01.03.2022 yildagi PQ-145-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.03.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish hamda suv isteʼmolchilari orasidagi munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda iqlimning global oʻzgarishi natijasida kuzatilayotgan suv tanqisligining salbiy taʼsirini yumshatish maqsadida suv resurslarini boshqarish, ularning hisobi va hisobotini yuritish hamda suv munosabatlarini yanada takomillashtirish, shuningdek, suvdan tejamli va samarali foydalanish yuzasidan mamlakatimizda keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga qaramasdan, quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish, suv tanqisligi sharoitida isteʼmolchilar oʻrtasida suv taqsimlash, suvning hisobi va hisobotini yuritish hamda suvdan foydalanish samarasi pastligicha qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv resurslarini samarali boshqarish, ularning hisobi va hisobotini toʻlaqonli yuritish, suv isteʼmolchilari orasidagi munosabatlarni takomillashtirish hamda ushbu jarayonlarga xususiy sektorni keng jalb qilish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarishning ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilar va aholi tomorqalarini suv resurslari bilan ishonchli taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
irrigatsiya tizimlari va sugʻorish tarmoqlarining hamda ulardagi gidrotexnika inshootlarini doimiy texnik soz holatda ushlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni oʻz hududida suvni boshqarish va taqsimlash ishlariga jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan taʼminlashga oid davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish boʻyicha davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvning hisobi va hisobotini inson omiliga minimal ravishda bogʻliq boʻlgan avtomatlashtirilgan tizimlar orqali yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi yerlari oʻz hisobida mavjud boʻlgan klasterlarga oʻzlariga tegishli maydonlardagi barcha suv xoʻjaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida boshqaruvga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavotchilik hamda sholichilikka ixtisoslashgan tumanlar suv xoʻjaligi obyektlari boshqaruviga davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida xususiy sektorni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshisida nazarda tutilmagan qishloq xoʻjaligi sugʻoriladigan yerlarida faoliyat koʻrsatayotgan suv isteʼmolchilari va tuman irrigatsiya boʻlimlari oʻrtasida suv yetkazib berish va suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning 2-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan suv xoʻjaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida boshqaruvga berishda klasterlar oʻz hisobiga olgan yer maydonlarida, suv xoʻjaligi obyektlarini boshqaruvga olgan xususiy korxonalar esa xizmat koʻrsatish hududida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud boʻlgan barcha suv xoʻjaligi obyektlarini mustaqil boshqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqalarini belgilangan tartibda suv olish limiti doirasida suv bilan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv hisobi va hisobotining toʻliq yuritilishini taʼminlaydi hamda bu jarayonga avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatish hududidagi barcha suv xoʻjaligi obyektlarining bosqichma-bosqich modernizatsiyasini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, biriktirilgan hududdagi suv xoʻjaligi obyektlarining ekspluatatsiya xarajatlari uchun Davlat budjetida nazarda tutiladigan mablagʻlarning bir qismi xususiy sherikka toʻlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev mazkur qarorning 2-bandi toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan qishloq xoʻjaligi sugʻoriladigan yerlarida faoliyat koʻrsatayotgan suv isteʼmolchilari va tuman irrigatsiya boʻlimlari oʻrtasida suv yetkazib berish va suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnoma asosidagi tizimning ishga tushirilishiga shaxsan javobgar etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari Suv xoʻjaligi vazirligi (A.A. Mirzayev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (M.I. Roʻzmetov) va Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (A.V. Allaberganov) bilan birgalikda 2023-yil yakuniga qadar qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar hududidagi suv xoʻjaligi obyektlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazsin hamda ularning balansiga berilishini, shuningdek, belgilangan tartibda kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitta suv isteʼmolchiga xizmat koʻrsatuvchi ichki sugʻorish va kollektor-drenaj tarmogʻi, ulardagi bosh va ichki suv olish hamda boshqa inshootlarni ulardan doimiy va maqsadli foydalanish hamda taʼmirlash-tiklash uchun tegishli suv isteʼmolchisi balansiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki va undan ortiq suv isteʼmolchisiga xizmat koʻrsatuvchi fermerlararo ichki sugʻorish va kollektor-drenaj tarmogʻi, ulardagi bosh va ichki suv olish hamda boshqa inshootlarni ulardan doimiy va maqsadli foydalanish hamda taʼmirlash-tiklash uchun tegishli xizmat koʻrsatuvchi tashkilot balansiga toʻlovlarsiz beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (A.D. Vaxabov) suvdan foydalanish va suv isteʼmoli boʻyicha qonunchilik hujjatlari talablariga amal qilinishi, suv xoʻjaligi obyektlarini oʻz balansiga olgan subyektlar tomonidan suv olish limiti asosida suv yetkazib berilishi hamda suv isteʼmolchilari tomonidan suvdan oqilona foydalanilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bosh prokuratura (Sh.J. Raximov) suv xoʻjaligi obyektlarini boshqaruvga olgan subyektlarning faoliyatiga noqonuniy aralashuvlar yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutadigan Hukumat qarorini qabul qilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman irrigatsiya boʻlimlarining suv isteʼmolchilariga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida xizmat koʻrsatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan suv yetkazib berish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi obyektlarini boshqarishga davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida xususiy sektorni jalb qilish shartlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Suv xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-145-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 07/22/145/0171-son; 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)