruv akademiyasi

(Bekmurodov)

10.

Davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarini koʻzi ojizlar uchun moslashtirgan holda integratsiya qilish mexanizmini joriy etish.

2022-yil sentabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

(Shermatov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov)

11.

Koʻrishda nuqsoni boʻlgan shaxslar uchun nashr mahsulotlarining raqamli shakllardagi muqobil formatlarini, xususan DAISY (Digital Accessible Information System), full-text DAISY (highlighted text synchronized with text-to-speech or human narration audio), EPUB3 (e-book format with embedded accessibility features) va LKF formatlaridagi kitoblarni ishlab chiqish va joriy etish.

2022-yil aprel — 2023-yil avgust

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

(Shermatov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev)

12.

Mahalliy hamda xorijiy kutubxonalararo muqobil formatdagi kitoblarni oʻzaro qulay almashish imkonini beradigan onlayn platformalardan, jumladan Accessible Books Consortium Global Book Service, Accessible Content ePortal, Bookshare, Nathi Trust, Internet Archive kabilardan foydalanish uchun sharoitlar yaratish va mazkur tizimlarni keng joriy etish.

2022-yil aprel — 2023-yil dekabr

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

(Shermatov)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/113/0208-son)